Authors

  • Ergashev Asqar Jong’oboyevich
  • Nabiyev Abdullo Abduvohidovich
  • Shirinova Malika Orifovna

Author Biographies

  • Ergashev Asqar Jong’oboyevich

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Fizika, biofizika va tibbiy fizika” kafedrasi (PhD) assistenti askarergashev@rabler.ru

  • Nabiyev Abdullo Abduvohidovich

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Fizika, biofizika va tibbiy fizika” kafedrasi assistenti

  • Shirinova Malika Orifovna

    Samarqand  davlat tibbiyot universiteti 2-son davolash fakulteti 118 guruh talabasi.  malikashirinova81@gmail.com

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94266

Keywords:

Oq qon charchoq zayiflik

Abstract

Ushbu maqolada oq qon kasalligi turli shaklda uchraydigan qon va suyak iligi saratoni bo’lib minglab insonlar ushbu kasallikdan aziyat chekadi, ayniqsa, ular orasida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Oqqon o‘limga olib boradigan kasallikdir, ammo uni o‘z vaqtida davolash vaziyatni biroz yengillashtirishi mumkinligi xaqida. Shuningdek, har o‘n yilda olimlar tobora ko‘proq samarali dori topishga muvaffaq bo‘lmoqda. O‘tgan asrning 50-yillarida tashxis qo‘yilgan bemorlarning 14 foizi besh yoki undan ko‘proq vaqt yashagan, hozirda esa ularning ulushi 60 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari, hozirda bir vaqtning o‘zida bir nechta dorilar sinovdan o‘tkazilmoqda, ular samarali deb topilsa, ushbu dahshatli kasallikni davolashda haqiqiy yangilik bo‘lishi mumkinligi xaqida ma’lumotlar berilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

168

OQ QON KASALLIGI SABABLARI VA DAVOLASH USULLARI

Ergashev Asqar Jong’oboyevich.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Fizika, biofizika va tibbiy fizika”

kafedrasi (PhD) assistenti

askarergashev@rabler.ru

Nabiyev Abdullo Abduvohidovich

Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Fizika, biofizika va tibbiy fizika”

kafedrasi assistenti

Shirinova Malika Orifovna

Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-son davolash fakulteti 118 guruh

talabasi.

malikashirinova81@gmail.com

Ushbu maqolada oq qon kasalligi turli shaklda uchraydigan qon va suyak iligi

saratoni bo’lib minglab insonlar ushbu kasallikdan aziyat chekadi, ayniqsa, ular

orasida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Oqqon o‘limga olib

boradigan kasallikdir, ammo uni o‘z vaqtida davolash vaziyatni biroz

yengillashtirishi mumkinligi xaqida. Shuningdek, har o‘n yilda olimlar tobora

ko‘proq samarali dori topishga muvaffaq bo‘lmoqda. O‘tgan asrning 50-yillarida

tashxis qo‘yilgan bemorlarning 14 foizi besh yoki undan ko‘proq vaqt yashagan,

hozirda esa ularning ulushi 60 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari, hozirda bir

vaqtning o‘zida bir nechta dorilar sinovdan o‘tkazilmoqda, ular samarali deb topilsa,

ushbu dahshatli kasallikni davolashda haqiqiy yangilik bo‘lishi mumkinligi xaqida

ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlari: Oq qon, charchoq, zayiflik,

Ko‘plab boshqa saraton kasalligi kabi davolanishning muvaffaqiyati

kasallikning qanchalik tez aniqlanishiga bog‘liq. Oqqon kasalligi asosan 4 turda

bo‘lishiga qaramay, alomatlarning aksariyati bir xil, ularni bilib olish esa juda muhim

hisoblanadi.

Charchoq va zaiflik

– Domiy charchoq hissi, ayniqsa, uning kuchayib

borayotgani kasallikning ilk alomati bo‘lishi mumkin. Bu alomat ko‘pinchi saraton


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

169

kasalligining belgisi bo‘lishi sanaladi. Charchoq darajasi yengil boshlanib,

keyinchalik chidab bo‘lmaydigan darajaga o‘tadi. Ammo har qanday holatda ham

kunlik yumushlardan odatdagidan ko‘proq charchash holati kuzatilsa, shifokor bilan

maslahatlashish zarur.

Nafas qisishi

Vaqti-vaqti bilan og‘ir nafas olish, nafas olayotganda siqilish

– bularning barchasi tezroq shifokorga murojaat qilish kerak deganidir. Oqqonda

kechadigan kamqonlik holati nafas qisilishiga olib kelishi mumkin, chunki o‘pka

yetarlicha kislorod olmaydi va shuning natijasida yaxshi ishlamaydi.

Ko‘karishlar

Oqqon kasalligida qonda trombotsitlar soni keskin kamayadi.

Shuningdek, qon ivishi bilan bog‘liq muammolar tanada ko‘karishlar paydo

bo‘lishiga olib keladi. Inson hech qanday jarohat olmagan bo‘lsa-da, qo‘l va oyoq

qismlarida ko‘karishlar paydo bo‘ladi. Bu esa xavfli alomat hisoblanadi.

Qon ketishi

Burun va milkning qonashi qonda trombotsitlar

yetishmovchiligi natijasida qon quyuqlashishi muammolari namoyon bo‘lishi

mumkin. Bu esa o‘z navbatida oqqon kasalligining jiddiy alomatini ko‘rsatgan

bo‘ladi.

Petexiya

– teri ostidagi mayda qizil dog‘lar og‘riqsiz va qo‘l-oyoqda

joylashgan kichik qizil nuqta trombositlar sonining pastligini ko‘rsatadi. Ko‘pincha

ular to‘piq sohasida paydo bo‘ladi.

Milklarning shishishi

–oqqon kasalligining eng aniq alomati tish milklarining

shishib ketishidir. Bunday holatda bemor og‘zida noqulayliklar paydo bo‘ladi.

Ishtaha yo‘qolishi Kasallikning yana bir alomatiga taloqning kattalashishi

kiradi. Buning natijasida oshqozon siqiladi va bemor oz ovqatga to‘yadi yoki ishtahasi

bo‘g‘iladi.

Qorinning yuqori qismida og‘riq yoki noqulaylik shuningdek, kattalashgan

taloq bemorning yuqori chap qornida noqulaylik yoki og‘riqni keltirib chiqaradi.

Ba’zida og‘riq juda kuchli ham bo‘lishi mumkin. Aynan shu sohada noqulaylikni his

qilgan zahoti shifokor ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.

Titrash va isitma

– Ushbu alomat oqqon kasalligiga chalingan bemorlarning

to‘rtdan birida kuzatiladi. Ammo bu e’tiborsiz qoldiriladigan alomat emas. Bundan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

170

tashqari ko‘tarilgan harorat infeksiyani ko‘rsatishi va immunitetni zaiflashtiradi. Bu

ham kasallikning eng aniq belgilaridan biridir.

Kechasi ko‘p terlash

–Agar ertalab choyshab ho‘l bo‘lsa, shifokorga murojaat

qilish zarur. Tunda terlash ko‘pincha oqqon kasalligi bilan kechadigan

infeksiyalarning natijasi bo‘lishi mumkin.

Bosh og‘rig‘i

–Tez-tez kuzatiladigan bosh og‘rig‘i ham kasallik alomati

bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, kuchli bosh og‘rig‘i miyaga qon quyilishidan

darak bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har qanday og‘riqqa chidash yoki dori vositasi

yordamida og‘riqni to‘xtatishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur.

G‘ayrioddiy rangparlik

– Ushbu alomat charchoq, nafas qisilishidan keyin

kuzatilishi mumkin. Bu rivojlanayotgan limfa anemiyasi haqida ogohlantiradi.

Noodatiy rang bu shifokorga murojaat qilish uchun muhim sababdir.

Suyaklardagi og‘riq

– Oqqon hujayralari suyak iligiga zarar yetkazishi juda

keng tarqalgan alomat emas. Ammo ayrim bemorlarda ushbu alomat kuzatiladi.

Kengaygan limfa tugunlari–

Bu ham oqqon kasalligining ilk alomatlaridan

bo‘lib, albatta, bunga e’tiborli bo‘lish kerak. Qorinning pastki qismi, qo‘ltiq osti va

bo‘yin sohasidagi limfa bezlarining og‘riqsiz shishishi yuqumli kasallik uchun

qulaydir. Ammo ular uzoq vaqtgacha saqlanib tursa, shifokorga murojaat qilish zarur.

Teri toshmasi

– Oqqon bilan kasallangan har yigirma bemorning bittasida teri

toshmalari kuzatiladi. Bu allergiyaga ham o‘xshashi mumkin. Shuningdek, toshma

turli shakl va o‘lchamda bo‘lishi mumkin. Ammo ularning umumiy jihati bir xil –

tobora ko‘payib, tananing katta qismini egallaydi

Leykoz (leykemiya, aleykemiya, oq qon kasalligi)

— bu qon hosil qilish

tizimining klonal yomon sifatli (neoplastik) kasalligi. Leykozlar o’z etiologiyasiga

ko’ra turlicha bo’lgan kasalliklarning keng guruhini o’z ichiga oladi. Leykozlarda

yomon sifatli klon suyak iligining yetilmagan gemopoetik hujayralaridan ham,

yetilayotgan va yetuk qon hujayralaridan ham paydo bo’lishi mumkin.

Leykoz kasalligi oq qon rivojlanishi yoxud rivojlanmasligidan qat’iy nazar

leykositlar ishlab chiqaradigan butun hujayraviy apparatning tizimli diffuz

giperplaziyasi bilan ifodalanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

171

Ushbu tasnif nuqtai nazaridan, etiologik omillarning uzoq va doimiy ta’siri

(viruslar, ionlashtiruvchi nurlanish, kimyoviy moddalar va boshqalar) natijasida oq

qon kasalligining surunkali shakli nisbiy ravishda o’tkir shaklga o’tishini gapirish

mumkin. Ya’ni, mielo- yoki limfopoezning progenitor hujayralarida buzilishlarga

qo’shimcha ravishda, o’tkir leykemiyaga xos bo’lgan buzilishlar rivojlanadi,

surunkali leykemiya kechishida «asoratlanish» sodir bo’ladi.

O’simta hujayrasining immuni fenotipiga ko’ra Hozirgi vaqtda o’simta

hujayralarini immun fenotipiga qarab CD19, CD20, CD5, immunoglobulinlarning

yengil zanjirlari va boshqa antigen belgilar yordamida aniqroq tasniflashni amalga

oshirish mumkin.

Leykotsitlarning umumiy soni va periferik qonda blast hujayralarining

mavjudligi bo’yicha

• Leykemik — leykositlar soni 50-80 × 10 9 / l dan ko’p, shu jumladan

blastlar ham;

• Subleykemik — leykositlar soni 50-80 × 10 9 / l, shu jumladan blastlar ham;

• Leykopenik — periferik qonda leykotsitlar miqdori me’yordan past, ammo

blastlar mavjud;

• Aleykemik — periferik qonda leykotsitlar miqdori me’yordan past, blastlar

yo’q.

Morfologik xususiyatlari–Yuqori differentsiatsiya bloki bilan leykemiya

hujayralari progenitor hujayralarnining dastlabki to’rtta sinfiga oid o’zak va blast

hujayralarga o’xshab ketishi mumkin. Shuning uchun, differentsiatsiya darajasiga

ko’ra bunday leykozlar blastli va differentsiatsiyalanmagan deb ataladi. Ularning

kechishi

o’tkir

bo’lganligi

sababli,

o’tkir

leykozlarni

blastli

va

differentsiatsiyalanmagan turlarga ajratish mumkin.

Differentsiatsiya darajasi past bo’lganida oq qon hujayralari prositar va sitar

progenitor hujayralarga o’xshaydi, kasallikning yomon sifatlilik darajasi kamroq,

kechishi surunkali va sitar deb ataladi.

O’tkir leykemiyaning asosiy klinik belgilari:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

172

• Blast hujayralarining ko’pligi va ularning ustunligi (30% dan ko’p, odatda

60-90%);

• «Leykemik qulash» — ko’plab blastlar fonida hujayralarning oraliq

shakllarini yo’q bo’lib ketishi;

• Bir vaqtning o’zida abazofiliya va aneozinofiliya mavjudligi;

• Tezda rivojlanuvchi anemiya.

Surunkali leykemiyaning asosiy klinik belgilari (alomatlar bir xil, ammo

xuddi teskarisi):

• Blast hujayralari miqdorining ozligi yoki umuman yo’qligi (30% dan kam,

ko’pincha 1-2%);

• «Leykemik qulash»ning yo’qligi, ya’ni hujayralarning oraliq shakllari

(promielotsitlar va mielotsitlar) mavjudligi;

• Bazofil-eozinofil assotsiatsiya, ya’ni bir vaqtning o’zida bazofiliya va

eozinofiliya mavjudligi;

• Asta-sekin rivojlanuvchi anemiya.

Tashxislash

– Oq qon kasalligini tashxisida morfologik tadqiqotlar katta

ahamiyatga ega. Hayot chog’idagi morfologik tashxisning asosiy usullari yonbosh

suyagi trepanobiopsiyasi yoki to’sh suyagi va boshqa a’zolarning funktsiyasidan

olingan suyak iligining biopatlari va periferik qon surtmalarini o’rganish sanaladi.

Davolash

– Surunkali leykemiyada shifokor qo’llab-quvvatlovchi taktikani

tanlaydi, uning maqsadi asoratlar rivojlanishini kechiktirish yoki oldini olishdir.

O’tkir leykemiyada shoshilinch terapiya talab qilinadi, bu yuqori dozalarda

kimyoterapevtik vositalarni qabul qilishni o’z ichiga oladi. Kimyoterapiya

organizmga oq qon hujayralaridan tozalanishga imkon beradi. Shundan so’ng, agar

talab etilsa, sog’lom donorlik suyak iligi hujayralarini transplantatsiyasi buyuriladi.

Sitostatiklar — bu atipik hujayralar o’sishini bostiruvchi dorilar. Ular vena

ichiga yoki tabletka shaklida og’iz orqali yuboriladi. Kasallikning turli varianti o’ziga

xos davolanish rejimini talab qiladi. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining

tavsiyalariga ko’ra, har bir mutaxassis turli xil terapiya rejimlariga amal qilishi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

173

mumkin. Leykemiyaning aniq varianti aniqlangach (hujayra tarkibini hisobga olgan

holda), bemorga zarur sxema bo’yicha bir necha kurslarda kimyoterapiya buyuriladi:

Birinchi kurs zararli hujayralarni yo’q qilishga qaratilgan. Uning

davomiyligi individual ravishda belgilanadi va bir necha oyni tashkil etishi mumkin.

Birinchi kurs muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan so’ng, qo’llab-

quvvatlovchi terapiya buyuriladi — bemorga sitostatiklar oldingi dozalar va

miqdorda beriladi.

Oxirgi bosqich — bu profilaktika kursi. U olingan terapevtik ta’sirni

kuchaytiradi va bemorga remissiyada uzoqroq bo’lishga imkon beradi. Barcha

kimyoterapiya kursi tugagach, ushbu kasallik bilan boshqa duch kelmaslik ehtimoli

yuqori bo’ladi.

Biroq, tibbiyot hali yetarlicha rivojlanmagan va organizm o’zini oldindan

aytib bo’lmaydigan darajada tutishi mumkin. Shunday qilib, to’liq davolanishdan

keyin kasallik qaytalanishi ehtimoli ham yo’q emas. Bunday holda, davolanishning

yana bir varianti suyak iligi transplantatsiyasi.

Erta tajribaviy usullar – Fred Xatchinson nomidagi Sietl o’simtalarni tadqiq

qilish markazi tadqiqotchilari immunitet hujayralarining o’smalarga qarshi faolligini

oshirishning yangi usulini kashf etishdi. Buning natijasida ilgari umidsiz deb

hisoblangan bemorlarni davolashda deyarli 100% samaradorlikka erishish mumkin

bo’ldi. O’tkazilgan tadqiqotlarda 29 bemorning 27 nafarida yangi terapiyani

qo’llashdan so’ng suyak iligi tahlili yomon sifatli hujayralarning to’liq yo’qligini

ko’rsatdi.

Kasallik o‘lim bilan yakun topishiga qanday sabablar bor?

– Bemorlar vafot etishiga ko‘p holat sabab bo‘lishi mumkin. Avvalambor,

kech tashxis qo‘yilishi. Bundan tashqari, oxirigacha tashxis qo‘ya olmagan

vaqtlarimizda ham vafot etishlari mumkin. Yana bir holat bor – oxirigacha

davolanmaslik. Yoki bo‘lmasa infeksiya yuqib qolishi natijasida ham bemor vafot

etishi mumkin.

Hozirgi kunda ilik ko‘chirish bo‘yicha ham muayyan ishlar amalga

oshirilmoqda, Oliy Majlisda bu boradagi qonun loyihasi ko‘rilmoqda. Agar qabul


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

174

qilinsa, yurtimizda ham ilik ko‘chirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Albatta bu judayam

katta qadam bo‘lardi, yanada ko‘proq bemorlarimiz shifo topib ketar edilar

Oqqon kasalligining qaytalanish sabablari aniqlanganmi?

– Qaytalanish sabablari ham hali tibbiyot tomonidan yuz foiz aniqlanmagan.

Ko‘p holatlarda, masalan miyeloblast leykozni ilik ko‘chirib o‘tkazmasdan, faqat

ximioterapiya kursini qilib, remissiyaga chiqarib, ushlab turuvchi davolash rejasini

o‘tkazib bo‘lganimizdan so‘ng, ma'lum vaqt o‘tib qaytalanib qolish holati kuzatiladi.

Limfoblast leykozlarda ham ilik ko‘chirib o‘tkazish tavsiya qilingan. Lekin

buni amalga oshirish qiyin, birinchidan juda katta mablag‘ zarur, ikkinchidan boshqa

davlatga borish kerak. Hamma ham buning uddasidan chiqa olmaydi. Shuning uchun

qaytalanib qolishi mumkin. Bu haqda oldindan hech kim ayta olmaydi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkunki:

Kasallik boshlanishida davolashga

kirishsak, yaxshi natijalarga erishamiz. Buning uchun esa fuqarolarimiz bir yilda ikki

marta maxsus tekshiruvlardan o‘tishlari, qon analizlari topshirib turishlari kerak

bo‘ladi. Chunki 3-4 yil davomida bola organizmi dori-darmonlardan charchaydi. Bu

kasallikka qarshi kurashish uchun ishonch bo‘lishi kerak, ishonchsiz bu kasallikni

davolab bo‘lmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Trokel, S. L. (1993). Excimer Laser Surgery for Corneal Disorders. The

American Journal of Ophthalmology, 115(3), 335-343.

2.

Niemz, M. H. (2007). Laser-Tissue Interactions: Fundamentals and

Applications. Springer.

3.

Ergashev A.J. Oлий таьлим тизимида “Ионлаштирувчи нурланишлар”

мавзусини модуль тизимида ўқитиш усуллари ЎзМУ хабарлари вестник нууз

acta nuuz мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон миллий университети илмий

журнали тошкент – 2022 yil 202-204 betlar.

4.

Ergashev A.J. Oliy ta’limda yadro texnologiyalari fanini o‘qitishda didaktik

o‘yin topshiriqlarini tayyorlash texnologiyasi Scientific Bullettin of NamSU-

Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_7-сон 353-359

b.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

175

5.

Ergashev A.J., Orolova S.B. Ayollarda ko’krak bezi saratoni diagnostikasi,

belgilari va davolash usullari MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-15 P 98-101

Most read articles by the same author(s)

Mamatqulov Jahongir Jalolovich, Ergashev Asqar Jong’oboyevich, Xudoyberdiyeva Mohinur Janonbek qizi, OSHQOZON SARATONI SABABLARI, ALOMATLARI, TASNIFI, TASHXISLASH VA DAVOLASH , Modern education and development: Vol. 19 No. 1 (2025)

Ergashev Asqar Jong’oboyevich, Salimova Zarnigor Qaxramon qizi, KO’KRAK BEZI SARATONING DAVOLASH VA KILINIK BELGILARI , Modern education and development: Vol. 19 No. 1 (2025)