MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
229
TERMIZ TARIXINI O’RGANISH
Toshboltayev Islom Bahodir o‘g‘li. IIV Surxondaryo akademik
litseyi tarix fani o`qituvchisi.
mamasoatr@gmail.com +998 93 766 99 08
Anotatsiya: Tarixiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyoda qadim
zamonlardan beri o‘troq holda yashab kelayotgan insonlarni o`zida jamlagan
navqiron Termiz shahri haqida qadimda juda ko`plab olimlar o`z asarlarida to`xtalib
o`tgan. Markaziy Osiyo tarixi va mintaqa xalqlarining madaniy taraqqiyotini Termiz
shahri tarixisiz hamda osori-atiqalarisiz tasavvur qilish nihoyatda qiyin. Jahon
tarixiga munosib hissasini qo`shgan va qo`shib kelayotgan bu qadimiy shahar o`zining
taraqqiyot bosqichida ko`pdan-ko`p hayajonli davrlarni boshidan o`tkazdi, necha
ming yillar davomida tashqi dushmanlarning hujumlariga munosib qarshilik ko`rsatib
“Madinat ul-rijol” (Mardlar shahri) unvoniga ega bo`ldi. Balki shu sababdan Termiz
shahri azal-azaldan jahon tarixchilari va olimlari, ulug` allomalarning diqqat-
e`tiborini o`ziga tortib kelgan.
Kalit so‘zlar: Markaziy Osiyo, Eski Termiz, Chig‘atoy ulusi, “Madinat ul-
rijol” (Mardlar shahri), Termiz masjidlari, Termizlik sayyidlar, Fosih Havofiy,
Kebekxon, Xudovandzoda Alo ul-Mulk.
Annotation: Historical studies show that many scientists have written about
the ancient city of Termiz, which has been inhabited since ancient times in Central
Asia. It is extremely difficult to imagine the history of Central Asia and the cultural
development of the peoples of the region without the history and monuments of the city
of Termiz. This ancient city, which has made a worthy contribution to the history of the
world and continues to add to it, has experienced many exciting periods in its
development stage, and for several thousands of years it has successfully resisted the
attacks of foreign enemies and became "Madinat ul- got the title "Rijol" (City of
Heroes). Perhaps for this reason, the city of Termiz has always attracted the attention
of world historians and scientists, great scholars.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
230
Key words: Central Asia, Old Termiz, TAKE, "Madinat ul-Rijol" (City of
Heroes), Termiz mosques, Fosih Havofiy, Kebekxon, Xudovandzoda Alo ul-Mulk,
Abulfazl Muhammad Bayhaqi.
Аннотaция: Исторические исследования показывают, что многие
ученые писали о древнем городе Термезе, который издревле был заселен в
Средней Азии. Крайне сложно представить историю Средней Азии и
культурное развитие народов региона без истории и памятников города
Термеза. Этот древний город, внесший достойный вклад в мировую историю и
продолжающий вносить в нее свой вклад, пережил немало захватывающих
периодов в своем развитии и на протяжении нескольких тысячелетий успешно
противостоял нападениям иноземных врагов и стал «Мадинат ул» получила
название «Рижол» (Город Героев). Возможно, по этой причине город Термез
всегда привлекал внимание мировых историков и ученых, великих ученых.
Ключевые слова: Средняя Азия, Старый Термез, ТАКЕ, «Мадинат уль-
Рижол» (Город Героев), термезские мечети, З. Фосих Хавафий, Кебекхон,
Худовандзода Ало ул-Мулк, Абулфазл Мухаммад Байхақий.
Termizni o`rganish, shu jumladan arxeologik tadqiq qilish bobidagi yangi
yuksalish XX asrning 60-yillari o`rtalariga to`g`ri keladi. Qoratepani tadqiq qilishga
Ermitajning Sharq Bo`limi va Sharq xalqlari san`ati muzeyining qo`shma
ekspedidsiyasi 1961-yildan kirishildi. Bu ekspedidsiya O`zR FA Tarix va arxeologiya
instituti ko`magida tashkil qilindi. B.Y. Staviskiy muttasil rahbarlik qildi. Ushbu
ekspedidsiya ishi 1994-yilga qadar davom etdi. Uning natijalari oltita maxsus
to`plamlarda hamda jahonning qator mamlakatlarida e`lon qilingan ko`plab
maqolalarida aks ettirildi. Ushbu tadqiqotlarning ilmiy ahamiyati juda katta. Jumladan,
Qoratepaning buddaga taalluqliligi isbotlandi va O`rta Osiyoda yagona bo`lgan mazkur
g`oya monastrining Termizda va umuman Baqtriyada buddizmning qaror topishi va
rivojlanishidagi buyuk roli ko`rsatildi; u barpo etilgan va ish olib borilgan sana, budda
san`atining o`ziga xosligi hamda alohida xususiyatlari topilgan haykaltaroshlik va
rassomlik ashyolari, ayniqsa, arxitekturani tahlil qilish misolida aniqlandi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
231
Ko`plab moddiy va badiiy madaniyat ob`ektlari, tanga topilmalar puxta
tahlil qilindi. Shuning uchun mazkur ekspeditsiya ish olib borgach, Termizning
Kushonlar davridagi qiyofasi va mohiyati ilk bor yaqqol namoyon bo`ldi, deb aytish
mumkin.
Qoratepani tadqiq qilishda epigrafik topilmalar- sopol parchalardagi
yozuvlar hamda g`or ibodatxonalar va xujralar devoridagi graffitilar-tirnab yozilgan
lavhalar alohida o`rin tutadi. Ular turli yozuvlar va turli tillarda- baqtr, braxmi,
kxaroshtxi, o`rta forsda bo`lib, V.A. Livshin, V.G. Lukonin, T.V. Grek, V.V.
Vertogradova, M.I. Vorobeva-Desyatovskaya, X.Xumbax, Y. Xarmatga singari buyuk
tadqiqotchilar tomonidan o`rganilgan. Ularni o`qish natijasida budda ruhoniylarining
hamda monastr keluvchilarning ismlarini aniqlash, uning nomi “kxadevaka vixara”-
“hukmdor monastri” ekanligini topish, Qoratepa buddaviylarining muayyan budda
maktabiga mansubligini aniqlash, u yoki bu yozuv turning rivojlanish xususiyatlarini
o`rganish imkoni yaratildi.
XX asrning 60-yillari oxirida L.I. Albaum tomonida Qoratepadan shimoli-
g`arbda 1 kilometr masofada joylashgan va u bilan yagona majmuani tashkil qiluvchi
Fayoztepadagi yer yuzi monastrini qazish ishlari boshlandi. Fayoztepa va boshqa
ob`ektlarda olib borilgan budda xaykaltaroshligi va rassomligi bo`yicha ajoyib
topilmalarni qo`lga kiritish imkonini bergan tadqiqotlar natijalari, L.I. Albaumning bir
necha maqolasidan tashqari, e`lon qilinmay qolib ketdi.
XX asrning 60-70-yillarida Termiz memoriy obidalarida ularning sanasini
aniqlash, arxitekturasi va memoriy bezagi xususiyatini belgilashdan iborat bo`lgan
katta tadqiqotlar olib borildi. Yodgorliklar mutaxassislar tomonidan ilk bor arxeologik
tadqiqotlar qilindi. E.G. Nekrasovning Qirqqizda olib brogan, XIV-XV asrlarga oid bu
obidaning chinakam sanasini asoslab bergan ishlarni alohida takidlash lozim. O`rta
asrladagi Termiz arxitekturasi G.A. Pugachenkova, T.Pribitkova, V.L. Voronina, Z.A.
Arshavskaya, Z.A. Hakimov. E.V. Rtvelad, Y.Z. Shvat, Nilsonning umumlashtiruvchi
tadqiqotlarida
tavsiflandi.
Bunda
Termiz
arxitekturasining
O`rta
Osiyo
arxitekturasidagi o`rni aniqlab berildi. Shu yillarning o`zida arxitektor V.A. Filimonov
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
232
tomonidan Hakim at-Termiziy memoriy majmuasida katta ko`lamda tamirlash ishlari
olib borildi.
Mahalliy o`lkashunoslar va olimlarning faoliyati ham jonlanib ketdi.
Surxondaryo viloyati o`lkashunoslik muzeyi tomonidan Eski Termiz shahrida material
to`plash hamda uni hisobga olish bo`yicha katta ishlar olib borilmoqda. Bu muassasa
ilgari ham kichikroq arxeologik tadqiqodlar olib borgandi. Ular orasida Eski Termiz
qal`asida o`tkazilgan, Yunon-Baqtriya davridan to kech o`rta asrlargacha bo`lgan
madaniy qatlamlarni aniqlab, olamga mashhur qilgan birinchi stratigrafik shurf
(qatlamlarno o`rganish sinov quduqlari) qazilganini (V.A. Kozlovskiy, K.A Shayko,
G. Maydinova) alohida qayd etish zarur. 80-yillar oxirida muzey hodimlari
N.Skugarova va K.Sheyko Termizshohlar saroyini qazish ishlarini yangidan boshladi
va o`rta asrlar rassomligi bo`yicha ilk parchalarni qo`lga kiritishdi.
Termiz o`lkashunoslari hamda olimlari chop etgan maqola va kitoblar
yuzaga kela boshladi. V.A. Kozlovskiy 1959-yildayoq Termiz shahrining qadimgi
davrlardan XX asrning 50-yillari oxirlarigacha bo`lgan davrini tavsiflagan risola chop
ettirdi. 1969-yilda S.M. Zaxarovning qisman Termiz tarixiga bag`ishlangan kitobi
dunyoga keldi. “O`zbekiston shaharlari” jamoa asarida shahar tarixi bo`yicha ayrim
ma`lumotlar uchraydi. Bu kitob ma`lumotnoma xarakteriga ega bo`lib, O`zbekiston
tarixi bo`yicha umumlashtiruvchi tadqiqotlarni o`z ichiga olgan.
Shaharning Ikkincha Jahon urushidan keying tarixi M. Aliqulovning
asarlarida yoritilgan. U Sovet tarixnavisligining shaharlar tarixi muammolari ni
o`rganish tajribasiga tayangan.
E.V. Rtveladze 1969-yil Amir Temur va Xalil Sulton tangalarining
Termizdan topilgan xazinasiga bag`ishlangan maqola chop ettirdi. Keyinchalik mazkur
muallif Shimoliy Baqtriya-Toxariston arxeologiyasi, tarixi bo`yicha ko`plab asarlarni
e`lon qildi. A.Valiyev Termizning suv bilan taminlanish masalalarini tadqiq qilgan.
Zulkifr me`moriy majmui ilmiy adabiyotda E.V Rtveladze va Z.A.
Arshavskayalar 1978-yilda birgalikda e`lon qilgan maqolada eng to`la o`rganilgan.
Mualliflar mujassamot alomatlari hamda bezak unsurlarini tahlil qilish asosida u XI
asrga oid degan xulosaga keldilar. Ularning fikricha, Zulkifr arxitekturasi uslubiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
233
xususiyatlari hamda bezagida Xurosonning ta`siri seziladi (85). D. Mirzayev fikricha,
Zulkifr XI asrda G`aznaviylar davrida qurilgan. Amudaryo ustidan payg`ambarorol
orqali o`tkazilgan ko`prik aynan shu davrda ishlab turgan.
XX asrning 70-yillari oxiridan Eski Termiz shaxrida Sh.R. Pidayev
rahbarligidagi Termiz arxeologik otryadining ishi boshlandi, bu otryad Termiz tarixini
o`rganishga katta hissa qo`shdi. Jumladan, TAB olimlari tomonidan Eski Termiz
qal`asida ikki stratigrafik quduq qazildi, natijada madaniy qatlamlarning izchil
stratigrafiya almashinuvi to`g`risida ma`lumotga ega bo`lindi, shahriston va raboddagi
ayrim binolarda qazish ishlari amalga oshirildi, shuningdek Eski Termizning mudofaa
tizimi tadqiq qilindi. Natijada shaharning rivojlanisj dinamikasini aniqlash imkoniga
ega bo`lindi (Sh.R. Pidayev, Sh.R. Rahmonov, T.A. Annayev).
Ushbu ishlar natijalari bo`yicha maqolalar e`lon qilindi, nomzodlik
dessertatsiyalar yozildi (Sh. Rahmonov, S. Mustafoqulov). Ular orasida Sh.R.
Pidayevning maqolalari alohida ahamiyatga ega. Bu olim tarix fanida eng dastlabki
manzilgohning yuzaga kelishini ilk bor ko`rsatdi. Yunon-Baqtriya davri
manzilgohlarining tuzilishi va rivojlanishini tavsifladi, Termiz rivojlanishining eng
dastlabki bosqichidagi turli-tuman buyumlar, ayniqsa, keramikani e`lon qildi. Termiz
o`rnidagi Oks Iskandariyasining joyini arxeologik materiallarga tayanib aniq
asoslashga urindi. Ungacha bu ishni V.Tari yozma ma`lumotlar asosida qilgandi.
Shunday qilib, Sh.R. Pidayevning ushbu tadqiqoti Termiz tarixida ilgari
ilmiy asarlarda ko`rilmagan butkul yangi faktlarni ochib berdi. Ulat Termiz tarixini
o`rganishga qo`shilgan muhim hissa bo`lib, natijada Termiz tarixi yangicha
davrlashtirildi. Bu: 1) qadimgi Baqtriya; 2) yunon-baqtriya; 3) kushon; 4) ilk o`rta
asrlar davri va 5) rivojlangan o`rta asrlar davrini o`z ichiga oladi. TABning boshqa
olimlari- K.A. Abdullayev, Sh. Rahmonov, T. Annayev, S. Mustafoqulovlarning
tadqiqotlari ham Termiz tarixi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
XX asrning 80-yillarida Eski Termiz shahridagi Toshkentdago Oybek nomli
tarix muzeyining L.I Albaum rahbarligidagi ekspedidsiyasi ish olib bordi. Eskpeditsiya
Eski Termiz rabodidagi xristianlar ibodatxonasi deb hisoblangan binoni, shuningdek
alohida ob`ektlarni, jumladan, Qoratepadan janubda joylashgan novuslarni o`rgandi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
234
O`zbekiston mustaqillikni qo`lga kiritgach, Termiz tarixini o`rganishda
yangi bosqich boshlandi. Termizlik tarixchi olimlar, adiblar va o`lkashunoslarning
ko`plab xilma-xil asarlari paydo bo`lgani bu davrning o`ziga xos xususiyatidir. Ayni
mahalda shuni ham takidlash, viloyat muzeyi xodimlari Toshkent va Samarqand
olimlari bilan olimlari bilan hamkorlikda tayyorlagan “Surxondaryo o`lkashunosligi”
(“Kraevedenie Surxandaryi”) birinchi maxsus kitobi 1989-yildayoq chop etilgandi. Sh.
Kamoliddinovning arab tarixchilarining Termiz to`g`risidagi ma`lumotlari keltirilib,
taxlil etilgan kitobi bu davrning katta yutug`I bo`ldi. Sh.rahmonov Eski Termiz
mudofaa tizimini tadqiq qildi, S. Mustafoqulov qadimgi Termiz antropologiyasini, Z.A
Xoliqov esa Termizning XVI-XIX asrlardagi tarixi va arxeologiyasini o`rganishdi.
Musulmon ma`naviy va badiiy madaniyatining turli jihatlariga bag`ishlangan xalqaro
konferensiya ilk bor o`tkazilmoqda.
Turli mamlakatlar olimlari bilan hamkorlikda arxeologik ekspeditsiyalar
tashkil etilishi ushbu bosqichning yana boshqa xarakterli xususiyatidir.
Chunonchi, Eski Termiz shahrida 1994-yildan buyon P. Lyarish va Sh.
Pidayev raxbarligida o`zbek-fransuz qo`shma ekspeditsiyasi ish olib bormoqda. 1999-
yildan boshlab o`zbek-yapon qo`shma ekspeditsiyasi (K. Kato, Sh. Pidayev)
tomonidan Qoratepani tadqiq qilish ishi yangidan boshlandi, uning ayrim natijalari
yapon tilida maxsus risolada e`lon qilindi. Rossiya olimlari Qoratepaga katta ahamiyat
berayotganini ham takidlab o`tish zarur. Chunonchi, V.V. Vertogradova tomonidan
Qoratepadagi lavxalar tahliliga bag`ishlangan kitob, B.V Staviskiy tomonidan esa
O`rta Osiyoda buddizmning taqdiriga bag`ishlangan monografiya e`lon qilindi. Bu
monografiyada Termizdagi budda yodgorliklariga katta o`rin ajratilgan. T.K.
Mkrtichev Qoratepa budda haykaltaroshligi va rassomligini tahlil etishga
bag`ishlangan ancha-muncha maqola, shu jumladan ingliz tilida ham chop ettirdi.
Termiz to`g`risidagi numizmatik tadqiqotlarni, ayniqsa, E.A. Davidovich, B.I.
Vaynderg, E.V. Rtveladze, B.D. Kochnev, A.X. Otaxo`jayev, M.N. Fedorov, Sh.R.
Pidayev asarlarini takidlab o`tish zarur. Ularda qadimgi davr va o`rta asrlarda
Termizdagi pul munosabatlari tasvirlangan. O`rta asrlarda bu shaharda yangi zarb
qilingan pullar aniqlandi, tangalar asosida ushbu shahar tarixi bo`yicha yangi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
235
ma`lumotlar olindi. A.A. Semyonov, V.V. Bartold, M.E. Masson tomonidan Termiz
ma`muriy yodgorliklarini epigrafik o`rganish bo`yicha boshlangan ish B.D. Kochev
tomonidan davom ettirildi. Natijada ularning ayrimlarining qaysi tarixiy shaxsga
mansubligi to`g`risida fanda qoida tusiga kirib qolgan fikrlar qayta ko`rib chiqildi.
Azamat Ziyoning o`zbek davlatchiligi tarixiga bag`ishlangan umulashma asarida
Termiz tarixiga ancha joy ajratilgan.
Termizda tug`ilib o`sgan Abu Abdulloh Hakim at-Termiziy va Abu Iso at-
Termiziy singari buyuk shaxslar va ularning ma`naviy merosi olilarning e`tiborini
qattiq tortmoqda.
Ushbu asar Termiz tarixini o`rganish bo`yicha barcha muammolarni
qamrab olmasligini yana bir bor takidlashni istardik. Bu muammolar ancha keng vaxar
tomonlama monografik tadqiqot o`tkazishni taqozo etadi. Termiz o`rganish darajasiga
ko`ra O`rta Osiyoning Samarqand va Marv singari buyuk shaharlari bilan bir qatorda
turadi, ayrim masalalar bo`yicha esa ulardan ustunroq hamdir.
Yuqorida bayon etilganlar Termizning tarixiy madaniy o`tmishini
o`rganishda bir necha avlodlar tomonidan uch yuz yildan ham ziyodroq vaqt davomida
olib borilgan tadqiqot ishlari naqadar uzoq davom etgani va serunum bo`lganini
ko`rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Ibrohimov N. Ibn Battuta va uning O‘rta Osiyoga sayohati. Toshkent, 1993, 76-
77 betlar.
2.
Masson M.E. Gorodi Starogo Termeza i ix izuchenie. Trudы Uzbekistanskogo
filiala AN SSSR. Seriya 1. Istoriya, arxeologiya. Termezskaya arxeologicheskaya
kompleksnaya ekspeditsiya 1936. Tashkent, 1940, str. 10.
3.
Nekrasova Ye. G., Filimonov V. M. Xonako v ansamble Sultan-Saodat.
Kraevedenie Surxandari. — Tashkent, 1989, str. 86-92.
4.
Temir Darvozaning mo‘g‘ulcha nomlanishi. Hozirgi Boysun tumanida, Darband
va Sho‘rob qishloqlari oralig‘ida joylashgan (Qarang:
S.Tursunov, I.Umarov va
boshqalar. O‘zbekistonda toponimik nomlar va ularning tarixi, Termiz, 2017, 82-89
betlar
).