Authors

  • Nurmatova Durdonaxon Nodirbekovna
  • Adilova Umidaxon Xabibulloh qizi

Author Biographies

  • Nurmatova Durdonaxon Nodirbekovna

    ishlab chiqarish ta'lim ustalari.

    Andijon shahar 1-son politexnikumi

  • Adilova Umidaxon Xabibulloh qizi

    ishlab chiqarish ta'lim ustalari.

    Andijon shahar 1-son politexnikumi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119272

Keywords:

dizayner zamonaviy moda moda xususiyatlari jaxon brendlari zamonaviy kiyim uslublari innovatsiya dizayn model mato kiyim ko‘rsatkichlari kiyimga bo‘lgan talab.

Abstract

Ushbu maqolada ayollar paltosi assartimentining yangi dizayni va jahon brendlari kolleksiyasini taxlil qilingan, mintalitetimizga xos va mos bo‘lgan kiyimlarini ishlab chiqarish va yangi model taklifi xaqida so‘z boradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

144

AYOLLAR PALTOSI UCHUN ZAMONAVIY MODELLAR TAHLILI

Nurmatova Durdonaxon Nodirbekovna,

Adilova Umidaxon Xabibulloh qizi,

ishlab chiqarish ta'lim ustalari.

Andijon shahar 1-son politexnikumi

Annotatsiya: Ushbu maqolada ayollar paltosi assartimentining yangi dizayni

va jahon brendlari kolleksiyasini taxlil qilingan, mintalitetimizga xos va mos bo‘lgan

kiyimlarini ishlab chiqarish va yangi model taklifi xaqida so‘z boradi.

Tayanch so‘zlar: dizayner, zamonaviy moda, moda xususiyatlari, jaxon

brendlari, zamonaviy kiyim uslublari, innovatsiya, dizayn, model, mato, kiyim

ko‘rsatkichlari, kiyimga bo‘lgan talab.

Moda yo’nalishlarining turli xilligi, xususan, zamonaviy moda kiyimlar

sohasida keng ko’lamli xususiyatlarga ega bo’lib, biz jahon modeler

dizaynerlarining moda ko’rgazmalarida taqdim etilgan ayollar paltolarini o’rganib

chiqildi. Zamonaviy palto tashqi ko’rinishlari turli uslublar, modellar va

materiallardan iborat. Moda, albatta, madaniy meros namunalarini o’zgartirish

kabi inson faoliyatining ko’plab sohalarida mavjud, lekin birinchi navbatda moda

tashqi ko’rinishimizni shakllantirishimizga yordam beradi. [2]Zamonaviy inson,

bir tomondan, yuqori sifatli, eng oddiy, qulay kiyimni afzal ko’radi, bir tomondan u

o’ziga xosligini va o’zini ifoda etish qobiliyatini ta’kidlashni istaydi.Moda olami

eksperimentga qaratilgan - yangi dizaynlar, texnologiyalar va materiallarni qidirish;

kelajakka yoki noma’lum shakllarni qidirishga urinish; urf bo’lmagan shakl

echimlar tanlashadi. Shu bois, dizaynerlarning ko’pchiligi innovatsion va tabiiy

materiallardan foydalanishadi, modelerlar yangi shakllar va oldingi shakllarni

sinab ko’rishadi, shu bilan yangi loyihalarni yaratadilar, ya’ni bunday tajribalar

moda yo’nalishiga yuqori natijalarga erishadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

145

Dizayn - dunyodagi eng subjektiv narsalardan biri. Har bir inson

psixofizik darajasida shakl va rangni his qilishni ko’rib chiqadi, va bu idrok

muallifning ta’kidlagan so’zidir.

2024- 2025 yil mavsum uchun dizaynerlar tomonidan tavsiya etilayotgan

keng assartimentli va funksiyali ustki kiyimlar ayollar garderobining ajiralmas va

aktiv qismi bo‘lib, ular och va to‘q ranglarda bo‘ladi.

Bahor va kuz mavsumlarining asosiy palitrasi:

bu mavsumlar uchun mos

bo‘lgan xususiyat, qabul qilingan norma va standartalardan chetga chiqish, ranglar

gammasiga bo‘lgan butunlay yangicha takliflar. [3]Axromatik ranglar va yumshoq,

gigroskopligi yuqori bo‘lgan yengil va suv o‘tkazmaydigan, turg‘un holatda turadigan

gazlamalar turlari mashhur bo‘ladi.

Mavsumiy matolar:

havoni yaxshi o‘tkazuvchan, suv o‘tkazmaydigan,

turg‘un holatda turadigan gazlamalar.

Mavsumiy ranglar:

jigarrang, havo rang, kulrang va qora ranglar.

Ayollar paltoining zamonaviy kiyimining dekor elementlari sifatida:

dekorativ va utilitar bezaklar:

qoplama cho‘ntaklar va tugmalar;

dekorativ-konstruktiv bezaklar:

drapirovka va mayda taxlamalar.

Mavsumiy ranglar palitrasi:

[1]Ayollar ustki kiyimlar zamonaviy

kiyimining to‘plami garderobning ajralmas va aktiv qismi bo‘lib, uning ranglar

palitrasi zamonaviy tikuv buyumlari uchun ishlangan ranglarga mos keladi. Bu

ranglar: jigarrang, havo rang, kulrang va qora ranglar.

Asosiy siluetlar:

oversize, trapetsiyasimon, ovalsimon va to‘g‘ri bichimdagi

kiyimlar. Asosiy e’tibor trapesiyasimon va to‘g‘ri bichimli kiyimlarga qaratiladi.

Siluet chiziqlari

kiyimning proportsiyasi, uning hajmdorligi va tashqi

ko’rinishini xarakterlabgina qolmay, uning siluetini ham aniqlaydi. Masalan,

kiyimning bel qismida yopishib turish holatiga qarab bir necha siluet turlari mavjud:

-yopishgan (lif va yubkaning hajmdorligi har xil bo’lishi mumkin);

-yarimyopishgan (belga yopishishning turli darajasi);

-to’g’ri (bel va bo’ksa qismida katta yoki kichik miqdordagi erkinlik);

-kengaytirilgan (trapetsiyasimon).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

146

Trendlar:

Hozirgi kunda ayollar paltolari uchun ko‘p funksiyali, to’g’ri

bichimli, suv o’tkazmaydigan turg’un xolatdagi matosi tavsiya etiladi.

1-rasm. Zamonaviy paltoning geometrik shakllari

1-jadval

Ayollar paltosi uchun modellar to‘plami.

Kiyim tavsifi

Kiyim ko’rinishi

Kombinatsiyalashgan to’g’ri bichimli palto.

Deyarli

barcha ayollar

har qanday mavsumda, qomati qanday

bo‘lishidan qattiy nazar go’zal ko’rinishni hohlaydilar.

Ushbu turdagi ayollar ustki kiyimi jensi va plashlik

matolar birlashmasidan foydalanilgan bo’lib to’g’ri

bichimgali va beldan ajraladi.

Ayollar ko’p funksiyali paltosi.

Bugungi kunda deyarli

barcha ayollar o’z garderobida ko’p funksiyali kyimi

bo’lishini hohlaydi.Ushbu turdagi ayollar kuz-qish

mavsumidagi paltosi kamzul,kasyum va palto sifatida

foydalanishga ega. Zamonaviy modaning natijasiga ko‘ra

bu turdagi paltolar barcha uslublarda ko‘rishimiz mumkun.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

147

Kombinatsiyalashgan stilldagi ayollar ustki kiyimi.

Turli ko‘rinishda loyihalanayotgan ayollar paltosi ko‘p

ayollarimiz tanloviga erishmoqda. Havoning harorati

yuqori bo‘lsa, zich materialdan tayyorlangan paltolarni

kiyish mumkin. Ushbu turdagi ayollar plashi sport va

klassik usullar birlashishidan hosil bo’lgan. Ayollar ustki

kiyimlar uchun tunikali liboslar qulay, kalta bo‘lgani uchun

bemalol harakat qilish mumkin.

Yomg’irpo’sh

. Ayollar kiyimlarini tashqi tasirlardan

himoyalagich charm va plyonkadan tashkil topgan.

Yomg’irpo’shlar hozirgi kunda turli bichimga ega bo‘lib,

har qanday uslubga mos keladi. Libos uzunligini har bir

inson didiga moslab tanlashi mumkin. o‘ziga hos

qulayliklari bilan barcha mavsumlarda juda keng

qo‘llaniladi.

Transformatsiya usuli asosidagi ayollar ustki kiyimi.

Ushbu turdagi ustki kiyimni palto kurtka va kamzul sifatida

kiyish mumkin. Juda qulay va kuz, qish va bahor

mavsumlarida kiyish mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

148

Ikki funksiyali ayollar paltosi

. Hozirgi zamonaviy moda

olamida ayollar ustki kiyimlar uchun turli kastyum va

plashdan iborat kiyimini ko‘rishimiz mumkin. Qulaylik

jihatidan yuqori tanlovlarga ega. Kuz qish va bahor

mavsumlar uchun mos holatlarda loyihalash mumkin.

Insoniyat jadal taraqqiyot yo'liga o'tgandan beri badiiy tafakkur va

innovatsiyalarga bo'lgan ehtiyojni his qila boshlaydi. Bu jarayon shundan dalolat

beradiki, bugungi kunda ish olib borilayotgani hech kimga sir emas inson faoliyati

erishmagan sohalarda, yangi yo'nalishlarda ilg'or darajada amalga oshirildi.

[5].Ularning o‘rni beqiyos dizayn faoliyati, yuksak professional saviyasi va estetik

ko‘rinishida dunyoning yetakchi dizaynerlari va taniqli mamlakatlariga ushbu

sohaning ta'mini berish. Ayni paytda zavodlarni zamonaviy uskunalar bilan

ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda uskunalar, ishlab chiqarishni

kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini

yaratish tikuv mahsulotlari hajmini oshirish uchun to'liq texnologik jarayonni

ta'minlaydigan va ularning sifatini oshirish. O‘zbekistonda tikuvchilik sanoatining

rivojlanishi oldinga sezilarli qadam tashladi bir necha yil. Bu o'z brendiga ega bo'lgan

kichik ishlab chiqarish korxonalarining ko'payishida, reklama xizmatlari va

boshqalar. Maqolada o'smirlar va bolalar modasi so'nggi paytlarda qanday

o'zgarganligi haqida yillar va qanday moda kiyimlarini tanlash kerak. so'z ketadi.

Yuqorida qayd etilgan fikr va sifatlardan kelib chiqib, ishlab chiqarish

korxonalarining asosiy maqsadi mentalitetimizga mos kiyimlar ishlab chiqarishdir.

Xulosa

Ayollar yangi palto dizayni turlari o‘rganildi va tahlil qilindi. Yangi

dizayn tahlili asosida, jahon standartlariga javob beradigan sifatli paltolar ishlab

chiqarishi aniqlandi. Aynan qulay va ko'p maqsadda foydalansa bo'ladigan kiyimlar

assortimentini kengaytirish birinchi navbatda kiyimning bichimi va shakliga bog'liq

bo'lishi aniqlandi. Ayollar ko'p funksiyalik paltolarini loyihalash uchun tashqi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

149

ta'sirdan yahshi himya qilishi va issiqlikni saqlashi,qulay va yumshoq matolardan

ishlab chiqish tavsiya etildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1]. Tursunova Xilola Shuxratjon qizi. “Badiiy bezash usullaridan foydalanib ayollar

murakkab bichimli kiyimini ishlab chiqish texnologiyasi tadqiqi” mavzusidagi

magistrlik dissertatsiyasi

[2]. Абдукаримова.М.А.Разработка технологии формирования рационального

ассортимента женской одежды. Диссер. на соискание ученой степени к.т.н. –

Ташкент, ТИТЛП, 2003

[3]. Хасанбаева Г.К., Шомансурова М.Ш. Махсус композиция.-Т.: 2007,

Analysis of the development of older women's clothing of different subcultures

(On the example of muslim women's clothing) S.M

Husanqizi, Y.D

Ubaydulloyevna, H.J Valiyevich-Asian Journal

of

Multidimensional

Research, 2021

[4]. Publi hed by :TRANS Asian Research Journal s AJMR:

[5].Asian Journal of Multi dimensional Research (ADouble Blind Refereed& Peer

Reviewed International Journal)DOI: WAYS TO SOLVE PROBLEMS IN THE

PRODUCTION OF KNIT WEAR M. M. Ulug’boboyeva; X.Sh.Tursunova

http://tarj.in/images/download/ajmr/AJMR-SEPTEMBER-2021-FULL-

JOURNAL.pdf

Most read articles by the same author(s)