MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
197
CHET TILLARINI O’QITISHDA INRTERFAOL METODLARDAN
FOYDALANISHNING AVFZALLIKLARI
Isroilova Shoxsanam Azizbek qizi
Andijon davlat chet tillar instituti, Xorijiy til va adabiyoti fakulteti,
2-kurs talabasi
Annotatsiya:
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy
zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Shularni e’tiborgan olgan holda hozirgi ilm-fan va texnika taraqqiyoti davri har bir
yosh kadrlarni zamon bilan hamnafas odimlashi, shuningdek turli soha mutaxassislari
o‘z ona tilini mukammal bilish bilan bir qatorda, bir nechta xorijiy tillarda muloqot
qila olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Horijiy tillarni o`zlashtirishda yangi
metodlardan foydalanishning afzalliklari ochib berildi.
Аннотация: Будущее каждого общества определяется уровнем развития
системы образования, которая является его неотъемлемой частью и
жизненной необходимостью. Учитывая это, в нынешнюю эпоху развития науки
и техники считается целесообразным, чтобы каждый молодой кадр шел в ногу
со временем, а также чтобы специалисты различных областей помимо
владения несколькими иностранными языками могли общаться на нескольких
иностранных языках. в совершенстве владеют родным языком. Выявлены
преимущества использования новых методов в изучении иностранных языков.
Abstract: The future of every society is determined by the level of development
of the education system, which is an integral part of it and a vital necessity. Taking this
into account, the current era of science and technology development is considered
appropriate for every young personnel to keep pace with the times, as well as for
specialists of various fields to be able to communicate in several foreign languages in
addition to having a perfect knowledge of their native language. The advantages of
using new methods in learning foreign languages were revealed.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
198
Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiyalari, axborot texnologiyalari, til aspektlari,
interfaol ta’lim, interfaol metod, interfaol ta’lim texnologiyasi, tarbiyaviy vazifalar.
Yurtboshimiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
raisligida 2021-yil 6-may kuni chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda Davlatimiz rahbari
“Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam
poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh
davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab,
litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal
bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy
mezoniga aylanishi lozim”, degan ta’kidlari sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib
chiqdi. Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish maqsadida xalqaro nashriyotlar
tomonidan ishlab chiqilgan chet tillari fanlari darsliklarini olib kelish va umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida joriy qilishga qaratilgan tizimli islohotlar davom etmoqda [1-2].
Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jarayonida o‘quvchi sub’ekt bo‘lishi lozim. Bunda
ko‘proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz
tili darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri talabalarni mustaqil fikrlashga
o‘rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o‘qituvchilari Amerika Qo‘shma Shtatlari,
Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan
foydalanib kelishmoqda:
Аsosiy maqsad – ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘rganishni
ommalashtirish.
Ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni olib kirish ta’lim
sifati va samaradorligini oshirish demakdir. Xususan, xorijiy tillarni o’rganish va
o’rgatishda bunday kommunikativ texnologiyalardan foydalanishning bir qancha
ahamiyatli ustunliklari mavjud. Hozirda chet tili ko’nikmalarini baholashning IELTS,
CEFR, TOEFL kabi testlari ishlab chiqilgan. Bu jarayonlarda texnologik vositalardan
foydalanish chet tilining har bir aspektini o’rgatishda noan’anaviy hamda interfaol
topshiriqlar kabi zamonaviy yondashuvlar bilan qo’l keladi. Masalan, tinlab tushunish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
199
qismi uchun, albatta, turli qurilmalar, player, CD disklarsiz tasavvur qilish qiyin. Shu
sababdan ham zamonaviy texnologiya va metodlardan foydalanish talab etiladi. Bu
texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini
qiziqarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi, bundan tashqari harakatli o’yinlar
vositasida o’quvchilar diqqati dars jarayonida bir joyda jamlashni ta’minlaydi [3-4].
Interfaol ta’limning asosiy mezonlari
: norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish,
o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi,
lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar
yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar
berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-
tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega [5].
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan
biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o‘qituvchilari
dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq
foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil
fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda
himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari
shakllanib, rivojlanib boradi [5]. Innovatsion texnologiyalarning xorijiy til
kompetensiyalarni o‘qitishdagi ahamiyati katta. Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion
texnologiyalardan foydalanish darsni sifatli va qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi.
Innovatsion texnologiya ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish,
turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo‘llash orqali bilim egalashni
takomillashtirish usullaridir. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida o‘qituvchi va
bilim oluvchi faoliyatga yangilik, o‘gartirishlar kiritish bo‘lib, interfaol metodlardan
foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir
bilim oluvchining faolligiga erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, har bir innovatsion texnologiya o‘ziga
xos afzallik jihatlariga egadir. Bulardan asosiysi o‘quvchilarning muloqot olib borish
bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi, o‘quvchilar orasida emostional
aloqalar o‘rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o‘z
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
200
o‘rtoqlarining fikrini tinglashga o‘rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini
ta’minlaydi. Shu bilan birga, ayni paytda xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion
texnologiyalardan samarali foydalanish darsni har tomonlama sifatli va qiziqarli o‘tish
imkonini beradi va innovatsion texnologiyaga qiziqish kundan kunga ortib bordi.
Innovatsion texnologiyalar o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga tahlil, xulosa qilishga
o‘rgatadi.
ADABIYOTLAR
:
1. Jalolov Jamol. Chet til o‘qitish metodikasi. “O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy
uyi, Toshkent – 2012.
2. Отабоева, М. Р. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan
foydalanish va uning samaradorligi / М. Р. Отабоева. — Текст: непосредственный,
электронный // Молодой ученый. — 2017. — № 4.2 (138.2). — С. 36–37.
3. Robatjazi, M. A. (2008). Language education: Intercultural communicative
competence and curriculum. Glossa, 3(2), 245-265
4. Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan
foydalanish” mavzusida referat. Toshkent – ¬¬2012 yil
5. Отабоева, М. Р. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan
foydalanish va uning samaradorligi / М. Р. Отабоева. ¬– Текст: непосредственный,
электронный // Молодой ученый. – 2017. – № 4.2 (138.2). – С. 36-37. – URL:
https://moluch.ru/archive/138/39058/ (дата обращения: 27.04.2020)