Authors

  • Uzoqova Maftuna Yori qizi

Author Biography

  • Uzoqova Maftuna Yori qizi

    Buxoro viloyati Peshku tumani  39 davlat maktabgacha talim tashkilpti tarbiyachisi 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119292

Keywords:

Maktabgacha ta’lim yoshi tarbiyalanuvchi tarbiyalash ta’lim va tarbiya uyg’unligi.

Abstract

Maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashda ta’lim va tarbiyaning uyg’unligini ta’minlashning ahamiyati yoritilgan. Bunda bolalarni tarbiyalashda ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi va ma’naviyatni shakkillantirishda muhum tavsiyalar berilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

34

MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI

TARBIYALANUVCHILARNI TARBIYALASHDA TA'LIM VA

TARBIYANING UYG'UNLIGINI TA'MINLASH

Buxoro viloyati Peshku tumani 39 davlat maktabgacha talim tashkilpti

tarbiyachisi Uzoqova Maftuna Yori qizi

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi tarbiyalanuvchilarni

tarbiyalashda ta’lim va tarbiyaning uyg’unligini ta’minlashning ahamiyati

yoritilgan. Bunda bolalarni tarbiyalashda ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi va

ma’naviyatni shakkillantirishda muhum tavsiyalar berilgan.

Tayanch so’zlar: Maktabgacha ta’lim yoshi, tarbiyalanuvchi, tarbiyalash,

ta’lim va tarbiya uyg’unligi.

Аннотация: В статье подчеркивается важность обеспечения баланса

между образованием и воспитанием в воспитании дошкольников. Данная

статья содержит важные рекомендации по гармоничному обучению и

воспитанию детей дошкольного возраста и формировании духовности.

Ключевые слова: дошкольный возраст, школьник, воспитание,

сочетание обучения и воспитания.

Annotation: The article highlights the importance of ensuring a balance

between education and upbringing in the upbringing of preschoolers. It contains

important recommendations for the harmony of education and upbringing in the

upbringing of children and the formation of spirituality.

Keywords: Preschool age, pupil, upbringing, combination of education and

upbringing.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda

huquqiy demokratik davlat qurish va jahon hamjamiyati tomonidan rivojlangan davlat

sifatida o‘rin olish vazifasi qo‘yildi. Albatta yurtimizda jahon talablariga mos

keladigan, har tomonlama rivojlangan,o‘z kasbini puxta egallagan, vatanparvar fidoyi

insonlarni tarbiyalab yetishtirishda maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

35

o‘qitishni yanada yuksak bosqichga ko‘tarish, uning tarbiya bilan uyg‘unligini

ta’minlash katta ahamiyatga ega.

O‘zbek xalqi tarixan Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalashda

umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash sohasida o‘ziga xos dorulfunun

yaratgan. Bu borada xalq pedagogikasi boy tajribaga ega. Bugungi kundagi

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash

maqsad va vazifalarini hal etishda uning o‘rni beqiyosdir.

Yaxlit ta’lim - tarbiya jarayonida ikkala o‘zaro bog‘liq juftlik, ya’ni bilim

berish va tarbiyaviy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda shakllangan ta’limiy –

tarbiyaviy bilimlar va ko‘nikmalar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatish, obektiv

borliqdagi qonuniyatlarni o‘rganish va uning amaliy munosabatlarini tarkib

toptirishda namoyon bo‘ladi. Shu sababli ta’lim oluvchilarga bilim berishda

egallangan bilimni amalda ishlatishga o‘rgatish bilan birga ta’lim tarbiyalovchi ham

bo‘lishi kerak. Ta’lim va tarbiya mazmunining uyg‘unligi tamoyili bu kishilarga bilim

va tarbiya berish jarayonidan iborat bo‘lib, bunda egallangan bilim va ko‘nikmalarni

hayotga qo‘llay olishga o‘rgatiladi, hayotda ta’lim oluvchilarning ham intellektual,

ham ma’naviy jihatdan uyg‘unlikda rivojlanishi ta’minlanadi.

Tarbiya- shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan

pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir

etish imkonini beradi.Tarbiya jarayoni o‘zaro bog`liq bo‘lgan ikki faoliyatni -

o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiyajarayonida o‘quvchining

ongi shakllana boradi, his va tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur

bo‘lgan va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlari hosil

bo‘ladi.Psixologlar va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh

ijobiy. xoh salbiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog'liqligini ko‘rsatadi.

Bugungi globallashuv va texnika asrida yangi avlodning ma’naviy tarbiyasini

boyitish, shu bilan bir qatorda moddiy e’htiyojlarini qondirish dolzar masala bo’lib

turibdi. Mana shu davrda inson ma’naviyatini rivojlantirish hamda moddiy

e’htoyojlarini qondirishda katta maqsadli vazifalarni amalga oshirish lozim. Chunki

bola uchun yaratilgan shart- sharoitlar , bilimlar, to’g’ri olib borilgan tarbiya shu bilan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

36

birga ta’limning uyg’unligi tanimlash kelajakdagi orzularimizni ro’yobga chiqarishga

poydevor vazifasini o’taydi. Bejizga ajdodlarimiz bola tarbiyasini ona vujudidan

boshlashimiz lozim deyishmagan. Chunki ma’naviy jihatidan yetuk farzandlar

bizning kelajagimiz demakdir. Shu sababli ham maktabgacha ta’lim yoshidagi

tarbiyalanuvchilariga alohida e’tibor ko’rsatilmoqda . O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2020 yil 23 sentabrdagi 637- sonli Qaroriga binoan tasdiqlangan

“O’zbekiston Respublikasi Ta’lim to’g’risida”gi qonunning 7-moddasida

Maktabgacha ta’lim, ta’lim sohasining bosh bo’g’ini sifatida tasdiqlanganligi buning

yaqqol isbotidir.

Ta’lim va tarbiyaning uyg’unligini to’g’ri olib borishda o‘quv materialini

to‘g‘ri tanlash. Bunda ta’lim mazmuniga oid quyidagi jihatlarga e’tibor beriladi.

O‘quv materialini tanlashda mashg‘ulotning maqsadi, ta’lim oluvchilarning oldingi

mashg‘ulotlarda olgan bilim va malakalariga, fan asoslariga oid bilimlarga, ta’lim

oluvchilarning jismoniy rivojlanganligiga va shu kabilarga. O‘quv materiali mazmuni

ta’lim oluvchilarning oldingi tajribalari va fan asoslari bo‘yicha olgan bilimlariga

hamda mashg‘ulotning maqsadiga muvofiq holda tanlanadi.

O’rganilayotgan hodisa va voqealarni jonli idrok etish asosida o‘zlashtirishni

ko‘zda tutadi. Bu o‘quv materialini aniq obrazlar orqali bevosita idrok qilishni

ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida ko‘rgazmali vositalardan to‘g‘ri foydalanish ta’lim

oluvchilarning pedagogika, psixologiya, tarbiyaviy ishlar metodikasi, o‘qitish uslubi

va texnikaga oid fanlarni puxta o‘zlashtirib olishga ularda malaka hosil bo‘lishiga

yordam beradi. Agar ko‘rgazmali qurol biron fikrni bildirish uchun yordamchi vosita

bo‘lsa, nutq asosiy qurol hisoblanadi. Ko‘rgazmali qurol kuzatishni rivojlantirish

uchun qo‘llanilsa, nutq qisqa bo‘lib kuzatishning

Ta’lim mazmunining ko‘rgazmalilik tamoyiliga ko’ra ta’lim vositalaridan

foydalanishning didaktik tamoyilidir. Shu sababli o‘rganilayotgan tushunchalarning

mazmunini ochib berishga oid manbalar (pedagogik hodisa va jarayonlar) ajratib

olinib o‘rganiladi va o‘rgatiladi. Ajratib olingan manbalarning ko‘rgazmaliligini

kuchaytirish uchun turli qo’llash usullari (rangli, raqamli, harfli va shu kabilar)

qo‘llaniladi. Manbalarni o‘qitish jarayonida ular bilan ishlash uslublaridan asosiylari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

37

kuzatish va tajriba o‘tkazish hisoblanadi. maqsad va vazifalarini amalga oshirishga

qaratilgan bo‘ladi [4].Biz bu jarayonda albatta ta’limning ko’rgazmalilik

tamoyillaridan foydalanamiz.

Ta’limning ko‘rgazmalilik tamoyilining yana bir vazifasi ta’lim jarayonidagi

sifatni oshirishga, ta’lim oluvchilarning bilim olishlarini osonlashtirishga

(oydinlashtirishga) qaratilgan faoliyat bo‘lib, unda ta’lim oluvchilardagi

o‘rganilayotgan jarayonlarni (narsa va hodisalarni) bevosita hissiy – amaliy jihatdan

idrok qilish asosida bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish jarayoniga asosdir.

Ta’limning uzviylik va uzluksizlik tamoyili ko’ra – bu ta’limda zarur

fiziologik – psixologik qonuniyat hisoblanib, bilimni mantiqiy bog‘liqlikda

o‘rganishni ta’minlab beradi. Bu tamoyil har bir fan bo‘yicha dasturiy va uslubiy

tavsiyanomalar yaratishda joriy qilinadi va ular tushunchalar, dalillar va boshqa

fikrlar orasidagi aloqadorliklardan kelib chiqqan qonun va qoidalar bilan amaliy

ishlarni bajarish o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqliklarni o‘rganish orqali amalga

oshiriladi. Bu qonuniyat ta’limni tashkil etishning asosi hisoblanadi. Bunga amal

qilmaslik ta’lim mazmuniga salbiy ta’sirni keltirib chiqaradi, ya’ni ta’lim oluvchilar

tafakkurida o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan uzuq – yuluq bilimlarning paydo bo‘lishiga olib

keladi. Ta’limda onglilik va faollik tamoyilida ko’ra ta’lim oluvchilar bilimini

hayotda qo‘llay bilishlari uchun ta’lim mazmuni va unga mos ta’lim berish jarayonini

faol fikrlash faoliyatiga aylantirishga to‘g‘ri keladi, ya’ni o‘qitishni shunday tashkil

etish kerakki, bunda ta’lim oluvchilar bilimlarini dars mashg‘ulotlarida ongli va faol

qatnashib egallab olsinlar. Shunda ta’lim oluvchilarda ong o‘sib, ijtimoiy

tashabbuskorlik va o‘quv faoliyatida mustaqillik tarkib topadi. Ta’limning onglilik

tamoyili ta’lim oluvchilarda tushuncha va qoidalarni yodlash va esda saqlash bilan

ularni egallash emas, balki bu bilimlarni hayotiy hodisalar va jarayonlar bilan bog‘liq

bo‘lgan mazmunini tushunishlaridadir. Bu tamoyil tafakkurini shakllantiruvchi qoida

bo‘lganligi uchun ham ta’lim oluvchilarni muammoni mustaqil hal qilishga o‘rgatadi.

Shu bilan bir qatorda ta’lim berishga ilmiy yondoshganda ta’lim mazmunini ilmiy

asosda tashkil etish tamoyilidan foydalaniladi unga ko’ra ta’lim oluvchilarni o‘qitish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

38

ishlarini

faollashtiradigan,

ongini

o‘stiradigan,

ilmiy

dunyoqarashini

kengaytiradigan, ularni mustaqil ta’lim olishga yo‘naltiradigan usullarga o‘rgatadi .

Ushbu jarayonda shuni takidlab o’tish lozimki, ta’lim va ta’rbiya uyug’inligini

ta’minlashda faqat ilmi jihatdan yondoshib bo’limaydi. Ta’lim va tarbiyaning

uyg’unlashtirishda oilaning o’rni beqiyos albatta. O’zbek xalqi tarbiya borasidagi boy

tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa,

sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya fanlari ma`lumotlaridan

foydalanadi. Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi

shaxsiga oddiy ta’sir ko‘rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning

aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va

o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi ekanligi alohida ta’kidlash lozim. Tarbiya aqlli, odobli,

mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e’tiqodli, dilipok, har tomonlama ma’naviy

rivojlangan, vatanparvar, insonparvar, barkamol shaxsni shakllantirishni ko‘zda

tutadi. Tarbiya mahalliy, ijtimoiy- iqtisodiy shart - sharoitlar, milliy an’analar va

mintaqalararo xususiyatlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Tarbiya jarayonida

kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi. Xarakteri, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik

xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi,

jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi.

Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, Avaz 0‘tar, Hamza

Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniylar kabi ulug’ allomalarimiz inson kamolotini

ilm-fan va tarbiyada deb bildilar.Tarbiya jarayonida kattalar, tarbiyachilar va

tarbiyalanuvchilar jamoasi hisoblanadi. Shaxsning rivojlanishi tarbiyaning sifatiga

bog’liqdir

Ayni chog‘da tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari shaxsning rivojlanish

darajasiga bogliq. Tarbiyajarayoni murakkabdir.Shuning uchun ham u tarbiyachidan

bolaning ruhiy holati, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olib, mehribonlik

bilan yondashishni talab qiladi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchi shaxsini diqqat bilan

o‘rganishi, ularni tushunishi, hurmat qilishi lozim.

Tarbiyalanuvchilarning hayotiy faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali,

maqsadga muvofiq va ularning munosabatlari oqilona tashkil qilinar ekan,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

39

tarbiyajarayoni shunchalik samarali amalga oshiriladi.Insonni uning atrofini qurshab

turgan vositalar: oila, ota-onasi, maktab, do`stlari, atrof-muhit, ommaviy axborot

vositalari, san'at, adabiyot, tabiat va hokazolar tarbiyalaydi. Shaxsning rivojlanish va

shakllanish jarayonini boshqarib borish kerak. Shunga ahamiyat berish lozimki,

amalda tarbiyaviy jarayon umumxalq ishi va uzluksiz bo`lsin, barcha yoshdagi

bolalarni qamrab olsin, turli ijtimoiy, jamoat va davlat institutlari va muassasalarining

shaxs o‘zaro munosabatda bo'ladi.

ADABIYOTLAR

1. https://lex.uz. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. 2020

yil

23 sentabr.

2.https://lex.uz. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021 yillarda

O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash

to’g’risida”gi Farmoni. 2018 yil 21 sentabr.

3. Mirziyoyev Sh.M. “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon

hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir” mavzusidagi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga

bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.// “Xalq so‘zi” gazetasi 2018 yil 8

dekabr.

4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T. “Ma’naviyat”, 2008, 43-bet.

5. Quronov.M. Bolam baxtli bo’lsin, desangiz... .T. “Ma’naviyat”, 2014, 22-bet.