MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
180
OSHQOZON SARATONI SABABLARI, ALOMATLARI, TASNIFI,
TASHXISLASH VA DAVOLASH
Mamatqulov Jahongir Jalolovich
Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Fizika, biofizika va tibbiy fizika”
kafedrasi f-m.f.n professor
Ergashev Asqar Jong’oboyevich.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Fizika, biofizika va tibbiy fizika”
Xudoyberdiyeva Mohinur Janonbek qizi
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-son davolash fakulteti 104 guruh
talabasi.
Ushbu maqolada oshqozon saratoni, oshqozon shilliq qavati epiteliy
to’qimasidan kelib chiqadigan yomon sifatli o’sma bo’lib Oshqozon saratoni eng
keng tarqalgan onkologik kasalliklardan biri hisoblanadi. U oshqozonning har
qanday qismida rivojlanib, boshqa a’zolarga, ayniqsa qizilo’ngach, o’pka va jigarga
tarqalishi mumkinligi xaqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlari: oshqozon saratoni, o’sma, qizilo’ngach, o’pka, jigar,
metastazlar
Dunyo bo’yicha oshqozon saratoni eng ko’p uchraydigan onkologik
kasalliklar bo’yicha beshinchi (7%), saraton kasalligi tufayli o’lim bo’yicha uchinchi
o’rinni (9%) egallaydi. Statistikaga ko’ra, bemorlarning atigi 29% sog’ayib ketadi.
Ko’pincha oshqozon saratoni erkaklarda uchraydi.
Metastazlar me’da saratoni bilan kasallangan bemorlarning 80-90 foizida
kuzatiladi, kasallik erta tashxislanganda 6 oy hayot qolish ko’rsatkichi 65 foizni,
jarayonning kech bosqichlarida esa 15 foizdan kamni tashkil qiladi. O’rtacha,
oshqozon saratoni bo’yicha omon qolishning eng yuqori darajasi Yaponiyada
hisoblanadi (53%), boshqa mamlakatlarda u 15-20% dan oshmaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
181
Dispepsiyadan shikoyat qilgan har 50 bemorning bittasida oshqozon saratoni
aniqlandi.
Oshqozon saratoni rivojlanishiga hissa qo’shadigan omillar orasida
ovqatlanish xususiyatlari va atrof-muhit omillari, chekish, yuqumli va irsiy omillar
ajratiladi.
Oshqozon saratoni bilan kasallanishda quyidagi omillarning ta’siri mavjudligi
isbotlangan:
• Askorbin kislotasi yoxud vitamin C yetishmasligi;
• Haddan tashqari ko’p tuz iste’mol qilish;
• Marinadlangan, ortiqcha qovurib yuborilgan, dudlangan, achchiq ovqatlar,
hayvonlar yog’i iste’moli;
• Alkogolli ichimliklar, ayniqsa aroqni suiste’mol qilish.
Me’da saratoni bilan kasallanish darajasi va tuproqdagi mis, molibden, kobalt
va teskarisi — rux va marganets orasida to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik mavjud.
Oshqozon saratoni rivojlanishida muhim omil sifatida surunkali reflyuks-
gastritga olib keladigan duodenogastral reflyuks ajratib ko’rsatiladi. Xususan,
oshqozonda operatsiya o’tkazilganidan 5-10 yil o’tgach oshqozon saratoni xavfi
ortadi, ayniqsa reflyuks rivojlanishiga hissa qo’shadigan Billrot II bo’yicha
Hoffmeister-Finsterre modifikatsiyasida rezektsiyadan keyin.
Oshqozon saratoni va Helicobacter pyloribakteriyasi bilan infektsiyalanganlik
orasida bog’liqlik mavjudligi to’g’risida ishonchli ma’lumotlar mavjud. Ushbu
bakteriya bilan kasallangan odamlarda oshqozon saratoni rivojlanish xavfi yuqori
ekanligi statistik jihatdan isbotlangan deb hisoblanadi (nisbiy koeffitsient 2.5). 1994-
yilda JSST Saraton xastaliklari bo’yicha tadqiqotlar xalqaro agentligi (IACR)
tomonidan H. pylori 1-guruh kantserogenlari qatoriga kiritilgan. Ushbu bakteriya
saraton rivojlanishiga olib keladigan gistologik o’zgarishlarni keltirib chiqaradi,
jumladan shilliq qavat atrofiyasi, ichak metaplaziyasi va epitelial displaziya.
Alomatlari- Erta bosqichlarda oshqozon saratoni, qoida tariqasida, yaqqol
ifodlanmaydigan klinik belgilar va nospetsifik alomatlarga ega (dispepsiya, ishtaha
yo’qolishi) bo’ladi. Kasallikning boshqa belgilari («kichik belgilar» sindromi deb
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
182
ataladi)
— asteniya, go’shtli ovqatlarni hush ko’rmaslik, kamqonlik,
(https://mymedic.uz/kasalliklar/qon-kasalliklari/anemiya/)
vazn
yo’qotish,
«oshqozonda noqulaylik» ko’pincha jarayonning tarqalgan shakllarida kuzatiladi.
• Tezda to’yib qolish, oz miqdorda ovqat iste’molidan keyin ham qorinning
to’lib qolganligi hissi endofit saraton uchun xosdir, bunda oshqozon rigid, ya’ni ovqat
tushganda kengaymaydigan bo’lib qoladi.
• Kardial qism saratoni disfagiya bilan tavsiflanadi.
• Pilorik bo’lim saratoni oshqozondagi massaning evakuatsiyasiga xalaqit
berishi mumkin, bu esa qayt qilishga olib keladi.
Kasallikning keyingi bosqichlarda epigastriya sohasida og’riq, qayt qilish,
o’smaning yaralanishi va parchalanishi natijasida qon ketish (najas ranging
o’zgarishi, «qahva quyqasi» yoki qon bilan qusish) qo’shiladi. Og’riqning tabiati
o’smaning qo’shni organlarda o’sib kirganini ko’rsatishi mumkin, jumladan:
• O’rab oluvchi og’riqlar — me’da osti beziga,
• Stenokardiyaga o’xshash og’riq — diafragmaga,
•Qorin
dam
bo’lishi,
(https://mymedic.uz/kasalliklar/gastroenterologiya/qorin-dam-bolishi-meteorizm/)
qurillashi, hojatning kechikishi — ko’ndalang chambar ichakka.
O’smaning makroskopik shakli bo’yicha oshqozon saratonining eng ko’p
ishlatiladigan tasnifi Bormann tasnifi (1926) sanaladi. Unga ko’ra:
• Polipoid saraton — yakka o’simta oshqozon bo’shlig’iga chiqadi, sog’lom
to’qimalardan ajralib turadi, yaralanmaydi. Bu oshqozon saratoni holatlarining 5
foizida uchraydi. Prognoz nisbatan ijobiy;
• Yaralangan karsinoma — bu likopcha shaklida ko’tarilgan va aniq
chegaralangan qirralarga ega yarali o’sma. Vizual tarzda oshqozon yarasidan ko’p
farq qilmaydi, ishonchli differentsial tashxis qo’yish uchun gistologik tekshiruv
o’tkazish kerak (yaraning bir necha qismidan namuna olib o’tkazish eng to’g’ri usul
bo’ladi). Nisbatan yaxshi sifatli kechishi bilan farq qiladi, barcha holatlarning 35
foiziga to’g’ri keladi;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
183
• Qisman yaralangan karsinoma — sog’lom to’qimalardan aniq
farqlanmaydi, chetlari biroz ko’tarilgan, oshqozonning chuqur qatlamlariga qisman
infiltrativ o’sib kirgan bo’ladi. Erta muddatlardan metastazlanishi bilan ajralib turadi.
• Diffuz-infiltrativ saraton — endofit tarzda o’sadi, subshilliq qatlamga kirib,
oshqozonning ahamoyatli qismini egallab oladi. Makroskopik jihatdan gastroskopiya
vaqtida yaxshi aniqlanmaydi. Oshqozon devorining diffuz o’sishi ko’pincha uning
harakatchanligini buzilishiga va tegishli dispeptik shikoyatlarning paydo bo’lishiga
olib keladi.
Saratonning so’nggi ikki shakli ayniqsa agressivdir, juda erta metastazlanadi
va juda yomon prognozga ega.
Saratonga chalingan oshqozon to’qimasining mikroskop ostidagi tasviri
Har bir tur differentsiatsiya darajasiga ko’ra yuqori, o’rta va past darajadagi
differentsial adenokarsinomalarga bo’linadi.
• Uzuksimon-hujaylari saraton;
• Bez-yassi hujayrali karsinoma;
• Yassi hujayrali karsinoma;
• Kichik hujayrali saraton;
• Differentsiatsiyalanmagan saraton.
Lauren tasnifi:
• Ichakli turi;
• Diffuz turi.
Tashxislash - Oshqozon saratoni diagnostikasi usullari quyidagilardan iborat:
• Gastroskopiya — bu usul nafaqat oshqozon shilliq qavatining o’zgargan
qismlarini vizual ravishda ko’rish, balki keyinchalik baholash uchun to’qima
biopsiyasini o’tkazish imkonini ham beradi;
• Og’iz orqali kontrast modda (bariy sulfat) kiritish orqali oshqozon
rentgenoskopiyasi. Oshqozon devori shikastlanishi joyi va hajmini aniqlashning
asosiy usullaridan biri. Oshqozon saratonining eng muhim rentgenologik belgilari:
• oshqozon soyasida to’lish nuqsoni mavjudligi
• me’da devorining egiluvchanligi va cho’ziluvchanligi yo’qolishi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
184
• o’simta hududida peristaltikaning mahalliy yo’qligi yoki kamayishi
• o’simta joylashgan joy shilliq qavati relyefining o’zgarishi
• oshqozon shakli va hajmining o’zgarishi;
• Ultratovushli tekshiruv — qorin bo’shlig’i, retroperitoneal makon va
bo’yin-o’mrov usti sohasi limfa kollektorlarining ultratovushli tekshiruvi —
metastazlarni aniqlash uchun ishlatiladigan usul;
• Kompyuter tomografiyasi oshqozon saratonini aniqlash imkonini beradi,
ammo tadqiqotning asosiy maqsadi o’smaning tarqalganligi, metastazlar
mavjudligini, shu jumladan pozitron emissiya tomografiyasi yordamida normal
hujayralarda uchramaydigan, saraton to’qimalarida biokimyoviy jarayonlarning
o’zgarganligini kuzatishda ishlatilishi mumkin;
• Laparoskopiya saraton tashxisini qo’yishda ko’p yordam bermaydi (bu
faqat oxirgli bosqichlarda mumkin), aksincha kasallikning bosqichini aniqlash va
jigarda va parietal qorin bo’shlig’ida ultratovushli tekshiruv va kompyuter
tomografiyasida ko’rinmaydigan kichik subkapsulyar metastazlarni aniqlash uchun
foydalaniladi;
• Onkomarkerlar juda spetsifik (95%), ammo sezgir emas. Eng keng
tarqalgan onkomarkerlar CA72.4, CEA va CA19.9 sanaladi, ularning sezuvchanligi
40-50 foiz oralig’ida o’zgarib turadi va metastazlar mavjudligida 10-20 foizga
ko’payadi.
Oshqozon saratonini davolash -
Hozirgi vaqtda oshqozon saratonini radikal
davolashning asosiy va deyarli yagona usuli bu jarrohlik amaliyotidir. Oshqozonni
rezektsiya qilish shuningdek eng yaxshi palliativ davolanishni ham ta’minlaydi:
og’riq, disfagiya va qon ketishining sababchisi yo’q qilinadi, organizmdagi o’sma
hujayralari soni kamayadi, bu umr ko’rish davomiyligini oshirishga va bemorning
ahvolini sezilarli darajada yengillashtirishga yordam beradi. Nurlanish ta’siri va
kimyoterapiya ikkinchi darajali ahamiyatga ega.
Odatda butun oshqozon olib tashlanadi (gastrektomiya). Bunga ko’rsatma
sifatida o’smaning oshqozon burchagidan yuqori joylashganligi, oshqozonning
subtotal yoki total shikastlanishi xizmat qiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
185
Kamroq holatlarda (kasallikning dastlabki bosqichlarida) uning rezektsiyasi
(odatda subtotal) amalga oshiriladi:
• Antral qism saratoni bo’lsa, distal rezektsiya;
• I — II bosqichlardagi yurak va subkardial bo’limlarning saratonida —
proksimal rezektsiya.
Bundan tashqari, katta va kichik charvi, mintaqaviy limfa tugunlarning olib
tashlanishi amalga oshiriladi. Agar lozim bo’lsa, boshqa organlar qisman yoki
butunlay olib tashlanadi: Krukenberg metastazlarida tuxumdonlar, oshqozon osti bezi
dumi, taloq, jigarning chap segmenti, ko’ndalang chambar ichak, chap buyrak va
buyrak usti bezi, diafragma bo’limi va boshqalar.
Boshqa
ko’plab
saraton
turlari
singari,
hozirda
oshqozon
saratonini davolashning natijasi va samaradorligi kasallikning bosqichiga bog’liq.
Ko’pgina hollarda, oshqozon saratoni faqat kech bosqichlarda aniqlanadi va
bu vaqtga kelib keng tarqalishga ulgurgan bo’ladi, bu holda, 5 yillik umr ko’rish
darajasi atigi 15% ni tashkil qiladi. Agar bemor dastlabki 5 yilni yashagan bo’lsa,
unda keyingi omon qolish darajasi oshadi — 10 yillik omon qolish ko’rsatkichi 11%
ni tashkil etadi, bu 5 yillik omonlikdan atigi 4% pastdir.
Yoshlarda omon qolish darajasi keksa odamlarga qaraganda yuqoriroqdir. 50
yoshdan kichik bemorlarda besh yillik omon qolish 16-22% ni tashkil qiladi, 70
yoshdan katta bemorlarda bu ko’rsatkich 5-12% atrofida bo’ladi.
Birinchi bosqichdagi oshqozon saratoni bo’lgan bemorlarda to’liq tiklanish
imkoni katta. Besh yillik omon qolish ko’rsatkichi 80% ni tashkil etadi, shundan 70%
to’liq tiklanish bilan yakunlanadi. I bosqichda oshqozon saratoni juda kamdan-kam
hollarda va, qoida tariqasida, tasodifan aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich - me’da saratoni bo’lgan bemorlarda besh yillik omon qolish
darajasi 56% ni tashkil etadi, shundan 48-50% to’liq tiklanadi. Tashxis qo’yilganida,
6% hollarda kasallik ikkinchi bosqichda bo’ladi.
Uchinchi bosqich me’da saratoni bo’lgan bemorlarda besh yillik omon qolish
darajasi 38% ni tashkil etadi, shundan qariyb 26% to’liq tiklanadi. III b (metastazlar)
bosqichida oshqozon saratoni bo’lgan bemorlarda besh yillik omon qolish darajasi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
186
atigi 15% ni tashkil etadi, shundan atigi 10% to’liq tiklanadi. Oshqozon saratoni III
bosqichda tashxislanishi juda keng tarqalgan.
To’rtinchi bosqichdagi oshqozon saratoni bilan og’rigan bemorlarda besh
yillik omon qolish darajasi 5% dan oshmaydi, 10 yillik omon qolish darajasi 2,3% ni
tashkil qiladi. Ulardan faqat 1,4% to’liq tiklanadi. Kasallikni IV bosqichda aniqlanishi
bemorlarning 80 foizida uchraydi va eng keng tarqalgan hisoblanadi.
Oshqozon rakini (gastrik rak) oshqozonning shish (yani, malign) o‘smasi
sifatida ta’riflash mumkin. Bu kasallik, oshqozonning qavatlarini tashkil etuvchi
hujayralarning o’sishi va nazoratdan chiqishi natijasida yuzaga keladi. Oshqozon raki
butun dunyoda eng ko‘p uchraydigan rak turiga kiradi, ammo ba’zi mintaqalarda,
ayniqsa, Osiyo va Sharqiy Yevropada ko‘proq uchraydi.
Oshqozon rakining sabablari:
1. Bakterial infeksiya: Helicobacter pylori infektsiyasi oshqozonning shilliq
qavatini zarar etkazib, rak rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
2. Ovqatlanish: Yaxshi sifatli oziq-ovqatning etishmasligi, masalan, meva va
sabzavotlar kam iste’mol qilinishi, tuzlangan yoki xasharalangan oziq-ovqatlar ko‘p
iste’mol qilinishi oshqozon rakining rivojlanishiga yordam berishi mumkin.
3. Genetik omillar: Oshqozon rakining rivojlanishiga genetik moyillik, ya’ni
oila a’zolarida bu kasallik tarqalishi sabab bo‘lishi mumkin.
4. Chekish va spirtli ichimliklar: Chekish va ortiqcha spirtli ichimliklarni
iste’mol qilish oshqozon rakining xavfini oshiradi.
5. Yosh va jins: Oshqozon raki odatda 60 yoshdan katta erkaklarda ko‘proq
uchraydi, lekin ayollarda ham kuzatilishi mumkin.
Oshqozon rakining klinik belgilari:
• Og’riq: Oshqozon hududida og‘riq yoki noqulaylik sezilishi mumkin.
• Ishqalanish va puflanish: Oshqozonning ichki devori yallig‘lanishi
natijasida, bemorda doimiy ishqalanish va puflanish holatlari yuzaga keladi.
• Rang o‘zgarishi: Teri rangi sarg‘ayishi, ayniqsa, jigar bilan bog‘liq
alomatlar yuzaga kelishi mumkin.
• Ishtaha yo‘qotish: Bemorda ishtaha kamayadi yoki mutlaqo yo‘qoladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
187
• Og‘ir vazn yo‘qotish: Vaqt o‘tishi bilan og‘ir vazn yo‘qolishi yoki aniq
sabab bo‘lmasdan to‘satdan vaznning kamayishi kuzatiladi.
• Qonli va qarishli najas: Oshqozon rakining yana bir alomati qonli najas yoki
so‘nggi holatlarda najasning qorayishi bo‘ladi.
• Qon ketishi: Og‘ir holatlarda oshqozon ichida qon ketishi yuzaga kelishi
mumkin.
Oshqozon rakining turlari:
1. Intestinal tip: Oshqozonning ichki yuzasidagi shakllanishlar, odatda,
tuzlangan yoki kam iste’mol qilinadigan oziq-ovqatlar bilan bog‘liq.
2. Difuz tip: Oshqozonning boshqa qismlariga tarqalgan va tez rivojlanadigan
rak turidir.
3. Mikst yoki aralash tip: Bu ikki turdagi o‘smaning kombinatsiyasini tashkil
etadi.
Diagnostika:
1. Gastroskopiya: Oshqozonning ichki qismini ko‘rish va bioptat olish uchun
gastroskopiya o‘tkaziladi.
2. Rentgenografiya: Rengen tekshiruvi yordamida oshqozonning rasmiy
tasvirini olish mumkin.
3. Biopsiya: Hujayralar namunasi olib, mikrodozlar orqali rak xujayralarining
mavjudligini aniqlash uchun biopsiya o‘tkaziladi.
4. Ultratovush: Oshqozonning va uning atrofidagi organlarning holatini
tekshirish uchun ultratovush tekshiruvi o‘tkaziladi.
Davolash:
1. Hirurgiya: Kasallikni bartaraf etish uchun eng samarali usul bo‘lishi
mumkin. Odatda, oshqozonning qisman yoki to‘liq olib tashlanishi talab qilinadi.
2. Kimyoterapiya: Kasallikning tarqalishi darajasiga qarab kimyoterapiya
qo‘llanilishi mumkin.
3. Radioterapiya: Yaxshi natija beradigan davolash usulidir.
4. Immunoterapiya: O‘simta hujayralari bilan kurashish uchun immun tizimi
tomonidan qo‘llaniladigan davolash.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
188
Profilaktika:
• Sog‘lom turmush tarzini olib borish: Tabiiy oziq-ovqatlar, ko‘proq meva va
sabzavotlar iste’mol qilish, chekishdan voz kechish va spirtli ichimliklarni iste’mol
qilmaslik.
• Darmonlar va antibiotiklar: Helicobacter pylori infektsiyasini davolash,
oshqozon yarasini oldini olish.
• O‘rta va yuqori yoshdagi odamlarni tekshiruvlardan o‘tkazish: Oshqozon
rakining erta bosqichlarida aniqlanishi davolash imkoniyatlarini oshiradi.
Oshqozon rakining erta bosqichda aniqlanishi va davolanishi imkoniyatlarini
oshiradi, shuning uchun o‘z sog‘lig‘ingizni kuzatib borish va zarur holatda
mutaxassislar bilan maslahatlashish muhimdir.
Xavf omillariv -
Mayo va ACS ma’lumotlariga ko’ra, oq qon kasalligi
rivojlanishining aniq sabablari fanga noma’lumligicha qolmoqda.
Leykoz rivojlanishi xavfining oshishi bilan bog’liq bo’lgan omillar orasida
(Mayo ma’lumotlariga ko’ra):
• Kimyoterapiya va radioterapiyaning ayrim turlari;
• Ayrim genetik kasalliklar;
• Bir qator kimyoviy moddalarning ta’sir qilishi;
• Chekish (ayniqsa o’tkir mieloid leykemiya xavfi yuqori);
• Irsiyat (oilada leykemiya holatlari mavjudligi).
Sabablari
-
Leykozda saraton to’qimasi dastlab suyak iligi
lokalizatsiyalangan joyida o’sadi va asta-sekin normal qon hosil qilish hujayralari
o’rnini egallab oladi. Ushbu jarayon natijasida tabiiy ravishda bemorda
sitopeniyaning turli xil variantlari rivojlanadi, xususan anemiya trombotsitopeniya,
limfotsitopeniya, granulotsitopeniya. Buning natijasida esa o’z navbatida
immunitetning zaiflashuvi va uning fonida infektsion kasalliklarga chalinishga
moyillik hosil bo’lishi, qon ketishlar kuzatila boshlaydi.
Leykemiyada metastazlanish turli xil a’zolar — jigar, taloq, limfa tugunlari
va hokazolarda leykotik infiltratlarining paydo bo’lishi bilan birga kechadi. Ichki
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
189
a’zolarda qon tomirlarining o’simta hujayralari tomonidan obturatsiyasi natijasida
turli o’zgarishlar, xususan infarkt, yara-nekrotik o’zgarishlar yuzaga kelishi mumkin.
Alomatlari
- Leykemiyaning belgilari kasallikning turiga bog’liq. Asta-sekin
o’sayotgan yoki surunkali leykemiya dastlabki muddatlarda biron-bir belgi namoyon
qilmaydi, agressiv yoki tez o’sayotgan turi og’ir alomatlarga olib kelishi mumkin.
Uning belgilari qon hujayralarining (shaklli elementlarining) funktsiyasi yo’qotilishi
yoki organizmdagi g’ayritabiiy hujayralarni to’planishi sababli yuzaga keladi.
Oq qon kasalligining alomatlari odatda quyidagilarni o’z ichiga oladi:
• Isitma;
• Kechki terlash;
• Limfa tugunlarining kattalashishi, odatda og’riqsiz;
• Charchoq hissi;
• Yengil qon ketish;
• Teri ustida moviy yoki binafsharang dog’lar;
• Takroriy burun qonashi;
• Tez-tez infektsiyalarga duchor bo’lish;
• Suyak yoki bo’g’imlardagi og’riq;
• Tana vaznining kamayishi yoki ishtahaning yo’qolishi;
• Qorin og’rig’i yoki shishlarga olib kelishi mumkin bo’lgan taloq yoki
jigarning kattalashishi;
• Terida qizil dog’lar.
Agar leykoz hujayralari miyaga kirsa, bosh og’riqlari, tutqanoq, ong
chalkashligi, mushaklarni nazorat qilishning pasayishi va qayt qilish kabi alomatlar
paydo bo’lishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Бекман И.Н. Радиоактивность и радиация радиохимия, том I: Учебное
пособие. – М.: Октопринт. – 2011. – 400 с.
2.
Ergashev A.J. Oлий таьлим тизимида “Ионлаштирувчи нурланишлар”
мавзусини модуль тизимида ўқитиш усуллари ЎзМУ хабарлари вестник нууз
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
190
acta nuuz мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон миллий университети илмий
журнали тошкент – 2022 yil 202-204 betlar.
3.
Ergashev A.J. Oliy ta’limda yadro texnologiyalari fanini o‘qitishda didaktik
o‘yin topshiriqlarini tayyorlash texnologiyasi Scientific Bullettin of NamSU-
Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_7-сон 353-359
b.
4.
Bozorov E.X., Ergashev A.J. “Tibbiyotda magnit rezonans tomografiyasi”
mavzusni yangi pedagogik texnaloyagiyasi asosida o‘qitish “Pedagogik mahorat”
ilmiy-nazariy va metodik jurnal. – Buxoro, 2022. № 2. – B. 222–227.
5.
Ergashev A.J., Orolova S.B. Ayollarda ko’krak bezi saratoni diagnostikasi,
belgilari va davolash usullari MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Выпуск
журнала №-15 P 98-101