MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
147
NAFAS A‘ZOLARIGA TA’SIR ETUVCHI VOSITALAR
1-son Respublika Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomtligi texnikumi 2-
Umumkasbiy modular kafedrasi o’qituvchisi
Boboyeva Dono Abduqodirovna
Annotatsiya: Nafas a‘zolari holatining buzilishi o‘pka harakatchanligining
cheklanishi, nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligining buzilishi, o‘pkaning o‘zida nafas
olish sathining kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar nafas a’zolariga ta’sir
etuvchi vositalarni qo‘llashga sabab bo‘ladi. Nafas a‘zolariga ta‘sir etuvchi vositalar
quyidagi guruhlarga bo’linadi:
• nafas stimulatorlari;
• yo‘talga qarshi vositalar;
• balg‘am ko‘chiruvchi vositalar;
• bronxial astmada qo‘llaniladigan vositalar.
Kalit so‘zlar: Kofein, bemegrid, etimizol, libeksin, mukolitik, surfaktant,
bronxolitiklar,parasimpatik,bronxlar, adrenomimetiklar, xolinoblokatlar,miotrop.
Аннотация: Нарушения дыхания, в том числе ограничение
подвижности легких, нарушение проходимости дыхательных путей, а также
изменения в самих легких, связанные со снижением частоты дыхания,
приводят к использованию средств, влияющих на дыхательную систему.
Агенты, поражающие органы дыхания, делятся на следующие группы:
• стимуляторы дыхания;
• средства от кашля;
• отхаркивающие средства;
• препараты, применяемые при бронхиальной астме
Ключевые
слова: Кофеин, бемегрид, этимизол, либексин,
муколитик,
сурфактант,
бронходилататор,
парасимпатический,
бронхиальный, адреномиметик, холиноблокатор, миотропный.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
148
Abstract: Respiratory disorders are changes in the lungs associated with
reduced lung function, impaired airway patency, and decreased respiratory rate,
which lead to the use of respiratory medications. Respiratory medications are divided
into the following groups:
• respiratory stimulants;
• antitussives;
• expectorants;
• medications used in bronchial asthma
Key words: Caffeine, bemegrid, etimizol, libexin, mucolytic, surfactant,
bronchodilators, parasympathetic, bronchial, adrenomimetics, cholinoblockers,
myotropic.
Nafas stimulatorlari deb, uzunchoq miyada joylashgan va nafas jarayonini
idora qiladigan nafas markaziga ta‘sir ko‘rsatib, uning faoliyatini jonlantiradigan
preparatlarga aytiladi. Ular ta‘sir mexanizmiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
— nafas markazini bevosita faollashtiruvchi dori vositalari;
— bilvosita ravishda nafasni qo‘zg‘atuvchi dori vositalari;
— aralash ta’sirga ega bo’lgan dori vositalari.
Nafas markazini bevosita faollashtiradigan dori vositalariga psixostimulator
va analeptik ta‘sirga ega kofein, bemegrid, etimizol prcparatlari kiradi.
Etimizol - bosh miyaning po'stloq osti tizimlari va uzunchoq miya
markazlarini faollashtiradi. Analeptiklardan farqli o‘laroq, etimizol miya po‘stlog‘iga
susaytiruvchi ta ’sir ko‘rsatadi. Nafas stimulatorlari narkotik analgetiklar bilan, is gazi
bilan yengil zaharlanganda, chaqaloqlar asfiksiyasida, narkozdan so’ng o ‘pka
ventilatsiyasini tiklash maqsadida ishlatiladi. Og‘ir hollarda esa sun'iy nafas
oldirishga o‘tiladi. Bilvosita analgetiklar, uxlatuvchi, narkoz moddalari bilan
zaharlanganda qo‘llanilmaydi. [1]
Yo’talga qarshi vositalar ta‘sir mexanizmiga ko‘ra ikkiga bo’lnadi: markaziy
va periferik ta’sirga ega preparatlar. Markaziy ta‘sirga ega vositalar — kodein,
etilmorfin uzunchoq miyada joylashgan yoltal markazini susaytiradi. (Narkotik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
149
analgetiklarga qarang!) Periferik ta’sirga ega vositalarga libeksin va boshqalar misol
b o ‘la oladi. Libeksin. U ning ta ’sir mexanizmi yuqori nafas yo'llari shilliq
pardasining sezuvchanligini pasaytirishi, shuningdek bronxolitik xususiyatlari bilan
bog‘liq. Yo’talga qarshi faolligi bo‘yicha kodeinga yaqinlashadi. Nafas yo‘llari
yallig’lanishi (o ‘tkir va surunkali bronxit)da qo’llaniladi. [2]
Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar mexanizmiga ko‘ra ularning quyidagi
guruhlari farqlanadi:
-balg'am ko'chiruvchi vositalar termopsis o’ti, gulxayri ildizi, qizilmiya ildizi,
mukaltin, glitsirram, andiz, botqoq ledumi, katta tog‘jam bil, pektussin, terpingidrat,
natriy benzoat, likorin gidroxlorid;
-mukolitiklar — atsetilsistein, karbosistein, bromgeksin, ambroksol, tripsin;
-surfaktantlar — kurosurf, ekzosurf.
Balg'am ko'chiradigan dorilarga me’da shilliq qavatining retseptorlarini
ta'sirlab, bronxial bezlar sekretsiyasini kuchaytiradigan, harakatlanuvchi epiteliy
faolligini zo'raytiradigan va buning natijasida balg'amni suyiltirib, chiqib ketishini
osonlashtiradigan preparatlar kiradi. Bunday ta‘sir, asosan, qustiruvchi vositalarning
kichik dozasiga xosdir. Ular ko'pincha bilvosita ta’sir etadigan preparatlar deb ham
yuritiladi. Nafas yo'llarining yallig‘lanishida va boshqa xastaliklarda ushbu dori
vositalari balg'am ko‘chishini yengillashtirib, yo‘talni yumshatadi. [3]
Bronxlar devoridagi silliq muskullami bo'shashtiradigan, spazmda bronxlarni
kengaytiradigan moddalar kiradi va ular bronxolitiklar deyiladi. Bronxolitiklar
bronxial astma kasalligida yaxshigina kor qiladi. Ular bu kasallik xurujining oldini
oladi va uni bartaraf etadi. Ma‘lumki, bronxlar silliq muskullari parasimpatik va
simpatik nervlar orqali boshqariladi. Parasimpatik nervlar mushakda qisqartiruvchi,
simpatik nervlar esa aksincha ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, parasim
patik nervga tegishli M-xolinoretseptorlar qo‘zg‘atilsa, bronxlar torayadi, simpatik
nervga tegishli b-adrenoretseptorlar qo‘zg’atilsa, bronxlar kengayadi. Shuning uchun
bronxial astma xurujida xolinoretseptorlarni bog‘lab, parasimpatik nerv ta’siri
yo'qotiladi yoki adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atib simpatik nerv faoliyati oshiriladi,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
150
natijada bronxlar kengayadi va nafas siqilishi yo'qoladi. Bronxolitiklarga ta‘sir
mexanizmi turlicha bo’lgan, bronxlarni kengaytiruvchi preparatlar kiradi. [4]
FOYDALINGAN ADABIYOTLAR RO
‘
YXATI
1.
Ibrohimovich A. H. MODERN FACTORS FOR RAISING STUDENT-
YOUTH INNOVATIVE THINKING IN THE HIGHER EDUCATION //American
Journal of Pedagogical and Educational Research. – 2023. – Т. 15. – С. 202-206.
2.
M.N.Mahsumov,
X.Aliyev,
M.A.Odilov,
N.A.Musayeva
“FARMAKOLOGIYA ASOSLARI” Toshkent “ILM ZIYO”-2007
3.
F.Sh.Toshmuhammedova, H.U.Aliyev, R.Z.Nizomov “FARMAKOLOGIYA
VA RETSEPTURA” 2003
4.
S.S.Azizova “FARMAKOLOGIYA” Toshkent Yangi asr avlodi 2006
5.
Yu.M.
Mamadov,
M.A.Xo’jamberdiyev,
B.Yu.Mamatov
“KLINIK
FARMAKOLOGIYA” Toshkent “TURON-IQBOL” 2010