MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
63
SUT MAXSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHDA SANITARIYA
ME’YORLARIGA AMAL QILISHNING AHAMIYATI
Qarshi DTU katta o`qituvchisi
A.Saidov., Z.Xoliqov.
Annotatsiya: Ushbu maqolada sut mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonini
tashkil etishning belgilovchi xujjatlari, ya’ni SanQvaN lar to‘g‘risida ma’lumot,
hamda sut maxsulotlari ishlab chiqarishda atrof-muhitning sanitariya muhofazasi
qoidalari keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: sut, oziq-ovqat, oqsillar, yog‘lar, sut qandi, vitaminlar,
fermentlar, gormonlar, gazlar, pigmentlar.
Sut mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning belgilovchi
xujjatlardan biri O‘zbekiston Respublikasining «Aholining sanitariya-epidemiologik
osoyishtaligi to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
yil 25 iyuldagi PF-6035-sonli farmoniga asosan “Sut va sut mahsulotlarini ishlab
chiqarish sanitariya qoidalari va me’yorlari” (0039-22-son SanQvaN) da belgilab
berilgan.
Sut va sut mahsulotlarining xavfsizlik mezonlari O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyuldagi 474-son
bilan tasdiqlangan “Sut
va sut mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament va
SanQvaN lari 0366-19-son «Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha gigiena normativlari»da
belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi aholisini to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil etishda
yuqori biologik qiymatga ega bo‘lgan sut mahsulotlarini ahamiyati juda katta.
Sut mahsulotlari ishlab chiqarishda boshlang‘ich xomashyo – sutni o‘zi kelib
chiqishi biologik bo‘lgan qimmatli oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Sutda odam
organizmini normal rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha hayotiy muhim moddalar
mavjud: oqsillar, yog‘lar, sut qandi, mineral tuzlar va suv, organik kislotalar,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
64
vitaminlar, fermentlar, gormonlar, gazlar, pigmentlar va boshqalar. Komponentlarni
optimal
birgaligi
sutni
barcha
yoshdagi
odamlar
uchun
qimmatli,
almashtirilmaydigan ovqatlanish mahsulotiga aylantiradi.
Sut boshqa fiziologik suyuqliklar kabi ham ichki (fermentlar va boshqalar) va
ham tashqi omillar ta’sirida doimiy o‘zgarishlarga moyil bo‘ladi. Bunda
mikrobiologik jarayonlar juda muhim rol o‘ynaydi, chunki sut bir vaqtni o‘zida ham
saprofit va ham kasallik tug‘diruvchi bakteriyalarni rivojlanishi uchun o‘ta qulay
muhit hisoblanadi.
Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning sanitariya himoya
mintaqasi SanQvaN 0350-17-son «O‘zbekiston Respublikasi aholi turar-joy
atmosfera havosini muhofaza qilish sanitariya qoidalari va normalari»ga muvofiq
belgilanadi.
Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalaridan atmosferaga
tarqalayotgan gaz va aerozol chiqindilari, separator chiqindilari oqava suvlar
tarkibiga tushishi, shuningdek, yog‘lar va oqsil chiqindilari, qayta ishlangan
kimyoviy reagentlar, dezinfektsiyalovchi va yuvish vositalari hamda boshqalar
hisobiga atrof-muhit ifloslanishining oldini olish choralari ko‘rilishi kerak.
Korxonada ishlab chiqarish va maishiy oqava suvlarni yig‘ish va oqizish
uchun kanalizatsiya bo‘lishi kerak. Kanalizatsiya tizimi aholi turar joy punktlari
kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi yoki xususiy tozalash inshootlari tizimiga ega
bo‘lishi kerak.
Korxona oqava suvlarini aholi turar joy punktining kanalizatsiya tizimiga
oqizishdan oldin mahalliy tozalash qurilmalaridan o‘tkazilishi lozim.
Korxonaning oqava suvlari epidemiologik jihatdan xavfli bo‘lgan holatlarda,
ular suv ob’ektlariga tashlanishi taqiqlanadi.
Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarida sutni quritish va
quruq sut mahsulotlarini qadoqlash, erigan pishloqni dudlashda, pishloqni
parafinlashtirish va boshqalarda gaz hamda bug‘larning ajralishi kabi texnologik
jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan atmosfera havosini zararli chiqindilardan tozalash
bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
65
Aerozollarni o‘zida saqlagan qayta tozalangan havo atmosfera havosiga
chiqarilishdan oldin filtrlarda tozalanishi kerak.
Qattiq chiqindilarni qopqoqli metall idishlarda yoki konteynerlarda yig‘ilishi
hamda alohida ajratilgan chiqindixonalarga olib borib tashlanishi kerak.
Yuqoridagi mulohazalarni hisobga olgan holda eng asosiy vazifa avvalo
xomashyoni barcha qimmatli tabiiy xususiyatlarini uni sut fermalarida olinishidan
boshlab savdo tarmog‘iga berilguniga qadar vaqt mobaynida saqlab qolish
hisoblanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal etilishiga sutni qishloq xo‘jaligida
ishlab chiqarilishi, ishlov berilishi, sanoatda uni sut mahsulotlariga qayta ishlanishi
texnologik jarayonlarini yaxlit, uzluksiz zanjirini yaratish yo‘li bilan erishiladi.
Sut mahsulotlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarilishi sut xomashyosiga
kimyoviy, fizikaviy, mikrobiologik va boshqa ta’sir usullariga yoki ularni
kombinatsiyasiga asoslangan alohida texnologik jarayonlardan iborat bo‘ladi.
Sariyog‘, pishloq, tvorog ishlab chiqarishda yog‘siz sut, ayron va sut zardobi
kabi qo‘shimcha mahsulotlar hosil bo‘ladi. Ular hozirgi paytda «yog‘siz sut
xomashyosi» degan shartli nom bilan ataladi. O‘zini biologik xususiyatlariga ko‘ra
yog‘siz sut xomashyosi yog‘li sutdan qolishmaydi. Yog‘siz sut xomashyosini eng
muhim qismlari oqsillar, uglevodlar va mineral moddalar hisoblanadi.
Yog‘siz sut xomashyosini mavjud katta zahiralari, oziqaviy va biologik
qiymati uni to‘plashni va oqilona qayta ishlashni taqozo qiladi.
Bundan tashqari sifatli sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning
assortimentlarini takomillashtirish uchun zamonaviy texnologiya va jihozlardan
unumli foydalanishni talab etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Кобилова Г. И. Исследование прогресса пути к устойчивому развитию
использования пищевых отходов в глобальной экономике //Educational Research
in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 8. – С. 117-123.
2.
A.Saidov, Z.Xoliqov,
Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning
ustivor
yo‘nalishi
//
“XALQARO
OZIQ-OVQAT
MAHSULOTLARI
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
66
XAVFSIZLIGINI ILMIY NAZORAT QILISH VA DOLZARB VAZIFALARI”
Toshkent – 2024- 73-74 s.
3.
Kobilova G.I. et al. Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish
//Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 1 SPECIAL. – С.
108-111.
4.
Кобилова Г.И. Эффективное использование отходов при производстве
консервирования. – 2023.
5.
Файзиев Ж.С. Сут ва сут маҳсулотлари технологияси (деҳқон, фермер ва
мутахассислар учун қўлланма), Т.2019
https://lex.uz/ru/docs/6346736