Authors

  • Abdumutalova Dilnoza Davronbek qizi
  • Abdumutalova Dilnoza
  • Muqimjon Axunov Muhammadaminovich

Author Biographies

  • Abdumutalova Dilnoza Davronbek qizi

    Andijon davlat chet tillari instituti,

    Ingiliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi

    E – mail : dilnoza774411@gamail.com

    Tel : +998902051208

  • Abdumutalova Dilnoza

    Student of Andijan State

    Institute of foreign Lanluages

  • Muqimjon Axunov Muhammadaminovich

    (PhD) f.f.f.d, dotsent

    E-mail: muqumjon.axunov@bk.ru

    Telefon: +998979977443

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119398

Keywords:

lingvodidaktika metodika motivatsiya chet tili.

Abstract

Maqolada ingliz va o‘zbek tillarida tibbiyot instituti talabalarida chet tilini o‘rganishga nisbatan motivatsiya xosil qilish va chet til o‘qitish metodikasi orqali motivatsiya talqini qilingan. tibbiyot instituti talabalarida chet tilini o‘rganishga lingvodidaktik tadqiqoti va chet til o‘qitish metodikasini muammolari qiyosiy tarzda amalga oshirilgan farqlanishi tillar o‘rtasidagi metodikasini mazmunida ko‘rsatib o‘tiladi. 


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–3_ Март –2025

24

TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARIDA CHET TILINI O‘RGANISHGA

NISBATAN MOTIVATSIYA XOSIL QILISH

Abdumutalova Dilnoza Davronbek qizi

Andijon davlat chet tillari instituti,

Ingiliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi

E – mail : dilnoza774411@gamail.com

Tel : +998902051208

Abdumutalova Dilnoza

Student of Andijan State

Institute of foreign Lanluages

Ilmiy rahbar: Muqimjon Axunov Muhammadaminovich

(PhD) f.f.f.d, dotsent

E-mail: muqumjon.axunov@bk.ru

Telefon: +998979977443

CREATING MOTIVATION TO LEARN A FOREIGN LANGUAGE

AMONG STUDENTS OF THE INSTITUTE OF MEDICINE

Annotatsiya: Maqolada ingliz va o‘zbek tillarida tibbiyot instituti

talabalarida chet tilini o‘rganishga nisbatan motivatsiya xosil qilish va chet til

o‘qitish metodikasi orqali motivatsiya talqini qilingan. tibbiyot instituti talabalarida

chet tilini o‘rganishga lingvodidaktik tadqiqoti va chet til o‘qitish metodikasini

muammolari qiyosiy tarzda amalga oshirilgan farqlanishi tillar o‘rtasidagi

metodikasini mazmunida ko‘rsatib o‘tiladi.

Kalitso‘zlar: lingvodidaktika, metodika, motivatsiya, chet tili.

Abstract: The article analyzes the formation of motivation for learning a

foreign language among medical institute students in English and Uzbek languages

and the interpretation of motivation through foreign language teaching methodology.

The study of linguodidactical research on the learning of a foreign language among


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–3_ Март –2025

25

medical institute students and the problems of foreign language teaching

methodology are presented in the context of the comparative implementation of the

methodology of different languages.

Keywords: linguodidacty, methodology, motivation, foreign language.

Mamlakatimizda olib borilayotgan isloxotlar ezgu niyatlarga, halqimiz

turmush tarzini yaxshilashga, O‘zbekistonni taraqqiy etgan mamlakatlar katoriga olib

chiqishga qaratilgan. Yurtimiz kelajagi, xalq farovonligi, shu bilan bog‘liq istiqbolli

rejalarimizni amalga oshirish ko‘p jihatdan zamon talablariga javob beradigan, bilimli

yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan bog‘likdir. Mamlakatimizdagi oliy o‘quv

yurtlari oldida turgan dolzarb masalalardan biri xam aynan siyosiy jixatdan yetuk,

bilimli, yuqori saviyada fikrlash madaniyatiga ega, xorijiy texnologiyadan xabardor

va ilmiy texnikaviy axborotlardan tibbiyot soxasiga oid zarur materiallarni tanlab

oladigan, kompyuter texnologiyalarini mukammal egallagan malakali kadrlar

tayyorlashdan iborat.

Ushbu qayd etilgan vazifalalarni bajarishda barcha mutaxassislik fanlari

qatori xorijiy tillarni ham o‘ziga xos alohida o‘rni borligini ta’kidlash lozim, chunki

hozirgi vaqtda turli soha mutaxassislarida chet tillarni o‘rganishga nisbatan yangicha

munosabat shakllanmoqda. Bu halqaro munosabatlarni o‘sishi va tobora rivojlanib

borayotganligi natijasida kelib chiqqan va chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan extiyojdir.

Bo‘lg‘usi vrachlarni chet tillardan xabardor bo‘lishi ularga xorijdagi ilg‘or

tajribadan va tibbiyot soxasidagi yangi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish,

xorijdagi yetuk tibbiyotga oid muassasalarda malaka oshirib kelish imkoniyatlariga

ega bo‘lishlariga katta yordam beradi.

Ma’lumki, chet tillarni o‘qitishda ularga o‘rganilayotgan chet tilini

o‘qitishdan ko‘zlangan maqsadni to‘g‘ri tushuntirish, bu tilni kelajakdagi kasbiy

faoliyatlarida foydalanishi mumkinligi bilan bog‘liq qiziqarli misollar keltirish

talabalarda o‘rganilayotgan chet tiliga nisbatan motivatsiyani keltirib chiqaradi.

Tibbiyot talabalarini ingliz tili o‘rganishga kiziqtirish uchun turli omillardan

samarali foydalanish talab etiladi. Shulardan biri o‘rganilayotgan mavzudan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–3_ Март –2025

26

ko‘zlangan maqsadni tiniq bayon qilib berish va o‘kuv materialining talabalar bilim

darajasiga mos kelishidir. Bu ularda o‘z kuchlariga bo‘lgan ishonchni xosil qilishga

yordam beradi. Agar talabalar berilgan topshiriqni kanday bajarishni bilmasalar va u

talabalar bilim darajasiga nisbatan murakkab bo‘lsa, ular topshiriqni bajarishga

qiziqmaydilar, ularda istak va xoxish xam bo‘lmaydi. Birok talaba berilgan

topshiriqni bajara olsa, unda yana shunga o‘xshash topshiriqni bajarishga bo‘lgan

istak-xoxish ortadi. Uning yutug‘ini o‘qituvchi tomonidan biroz maqtab qo‘yilishi esa

talabani ruxlantirib yuboradi va unda chet tshgani o‘rganishga nisbatan motivatsiya

xosil bo‘ladi. Zamonaviy interfaol usullardan o‘rinli foydalanish ham talabalardagi

motizatsiyani yanada orttirishga yordam beradi. Masalan, "o‘pka" (lungs) mavzusini

o‘rganishda "klaster" va "breynstroming" (aqliy xujum) kabi interfaol usullardan

foydalanish yaxshi natija beradi. Bunda o‘qituvchi o‘pka rasmidan foydalangan xolda

" lungs" so‘zini o‘quv jarayoniga olib kiradi va shu so‘z yordamida klaster tuziladi.

Bu so‘z birikmasi, gap va mavzuga oid fikr bildirish orqali amalga oshiriladi. Bunday

ketma-ketlilik osondan murakkabga borish xususidagi didaktik tamoyilga ham mos

keladi. Turli rolli o‘yinlardan foydalanish talabalarda nutqiy ko‘nikmalarni

shakllantirishga va o‘stirishga katta yordam beradi, chunki rolli o‘yinlar

talabalarning faolligini oshiradi va ulardagi uyatchanlik, ikkilanish, xato qilib

qo‘yishdan cho‘chish kabi psixologik to‘siklarni olib tashlashga yordam beradi.

Shuningdek, individual va gurux-gurux yoki juft-juft bo‘lib ishlash ham talabalarning

faolligini oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, talabalarda o‘rganilayotgan chet tiliga nisbatan

motivatsiyani hosil qilish ular tomonidan o‘quv materialini o‘rganish samaradorligini

oshiradi hamda ko‘nikma va malakalarni shaqllantirishni kafolatlovchi omillardan

biri hisoblanadi.

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Abdurahmonov G‘. O‘zbek tili gramatikasi.Toshkent1996 y.

2.

Аракин В.Д.Практический курс англискoгo языка. Владос 2000.

3.

Бархударов Л. Граматика английского языка.М.1975.

4.

Белеев Н. Граматика ангилийского языка. М.1975.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–3_ Март –2025

27

5.

Jalolov J. Chet tili o‘qitish metodikasi. Toshkent 1996. Качалова

К.Практическая граматика английского языка. М.2000

6.

Kutiper U.B. Language. Orlando 1990 йил.

7.

Mirzaev N. O‘zbek tili. Toshkent 1994 yil.

8.

Mirzaev N. hozirgi zamon o‘zbek tili.Toshkent 1985 yil.

9.

H.Brace. Adventure for readers.1989.

10.

R.Murphy. Grammar in Use. Oxford 1994.

11.

G‘ulomov A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.Toshkent 2003.

12.

Hoshimov G‘.M. Ingiliz tili o‘qitish metodikasi. Toshkent 2003.

Xashimov G.M. Tipologiya

Most read articles by the same author(s)