MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
43
MATEMATIKA O'QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
4-kurs 3-21-guruh talabasi Toshmatova Rayhona Murod qizi
E-mail:rayhonatoshmatova1@gmail.com
Boshlang’ich ta’lim nazariyasi kafedrasi
Assistent o'qituvchisi Umarova Dilafruz Anvarovna
E-mail:umarovadilafruz@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematikani
o’rgatishda innovatsion metodlar,yangi o’rgatish usullari haqida ma’lumot
berilgan.Shuningdek,o’quvchilarda
matematik
hisob
-kitob
ko’nikmasini
shakllantirishda o’quv jarayonining ahamiyati tahlil qilinadi.
Kalit
so'zlar:
matematika,innovatsion
yondashuv,metod,ta'lim,didaktik
o'yinlar,mantiqiy fikrlash
Аннотация: В статье представлена информация об инновационных
методах и новых методах обучения математике учащихся с аналитическим
типом обучения. Целью также является определение важности процесса
обучения для развития у этих учащихся навыков математических вычислений.
Ключевые слова: математика: инновационное обучение, метод,
образование, дидактические игры, логическое мышление
Abstract: This article provides information about innovative methods and new
teaching methods in teaching mathematics to students with analytical learning
processes. It also identifies the importance of the learning process in developing
mathematical calculation skills in students.
Keywords: mathematics: innovative instruction, method, education, didactic
games, logical thinking
Kirish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
44
Zamonaviy ta’lim tizimida innovatsiyalarni joriy etish orqali fanlarni o‘qitish
sifatini oshirishni talab qilmoqda. Ayniqsa, matematika kabi mantiqiy fikrlash, tahlil
qilish va yechim topish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi fandan samarali natijalarga
erishish uchun innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyatga ega.
Matematika ta’limida innovatsion yondashuv deganda, o‘quv jarayonini
interaktiv, ijodiy va texnologik jihatdan rivojlantiruvchi usullar majmuasi tushuniladi.
Bu yondashuvlar o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, mavzuni
chuqurroq anglashga yordam beradi va amaliy masalalarni hal qilish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
Boshlang'ich
sinf
o'quvchilariga
matematika
1-sinfdanoq
o'rganiladi.O'quvchilar bu fanni o'qitishda, tushuntirish jarayonida Zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, ko'rgazmali vositalaridan,tarqatma
materiallardan hamda yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanish ancha samarali
hisoblanadi.
Mamlakatimiz
bo'ylab
umumta'lim
maktablariga
katta
e'tibor
qaratilib,maktablarimizni jahon andozalari darajasida jihozlash ishlari olib
borilmoqda.Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimidagi ta'lim muassasalari, jumladan,
umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari oldida yangi vazifalar, ya'ni fanni
o'zlashtirish sifatini oshirish vazifalari turibdi. Shu munosabat bilan matematika
o'qitishda turli metodlardan foydalaniladiki, ularning asosiy maqsadi matematika
o'qitishni joriy etish va o'zlashtirishdan iborat. Umumiy o'rta ta'lim maktablari
boshlang'ich sinf matematika darslarini yangi pedagogik texnologiyalar va zamonaviy
axborot texnologiyalari asosida o'tishda kompyuterlardan foydalanib, multimedia
imkoniyatlari asosida dars o'tish noan'anviy dars turlaridan biri hisoblanadi.Bundan
tashqari, o'quvchilarga matematikani o'rgatishda yangi innovatsion metodlardan
foydalanish ham yaxshi natijalarga beradi.Masalan:
"Zinama-zina" metodi.Bu asosan o'quvchilarni tezkorlik, chaqqonlik va
zukkolikka chorlaydi.Bu o'yinning borishi quyidagicha:doskaga zina rasmi
chiziladi.O'quvchilar 2 guruhga bo'linishadi,zinalarga o'qituvchi tomonidan turli xil
misollar yozilgan bo'ladi.Misollarni navbatma-navbat bajarish orqali yuqoriga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
45
ko'tarilib boradi.Birinchi yuqoriga yetib kelgan guruh g'alaba qozonadi.O'quvchilar
yechgan misollar sinf jamoasi bilan birga tekshiriladi. G'olib guruh esa
rag‘batlantiriladi.
"Qochish xonasi"didaktik o'yini.Bu o'yin shaklidagi ta'limiy faoliyat
bo'lib,o'quvchilar turli topshiriqlar va jumboqlarni yechib,xonadan chiqishi yoki
muammoning yechimini topishi uchun cheklangan vaqt ichida ishlaydi.Bu o'yinni
matematika dsrsida qanday qo'llash mumkin?Siz sirli laboratoriyadasiz.Chiqish eshigi
qulflangan.Qulfni ochish uchun 5 ta kodni topishingiz kerak.Kod bu har bir yechgan
misolning natijasidir.Bu o'yinning afzalliklari: matematika bilan real hayotni bog'lash
imkonini beradi,o'quvchilarni mustaqil va jamoada ishlashga o'rgatadi,fanga bo'lgan
qiziqishini oshiradi,ijodkorlikni rivojlantiradi, tanqidiy va mantiqiy fikrlashni oshiradi.
"O'z yo'lingni tanla!"didaktik o'yini.Bu interaktiv ta'limiy o'yin bo'lib,unda
o'quvchi berilgan tanlovlar asosida o'z "ta'lim yo'li" ni tanlaydi.Har bir tanlov
o'quvchini boshqa yo'nalishga olib boradi.Har qaror muammo yechimi matematik
hisob-kitob yoki mantiqiy tahlilga bog'liq bo'ladi.Misol uchun tenglamalar mavzusida
bu o'yindan foydalanishimiz mumkin:Sehrli uyda eshiklar yozilgan.Har bir eshikni
ochish uchun oddiy tenglamani yechib,to'g'ri kalitni tanlash kerak.Har noto‘g‘ri tanlov
adashgan yo'lga olib boradi.
Bosqich-1.Kirish eshigi
Savol:X+5=9
A) x=4 -->
《
To'g'ri kalit,oldinga o'tasiz
》
B) x=3 -->
《
Yolg'on eshik,qayta urinib ko'ring
》
D)x= 6 -->
《
Bu eshik ochilmadi
》
Bosqich-2.Sehrli bog'
Savol:12-x=7
A) x=5 -->
《
To'g'ri javob,keyingi darvozani topdingiz
》
B) x=6 -->
《
Bu yo'l tugadi, orqaga qayting
》
D) x=4 -->
《
Boshqa yo'lga tushib qoldingiz
》
Bosqich-3.Qulflangan sandiq
Savol:2×x=10
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
46
A) x=5 -->
《
Zo'r,sandiq ochiladi, ichidagi mukofot bor!
》
B) x=6 -->
《
Sandiq ochilmadi, boshqa kalitni sinab ko'ring
》
D) x=4 -->
《
Sandiq qimirlamadi
》
O'yin yakunida To'g'ri javoblar 1-bosqich:4,2-bosqich:5,3-bosqich:5.
Kod:455.O'quvchi g'alaba qozondi.
Bundan tashqari STEAM texnologiyasi ham innovatsion yondashuvlardan biri
hisoblanadi.STEAM so'zi bu qisqartma so'z bo'lib,quyidagi fanlarni birlashtiradi:
S-science( fan)
T-technology(texnologiya)
E-engineering(muhandislik)
A-art(san'at)
M-mathematics(matematika)
Ya'ni STEAM fanlararo integratsiyalangan o'qitish modelidir.Bu yondashuv
orqali o'quvchilar nazariy bilimlarni amaliy va hayotiy faoliyat bilan bog'lab
o'rganadilar.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bugungi kun o'quvchisini bugungi zamonning
talablari asosida o'qitish lozim. Zero, yangi texnologiyalar zamonida dunyoga
kelayotgan o'g'il-qizlar o'zining bir qator umumiy sifatlari bilan ajralib turadi. Turmush
tarzimiz, qiziqish va xohishistaklarimiz global makonda qariyb o'xshash tus olayotgan
bir vaqtda kechagi o'qitish usullari bilan maqsadga erishib bo'lmaydi. Zamon bilan
hamqadam rivojlanib borgandagina yuksak intellektual avlodni tarbiyalash imkoniga
ega bo'lamiz. Innovatsion texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish asosida ta'lim
samaradorligini oshirish va ta'lim jarayoniga texnologik yondashish mumkin. Hamda
bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o'quvchini mustaqil fikrlashga o'rgatib,
mustaqil hayotga tayyorlaydi.Ta'limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
maqsadidagi ilmiy natijalarni o'rganish va nazariy ma'lumotlarni tayyorlash,
o'quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg'otishga xizmat qilishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Abdullayeva S."Innovatsion ta'lim texnologiyalari".Toshkent.2020
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
47
2.Divanov M.S.,Alimova S.Q.,Asimov O.N Boshlang’ich sinflarda matematika fanini
o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.
3.Jumayev M.E.,Tadjiyeva Z.G'.Boshlang'ich sinflarda matematika o’qitish
metodikasi."Fan va texnologiya".2005
4..Shodmonov Yo.G'."Ta'limda zamonaviy metodlar"Toshkent.2019
5. .R. Mavlyanova, N. Raxmanqulova "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi innovatsiya
va integratsiya integratsiya" Toshkent "Voris-nashriyot" 2013. Anvarovna, Umarova
Dilafruz. "INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIMDA O'ΎΙΝ TEXNOLOGIYALARI.
MODERN EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE TEUmarova,
6. Dilafruz Anvarovna, "IMPROVING THE METHODOLOGY OF SOCIO-
EMOTIONAL DEVELOPMENT OF STUDENTS IN THE PROCESS OF
TECHNOLOGICAL EDUCATION IN PRIMARY GRADES." Mental Enlightenment
Scientific Methodological Journal 5.03 (2024): 394-403.SOLUTIONS 1.2 (2024): 23-
25.
7. Anvarovna, Umarova Dilafruz. "BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA
IJTIMOIY
USTANOVKALARNI
RIVOJLANTIRISH
TEXNOLOGIYASI."
TADQIQOTLAR 31.4 (2024): 3-6.
8. Umarova, Dilafruz Anvarovna. "BOSHLANG 'ICH SINFLARDA TEXNOLOGIK
TA'LIM JARAYONIDA O'QUVCHILARNI IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANTIRISH
METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH." GOLDEN BRAIN 1.30 (2023): 46-49
