Authors

  • Olchinboyev Otabek
  • Egamberdiyev Shavkatbek

Author Biographies

  • Olchinboyev Otabek

    Andijon davlat texnika instituti

    “Iqtisodiyot” kafedrasi assistenti

  • Egamberdiyev Shavkatbek

    Andijon davlat texnika instituti

    Iqtisodiyot yo‘nalishi 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118351

Keywords:

xorijiy investitsiyalar iqtisodiy o‘sish soliq imtiyozlari raqamli texnologiyalar investorlar ish o‘rinlari global iqtisodiyot.

Abstract

Ushbu maqola “Xorijiy investitsiyalar orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish” mavzusini o‘rganadi va mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida xorijiy investitsiyalarning ahamiyatini ta’kidlaydi. Maqolada xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning asosiy mexanizmlari, ularning iqtisodiy o‘sishga ta’siri va investitsiya muhitini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada soliq imtiyozlari, shaffoflik va raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali investorlar uchun qulay sharoitlar yaratishning ahamiyati muhokama qilinadi. Xorijiy investitsiyalarning innovatsion rivojlanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli ham alohida e’tiborga olinadi. Maqola, shuningdek, mamlakatlarning global iqtisodiyotdagi o‘rnini mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash uchun xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish zarurligini ko‘rsatadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

172

XORIJIY INVESTITSIYALAR ORQALI IQTISODIY O‘SISHNI

RAG‘BATLANTIRISH

Olchinboyev Otabek

Andijon davlat texnika instituti

“Iqtisodiyot” kafedrasi assistenti

Egamberdiyev Shavkatbek

Andijon davlat texnika instituti

Iqtisodiyot yo‘nalishi 3-kurs talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqola “Xorijiy investitsiyalar orqali iqtisodiy o‘sishni

rag‘batlantirish” mavzusini o‘rganadi va mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida

xorijiy investitsiyalarning ahamiyatini ta’kidlaydi. Maqolada xorijiy investitsiyalarni

jalb qilishning asosiy mexanizmlari, ularning iqtisodiy o‘sishga ta’siri va investitsiya

muhitini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, maqolada soliq imtiyozlari, shaffoflik va raqamli texnologiyalarni

qo‘llash orqali investorlar uchun qulay sharoitlar yaratishning ahamiyati muhokama

qilinadi. Xorijiy investitsiyalarning innovatsion rivojlanish, yangi ish o‘rinlari

yaratish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli ham alohida e’tiborga olinadi.

Maqola, shuningdek, mamlakatlarning global iqtisodiyotdagi o‘rnini mustahkamlash

va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash uchun xorijiy investitsiyalarni

rag‘batlantirish zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: xorijiy investitsiyalar, iqtisodiy o‘sish, soliq imtiyozlari,

raqamli texnologiyalar, investorlar, ish o‘rinlari, global iqtisodiyot.

Kirish.

Investitsiyalar - iqtisodiy faoliyatning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u

moliyaviy resurslarni foydali faoliyatga yo‘naltirishni anglatadi. Investitsiyalar orqali

investorlar o‘z mablag‘larini ko‘paytirish, daromad olish yoki iqtisodiy foyda

keltirish maqsadida turli sohalarga sarflaydilar. Ular asosan uchta asosiy turga

bo‘linadi: moliyaviy investitsiyalar, real investitsiyalar va inson kapitaliga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

173

investitsiyalar. Moliyaviy investitsiyalar – bu aksiyalar, obligatsiyalar, bank

depozitlari va boshqa moliyaviy instrumentlarga qo‘yilgan mablag‘lardir [1].

Investorlar bu yo‘l bilan o‘z kapitalini diversifikatsiya qilib, risklarni kamaytirishga

harakat qiladilar. Real investitsiyalar esa, asosan, ishlab chiqarish, infratuzilma va

xizmat ko‘rsatish sohalariga yo‘naltiriladi. Bular yangi zavodlar, uskunalar yoki

boshqa infratuzilma ob’ektlarini qurish va rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Inson

kapitaliga investitsiyalar – bu ta’lim va malaka oshirishga sarflangan mablag‘lardir.

O‘z xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali kompaniyalar o‘z

raqobatbardoshligini kuchaytiradilar va uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishadilar.

Investitsiyalar iqtisodiy o‘sishning asosiy manbalaridan biridir. Ular yangi ish

o‘rinlari yaratadi, innovatsiyalarni rag‘batlantiradi va iqtisodiy barqarorlikni

ta’minlaydi. Shu bilan birga, xorijiy investitsiyalar mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy

aloqalarni mustahkamlashda ham muhim rol o‘ynaydi [2]. Shuningdek, davlatlar

investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida turli xil chora-tadbirlarni amalga

oshiradilar. Bu soliq imtiyozlari, qonunchilikni takomillashtirish, shaffoflikni

oshirish va investorlar uchun qulay sharoitlar yaratishni o‘z ichiga oladi. Natijada,

yaxshi investitsiya muhiti mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishini tezlashtirishga

yordam beradi. Umuman olganda, investitsiyalar iqtisodiyotning rivojlanishi uchun

zarur bo‘lgan asosiy mexanizmlardan biridir va ularni samarali boshqarish har bir

mamlakat uchun muhim vazifadir.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-

dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan

O‘RQ-598-sonli qonuni ham mamlakatimiz chet el investitsiyalari faoliyatini qo‘llab

quvvatlashi, uning faoliyatiga imtiyozlar berishlari haqida batafsil ma’lumotlar

berilgan. Ushbu qonunda chet el investitsiyalariga ta’alluqli tushunchalarga ham

quyidagicha ta’riflar berib o‘tilgan:

“….chet el investitsiyalari - chet ellik investor tomonidan ijtimoiy soha,

tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga kiritiladigan moddiy va

nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk

obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

174

-

chet ellik investorlar

- chet davlatlar, chet davlatlarning ma’muriy yoki

hududiy organlari, davlatlar o‘rtasidagi bitimlarga yoki boshqa shartnomalarga

muvofiq tuzilgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyekti bo‘lgan xalqaro tashkilotlar,

chet davlatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan va faoliyat

ko‘rsatadigan yuridik shaxslar, har qanday boshqa shirkatlar, tashkilotlar yoki

uyushmalar, chet davlat fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy

yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;

-

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari

ishtirokidagi korxonalar

- aksiyalarining (ulushlarining, paylarining) yoki ustav

fondining (ustav kapitalining) kamida o‘n besh foizini chet el investitsiyalari tashkil

etadigan korxonalar.” [3]

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiy o‘sishning muhim omillaridan

biridir. Ular ham yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek mamlakatlarga yangi texnologiyalar,

boshqaruv usullari va moliyaviy resurslarni olib keladi, shuningdek, ish o‘rinlarini

yaratadi va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantiradi [4]. Xorijiy investitsiyalarni jalb

qilishning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat:

1.

Soliq imtiyozlari - davlatlar xorijiy investorlarni jalb qilish uchun soliq

imtiyozlari va chegirmalar taklif etadilar. Bu, masalan, korporativ soliq stavkalarini

kamaytirish yoki ma’lum muddat davomida soliq to‘lovlaridan ozod qilish orqali

amalga oshiriladi. Bunday chora-tadbirlar investorlar uchun investitsiya qilishni

yanada jozibador qiladi.

2.

Qonunchilik va tartibga solish - xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda

qonunchilik bazasining shaffofligi va barqarorligi muhim ahamiyatga ega [5].

Davlatlar investorlar uchun qulay va tushunarli qonunlarni ishlab chiqish orqali

investitsiya muhitini yaxshilashlari kerak. Bu, shuningdek, mulk huquqlari va biznes

faoliyatini himoya qilishni o‘z ichiga oladi.

3. Investitsiya dasturlari va zonalari - ko‘plab davlatlar xorijiy

investitsiyalarni jalb qilish maqsadida maxsus investitsiya dasturlarini va iqtisodiy

zonalarni tashkil etadilar. Ushbu zonalarda investorlar uchun qulay sharoitlar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

175

yaratiladi, masalan, infratuzilma, transport yo‘llari va boshqa xizmatlar bilan

ta’minlash.

4. Tashqi savdo siyosati - ochiq savdo siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb

qilishda muhim rol o‘ynaydi [6]. Davlatlar import va eksportni osonlashtirish orqali

xorijiy kompaniyalar uchun yangi bozorlarni ochishlari mumkin. Bu, o‘z navbatida,

investitsion muhitni yaxshilaydi.

Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy o‘sishga ta’siri juda katta. Ular quyidagi

jihatlarda ko‘rinadi:

Xorijiy investitsiyalar yangi ish o‘rinlarini yaratadi, bu esa aholi

daromadini oshirishga va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.

Xorijiy investorlar ko‘pincha ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarni

olib keladilar, bu esa mahalliy ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga yordam

beradi.

Xorijiy investitsiyalar mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlikda

ishlashga olib keladi, bu esa ularning raqobatbardoshligini oshiradi va iqtisodiy

diversifikatsiyani ta’minlaydi.

Xorijiy investitsiyalar mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni

kuchaytiradi, bu esa mintaqaviy va global iqtisodiy barqarorlikka hissa qo‘shadi.

Hozirgi kunda investitsiya muhitini yaxshilash uchun quyidagi chora-

tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

-

Davlatlar xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus

agentliklar tashkil etishlari va ular orqali investorlar uchun ma’lumotlar taqdim

etishlari kerak.

-

Yaxshi infratuzilma – xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim omil

hisoblanadi. Transport, kommunikatsiya va energiya sohalarida samarali infratuzilma

yaratilishi zarur.

-

Mahalliy ishchi kuchining malakasini oshirish orqali davlatlar xorijiy

investorlar uchun raqobatbardosh muhit yaratadilar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

176

-

Ijtimoiy barqarorlik va siyosiy tinchlik xorijiy investitsiyalarni jalb

qilishda muhim ahamiyatga ega, shuning uchun davlatlar ijtimoiy barqarorlikni

saqlashga e’tibor berishlari kerak.

Umuman olganda, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mamlakatlarning

iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan strategik vazifadir. Ularni samarali

boshqarish va investitsiya muhitini yaxshilash orqali davlatlar o‘z iqtisodiyotlarini

mustahkamlashlari mumkin.

Xorijiy investitsiyalar mamlakatlarning global iqtisodiyotdagi o‘rnini

mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Ular nafaqat moliyaviy resurslarni taqdim etadi, balki yangi texnologiyalar, bilimlar

va boshqaruv tajribalarini ham olib keladi. Bu jarayonlar iqtisodiy o‘sishni

tezlashtiradi, ish o‘rinlarini yaratadi va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga

yordam beradi. Shu sababli, xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish mamlakatlar

uchun zaruriy vazifalardan biridir. Xorijiy investitsiyalar mamlakatlarga yangi

kapitalni olib keladi [7]. Bu, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun muhimdir,

chunki ularning iqtisodiyoti ko‘pincha cheklangan moliyaviy resurslar bilan bog‘liq.

Xorijiy investitsiyalar orqali mamlakatlar infratuzilma, sanoat va xizmatlar sohalarida

katta o‘zgarishlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Yangi investitsiyalar,

shuningdek, iqtisodiy barqarorlikni oshirishga yordam beradi va moliyaviy bozorlarni

rivojlantiradi.

Xorijiy investorlar bilan hamkorlik qilish orqali mahalliy kompaniyalar o‘z

faoliyatlarini modernizatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ular yangi

texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish orqali ishlab chiqarish

jarayonlarini yaxshilashlari mumkin. Bu esa raqobatbardoshlikni oshiradi va

mahsulot sifatini yaxshilaydi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar xorijiy kompaniyalar

bilan hamkorlikda ishlash orqali bilim va tajriba almashadilar, bu esa ularning

malakasini oshiradi va yangi bozorlarni kashf etishga yordam beradi.

Yangi loyihalar va ishlab chiqarish quvvatlari ochilishi natijasida ko‘plab

yangi ish joylari paydo bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, aholi daromadlarini oshiradi va

ijtimoiy farovonlikni yaxshilaydi. Ish o‘rinlarining ko‘payishi nafaqat iqtisodiy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

177

o‘sishga hissa qo‘shadi, balki ijtimoiy muammolarni hal qilishda ham yordam beradi.

Shuningdek, xorijiy investitsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda

muhim ahamiyatga ega. Ular ta’lim va malaka oshirish sohalarida ham ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi. Xorijiy kompaniyalar ko‘pincha mahalliy ishchilarni o‘qitish va

malakasini oshirishga e’tibor beradilar, bu esa ularning professional darajasini

oshiradi. Ta’lim tizimining rivojlanishi esa uzoq muddatda mamlakatning iqtisodiy

o‘sishini ta’minlaydi.

Xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish uchun davlatlar bir qator chora-

tadbirlarni amalga oshirishlari kerak. Bular orasida qonunchilik bazasini yaxshilash,

soliq imtiyozlarini taqdim etish va investitsiya muhitini barqarorlashtirish kabi chora-

tadbirlar mavjud. Davlatlar xorijiy investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish orqali

ularning e’tiborini jalb etishlari mumkin. Bunday sharoitlar ichida shaffof

qonunchilik, mulk huquqlarini himoya qilish va korruptsiyani kamaytirish kabi

omillar muhimdir. Shu bilan birga, davlatlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda

mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishlari kerak. Mintaqaviy integratsiya jarayonlari

orqali mamlakatlar bir-birlariga yordam berishlari va birgalikda investitsiya

loyihalarini amalga oshirishlari mumkin. Bu nafaqat iqtisodiy o‘sishni tezlashtiradi,

balki mintaqaviy barqarorlikni ham ta’minlaydi.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda, xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish har bir

mamlakat uchun ustuvor vazifa bo‘lib, bu jarayon iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy

farovonlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada aytib

o‘tilganidek, xorijiy investitsiylar davlatning har tomonlama rivojlanishi uchun

imkoniyat eshiklarini ochadi. Mamlakatimizning investorlar uchun yaratayotgan

imkoniyatlari ularni yurtimizga yanada ko‘proq investitsiya kiritishiga sabab bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Investitsiya: Darslik / J.R.Zaylanov, S.S. Aliyeva, N.X.Ruzibayeva va boshq;-

T.: “Iqtisodiyot-Moliya”, 2020. -480 b.

2.

InvestitsiyalarDi tasbkil etisb va moliya]asbtirisb. B.S. Mamatov, D’yu.

Xujamkulov, Nurbekov. DnIslik. T.: IqtisodMoliya, 2014. 608 bet

3.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 25.12.2019 yildagi O‘RQ-598-son.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

178

4.

Shavkatbek,

Egamberdiyev.

"THE

ROLE

OF

STRATEGICALLY

IMPORTANT SECTORS IN THE NATIONAL ECONOMY."

Modern education

and development

19.3 (2025): 631-636.

5.

Shavkatbek, Egamberdiyev, and Toshtemirova Muxlisa. "THE NEED FOR

FOREIGN COUNTRIES TO STUDY EXPERIMENTS IN THE DEVELOPMENT

OF

AN

INNOVATIVE

ECONOMY."

Лучшие

интеллектуальные

исследования

37.4 (2025): 219-223.

6.

Anora, Kamilova, and Egamberdiyev Shavkatbek. "INNOVATIVE

ECONOMY AND DIGITAL TRANSFORMATION: NEW OPPORTUNITIES

AND CHALLENGES."

Лучшие интеллектуальные исследования

37.4 (2025):

175-180.

7.

Shavkatbek, Egamberdiyev. "YENGIL SANOAT TARMOQLARIDA

TADBIRKORLIKNI

RIVOJLANTIRISH

YOʻNALISHLARI."

Лучшие

интеллектуальные исследования

37.4 (2025): 200-208.

Most read articles by the same author(s)

G‘ulomov Jasurbek, Egamberdiyev Shavkatbek, INNOVATION AND COMPETITIVENESS IN LIGHT INDUSTRY , Modern education and development: Vol. 19 No. 4 (2025)

Egamberdiyev Shavkatbek, GLOBAL TRENDS IN THE GREEN ECONOMY , Modern education and development: Vol. 19 No. 4 (2025)

Egamberdiyev Shavkatbek, THE ROLE OF STRATEGICALLY IMPORTANT SECTORS IN THE NATIONAL ECONOMY , Modern education and development: Vol. 19 No. 3 (2025)

Toshtemirova Muxlisa, Egamberdiyev Shavkatbek, THE ROLE OF ACCOUNTING IN TAX POLICY: ITS IMPACT ON ECONOMIC DEVELOPMENT , Modern education and development: Vol. 19 No. 4 (2025)

Xatamova Zebiniso, Egamberdiyev Shavkatbek, ACCOUNTING AND ECONOMIC ANALYSIS: AN INTEGRATED APPROACH TO CALCULATING FINANCIAL INDICATORS , Modern education and development: Vol. 19 No. 4 (2025)

Abdusalomova Mohinur, Egamberdiyev Shavkatbek, INDUSTRY 4.0 AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE: INNOVATIVE SOLUTIONS IN MANUFACTURING PROCESSES , Modern education and development: Vol. 19 No. 3 (2025)

Xoldarboyev Fazliddin, Egamberdiyev Shavkatbek, LEADERSHIP STYLES IN INDUSTRIAL ENTERPRISES AND THEIR IMPACT ON EMPLOYEE PRODUCTIVITY , Modern education and development: Vol. 19 No. 3 (2025)

To‘xtamurotov Axmadali, Egamberdiyev Shavkatbek, MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA BIZNES-REJANING ROLI , Modern education and development: Vol. 23 No. 5 (2025)

G‘oyibnazarov Og‘abek, Egamberdiyev Shavkatbek, TRANSPORT VOSITALARINI MODERNIZATSIYA QILISH VA IQTISODIY XARAJATLARNI OPTIMALLASHTIRISH , Modern education and development: Vol. 23 No. 5 (2025)

Bazarova Gulnora, Egamberdiyev Shavkatbek, ECONOMIC AND ENVIRONMENTAL BENEFITS OF THE INTRODUCTION OF GREEN TECHNOLOGIES IN ENTERPRISES , Modern education and development: Vol. 29 No. 1 (2025)

1 2 > >>