MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
163
KO’KRAK BEZI SARATONING DAVOLASH VA KILINIK
BELGILARI
Ergashev Asqar Jong’oboyevich
Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Fizika, biofizika va tibbiy fizika”
kafedrasi PhD assistenti
Salimova Zarnigor Qaxramon qizi
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash fakulteti 118 guruh
talabasi.
Annatatsiya: Ko'krak bezi saratoni bu normal ko'krak hujayralarining
saraton hujayralariga aylanishi natijasida yuzaga keladigan kasallik bo’lib ko'krak
saratoni o'pka saratonidan keyin ikkinchi eng keng tarqalgan saraton turi bo'lib,
ayollar orasida birinchi o'rinda turadi. Ko’krak bezi sarotoni kasaligining asosiy
belgilari va davolash usullari hamda sabablari xaqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlari: Ko'krak bezi, Saraton o'simtasi, saroton, ko‘krak bezi raki,
genetik omillar, mammografiya, ultratovush tekshiruvi, biopsiya.
JSST ma'lumotlariga ko'ra, har yili 1,5 million ayolga ko'krak bezi saratoni
tashxisi qo'yiladi. Ushbu kasallik 13 yoshdan 90 yoshgacha bo'lgan ayollarning
taxminan 10 foizida uchraydi. Erkaklar ushbu kasallikka kamroq chalinadilar (1%).
Kasallikdan o'lim holatlari taxminan 50% ni tashkil qilad.
Saraton o'simtasi xavfsiz o'smadan farqli o'laroq tezroq o'sadi va metastaz
yo`li bilan boshqa organlarga juda faol tarqaladi hamda limfa tugunlariga ham ta'sir
qiladi
Ko‘krak bezi saratoni (ko‘krak bezi raki) ko‘krak to‘qimalarida
rivojlanadigan xavfli o‘sma hisoblanadi. U ayollar orasida eng keng tarqalgan saraton
turi bo‘lsa-da, erkaklarda ham uchrashi mumkin. Kasallik ko‘pincha kichik tugun
yoki o‘sma shaklida boshlanadi va limfa tugunlari yoki boshqa organlarga tarqalishi
mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
164
Asosiy belgilari:
Ko‘krak yoki qo‘ltiq ostida bo‘rtib chiqqan tugun
(palpatsiyada seziladi).
Ko‘krak shakli yoki hajmining o‘zgarishi. Ko‘krak terisida o‘zgarishlar:
qizarish, terining zichlashishi yoki chuqurlashishi.
So‘rg‘ichdan qonli yoki boshqa turdagi ajralma chiqishi. Og‘riq yoki
noqulaylik hissi (kamdan-kam hollarda).
Xavf omillari:
Genetik omillar (masalan, BRCA1 va BRCA2 genlari
mutatsiyasi).
Oila a’zolarida ko‘krak saratoni tarixi. Gormonal o‘zgarishlar, masalan, hayz
ko‘rishni erta boshlanishi yoki kech tugashi.
Gormonal terapiya yoki reproduktiv omillar (kech homiladorlik yoki
tug‘maslik).
Nosog‘lom turmush tarzi: noto‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha vazn, chekish va
spirtli ichimliklar iste’moli.
Kasallikni aniqlash:
1. O‘z-o‘zini tekshirish: Ko‘krak va qo‘ltiq ostini
muntazam ravishda paypaslab o‘zgarishlarni kuzatish.
2. Tibbiy tekshiruvlar: Mammografiya, ultratovush tekshiruvi va biopsiya.
Davolash usullari:
Jarrohlik: O‘smani yoki butun ko‘krakni olib tashlash.
Kimyoterapiya: Saraton hujayralarini yo‘q qilish uchun dorilar qo‘llaniladi.
Radioterapiya: Saraton hujayralarini nurlanish yordamida yo‘q qilish.
Gormonal terapiya: Gormonlarga bog‘liq saratonlarni davolash.
Maqsadli terapiya: Aniq maqsadga yo‘naltirilgan dori vositalari.
Ko'krak bezi saratonini tasniflash va uning bosqichlari
Ko'krak saratoni odatda bosqichlar bo'yicha tasniflanadi:
0 bosqich —
invaziv bo'lmagan ko'krak saratoni (karsinoma in situ) – sut bezi kanallarini o'rab
turgan to'qimalariga tarqalmagan boladi. Invaziv bo'lmagan ko'krak saratoni odatda
mammografiya paytida aniqlanadi va kamdan-kam hollarda ko'krakdagi qattiqlik
shaklida namoyon bo'ladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
165
I bosqich — invaziv bo'lmagan ko'krak saratoni. Saraton o'simta yaqinida
joylashgan to'qimalarga ta'sir qiladi. Osimtaning kattaligi 2 sm dan oshmaydi. Limfa
bezlari normal holatda boladi.
II bosqich — invaziv saraton. Saraton hujayralari kanallarning qoplamasi
orqali atrofdagi ko'krak to'qimalariga tarqaladi. O'simtaning diametri 2 dan 5 sm
gacha, qoltiq ostidagi limfa tugunlari osimta tomonidan zararlanadi. Bu ko'krak
saratonining eng keng tarqalgan turi hisoblanadi.
III bosqich ikki bosqichga bolinadi:
IIIA bosqich. O'simtaning diametri 5 sm dan ortiq bolib, limfa tugunlari juda
kattalashgan. Ular bir-biriga va atrofdagi to'qimalarga yopishgan boladi.
IIIB bosqich. Ushbu turga yallig'lanish saratoni, infiltrativ kanal saratoni
kiradi. 3-bosqichning xarakterli belgilari terining qizarishi, apelsin terining paydo
bo'lishidir. O'simta har xil hajmda bolishi mumkin. Bu bosqichda ko'krak terisi, ichki
ko'krak limfa tugunlari yoki ko'krak devori zararlanadi.
IV bosqich. O'simta ichki limfa tugunlariga ta'sir qiladi, qo'ltiq ostigacha yetib
boradi va omrov, limfa tugunlari, jigar, o'pka va miya ham ta'sirlanadi. 4-bosqich
saratoni tashxisi ko'pincha BRCA-1 va BRCA-2 genlaridagi mutatsiyaga ega bo'lgan
ayollarga qo'yiladi.
Davolash:
Davolash usulini tanlash ko'plab omillarga bog'liq: kasallikning
bosqichi, ayolning yoshi, o'simtaning tuzilishi va hajmi, o'sish tezligi. Davolashning
zamonaviy usullari jarrohlik, radiatsiya va kimyoterapiya usullarining eng maqbul
kombinatsiyasidan, ya'ni kompleks yondashuvdan foydalanadi. Terapiyada
mutaxassislar har bir bemorga individual yondashishlari kerak. Mutaxassislar guruhi
ayolga davolashning onkologik va estetik nuqtai nazardan muvaffaqiyatli bo'lishi
uchun o'ziga xos davolash usullarini taklif qilishi kerak. Bugungi kunda ko'krak bezi
saratonini davolashning eng samarali usullari quyidagilardir:
lampektomiya (o'smaning o'zini olib tashlashni o'z ichiga oladi);
mastektomiya (ko'krak va boshqa to'qimalarni to'liq olib tashlashni o'z ichiga
oladi);
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
166
radiatsion terapiya (agar bemor klimaks davridan otgan bolsa) - saraton
radioaktiv nurlanish bilan nurlanadi;
kimyoterapiya (agar bemor klimaks davridan otmagan bolsa) - saraton
hujayralarining o'limini ta'minlaydigan sitostatiklar qo'llaniladi;
gormon terapiyasi - o'simtaning gormonlarga sezuvchanligini blokirovka
qiluvchi dorilar qo'llaniladi;
immunoterapiya.
Operatsiyadan keyin organizmning xususiyatlariga, davolash sifatiga,
kasallikning bosqichiga qarab, bemorlarning bir qismi bir necha yil, ba'zilari esa
keksalikka qadar yashaydi. Statistikaga ko'ra, operatsiyadan keyingi yangi
metastazlar birinchi 3-5 yil ichida paydo bo'ladi, keyinchalik yangi shakllanish xavfi
keskin kamayadi.
Ko'krak bezi saratonini xalq tabobati bilan davolash samarasizdir. Dorivor
giyohlar va xalq retseptlari saraton bilan samarali kurasha olmaydi.
Sabablari:
Radiatsiya ta'siri. Agar siz bolaligingiz yoki yoshligingizda
ko'krak qafasidagi nur terapiyasini olgan bo'lsangiz, ko'krak saratoni xavfi ortadi.
qandli diabet, semizlik, ateroskleroz, immunitet tanqisligi;
Birinchi farzandning kattaroq yoshda tug‘ilishi. Birinchi farzandini 30
yoshdan keyin dunyoga keltirgan ayollarda ko‘krak bezi saratoni xavfi ortishi
mumkin.
Klimaksdan keyingi gormon terapiyasi. Klimaks belgilari va alomatlarini
davolash uchun estrogen va progesteronni birlashtirgan gormon terapiyasi dori-
darmonlarini qabul qiladigan ayollarda ko'krak saratoni xavfi ortadi. Spirtli
ichimliklar ichish, zaharlanish, chekish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Бекман И.Н. Радиоактивность и радиация радиохимия, том I: Учебное
пособие. – М.: Октопринт. – 2011. – 400 с.
2.
Ergashev A.J. Oлий таьлим тизимида “Ионлаштирувчи нурланишлар”
мавзусини модуль тизимида ўқитиш усуллари ЎзМУ хабарлари вестник нууз
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
167
acta nuuz мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон миллий университети илмий
журнали тошкент – 2022 yil 202-204 betlar.
3.
Ergashev A.J. Oliy ta’limda yadro texnologiyalari fanini o‘qitishda didaktik
o‘yin topshiriqlarini tayyorlash texnologiyasi Scientific Bullettin of NamSU-
Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_7-сон 353-359
b.
4.
Bozorov E.X., Ergashev A.J. “Tibbiyotda magnit rezonans tomografiyasi”
mavzusni yangi pedagogik texnaloyagiyasi asosida o‘qitish “Pedagogik mahorat”
ilmiy-nazariy va metodik jurnal. – Buxoro, 2022. № 2. – B. 222–227.
5.
Ergashev A.J., Orolova S.B. Ayollarda ko’krak bezi saratoni diagnostikasi,
belgilari va davolash usullari MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Выпуск
журнала №-15 P 98-101