Authors

  • A.Saidov
  • Xoliqov Z.B

Author Biographies

  • A.Saidov

    Qarshi DTU katta o`qituvchisi

  • Xoliqov Z.B

    Qarshi DTU katta o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119225

Keywords:

texnologik mexanizatsiyalashtirish usul namlik urug’ microflora saqlash atmosfera germetizatsiya konservatsiya

Abstract

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi tufayli yog‘moy xomashyosini yil davomida yoki undan ortiq vaqt davomida turli ehtiyojlar uchun ishlatish kerak bo‘ladi. Yog‘-moy xomashyosini saqlash haqidagi fanning rivojlanishi va saqlash jarayonlariga mexanizatsiyalashtirishni keng joriy etilishi mahsulot yo‘qotilishini qisqartirish va saqlashdagi xarajatlarni kamaytirishni ta’minlovchi yangi takomillashtirilgan texnologik usullarni amaliyotga joriy etish imkonini berdi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

67

YOG’LI URUG’LARDA TINDIRISH VAQTINING AXAMIYATI

Qarshi DTU katta o`qituvchisi

A.Saidov., Xoliqov Z.B.

Annatotsiya: Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi tufayli

yog‘moy xomashyosini yil davomida yoki undan ortiq vaqt davomida turli ehtiyojlar

uchun ishlatish kerak bo‘ladi. Yog‘-moy xomashyosini saqlash haqidagi fanning

rivojlanishi va saqlash jarayonlariga mexanizatsiyalashtirishni keng joriy etilishi

mahsulot yo‘qotilishini qisqartirish va saqlashdagi xarajatlarni kamaytirishni

ta’minlovchi yangi takomillashtirilgan texnologik usullarni amaliyotga joriy etish

imkonini berdi.

Tayanch so’zlar: texnologik, mexanizatsiyalashtirish, usul, namlik, urug’,

microflora, saqlash, atmosfera, germetizatsiya, konservatsiya.

Yog‘-moy xomashyosini qayta ishlash va saqlash bo‘yicha har bir mutaxassis

moyli ekinlarining sifati va uni oshirish usullarini bilishi, yog‘-moy ekinlarining

yo‘qotilish tabiatini va ularni saqlashni tashkil etishni, shuningdek yog‘-moy

xomashyosini qayta ishlashning oqilona usullarini yaxshi bilishi kerak. Moyli

urug‘larni saqlash bir vaqtning o‘zida alohida g‘amxo‘rlik va nazoratni talab qiladi.

Saqlash davomida yog‘-moy urug‘lari sifatiga atrofmuhitning kompleks omillari:

namlik, harorat, gaz almashinuvi, saqlash atmosferasining tarkibi, urug‘ qoplamalari

tabiati, yetuklik darajasi, mikroflora ta’sir qiladi.

Hayotiy urug‘larni saqlash muddatini cheklovchi omillarga birinchi navbatda

harorat va namlik kiradi. Odatda, saqlash omborida qancha harorat past va namlik

miqdori kam bo‘lsa, yog‘li urug‘lar hayotiyligi ko‘proq bo‘ladi. Yog‘li ekinlarga

mevalari yoki urug‘lari moyga (yog‘ga) boy o‘simliklar kiradi.

Yog‘-moy ekinlarining urug‘lari tarkibidagi yog‘ miqdori turlicha, masalan

paxtada 22,0-26,0 %, loviyada 15,5-24,5 %, rapsda 33,0-44,0 %, kungaboqarda 29,0-

57,0 % atrofida bo‘ladi [1].


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

68

Yog‘li urug‘ni saqlash uchun quyidagi usullar qo‘llanilishi mumkin: quruq

holatda saqlash, sovitilgan holda saqlash, havo kiritmasdan saqlash. Yordamchi

usullarga urug‘larni aralashmalardan tozalash, faol shamollatish, kimyoviy

konservalash va boshqalar kiradi. Quruq holatda saqlash.

Namlik kritik holatdan past bo‘lganda urug‘lar to‘liq bo‘lmagan anabioz

holatida va undagi barcha namlik o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Bunday sharoitda

mikroorganizmlar yashovchan bo‘lmaydi. Kerakli namlikka erishish uchun quritish

va faol shamollatish qo‘llaniladi. Quruq holatda saqlash omborlarda va elevatorlarda

amalga oshirilishi mumkin. Sovitilgan holda saqlash past haroratlarda amalga

oshiriladi.

Harorat 10 °C dan past bo‘lganda nafaqat urug‘larning, balki aralashmalar,

mikroorganizmlar, hasharotlarning ham yashovchanligi kuchli darajada zaiflashadi.

Shuning uchun hatto yuqori namlik sharoitida ham urug‘ massasini 0...10 °C gacha

sovitish urug‘larni sifatini yomonlashtirmasdan uzoq vaqt davomida saqlash imkonini

beradi. Buning uchun sovuq mavsumda atmosfera havosidan, qolgan vaqtda sun’iy

ravishda sovitilgan atmosfera havosidan foydalaniladi. Faol shamollatish usuli

urug‘larni kerakli haroratgacha sovitishga erishish uchun sutkalik harorat o‘zgarishini

qo‘llash imkonini beradi. Bunga urug‘larning yuqori issiqlik inersiyasi yordam

beradi.

Urug‘ massasini sovitish uchun passiv shamollatish, faol shamollatish,

urug‘larni transport mexanizmlari yoki urug‘ tozalash mashinalari orqali ko‘chirishni

qo‘llash mumkin. Bunday sovitish vaqtida havodan namlikning kondensatsiyalanishi

natijasida urug‘larni namlanishini ham hisobga olish lozim. So‘nggi paytlarda, mos

ravishda 70 va 100 tonna/sutka unumdorlikka ega sovitkich mashinalari (HVM-1-30,

0-100) da sun’iy sovuqdan foydalanish amalga 14 oshirilmoqda. Bunday

sovitkichlarda havo harorati 20 °C gacha pasaytiriladi.

Havo

kiritmasdan

saqlash.

Urug‘lar,

mikroorganizmlar

va

zararkunandalarning hayotiy faoliyati havo kislorodining ishtirokida sodir bo‘ladi.

Urug‘ bo‘shlig‘i orasidagi kislorodning yo‘qligi barcha tirik tarkibiy qismlarning

hayotiy faoliyatining pasayishiga olib keladi. Bunday sharoitda urug‘lar anaerobik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

69

nafas oladi. Mikroorganizmlar, shuningdek kanalar va hasharotlar tabiatda asosan

aeroblardir, shuning uchun ular bunday sharoitda yashay olmaydi.

O‘z-o‘zini konservatsiyalash arzon va osonroqdir. Biroq, bu usul muhim

kamchiliklarga ega: kislorodsiz sharoitlar asta-sekin, darhol yaratilmaydi va bu vaqt

ichida mikroorganizmlar va zararkunandalar sezilarli darajada rivojlanib ulgurishi

mumkin. Karbonat angidrid bilan kislorodni majburiy ravishda chiqarib tashlash

konservatsiyani tezlashtiradi va bunda quruq karbonat angidrid briketlaridan

foydalanilsa, qo‘shimcha ravishda urug‘larni sovitishga ham erishiladi.

Ushbu saqlash rejimidan foydalanganda gaz o‘tkazmaydigan omborlar

maxsus qurilish materiallari: gaz o‘tkazmaydigan metallar, shisha plastiklar,

betonning ba’zi turlari, polimer smolalar va plyonkalardan quriladi.

Germetizatsiyalangan omborlarning yer usti va yer osti turlari mavjud [2].

Faol shamollatish – qattiq urug‘ massasining majburiy shamollatilishi. Urug‘

massasining yaxshi gaz o‘tkazuvchanligi va g‘ovakligi siloslarda shamollatikichlar

tomonidan havo kiritish imkonini beradi. Shu bilan birgalikda, urug‘larning namligi

va urug‘ massasining harorati kamayadi, uning gazsizlanishi sodir bo‘ladi,

urug‘larning yetilishi tezlashadi. Faol shamollatishni siloslarda, har qanday turdagi

omborlarda va maydonlarda amalga oshirish mumkin.

Siloslar vertikal yoki gorizontal yo‘nalishda yoki qatlam bo‘yicha

shamollatialdi. Urug‘ massasini butun ustunini vertikal ravishda haydashda pastki

qismidagi voronka darajasida taqsimlovchi havo tarqatish kanallari o‘rnatiladi va

ularga yuqori bosimli shamollatish qurilmasi orqali havo beriladi.

Gorizontal yo‘nalishda shamollatish uchun silos balandligi bo‘yicha havo

o‘tkazuvchi va havo tortuvchi quvurlar o‘rnatiladi. Bu usul yanada samarali, ammo

qimmatroq va murakkab. Omborlarda va maydonlarda statsionar, ko‘chma va

ko‘chma quvurli qurilmalar qo‘llaniladi. Faol shamollatishda ishlatiladigan tashqi

havoning parametrlari: harorati va namligini hisobga olish kerak. Bundan tashqari,

urug‘larning namligiga qarab kerakli maxsus havo ta’minotini ta’minlash lozim.

Kimyoviy konservatsiyalash.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

70

Kimyoviy

konservatsiyalash

urug‘lik

sifatini

saqlash

davomida

barqarorlashtirish va turli zararkunandalarga qarshi kurashish uchun ishlatiladi. Bu

usul bilan urug‘lararo bo‘shliq zararkunandalar va mikrofloraga zaharli ta’sir

ko‘rsatadigan moddalar bug‘lari bilan to‘ldiriladi. Ushbu moddalar bug‘, suyuq va

gaz holatida bo‘lishi mumkin, masalan, dikloroetan, brometil, propionik kislota.

Urug‘ massasining yaxshi sochiluvchanligi ularni turli xil idishlarda, qopdan tortib,

katta siloslargacha saqlash imkonini beradi.

Qoplardagi urug‘larni saqlash idishda saqlash deb ataladi. Urug‘larni katta

saqlash joylari – omborlar, bunkerlar va siloslarda (idishsiz) joylashtirish uyib saqlash

hisoblanadi. Urug‘ massasini saqlashning asosiy usuli uyib saqlashdir. Ushbu

usulning afzalliklari quyidagilardan iborat: - saqlash maydoni va hajmi to‘liq

ishlatiladi; urug‘ massasining mexanizatsiyalashgan harakatlanishi uchun ko‘proq

imkoniyatlar mavjud; - urug‘larning sifatini kuzatishni tashkil qilish qulayroq; - idish

uchun xarajatlar va mahsulotlarni taxlash zarurati yo‘qoladi [3,4,5].

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi saqlash usullarin bilgan holda xomashyo

tarkibidagi qimmatli komponentlarning umumiy yo‘qotilishini sezilarli darajada

kamaytirish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda, yog‘-moy xomashyosi uchun

saqlash muddati ham muhim ahamiyatga ega. Xomashyoning sifat va miqdoriy

xususiyatlariga sezilarli ta’sir etuvchi vaqt omili qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini

saqlash va qayta ishlashning butun jarayonini boshqarishning samarali vositasi

sifatida qaralishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Технология производства растительных масел / В.М.Копейковский,

С.И.Данильчук, Г.И.Гарбузова и др., под ред.В.М. Копейковского. - М.: Легкая

и пищевая промышленность, 1982. – 415 с.

2.

Получение сбалансированных купажей растительных масел на снове

рапсового масла

/

А. Саидов., З. Холиков,

“XALQARO OZIQ-OVQAT

MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGINI ILMIY NAZORAT QILISH VA DOLZARB

VAZIFALARI”

Toshkent – 2024- 70-72 s.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

71

3.

Gunasekaran S. Automation of food processing // Encyclopedia of life support

systems. USA.: Eolss, 2009. Food engineering. -Vol. IV. −PP.26- 35.

4. Qodirov Y.Q., Ravshanov D.A., Yunusov O.Q O‘simlik moylari ishlab chiqarish

texnologiyasi Toshkent “Iqtisod-moliya” 2014.-167-204 b

5. А.М.Гольдовский. Теоретические основы производства растительных масел.

Пищепромиздат. М.: 1958. -С. 200-258 б

6. А.С.Гинзбург. Технология сушки пищевых продуктов.-М.: Пищевая

промышленность, 1976. -248 с.