Authors

  • Alimardonova Mo’tabar Xolmo’minovna
  • Ermatova Nigina Farxod qizi

Author Biographies

  • Alimardonova Mo’tabar Xolmo’minovna

    Shahrisabz davlat Pedagogika instituti

    Tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi

  • Ermatova Nigina Farxod qizi

    Shahrisabz davlat Pedagogika instituti

    Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119285

Keywords:

tabiiy boyliklar qazilmalar iqlim resurslari suv resurslari kosmik resurslar tuproq resurslari oʻsimlik resurslari va boshqalar.

Abstract

Ushbu maqolada Oʻzbekiston hududidagi qazilma boyliklar, ularning turlari, qazilmalardan oqilona foydalanish, qazilma boyliklarni tejash chora-tadbirlarini koʻrish xususida soʻz yuritiladi. Bundan tashqari boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tabiiy boyliklarimizni tushuntirishda ekskursiya darslarini tashkil qilish haqida maʼlumot beriladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

76

OʻZBEKISTONNING FOYDALI QAZILMALARI

Shahrisabz davlat Pedagogika instituti

Tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi

Alimardonova Moʻtabar Xolmoʻminovna

Shahrisabz davlat Pedagogika instituti

Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi talabasi

Ermatova Nigina Farxod qizi

Gmail:@niginaermatova36gmail.com

Telefon: +998881794546

Annotasiya: Ushbu maqolada Oʻzbekiston hududidagi qazilma boyliklar,

ularning turlari, qazilmalardan oqilona foydalanish, qazilma boyliklarni tejash

chora-tadbirlarini koʻrish xususida soʻz yuritiladi. Bundan tashqari boshlangʻich sinf

oʻquvchilariga tabiiy boyliklarimizni tushuntirishda ekskursiya darslarini tashkil

qilish haqida maʼlumot beriladi.

Kalit soʻzlar: tabiiy boyliklar, qazilmalar, iqlim resurslari,suv resurslari,

kosmik resurslar, tuproq resurslari, oʻsimlik resurslari va boshqalar.

MINERAL RESOURCES OF UZBEKISTAN

Annotation: This article discusses the mineral resources of Uzbekistan,

their types, the rational use of minerals, and measures to conserve them. Additionally,

it provides information on organizing excursion lessons to explain our natural

resources to primary school students.

Keywords: natural resources, minerals, climate resources, water resources,

space resources, soil resources, plant resources, and others.

ПОЛЕЗНЫЕ ИСКОПАЕМЫЕ УЗБЕКИСТАНА

Аннотация:

В данной статье рассматриваются полезные

ископаемые Узбекистана, их виды, рациональное использование недр и меры по

их сохранению. Кроме того, представлена информация об организации


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

77

экскурсионных занятий для объяснения нашим младшим школьникам

природных ресурсов.

Ключевые слова: природные богатства, полезные ископаемые,

климатические ресурсы, водные ресурсы, космические ресурсы, почвенные

ресурсы, растительные ресурсы и другие.

Rivojlanib borayotgan mustaqil Oʻzbekistonimiz bir qancha moddiy hamda

maʼnaviy boyliklari bilan dunyoga mashhurdir. Shu jumladan,foydali qazilma

boyliklarimiz koʻpligi va sifati bilan dunyoning badavlat mamlakatlari safidan oʻrin

egallaymiz. Taʼkidlab oʻtish lozimki, Oʻzbekiston hududida 1895 ta foydali qazilma

konlari aniqlangan. Ushbu konlarning 40% dan koʻproq qismi mustaqillik yillarida

kashf etilgandir. Va bu shuni anglatadiki, mustaqillik yillarida geologik ishlar

samaradorligi anchagina oʻsib oʻz natijasini berib kelmoqda. Qazilma konlari,

qazilma boyliklari haqida suhbatlashishdan avval tabiiy resurs tushunchasiga

toʻxtalib oʻtsak.

Tabiiy resurslar deb yashash uchun zarur boʻlgan tabiiy jismlar va energiya

manbalariga aytiladi. Tabiiy resurslarga suv, havo, tuproq, foydali rudalar, shamol,

oʻsimliklar, hayvonlar, neft,uran, koʻmir,oltin, kumush kabilar kiradi. Bularning

hammasi Yer sayyorasida mavjud boʻlgan tabiiy resurslar hisoblanadi.

Tabiiy resurslar bir necha turlarga boʻlinadi:

a)qazilma boyliklari

b)iqlim resurslari

c)suv va havo resurslari

d) tuproq resurslari

e)oʻsimlik resurslari

f)atom resurslari

g) biosfera resurslari

h) kosmik resurslar

I)fauna resurslari

Tabiiy resurslar qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslarga boʻlinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

78

Ana endi tabiiy resurslar tarkibiga kiruvchi qazilma boyliklari haqida soʻz

yuritsak. Qazilma boyliklar qayta tiklanmaydigan resurslar hisoblanadi. Ulardan

foydalanib borish natijasida ularning miqdori va sifati kamayib boradi. Qayta

tiklanmaydigan tabiiy boyliklardan unumli foydalanish va ularni asrash quyidagicha

boʻlishi lozim: miqdori va sifatiga eʼtibor berish, kompleks ravishda to’g’ri, tejab

o’rnida oqilona foydalanish, ularni qazib olish, tashish, qayta ishlash, ishlatishda

isrofgarchilikka yo’l ko’ymaslik, chiqindini kamroq chiqarish choralarini ko’rish,

yangi konlar kashf qilish va ularning o’rnini bosuvchi yangi sun’iy manbalar topish

va boshqalar muhim hisoblanadi. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan oqilona

foydalansak,, ular kishilik jamiyati ehtiyojlarini uzoq muddatlargacha to’laqonli

ta’minlay oladi. Fan va texnika taraqqiyotining natijasida ba’zi foydali qazilmalar

tugaguncha ularning o’rnini bosadigan yangi resurslar yaratish ham mumkin.

Oʻzbekistonda aniqlangan foydali qazilma boyliklarinu bir necha

guruhlarga tasniflaymiz:

1)Uglevodorodlar: 235 ta kon, xususan neft va tabiiy gaz manbalari mavjud;

2)Metall rudalari: 151 ta kon oltin, kumush, qoʻrgʻoshin,mis va rux kabilarni

oʻz ichiga oladi;

3)Ko‘mir: 7 ta kon va ularda toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir kabi turlari

maʼlum;

4)Tog‘-kon xomashyosi: 55 ta kon mavjud boʻlib, ularda sanoat uchun zaruriy

minerallarni uchratishimiz mumkin;

5)Tog‘-kimyo xomashyosi: 34 ta kon mavjud va ular kimyo sanoati uchun

manba hisoblanadi;

6)Yarim qimmatbaho toshlar: 30 ta kon va ularda zargarlik buyumlari uchun

kerak boʻladigan xomashyolar mavjud;

7)Qurilish materiallari: 764 ta kon bor va ularda ohaktosh, marmar, granit

kabilar qazib olinadi va qayta ishlanadi;

8)Yer osti mineral suvlari: 619 ta kon; sogʻliqni saqlash va dam olish uchun

sanatoriyalari uchun muhim manbalar bor.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

79

Shuningdek, mamlakatimizda 43 turdagi noruda qazilma boyliklarining

2085 ta konlari mavjud boʻlib, ularning 85% dan ortiq qismi sanoatda oʻzlashtirilib

kelinmoqda.

Oʻzbekiston foydali qazilmalari mamlakatimiz sanoat rivoji va iqtisodiy

barqarorligida muhim omillardan biridir. Ularni samarali oʻzlashtirish va ulardan

oqilona foydalanish kelajak avlod uchun barqaror rivojlanish poydevorini yaratadi.

Ammo bugungi kunda tabiiy resurslar bilan bogʻliq bir qancha muammolar ham

mavjud.

Inson tabiiy resurslardan foydalanishda iqtisodiy foyda olishni ko’zda

tutadi. Lekin tabiiy sharoitning o’zgarishi insonlarning jismoniy-psixik holatiga ta’sir

etishini hisobga olmaydi. Inson tabiatning har bir bo’lagi, har bir komponenti (suv,

havo, tuproq, o’simlik, hayvon va minerallar) bir-biri bilan shu qadar chambarchas

bog’langanki, uning biron bir qismiga noto’g’ri ta’sir etish oqibatida ma’lum vaqt

o’tishi bilan tabiatning boshqa komponentlari holatini ham o’zgartirib yuborishini

bilmaydi.

Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston har tomonlama, har jihatdan boy davlat.

Faqat davlatimiz boyligini saqlab qolish, asrash va koʻp yillarga yetkazish bizga

bogʻliq. Tabiiy resurslardan foydalanish sifatimiz qanchalik yaxshi boʻlsa, yashash

sharoitimiz ham yaxshi boʻladi. Negaki inson foydalanayotgan manbalarga

tiklanmaydigan resurslar ham kiradi, tiklanadigan resurslar ham kiradi. Tabiat inʼom

etgan resurslardan oqilona foydalansak ushbu manbalar insoniyatga uzoq muddat

xizmat qiladi. Aksincha resurslardan foydalanishda isrofgarchilikka, pala-

partishlikka yoʻl qoʻysak bu holat nafaqat tabiat uchun,balki biz uchun ham katta

xavfdir. Shunday ekan, tabiatni asrash hayotimizdagi yengillik, toʻkinlik qoʻlimizda

ekan, keyingi avlod uchun ham ona tabiatni asramogʻimiz darkor.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1. "O‘zbekiston Respublikasi Milliy Ensiklopediyasi". – Toshkent, 2000.

2. Ahrorov F.B. "O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi". – Samarqand:

Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

80

3.Nabiyev E., Qayumov A. "O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati". – Toshkent:

Universitet, 2000.

4. Parmanov A.E., Maksumova M.A."Ishlab chiqarishni tashkil etish". – Toshkent,

2012.

5. Soliyev A.S., Ahmedov E., Maxamadaliyev R.Y. va boshqalar. "Mintaqaviy

iqtisodiyot". O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Universitet, 2003.

6. Ro‘ziyev A., Abirqulov Q."O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasi". – Toshkent: Sharq,

2001.

Most read articles by the same author(s)