Authors

  • Mamajonova Malikaxon Abdullo qizi

Author Biography

  • Mamajonova Malikaxon Abdullo qizi

    Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 3- bosqich 16-22 guruh talabasi Orcid:0009-0006-21466493

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94281

Keywords:

Oltin misralar dunyo shoir adib buyuk. Золотые стихи мир поэт писатель великий. Golden verses world poet writer great.

Abstract

Dunyodagi buyuk shoir olimlardan biri Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybekdir. Adib Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybekning boy adabiy ijodini amalga oshirgan ishlarini о‘rganuvchi tadqiqodchilar judayam kо‘p. Biz esa uning “Oltin misralarga naqshlangan qalb” davri haqida fikir yuritiladi.

Одним из величайших поэтов и учёных мира является Ойбек, сын Мусы Ташмухаммада. Многие исследователи изучают творчество сына писателя Мусы Ташмухаммеда Айбека. И мы подумаем о его периоде “Сердце, украшенном золотыми стихами”.

One of the world's greatest poets and scholars is Oybek, the son of Musa Tashmuhammad. There are many researchers who study the works of the writer Musa Tashmuhammad’s son Aibek. And we will think about his period of “A heart emblazoned with golden verses”.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

22

OLTIN MISRALARGA NAQSHLANGAN QALB

Mamajonova Malikaxon Abdullo qizi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 3- bosqich 16-22 guruh

talabasi Orcid:0009-0006-21466493

Annotatsiya: Dunyodagi buyuk shoir olimlardan biri Muso Toshmuhammad

о‘g‘li Oybekdir. Adib Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybekning boy adabiy ijodini

amalga oshirgan ishlarini о‘rganuvchi tadqiqodchilar judayam kо‘p. Biz esa uning

“Oltin misralarga naqshlangan qalb” davri haqida fikir yuritiladi.

Kalit sо‘zlar: Oltin misralar, dunyo, shoir, adib, buyuk.

Аннотация: Одним из величайших поэтов и учёных мира является

Ойбек, сын Мусы Ташмухаммада. Многие исследователи изучают творчество

сына писателя Мусы Ташмухаммеда Айбека. И мы подумаем о его периоде

“Сердце, украшенном золотыми стихами”.

Ключевые слова: Золотые стихи, мир, поэт, писатель, великий.

Annotation: One of the world's greatest poets and scholars is Oybek, the son

of Musa Tashmuhammad. There are many researchers who study the works of the

writer Musa Tashmuhammad’s son Aibek. And we will think about his period of “A

heart emblazoned with golden verses”.

Key words: Golden verses, world, poet, writer, great.

Oybek adabiy faoliyatining muhim qismini adabiyotshunoslikka oid

tadqiqotlarni tashkil etadi. O‘zbek xalqi tarixi va o‘zbek mumtoz adabiyotining ulkan

bilimdoni Oybekdir.

“Oybekdek ulug‘ adib va ulug‘ insonga nibatan hurmat va

muhabbat”

tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. Oybekdan tashqari, yana bir asosiy qahramon

bor. U butun hayotini Oybekka bag‘ishlagan, uning mashaqqatli qismatini

yengillashtirishga intilgan, unga munosib yor bo‘lgan Zarifa Saidnosirova kimyogar

olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi professor. Kimyo fanlari nomzodi.

Birinchi o‘zbek ayol rassomi. Taniqli ma’rifatparvar S. Mirjalilovning qizi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

23

Oybekning rafiqasidir. Oybekning shaxsiy hayotigina emas, balki bir-biriga munosib

ikki ulug‘ siymoning asarlarida sevgi va vafo ular boshidan o‘tkazgan

qiyinchiliklardan katta chandiq qoladi. Oybekning asarlari juda ko‘p tillarga tarjima

qilingan.

Har bir davrning unutilmas va buyuk siymolari bo‘ladi. Ular she’riyat va

adabiyotda o‘chmas iz qoldirishgan. Lekin ularni hayoti va ijodini yoritish yoki

yozish hamma yozuvchini qo‘lidan kelavermaydi. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher

Navoiyni hayoti va ijod yo‘lini yozish baxti faqat Muso Toshmuhammad o‘g‘li

Oybekka nasib qildi desak bo‘ladi. Alisher Navoiydan keyin o‘zbek she’riyatidan

Oybek o‘zini komil insonligi, beqiyos asarlari va durdona namunalari bilan alohida

joy oldi. Oybekni bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, u nurli va barhayot o‘zbek

siymosidir. Odatda biron nimaga erishish uchun asta, bosqichma-bosqich qadam bilan

harakat qilamiz. Xuddi shunday yozuvchilar ham o‘z she’riyat dunyosini

yaratayotganida o‘zi kezgan vohayu-vodiylar, qadrdonon maskanlar, do‘stu-

birodarlar hamda o‘zi guvoh bo‘lgan voqealar haqida yozadi, ijod qiladi va asta

sekinlik bilan adabiyotga kirib keladi. Shunga misol tariqasida quyidagi jumlani

ko‘rishimiz mumkin. “Navoiy she’riyati va Navoiy obrazi hamisha kuchli bir quyosh

kabi ko‘nglimni tortar edi. O‘z asarlarimda shoir Navoiy obrazi yaratishga zo‘r mayl,

orzu, istagim bor edi. Lekin tarixga ko‘z tashlasam, Navoiy ulug‘, buyuk bir siymo

holida qarshimda turar edi. Yoshligimdan beri Navoiyning o‘lmas, abadiy she’rlarini

sevib o‘qir edim, uning jozibali g‘azallari borgan sari ko‘nglimga singib bordi, shakl

va mazmunlari yuragimni mast va maftun etdi”, deya “Navoiy” romanini yozishga

bo‘lgan ishtiyoqini ochiqlagan edi ustoz Oybek.

Bilamizki, eng katta daryolar ham dastavval tog‘lardan, guldirab tushuvchi

arg‘amchidek ingichka jilg‘alardan boshlanadi. Daryoning biz ko‘rgan qudratli

oqimida o‘sha jilg‘alardan har birining o‘ziga yarasha ulushi bo‘ladi. Oybekning

keyinchalik yozgan yirik nasriy asarlari 1940-yil “Qutlug‘ qon”, 1944-yil “Navoiy”,

1958-yil “Quyosh qoraymas” singari romanlarining xamirturushi ham kichik-kichik

hikoyalar bo‘lgan. Ular sirasiga kiruvchi “Fanorchi ota”, “Musicha” “Singan umid”

va “Gulnor opa” kabi hikoyalarni kiritish mumkin. Shunisi muhimki, bu asarlarning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

24

aksariyat qahramonlari keyin ham yozuvchi o‘y-fikrida yashashni davom ettirdi,

ijodiy o‘sib bordi. Ma’lum vaqt o‘tib esa yuqorida sanaganimiz yirik romanlarda

to‘laqonli qahramonlar bo‘lib maydonga chiqishdi.

Asar yozish mas’uliyatini uning “quyosh qoraymas” romani ustida olib

borgan ishlarida ham kuzatamiz. Z.Saidnosirova “oybegim mening” kitobining

“bektemir izidan” degan qismida adibning o‘zbek jangchilari hayotidan asar yozish

maqsadida frontga ketganini, urush dahshatini, u keltirgan vayronagarchiliklarni o‘z

ko‘zi bilan ko‘rganligini, taassurotlari esa she’r va xotiralardan iborat “olovli yillar”

she’riy to‘plami va “front bo‘ylab” kundalik daftarida aks etganini qayd etgan va

quyidagilarni yozgan: “agar front bo‘ylab” kundaligini varaqlab chiqqan bo‘lsangiz,

uning bo‘lajak qahramonlari bilan moskva ostonalarida tanishganligi, ularning

jangovar hayoti to‘g‘risida muayyan tasavvurga ega bo‘lganligini bilasiz. shu

qahramonlar orasida “quyosh qoraymas” romanidagi bektemir obraziga bo‘lgan

o‘zbek jangchilari ham bo‘lganligi shubhasiz. Ehtimol, Oybek Ikromjon

Toshmatovdan ham bektemir obrazi uchun nimanidir olgandir”. “Navoiy” va “quyosh

qoraymas” romanlari bilan bog‘liq ayrim detallarni eslashdan maqsad shuki, oybek

badiiy ijodga g‘oyatda mas’uliyatli vazifa sifatida qaragan. Ijod jarayonida uning

o‘ziga xos uslubining shakllanishiga sabab bo‘lgan omillardan biri ham shu deb

aytsak xato qilmaymiz. Avvalambor shuni qayd etamizki, Oybekning tasvir

uslubidagi batafsillik, har bir voqeani, detalni ipidan ignasigacha erinmasdan, barcha

jihatlarini e’tibordan qochirmagan holda badiiy idrok etish va qog‘ozga tushirish

mahorati “Quyosh qoraymas”da ham o‘z ifodasini topgan. Roman shu darajada

tasviriy vositalarga boyki, kitobxon jang tasvirini butun tafsiloti va dahshati bilan

tasavvur qiladi. Ayni paytda, bu tasavvurlar shunchaki oddiy tasavvur emas, balki

badiiy mushohada mahsuli ekanligini, bu esa adibning badiiy tafakkur ko‘lamining

naqadar keng bo‘lganligini his etib, kitobxonning hayratlanmasdan iloji bo‘lmaydi.

“Navoiy” romani o‘zining badiiy - estetik qiymati, mazmun- mohiyati,

badiiy-tasviriy vositalarga limmo-limligi, voqealarning izchilligi, tarixiy haqiqatning

ko‘zgusi bo‘la olganligi, qahramonlarning bir- biri bilan, yani to‘qima va tarixiy

obrazlarning uyg‘unlashganligi bilan ham yuksak tahsin va e’tiroflarga loyiq asardir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

25

Shu bois ham bu asr mana necha yillarki, o‘z qadr - qimmatini yo‘qotgan emas,

yo‘qotmaydi ham. Chunki chinakam badiiy san`at asari hech qachon o‘lmaydi.

Bunday asarlarni xalq unutmaydi. Oybekning o‘zbek mumtoz adabiyotida yorqin

siymo, ulug‘ mutafakkir sanalgan Navoiy obrazini go‘zal tasvirlab bera olgan bu

romani mangu yashayveradi.

Agar 1968-yilda o‘limning sovuq qo‘llari Oybekni o‘z bag‘riga tortmaganiga,

u Amir Temur va Bobur haqidagi ikki dostonini tugatib, yuragidagi azaliy orzusi

“Amir Temur” romanini ham yozishga kirishgan bo‘lardi. Afsuslar bo‘lsinki, ulug‘

ijodkorga ajratilgan umr bu orzularini amalga oshirishiga yo‘l bermadi. Ammo

shunga qaramasdan, Oybek o‘zining betakror asarlari bilan o‘zbek she’riyatining

buyuk siymosidir. Oybek nafaqat ijodkor sifatidagina, balki odam sifatida ham

atrofagilarning mehr-u hurmatini qozongan, ularning yuragidan chuqur joy olgan

shaxs.

Xulosa qilib aytganda, yozuvchi asarlari O‘zbek adabiyotining jahonlararo

shuhratini yanada oshirdi. Ustoz mahorati yosh yozuvchilar uchun ijod makoniga

aylandi. Bir so‘z bilan aytganda, Oybek adabiyotimiz xazinasini o‘zining juda ko‘p

asarlari bilan boyitgan zahmatkash yozuvchi hisoblanadi. Yozuvchining ijodiy

me’rosi 20 jildni tashkil etishi ham buning yorqin dalilidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Qо‘shjonov M. Oybek mahorati. –T. Badiiy adabiyot nashriyoti, 1965

2. Sobirov O. Oybek ijodida folklor. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti. - Toshkent, 1975.

3. Zunnunov A. Adabiyot о‘qitish metodikasi. – T. О‘qituvchi, 1992.

4. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – T. Xalq merosi, 2004.

5. Yoqubov H. Oybek (adabiy tanqidiy ocherk). –T. О‘zadabiynashr, 1950

6. https://tafakkur.net/muso-toshmuhammad-ogli-oybek.haqida

Most read articles by the same author(s)