MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
404
XORAZMSHOHLAR DAVLATI PARCHALANISHINING AYRIM
SABABLARI
Toshboltayev Islom Bahodir o’g’li
. IIV Surxondaryo akademik
litseyi tarix fani o`qituvchisi.
mamasoatr@gmail.com +998 93 766 99 08
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada Xorazmshohlar davlatining mo’g’ullar
bilan olib borgan diplomatik aloqalar, o’zaro elchilik munosabatlari yoritib o’tilgan.
Chingizxon elchilarining O’trordagi dahshatli halokati o’zaro aloqalarning
buzilishiga hamda Xorazmshohlar davlatiga mo’g’ul bosqinchilarining yurishiga
asosiy sabab bo’lganligi bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Xorazmshohlar davlati, Chingizxon, elchilik aloqalari,
kelishmovchilik, urush, O’tror qamali, Inolxon.
KIRISH
Bugungi globallashuv davrida butun dunyoda keskin g’oyaviy kurashlar va turli
mafkuralarning o’zaro to’qnashuvi, demokratiya yoki turli diniy ta’limotlar qarashlari
bilan niqobvlangan yovuz g’oyalarni singdirishga intilish kuchayib bormoqda.
Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari insoniyat xavfsizligi va mamlakatlar
barqarorligini ta’minlash bilan aloqador muammolarni kun tartibiga olib chiqmoqda.
Tobora avj olib borayotgan ma’naviy xurujlar, yot g’oya va mafkuralar, zararli
axborotlar oqimining ta’sirida inson qalbi va ongini zabt etishga harakat ham
kengayib bormoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Hozirgi vaqtda
jahonda va mintaqamizda harbiy-siyosiy vaziyat keskin o’zgarib, milliy va global
xavfsizlik sohasida xatar va tahdidlar tobora kuchayib bormoqda. Ana shunday o’ta
mas’uliyatli vaziyat va hayotning o’zi erishgan barcha yutuqlarimizni, shu bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
405
birga, yo’l qo’ygan kamchiliklarimizni chuqur va tanqidiy tahlil qilishni
barchamizdan talab etmoqda”.
Vatanimiz o’zining ko’p ming yillik tarixi davomida ko’plab mashum
xatarlarni o’z boshidan o’tkazgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va
ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini yaxshi bilamiz. Ana shu
fojiali o’tmish, bosib o’tgan mashaqqatli yo’limiz barchamizga saboq bo’lishi,
bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo’lib
yashashga da’vat etishi lozim. O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan
millatning kelajagi yo’q. Uzoq o’tmishdan Sharq va G’arb o’rtasidagi qadimgi savdo-
sotiq, madaniy-ilmiy va diplomatik aloqalar yo’li bo’lgan Buyuk Ipak yo’li
O’zbekiston hududidan o’tgan. Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral-xomashyo
zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik
yuqori darajada rivojlangan. O’z davrida mamlakatimiz hududida vujudga kelgan
barcha davlatlar yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda boshqa davlatlar bilan
diplomatik aloqalar o’rnatgan, savdo-sotiq ishlarini yo’lga qo’yganlar. O’rta asrlarda
vujudga kelgan Xorazmshohlar hamda Mo’g’ullar davlati o’rtasidagi o’zaro aloqalar
tariximizning eng muhim hodisalaridan hisoblanadi. XII asr oxiri XIII asr boshlarida
yuzaga kelgan xorazmshohlar davlati Xorazmshohning cheklanmagan hokimiyati
ta’sis etilgan, qudratli qo’shinga tayanadigan monarxiya tuzumidagi davlat edi. Bu
davlat o’z davrida harbiy qudrati bilangina emas, balki o’zining mehnatkash, jafokash
xalqi bilan, o’z davri uchun yuksak madaniyatga ega bo’lgan katta-katta shaharlari
bilan ancha yuqori ishlab chiqarish darajasiga erishgan qishloq xo’jaligi bilan,
jug’rofiy jihatdan qulay savdo yo’llari va hamisha chet el savdogarlari mavjud
gavjum bozorlari bilan ham mashhur bo’lgan. Mo’g’ul urug’ va qabilalari qudratli
davlatga birlashuvi va jipslashuvi Temuchin (1155-1227) nomi bilan bog’liq. 1206-
yilda Onon daryosi bo’yida chaqirilgan mo’g’ul urug’ va qabila boshliqlarining
qurultoyida Temuchin ulug’ xon (qoon) deb e’lon qilinadi, unga “Chingiz” laqabi
beriladi va Mo’g’ullar davlatiga asos solinadi. Chingizxon ulug’ xoqon, deb e’lon
qilingan birinchi kundayoq o’zining eng yaqin kishilaridan 95 nafarini bahodur,
mingboshilar etib tayinlaydi va bir necha ming kishiga tarxonlik yorliqlari beriladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
406
Chingizxon, ayni paytda, 10 ta oliy hokimiyat lavozimlarini ta‟sis etadi va mingta
“dovyurak” jangchilardan iborat shaxsiy gvardiya tuzadi. Butun mamlakatda kuchli
temir intizom, qattiqqo’l tartib o’rnatilib, jangovar harbiy safarbarlik ishlari avj
oldirib borildi. Bu hol Chingizxonning xorijiy ellarni zabt etishdan iborat o’z oldiga
qo’ygan yovuz, agressiv maqsadlarini tez orada amalga oshirishga imkon yaratib
berdi.
Chingizxon olib borgan urushlar natijasida Gobi sahrosining sharqiy
chegarasidan to Tangritog’ (Tyanshan) tizmasining g’arbiy etaklarigacha bo’lgan
viloyatlar Mo’g’ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan edi. Endilikda
Mo’g’ullar davlatining g’arbiy hududlari Sulton Muhammad Xorazmshoh
saltanatining chegarasiga bevosita tutashib ketdi. Chingizxon va Xorazmshoh
o’rtasida bir-birining kuch-qudratini bilib olishga va bu haqda ma’lumotlar to’plashga
harakat qilinadi. Ikki o’rtada hatto elchilik aloqalari o’rnatiladi. Shunday ishni amalga
oshirishda Chingizxon o’z huzuridagi musulmon savdogarlaridan foydalanadi. Har
ikki tomondan savdo karvonlari safida yuborilgan elchi va vakillar o’z navbatida
ayg’oqchilik vazifasini ham bajaradi. Chingizxon qo’shni davlatdagi barcha sir-u
sinoatlardan to’liq xabardor edi. U Xorazm davlatidan Mo’g’ulistonga qatnaydigan
bir guruh yirik savdogarlardan iborat o’z josuslik mahkamasini tashkil qilib, ular
xizmatidan foydalanib kelardi. Mahmud Yalavoch, Hasan Xoja, Yusuf O’troriy
singari kishilar shular jumlasiga kirardi. Shu bois, Chingizxon va uning o’rdasi
xorazmshohlar davlatida kechayotgan barcha ziddiyatli voqealardan, uning zaif
nuqtalaridan xabardor edi. Dastavval, 1216-yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh
Bahouddin Roziy boshchiligida o’z elchilarini yuboradi. Elchilarni Chingizxon iltifot
bilan qabul qiladi. Hatto, elchilardan u Sulton Muhammadni G’arbning sohibqironi
(G’arb mamlakatlari yerlarining sultoni), o’zini esa Sharqning podshosi deb
hisoblashini Xorazmshohga yetkazishlarini so’raydi. Chingizxon qimmatbaho
sovg’alar va mollar ortilgan katta karvon bilan o’z elchilarini Xorazmga yuboradi.
Elchilar xorazmlik savdogar Mahmud al-Xorazmiy (Mahmud Yalavoch) Ali Hojib
al-Buxoriy, Yusuf Kanka al-O’troriydan iborat bo’lgan. Chingizxon elchilarini Sulton
Muhammad 1218-yilning bahorida Buxoro shahrida qabul qiladi. Elchilar bunday
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
407
deydilar: “... Sen bilan tinchlik, osoyishtalikda yashashni o’zim uchun majburiyat deb
bilaman. Sen menga eng aziz o’g’illarimdan biri kabisan...”. Eng ardoqli o’g’illari
qatorida ko’rish “iltifoti”, shubhasiz, Sharq ustomonligida “Chingizxonning
Xorazmshohni o’ziga qaram qilib olish niyati bor” degan ma‟noni anglatardi. O’zini
Iskandari soniy (Ikkinchi Iskandar) deb hisoblab yurgan podshoga bunday “istiqbol”
sira yoqmas edi. Xorazmshoh Mahmud Yalavochni tunda xufiyona o’z huzuriga
chaqirtirib keladi. Elchiga xorazmlik bo’lgani uchun Chingizxonga emas, balki
Xorazm shohiga xizmat qilishini, Chingizxon to’g’risidagi bor haqiqatni aytishini,
keyinchalik xon qarorgohida Xorazmshohning josusi bo’lib qolishini talab qiladi.
Chingizxon o’z elchilarining ish natijalaridan mamnun bo’ladi. Chunki Mahmud
Yalavoch Xorazm davlati va uning podshosi to’g’risida Chingizxonga, mo’g’ullar
to’g’risida Xorazmshohga aytgan ma’lumotlariga qaraganda ham ko’proq axborot
to’plab qaytgan edi. Chingizxon ikki buyuk qo’shni davlatlar o’rtasida shartnoma
tuzish uchun 1218- yilning o’zidayoq Xorazmga juda katta savdo va elchilar
karvonini jo’natadi. Karvon ko’p miqdorda oltin, kumush buyumlar, xitoy ipak
matolari, suvsar va qunduz mo’ynalari va boshqa xil qimmatbaho mollar ortilgan 500
tuyadan hamda 450 musulmon savdogarlaridan tashkil topgan edi. Bu ulkan savdo
karvoni mamlakat poytaxti Urganch shahri tomon borar edi. Ammo karvon yo’lda
chegara shahar O’trorda ushlab qolinadi. Shaharning noibi G’oyirxon (Inolchiq)
tomonidan karvon talanib, savdogarlarning hammasi qirib tashlanadi. Faqat bir
tuyakashgina tasidifan o’limdan qutulib qoladi. U Chingizxonning qarorgohiga
zo’rg’a yetib borib, karvonning dahshatli qismatidan xabar beradi. Ushbu voqeadan
keyin Chingizxon Xorazmshoh huzuriga Ibn Qafraj Bug’rani (uning otasi Sulton
Takishning amirlaridan biri bo’lgan) ikki ishonchli mulozim kuzatuvchilar bilan
Xorazmshoh huzuriga elchi qilib yuboradi. Elchilar Xorazmshohga quyidagi so’zlar
bitilgan nomani topshiradi: “Sen savdogarlarning xavfsizligini ta’minlash, ulardan
hech qaysisiga hujum qilmaslik to’g’risida muhring bosilgan hujjatni yuborgan eding.
Lekin sen ahdingga vafosizlik qilding, bergan so’zingni buzding. O’z so’zida
turmaslik yomon, ayniqsa, mo’minlar sultonining xiyonatkorligi yanada og’ir. Agar
sen bu ish mening buyrug’imsiz, Inolxon tomonidan amalga oshirilgan deb
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
408
hisoblaydigan bo’lsang, u holda Inolxonni menga ber, uni jinoyatkorona ishi uchun
jazolaylik, shu tariqa olomonni tinchitib, qon to’kilishini oldini olaylik. Aks holda –
urush. Bu tufayli qancha aziz jonlar xoru xasga aylanadi, nayzalarning sopi
majaqlanadi”. Bu voqealar ikkita eng katta davlatlar o’rtasida savdo aloqalari va
elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirar edi. Xorazmshoh uyushtirgan bu
voqea har ikki buyuk davlatlar o’rtasida urush boshlanishiga bahona bo’ldi. Shuni
ham alohida ta’kidlash joizki, Xorazmshohlar va mo’g’ullar o’rtasidagi aloqalarning
buzilishiga, Muhammad Xorazmshohning Arab xalifaligining poytaxti Bog’dodga
amalga oshirgan 1217-yildagi yurishi muhim rol o’ynagan. Aynan xalifa Nosir
Xorazmshohga qarshi Chingizxonni yurish qilishga undagan hamda boshqa
musulmon mamlakatlarni Xorazmshohni qo’llab-quvvatlamasligini ta’minlagan. XIII
asrning boshlarida Xorazmshohlar saltanati qo’shinining umumiy soni Chingizxon
harbiy kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi. Ammo, Xorazmshoh hokimiyati
siyosiy, xususan ma‟muriy boshqaruv jihatidan mustahkam emas edi. Chunki,
mansabdorlar davlat tang ahvolga tushib qolgan paytlarda o’z vazifalarini tashlab
ketar, podshoga itoatsizlik qilar, o’zboshimchalik bilan o’z bilganlaricha yo’l tutar
edilar. Hatto ayrim viloyat hokimlari Xorazmshohga nomigagina bo’ysunib, amalda
deyarli mustaqil edi. Buning ustiga Sulton oliy dargohi ichida kuchli nizo hukm
surardi. Ayniqsa, Turkon xotun, ya’ni “turklar onasi” nomi bilan shuhrat topgan
Sulton Muhammadning volidasi qo’shinning oliy sarkardalari hisoblangan qipchoq
oqsuyaklari bilan urug„-qabila aloqalari orqali mahkam bog’langan edi. U o’z
qabiladoshlari manfaati yo’lida saroyda ko’tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar,
hatto ularda shohga qarshi adovat ruhini uyg„unlashtirib qo„ygan edi. Shuni alohida
ta’kidlash joizki, Xorazmshohlar va Mo’g’ullar o’rtasidagi o’zaro elchilik aloqalari
ikki mamlakat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishidan ko’ra,
bir-birlarining harbiy salohiyatini bilishga, aholining davlat hokimiyatini qo’llab-
quvvatlashini
aniqlashga,
chegaralarning
mustahkamligiga,
harbiylarning
tayyorgarligini o’rganishga alohida e’tibor qaratilgan. XIII asr boshlarida
Xorazmshohlar davlatida ichki nizo, boshboshdoqlik va fuqarolarning noroziligi
kuchayib, mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz tutgan edi. Bunday o’ta xavfli
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
409
vaziyatni bartaraf etish maqsadida Sulton Muhammad o’z hukmronligining so’ngida
“Davlat kengashi”ni ta’sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar jalb etiladi.
Unda eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror qabul qilinsa-da, ammo u amalda
ijobiy natija bermaydi. Ana shunday vaziyatda u jangari mo’g’ul qabilalarining
Chingizxon boshliq bosqiniga duchor bo’ldi. Chingizxon Movarounnahr yurishiga
katta ahamiyat berib, puxta tayyorgarlik ko’rgan edi. Hali harbiy yurish
boshlanmasdanoq u o’z dushmanining kuch-qudrati va urushga tayyorgarligi
to’g’risida savdogarlar orqali to’plagan ma’lumotlarni sinchiklab o’rgangan.
Chingizxon Xorazmshohlar davlatining ichki ziddiyatlaridan to’la xabardor edi.
Xorazmshoh bilan sarkardalar o’rtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq mavjud
ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Urush boshlanishi arafasida bo’lgan
harbiy kengashda ular o’rtasidagi kelishmovchilik yaqqol namoyon bo’ldi.
Kengashda dushmanga zarba berishning yagona rejasini yakdillik bilan belgilab olish
o’rniga fikrlar bo’linib ketdi. Mamlakat harbiy vaziri Sh.Xivaqiy, Sulton
Muhammadning o’g’li Jaloliddin, Xo’jand hokimi Temur Malik singari sarkardalar
harbiy kuchlarni asosiy nuqtalarga to’plab, dushmanga zarba berishni taklif etadilar.
Biroq Sulton katta qo’shinni bir joyga to’plashdan qo’rqar edi. Sulton nazarida bir
joyga to’plangan qo’shin uni taxtdan ag’darib tashlashi mumkin edi. Shuning uchun
ham harbiy kengashda sulton o’z qo’shinlarini turli shaharlarga bo’lib yuborib,
urushda mudofaa taktikasini qo’llashga qaror qiladi. Shu tariqa mamlakat katta xavf
ostida qoldi.
XULOSA
Xulosa sifatida aytish mumkinki, Xorazmshoh hukmdorining kaltabinligi,
mnamlakat taqdiri, uning ertangi kuniga befarqlik, yirik sarkardalar o’rtasidagi
kelishmovchiliklar, harbiy tayyorgarlikning yetarli darajada emasligi, uzoqni
ko’zlamasdan yuritilgan siyosat, davlat hokimiyatidan noroziliklar mamlakat hayotini
butunlay izdan chiqishiga sabab bo’ldi. “Bir fikrni hech qachon unutmasligimiz
kerak: armiyani moddiy jihatdan barcha zamonaviy zarur texnika va jihozlar,
qurolyarog’lar bilan ta’minlash mumkin. Ammo shaxsiy tarkib ma’naviy jihatdan zaif
bo’lsa, ya’ni askar va ofitserlarimizda jangovar ruh, Vatanga mehr va sadoqat, uning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
410
taqdiri uchun mas’uliyat bo„lmasa yoki ularning o’rtasida beparvolik hukm sursa,
bunday holat nihoyatda noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin”. Mo’g’ullar istilosi
oqibatida Movarounnahr va Xorazmning yashnab turgan obod dehqonchilik
viloyatlari halokatga uchradi. Mamlakatning yirik shaharlari Buxoro, Samarqand,
Urganch, Marv va boshqa ko’plab shahar-qishloqlar xarobazorga aylandi. Yirik
dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va ilm-fan markazi bo’lib kelgan
shaharlar butunlay inqirozga yuz tutdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Sh.M.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko’taramiz. 1-tom, –T.: “O’zbekiston”, 2017.
2. Sh.M.Mirziyoyev. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy
bahodir. 2-tom, –T.: “O’zbekiston”. 2018.
3. I.A.Karimov. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”, 2016.
4. Q.Usmonov va b. O’zbekiston tarixi. –T.: “Iqtisod-Moliya”, 2016.
5. M.Rahimov, A.Zamonov. O’zbekiston tarixi. –T.: “Fan”, 2019.
6. Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi. –T.:
“O’zbekiston”, 2006.
7. B.T Xaitov. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda axborot xurujlaridan
himoyalash. Academic Research in Educational Sciences, 2(10) (2021), 257-263.
https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-10-257-263