Authors

  • Orifjonova Zulfizar

Author Biography

  • Orifjonova Zulfizar

    Andijon Davlat Universiteti

    1-kus talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.89899

Keywords:

musiqali drama opera balet badiiy ifoda dramaturgiya sintez tasviriylik sahna san’ati

Abstract

Ushbu maqolada musiqali drama, opera va balet san’at turlarining shakllanishi, o‘zaro aloqasi va badiiy ifoda vositalari ilmiy-tahliliy yondashuv asosida o‘rganiladi. Musiqa, dramaturgiya va sahna harakati uyg‘unligi orqali obraz yaratish jarayoni, tarixiy taraqqiyoti va bugungi davr san’atida tutgan o‘rni yoritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_ Май –2025

424

MUSIQALI DRAMMA OPERAL VA BALET

Andijon Davlat Universiteti

1-kus talabasi Orifjonova Zulfizar

Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqali drama, opera va balet san’at

turlarining shakllanishi, o‘zaro aloqasi va badiiy ifoda vositalari ilmiy-tahliliy

yondashuv asosida o‘rganiladi. Musiqa, dramaturgiya va sahna harakati uyg‘unligi

orqali obraz yaratish jarayoni, tarixiy taraqqiyoti va bugungi davr san’atida tutgan

o‘rni

yoritiladi.

Kalit so‘zlar: musiqali drama, opera, balet, badiiy ifoda, dramaturgiya, sintez,

tasviriylik, sahna san’ati

Kirish

Musiqa san’atining eng murakkab va mukammal janrlaridan biri bu musiqali sahna

asarlaridir. Musiqali drama, opera va balet o‘z mohiyatiga ko‘ra turli badiiy ifoda

vositalarini sintez qilib, kuchli emotsional va estetik ta’sir uyg‘otadi. Ushbu maqolada

mazkur janrlarning har biri alohida tahlil qilinadi hamda ularning badiiy xususiyatlari

va o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi.

Musiqali drama – musiqa (vokal va cholgʻu) hamda soʻz sanʼatiga asoslangan

sahna asari musiqali teatr janridir. Ilk namunalaridan masalan: V asr Hindiston, XII asr

Xitoyda shakllangan. Mazkur janr Ozarbayjonda 20-asr boshida, Oʻrta Osiyo va

Qozogʻistonda 1920-yillarda vujudga kelgan. Musiqali dramada sahna voqealari,

qahramonlarning ichki kechinma va holatlari, oʻzaro munosabatlari soʻz, musiqa,

dramatik

harakat,

shuningdek,

raqs

orqali

ifodalanadi.

Musiqa va soʻz bir-birini toʻldirib asar mazmunini ochishga yordam beradi.

Oʻzbekistonda musiqali drama janri 1910—1920-yillardan milliy adabiy-badiiy

tomosha sanʼati va musiqa merosi zaminida shakllana boshladi. Uning tarkib topishida

oʻzbek xalq tomoshalarida musiqadan foydalanish tajribalari shuningdek ozarbayjon

teatrining musiqali dramatik spektakllari muhim rol oʻynadi. Hamzaning „Hoy,

ishchilar“, „Qarmoq“, „Quzgʻunlar“ kabi inssenirovkalari, „Fargʻona fojiasi“


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_ Май –2025

425

tetralogiyasi; Gʻulom Zafariyning „Halima“ pyesasi; Xurshidning Navoiy dostonlari

asosida yaratilgan. „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“ asarlarida Musiqali

dramaning oʻziga xos jihatlari mustahkamlasha boshlanadi. Oʻzbek musiqali dramasi

oʻz taraqqiyotida bir necha davrni bosib oʻtdi. Bundan avval pyessaga mos musiqa

materiali xalq ijodidan saralab olingan boʻlsada, 1930-yillarning boshida S.

Abdullaning „Poʻrtana“, Muzaffar Muhamedov va Komil Yashinning „Ichkarida“ kabi

zamonaviy asarlari sahnalashtirilganida xalq musiqa merosi namunalarini qayta

ishlashga urgʻu berilgan. Oʻzbek bastakori va kompozitorlari musiqali drama

musiqasining ifodaviy imkoniyatlarini kengaytirishdi. „Layli va Majnun“ Navoiyning

shu nomli dostoni asosida Xurshid librettosi; T. Sodiqov va N. Mironov musiqasi,

„Farhod va Shirin“ Navoiy-Xurshid, V. Uspenskiy, „Gulsara“ K. Yashin; R. Glier kabi

Musiqali dramalar shular jumlasidandir. Musiqali dramaning adabiy va musiqa

jihatidan yuksalishida drammaturglardan K. Yashin, S. Abdulla va bastakor T.

Jalilovning xizmatlari katta. Ular qalamiga mansub „Nurxon“, „Ravshan va Zulxumor“

K. Yashin; T. Jalilov, „Tohir va Zuhra“, „Alpomish“, „Muqimiy“, „Gul va Navroʻz“

S. Abdulla, T. Jalilov kabi dramalar mavjud. 1950-yillardan boshlab bu janrda mustaqil

ijod qiluvchi oʻzbek kompozitorlari yetishib chiqdi: M. Leviyev, A. Muhamedov, S.

Boboyev, H. Rahimov. Ik. Akbarov, D. Zokirov, D. Soatqulov, S. Jalil, M. Yusupov,

S. Hayitboyev, M. Bafoyev, M. Mahmudov, F. Olimov va boshqa Ular oʻzbek musiqa

merosi, Yevropa professional musiqa uslubi, ifoda vositalari va shakllari jumladan,

ariya, duet va boshqa ansambllar, xor va raqs sahnalariga tayanib, oʻz Musiqali

drammalarida haqiqiy musiqiy drammaturgiya hosil qilishga harakat qilishdi.

Kompozitor va ijrochilarning malakasi oshishi natijasida musiqali drama zamonaviy

professional musiqali dramatik janr darajasiga koʻtarildi. Oʻziga xos xususiyatlariga

ega boʻldi. „Vatan ishqi“ (Z. Fatxullin, Sh. Saʼdulla; S. Boboyev), „Momo yer“ (Ch.

Aytmatov qissasi asosida T. Tula inssenirovkasi; I. Akbarov musiqasi), „Navoiy

Astrobodda“ (I. Maxsumov; Y. Rajabiy, S. Jalil), „Prometey“ (Y. Marsinkyavichyus;

M. Bafoyev), „Yusuf va Zulayho“ (R. Bobojon; F. Olimov), „Kumush shahar

malikasi“ (I. Sulton; Ik. Akbarov) kabi musiqali dramalar bunga misol boʻla oladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_ Май –2025

426

Murodova,

Dilera;

Gʻafurbekov.

Toʻxtasin.

Oʻzbekiston

milliy

ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Pekker

Y.,

„Uzbekskaya

opera“,

Moskva,

1984-yil.

Murodova D., „Mustaqillik davri Oʻzbekiston kompozitorlik ijodiyoti toʻgʻrisida“,

Musiqa ijodiyoti masalalari, Toshkent, 2002-yil.

Opera lotincha:opera – „mehnat mahsuli“, „asar“ – musiqali dramatik sanʼat

janri bólib Opera qorishma (sintetik) janr boʻlib, u oʻzida bir nechta sanʼat turlarini

mujassamtira oladi. Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat va raqs sanʼati

shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bogʻlanadi. Lekin musiqa ular orasida

yetakchi oʻrin egallaydi. Operaning adabiy asosi – libretto (tarjimasi „kitobcha“) dagi

voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari bilan, avvalo, vokal musiqa shakllarida

gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar

ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida oʻz ifodasini topadi. Operadagi

rechitativ tugal musiqa shakllarini oʻzaro bogʻlab, musiqiy dramaturgiya jarayonida

muhim vazifalar bajaradi. Turli vokal ansambl duet, trio va boshqala qahramonlarning

oʻzaro munosabatlari, dramatik voqealar oʻz aksini topadi. Xor roʻy berayotgan

voqealarning izohlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti

lavhalari gavdalanadi. Operada orkestr ham katta oʻrin egallaydi. Vokal shakllarga joʻr

boʻladi, mustaqil cholgʻu qism antrakt, uvertyura, introduksiya va boshqalarga

vaziyatning mazmunini ochib beradi. Har bir sahnaning ruhiy holatini

ifodalashga yordam beradi. Operaning tuzilishi uning gʻoyaviy maqsadiga, syujet

xususiyatlariga,

musiqiy-ijodiy

maktab anʼanalari va uslublariga hamda

kompozitorning ijodiy tafakkuriga bogʻliqdir.

1970–1980-yillari oʻzbek kompozitorlari opera janrini mavzu jihatidan

boyitiladi. Shu davr ichida ham tarixiy – „Mangulik“ U. Musayev, „Fidoyilar“ S.

Boboyev, zamonaviy – „Sadoqat“ R. Abdullayev, atoqli shaxslarga bagʻishlangan –

„Sugʻd elining qoploni“ I. Akbarov, „Zebunniso“ Sayfi Jalil, „Alisher Navoiy“ M.

Burhonov, shuningdek, kamer operalar – „Sohilda toʻqnashuv“ N. Zokirov, „Ona

qalbi“ Hab. Rahimov va boshqa operalar ham sahnalashtirildi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_ Май –2025

427

Balet bu fransuzchadan olingan bólib ballet lotincha: ballo – raqsga tushaman

degan maʼnoni bildiradi. Asar mazmuni musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan

ifodalanadigan sahna sanʼati turi. Oʻzida sanʼatning dramaturgiya, musiqa,

xoreografiya, tasviriy sanʼat kabi turlarini uygʻunlashtiradi, bu sanʼat turlarining

hammasi alohida-alohida mavjud boʻlmay, baletning sintez markazi boʻlgan

xoreografiyaga boʻysunadi. Balet librettochi, kompozitor, baletmeyster va rassom

hamkorligida yaratiladi. Baletning dramaturgik asosi libretto (ssenariy)dan boshlanib,

unda asarning asosiy mazmuni, gʻoya, ziddiyat va harakterlari aniq belgilanadi.

Libretto koʻpincha adabiy asarga asoslanib, uni musiqa va xoreografiyada

gavdalantirish imkoniyati hisobga olinadi. Ssenariy asosida esa kompozitor balet

musiqasini yaratadi. Uning izchilligi, sahna koʻrinishi, parda va nomerlarga boʻlinishi

ssenariyda koʻrsatiladi. Musiqa faqat ssenariyni ifodalabgina qolmay, balki musiqali

obrazlarning mazmuni bilan uni boyitadi. Balet musiqasi xoreografiyani yaratish

uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Balet— musiqada yozilgan, xoreografiyada

gavdalantirilgan drama. Xoreografik harakatning asosi raqs va inson tanasining

plastikasidir. Baletda raqsning mumtoz, harakterli, sahna, xalq, erkin plastika,

„modern“ kabi turlaridan foydalaniladi. Mumtoz raqs Yevropa balet sanʼatida yetakchi

oʻrinni egallab, pantomima, raqsning boshqa turlari, sport va akrobatika elementlari

bilan boyib bormoqda. Balet spektaklida dekoratsiya, libos, yorugʻlik va boshqa

hamma tasviriy

vositalarni musiqiy-xoreografik harakatga uygʻunlashtirish

rassomning vazifasidir. Balet spektaklining ijrosi, musiqiy talqini va musiqa bilan raqs

harakatining uygʻunligiga dirijyor rahbarlik qiladi. Baletning fojia, komediya, pyesa,

balet – simfoniya kabi janrlari mavjud. Balet spektakllari bir pardali, koʻp pardali

boʻladi. Balet atamasi asosan 16–19-asrlar davomida shakllangan yevropa balet

sanʼatini ifodalaydi, lekin 20-asrdan kengroq talqin qilinib, Osiyo va Afrika

mamlakatlarining raqs tomoshalariga nisbatan ham ishlatiladi. Yevropa baletining

paydo boʻlishi qadimiy xalq musiqali raqs tomoshalariga borib taqaladi. 15–16-asrlar

teatrlashgan raqslarning shakllanish jarayoni avval Italiyada, soʻng boshqa

mamlakatlarda balet sanʼatini vujudga kelishiga sabab boʻldi. 1581-yil Fransiyada

yaxlit va rivojlangan mazmunli musiqa, raqs, pantomima, soʻz va ashula bilan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_ Май –2025

428

ifodalangan birinchi balet spektakli „Qirolichaning hajviy baleti“ yaratildi. 1661-yil

Parijda tashkil qilingan „Qirollik raqs akademiyasi“ baletning professional sanʼatga

aylanishida katta rol oʻynadi. 18-asrda Angliya, Avstriya va Fransiyada balet batamom

mustaqil sanʼat turi sifatida shakllandi. Rossiyada birinchi balet spektakli 17-asrning

70-yillarida „Orfey va Evredika haqida balet“ yaratilgan.

Oʻzbekistonda professional balet sanʼatining rivojlanishiga katta taʼsir

koʻrsatgan. 1918-yil Toshkentda Turkiston xalq konservatoriyasi zaminida Davlat rus

opera teatri tashkil qilindi. Teatr qoshida kichik balet truppasi ham boʻlgan. 1929-yil

teatr opera va balet teatri nomini oldi. „Lolaqizgʻaldoq“ R. Glier, „Raymonda“ A.

Glazunov, „Ferenji“ B. Yanovskiy, „Boqchasaroy favvorasi“, „Kavkaz asiri“ B.

Asafyev kabi B.lar qoʻyildi. 1933-yil Toshkentda 1-Respublika balet maktabi 1935-

yildan Tamaraxonim nomida ochildi. 1933-yil birinchi oʻzbek milliy balet

pantomimasi – „Paxta“ baletmeyster Us t a Olim Komilov sahnalashtirildi.

Keyinchalik „Shohida“ F. Tal, „Gulandom“ Ye. Brusilovskiy, „Togʻlar qalbi“ A.

Balanchivadze, „Laylakcha“ D. Klebanov kabilar oʻzbek mumtoz va xalq raqslari

asosida yaratildi. 1941-yilda balet maktabining birinchi bitiruvchilari G. Izmaylova, R.

Urmanseva, N. Tarshilova qabilar balet truppasiga kelib qoʻshildi. Ammo truppada

tayyorlangan kordebaletning yuqligi mumtoz baletlar qoʻyish imkonini bermasdi.

1943-yildagina „Oqbilak“ S. Vasilenko baleti qoʻyildi. 1948-yil oʻzbek opera va balet

teatri Sverdlov nomidagi rus opera va balet teatri bilan birlashtirilib, A. Navoiy

nomidagi opera va balet teatriga aylantirildi va tajribali kordebalet artistlari bilan

kuchaytirildi. „Bukri toychoq“ Ch. Puni, „Don Kixot“ L. Minkus, „Oqqush koʻli“ P.

Chaykovskiy kabi mumtoz, „Raqqosa“ G. Mushel kabi milliylik qoʻyildi. 1948 – 51-

yillar Moskva xoreografiya bilim yurti qoshida ochilgan oʻzbek balet studiyasida H.

Komilova, G. Mavayeva, K. Yusupova, F. Nosirova, Yo. Hojisaidova, L. Bashirova,

A.

Nazrullayev,

R.

Tanguriyev

va

boshqa

taʼlim

olshadilar.

1947-yil Toshkentda xoreografiya bilim yurti tashkil qilindi. „Yoshlik“ M.

Chulaki, „Esmeralda“ Ch. Puni, „Uyqudagi goʻzal“ P. Chaykovskiy kabi spektakllar

qoʻyildi. 50-yillarning oʻrtalarida balet truppasi B. Krriyeva, L. Komilova, S.

Tanguriyeva, V. Proskurina, R. Kurmasva, V. Vasilyev, K. Soatov va boshqa balet


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_ Май –2025

429

artistlari bilan toʻldirildi. Truppa tarkibining yangilanishi repertuarga ijro uslubi

murakkab mumtozdir.„Jizel“, „Shopeniana“ kiritish imkonini berdi. 60-yillarda

„Bolero“ M. Ravel, „Don Juan“ K. Glyuk, „Spartak“ A. Xachaturyan, „Korsar“ A.

Adan, „Kashmir afsonasi“ G. Mushel, „Layli va Majnun“ I. Akbarov, „Sevgi tumori“,

„Temur Malik“ M. Ashrafiy, „Qirqqiz“ L. Feygin, „Semurgʻ“ B. Brovsin, „Suhayl va

Mehri“ M. Leviyev va boshqalar sahnalashtirildi. 70-yillarga kelib, mumtoz,

zamonaviy va milliy baletlar bilan oʻzbek B.i boyidi. „Tanavor“ D. Shostakovich,

„Antoniy va Kleopatra“ E. Lazarev, „Afsonalar vodiysida“ U. Musayev, „Dunyoning

yaratilishi“ A. Petrov, „Sevgi haqida qissa“ O. Medikov, „Sevgi va qilich“ M.

Ashrafiy, „Uzilgan qoʻshiq“ A. Kalninsh va boshqa spektakllar shular jumlasidan.

Xulosa

Musiqali drama, opera va balet sahna san’atining uchta asosiy ustunidir.

Ularning har biri o‘ziga xos badiiy ifoda vositalariga ega bo‘lsa-da, umumiy jihati –

musiqaning yetakchi o‘rni – ularni birlashtirib turadi. Mazkur janrlarni chuqur

o‘rganish san’atshunoslikda muhim ahamiyat kasb etadi hamda musiqiy tafakkurning

rivojlanishiga xizmat qiladi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:

1)

I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot

va sanʼat nashriyoti, 1987.

2)

2) I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 —

384-bet. ISBN 5-645-02422-2.

3)

3) „Balet“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. (B-harfi). Toshkent:

„Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.