Authors

  • Abduraxmonova Maxliyo

Author Biography

  • Abduraxmonova Maxliyo

    Andijon Davlat Universiteti

    1-kurs  talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.89902

Keywords:

Amir Temur musiqa temuriylar saroyda rivojlanish san'at davrida Ilm-fan diniy marosimlar xalq

Abstract

Buyuk sarkarda Amir Temur davrida musiqa va sanʼat gullab-yashnagan. Temuriylar koʻpincha ilm-fan va musiqaga e'tiborini qaratishadi. Shu davrda musiqa yanada rivojlanadi va bundan tashqari madaniy almashinuv va savdo sotiq ham rivojlana boradi. Amir Temurni oʻzi ham musiqani sevuchi va doim qoʻllab-quvvatlangan. Temuriylar saroyida musiqiy tadbirlar, bayramlar va marosimlar koʻp boʻlar edi. Saroyda musiqachilar, rassomlar, shoiru olimlar bir joyda faoliyat koʻrsatishgan. Bu davrida musiqa rivojlanishi uchun koʻplab yangiliklar yur beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

411

TEMURIYLAR DAVRI CHOLG`ULARI

Andijon Davlat Universiteti

1-kurs talabasi

Abduraxmonova. Maxliyo

Annotatsiya

: Buyuk sarkarda Amir Temur davrida musiqa va sanʼat gullab-

yashnagan. Temuriylar koʻpincha ilm-fan va musiqaga e'tiborini qaratishadi. Shu

davrda musiqa yanada rivojlanadi va bundan tashqari madaniy almashinuv va savdo

sotiq ham rivojlana boradi. Amir Temurni oʻzi ham musiqani sevuchi va doim

qoʻllab-quvvatlangan. Temuriylar saroyida musiqiy tadbirlar, bayramlar va

marosimlar koʻp boʻlar edi. Saroyda musiqachilar, rassomlar, shoiru olimlar bir

joyda faoliyat koʻrsatishgan. Bu davrida musiqa rivojlanishi uchun koʻplab

yangiliklar yur beradi.

Kalit so'zlar:

Amir Temur , musiqa, temuriylar, saroyda, rivojlanish, san'at,

davrida, Ilm-fan, diniy marosimlar, xalq,

Kirishi:

Amir Temur ibn amir Taragʻay 1336-yil 9-aprelda Kesh (hozirgi Shahrisabz —

Qashqadaryo viloyatining shaharlaridan biri) viloyatining Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida

tugʻilgan. Uning onasi Takinaxonim, otasi amir Muhammad Taragʻay bahodir

jangchi, ulamo-yu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand inson

boʻlgan. Shuningdek, Amir Temurning opasi Qutlugʻ Turkon va singlisi Shirinbeka

Temurning yana uchta: Djuki, Olim Shayx va Suyurgʻatmish ismli ukalari

boʻlgan.Amir Temurning yoshligida xat-savod chiqarib, oʻz davrining tibbiyot,

riyoziyot, falakiyot, meʼmorchilik va tarix ilmlarini oʻrganib borgan. Uning yoshligi

deyarli Keshda oʻtgan. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Sarkarda

yoshligida maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan

nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlarni oʻrgangan. Amir Temur

tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib

yetishadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

412

Amir Temur tabiatan ogʻir bosiq va idrokli hamda nihoyatda ziyrak,

kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson

boʻlgan. Shu uchun oʻsmirlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli

doʻstlarni oldiga olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari Abbos

Bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur,

Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar toʻplanishib birgalikda mashq qilar,

musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga

birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllantira borishgan. Uning yoshligi koʻpincha

jang va harbiy yurishlarda oʻtgan

Buyuk sarkarda Amir Temur davrida musiqa va sanʼat gullab-yashnagan.

Temuriylar koʻpincha ilm-fan va musiqaga e'tiborini qaratishadi. Shu davrda musiqa

yanada rivojlanadi va bundan tashqari madaniy almashinuv va savdo sotiq ham

rivojlana boradi.Amir Temurni oʻzi ham musiqani sevuchi va doim qoʻllab-

quvvatlangan. Temuriylar saroyida musiqiy tadbirlar, bayramlar va marosimlar koʻp

boʻlar edi. Saroyda musiqachilar, rassomlar, shoiru olimlar bir joyda faoliyat

koʻrsatishgan. Bu davrida musiqa rivojlanishi uchun koʻplab yangiliklar yur beradi.

Samarqand va Buxoroda musiqiy va madaniy hayotning markazlari edi. Samarqand

Temuriylar davrida ilm-fan, san'at va musiqa sohasida muhim markazga aylangan.

Buxoro esa Islom dunyosining diniy va ilmiy markazlaridan biri boʻlgan va u yerda

musiqa va shoirlik an'analari rivojlana boshlangan. Amir Temur davrida musiqa ko‘p

jihatdan diniy ta'limotlarga xizmat qilgan. O‘sha davrning musiqasi klassik o‘rta

osiyo an'analariga asoslangan bo‘lib, asosan sufi musiqasi, xalq musiqasi va saroy

musiqasi bilan bog‘liq edi.

Musiqa Temuriylar saroyida ko‘plab boshqa san'at shakllari bilan birga

rivojlana boshlagan. Misol uchun, musiqada ishlatilgan ritmlar, garmoniyalar va

melodiyalar ba'zan tasviriy san'at va raqslar bilan ham ishlatilgan. Saroylarda

musiqachilar va raqqoslar birgalikda ishlagan, musiqiy festivallar va bayramlarda

raqsga tushib musiqa ijro etishgan. Musiqa taʼlimi Temuriylar davrida yuqori

darajada rivojlanib borgan. Saroyda musiqachilarni o‘rgatish uchun maxsus ustozlar

biriktirilgan. Musiqiy asboblar va ularning ishlatilishi bo‘yicha maktablar va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

413

qoʻshimcha darslar tashkil qilingan. Ayniqsa Samarqand va Buxoroda musiqiy

ta'limini yuqori darajaga koʻtarishgan. Diniy marosimlarda musiqa ham muhim rol

o‘ynagan. Namoz va boshqa diniy ibodatlar uchun maxsus musiqa yaratilgan.

Temuriylar saroyida ilm-fan va san'atga katta e'tibor qaratilgan va bu yerda ko‘plab

musiqiy asarlar yaratishgan va ijro etilgan. Bu asarlar faqat saroy aholisiga emas,

balki tashrif buyurgan mehmonlarga ham taqdim etilgan. Xalq orasida ham musiqaga

e'tibor boʻlgan. Ko‘plab qo‘shiqlar va xalq musiqa asboblari mavjud bo‘lib ular turli

marosimlar va bayramlarda ijro etgan.Amir Temur davri va undan keyingi Temuriylar

sulolasining musiqaga ta'siri katta bo‘lgan. Ular o‘z davrida musiqaning rivojlanishini

nafaqat o‘z madaniyatida, balki boshqa musulmon mamlakatlariga ham ta'sir etilgan.

Temuriylar davri nafaqat siyosiy va balki madaniy rivojlanish ham juda muhim

oʻrinda bo‘lgan. Oʻrta Osiyoda 14-asr boshlarida musiqa va san'atga alohida

ahamiyatga ega bo‘lgan. Musiqiy cholg‘ular ham shu davrning madaniy merosi bo'lib

ham hisoblandi. Amir Temur davrida o‘ziga xos musiqa cholg‘ulari va asboblari

mavjud boʻlib ulardan ba'zilari quyidagilar: Tanbur – O‘rta Osiyo va Fors musiqasida

keng tarqalgan simli cholg‘u asboblaridan biridir. Tanbur uzun bo‘lib, asosan o‘yin,

jahon va diniy marosimlarda ishlatilgan. Rubob – Bu asbob, odatda, kamonli cholg‘u

sifatida qaraladi va Temuriylar davrida juda mashhur boʻlgan. Rubob ayniqsa, fors,

tojik va turkman xalqlarining musiqasida katta ahamiyatga ega edi.

Nay – Temur davrida nay o‘zining ajoyib ovozi bilan musiqada keng qoʻllanilgan. Bu

asbob

turli

xil

diniy

va

ma'rifiy

marosimlarda

ham

ishlatilgan.

Daf – Daf, ya'ni qop-qop degani (karnay) turli xalqlarda qo‘llanilgan, bu asbob

marosimlar,

bayramlarda

va

nafosatli

musiqalarda

qo‘llanilgan.

Karnay – Bu uzun, shoxsimon asbob bo‘lib, yirik batalyonlar va askarlarni qo‘llab-

quvvatlash uchun ishlatilgan. Bu asbob turli jangovar jarayonlarda qoʻllanildi kelgan.

Temuriylar davrida musiqaning rivojlanishi, ilm-fan va san'atga katta e'tibor berilgan

musiqiy cholg‘ularning shakllanishi va ularning madaniyati o‘ziga xos ahamiyatga

olingan. Temuriylar asrida madaniy va musiqa sohasida ko‘plab rivojlanishlar yuz

berdi. Amir Temur haqiqiy san’at ixlosmandlari uning ijod namunalarini sidqidildan

tinglashgan. Musiqani rivojlantirish Amir Temur saltanatidagi dunyoviy hayotning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

414

umumiy yo‘nalishlari va uning mukammalashtirish musiqiy she’rlarni bir tizimga

solinishi yaqqol ifodasini topgan. Amir Temur davri professional musiqa san’ati bir-

biriga bog‘liq boʻlib, quyidagi ikki qatlamini qamrab olgan: fanni musiqiy – musiqa

san’ati (kasb-hunar sifatida) va ilmi advor – doiralar ilmi, ya’ni pardalarni, ritmik va

she’riy doiralarni o‘rganish. 14-15 asrlarda shoir, sozanda, olim, hukmdor va shu kabi

ma’rifatli insonlarning musiqiy bilimi darajasi tavsifi bo‘yicha bu ikki tushuncha

hamisha yonma-yon boʻlib birgalikda ishlatilgan.

14-asr oxiri 15-asr boshlarida turli pardalar va ohanglar ketma-ketligiga

asoslanga 12 maqom, 6 ovoza, 24shoʻba va ritmik usullardan iborat shaxar dunyoviy

musiqa ijrochiligi qonunlari temuriylar davrida yaratilgan.

Sohibqiron Amir Temur Xitoy safariga borayotib, 1405-yil 11-fevral kuni

Oʻtror shahriga yetganda qattiq ogʻrib qoladi va isitmasi koʼtarila boshlaydiva 18-

fevral,chorshanba kuni shaʼvon oyining oʻn yettisida, namozshom va xufton orasida

vafot etdi. Amir Temur Samarqandda Amir Temur maqbarasiga dafn etilgan.

Xulosa:

Temuriylar davrida musiqaga e'tibor katta bólgani sababli musiqa va sanʼat

rivojlanib gullab yashnagan. Amir Temurni ózi ham musiqani sevuchi bólib saroyida

ko'p bayramlar musiqiy kechalar bólgan. Temuriylar davrida musiqa gullab

yashnagan

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1) tarix. sinaps. uz

2) Oʻzbekiston musiqiy merosi Rossiya Federatsiyasi kitobi.

3)

Soicety.uz