MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
19
MILLATNI UYG‘OTGAN ADIB OYBEK
Mamajonova Malikaxon Abdullo qizi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 3- bosqich 16-22 guruh
talabasi Orcid:0009-0006-2146-6493180
Annotatsiya: Har bir millat yuksalish uchun o‘z tarixi, ajdodlarini bilmog‘i
ulardan o‘rnak olmog‘i hamda ularga mos davomchi bo‘lib yashamog‘i zarur. Bu
maqolani yozishdan maqsad buyuk adiblarimizdan bo‘lgan Muso Toshmuhammad
o‘g‘li Oybek hayoti va ijodiga bo‘lgan qiziqishlarni yanada oshirishga kamtarona
urunishdir. Axir o‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi
yo‘q.
Kalit so‘zlar: Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek, Navoiy, Qutlug‘ qon,
Yurak qoni, Bolalik.
XX asrning dastlabki kunlarida ko‘plab buyuklar tavalludiga guvoh bo‘lgan
bu ko‘hna zamin yana bir buyuk ijodkorning ham dunyoga kelishiga guvoh bo‘ldi.
Ha bu o‘sha o‘z tabiri bilan aytganda she’riyat ministri Muso Toshmuhammad o‘g‘li
Oybek edi. She’r va nasriy doston romanlarni mubolag‘asiz ko‘p (umumiy hisobda
o‘n jilddan oshiq) va ho‘p (barcha asarlari yuksak saviyada dil bog‘idan gul
yaproqlariga, yurak qonidan siyoh olib, naqshday bezab) ijod etgan Oybek o‘z
kasbining adabiyotning chin oshig‘i edi. Butun umr ta’lim olishda, o‘qish - o'rganish,
tolibi ilmlik, ijod qilish, dunyo adabiyotini o‘qish o‘rganish va tarjimalar qilish,
Alisher Navoiy, Fuzuliy, Hazrati Bobur va boshqa ko‘plab buyuk yozuvchilarimiz
asarlarini o‘rganish, tafakkur qilish bilan bir qatorda sevgiga to‘la qalbli mehribon
umr yo‘ldosh, farzandlarini jonidan ortiq suygan Ota hamda ilm o‘rganmoqni istagan
yoshlarga chinakam sevimli ustoz edi. Oybek domlaning qanday inson bo‘lganlari
xususida ul kishining eng yaqin insonlari bo‘lmish umr yo‘ldoshlaridanda
to‘laqonliroq ta’riflay oluvchi bo‘lmasa kerak. “Oybek ulug‘ inson bo‘lgani uchun
muqaddas insoniy tuyg‘ularni terran his etar, bizning qalbimiz payqay olmagan sevgi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
20
va sevinch, g‘am va alam pardalaridan ko‘tarilgan nozik ohanglarni zukkolik bilan
ilg‘ab olar edi” deb yozgan edi Zarifa Saidnosirova.
Ko‘plab sohalar yo‘nalishlarda aql va salohiyatga ega barcha fanlardan
bilimlarni birdek o‘rganayotgan adibimiz asosiy yo‘li ilm yo‘li yoki ijod yo‘li qaysi
bo‘lishi haqida: “Hozir sharq va g‘arb falsafasini o‘qish ila mashg‘ulman. Iqtisodiy
fanlar o‘z yo‘lida boradi, albatta. Shu g‘ayratimni, shu havasimni bir fan ustida
markazlashtirsam, ehtimol, tuzukkina olim bo‘la olar edim. Ammo men energiyamni
bir qancha tarmoqlarga bo‘lib yuborganman. Bu odatdan sira ayrila olmayman. Bu
yomon. Ba’zan o‘zimga: - men kim va kim bo‘laman? degan savol berib qo‘yaman.
Javob, tabiiy, yo‘q. derdi. Shukurki barcha adabiyot ixlosmandlari uchun biz avlodlar
uchun ham Oybek domla keyinchalik ijod ummoni, sevgisi ila o‘z yo‘nalishini
adabiyot tomon tamoman burgan edi.
Butun ijod yo‘li davomida Oybek o‘zining durdona asarlarini turli siyosiy
tartibsizliklar, sog‘liq bilan bog‘liq muammolar, urush va ocharchilik davrlarda
bo‘lishiga qaramay, imkon qadar chalg‘ishlarsiz bor diqqat e’tiborini qaratgan holda
terran mehnat ila ijod ummonidan qonib ichgan holda yaratadi. 1937-yil voqealari har
kun o‘nlab yuzlab ma’rifatparvarlarning qamalishi, surgun qilinishi, qatag‘oni
davrida ham Oybek butun yoz ichi o‘z bog‘idan chiqmay ijod qildi hamda “Qutlug‘
qon” day go‘zal va o‘lmas bir asarni yaratdi. Ulug‘ vatan urushi yillarida esa yana bir
latif asar “Quyosh qoraymas” romanini yaratdi. “Oltin vodiydan shabadalar’’,
“Hamza”, “Qizlar”, “Pokiston taassurotlari”, “Zafar va Zahro”, “Haqgo'ylar”,
“O‘ch”, “Bobom”, “Ulug‘ yo‘l”, “Bolalik”, “Nur qidirib” kabi doston, roman va
qissalarni hamda tugatilmay qolgan “Temur” va “Bobur” dostonlarini yozdi. Hayotini
Alisher Navoiy hazratlarini umr va ijod yo‘llariga bag‘ishladi va “Navoiy”, “Guli va
Navoiy” dek umri boqiy go‘zal asarlarni biz kelajak avlod uchun meros qoldirdi. Bu
hayotda hech narsa osonlikcha qo‘lga kiritilmasligini, tinimsiz ilm olish, o‘qish -
o‘rganish mehnat, toqat va bardosh tom ma’noda odamni haqiqiy millatni uyg‘otgan
adib qilib ustozning umrlari misolida namoyon etiladi.
Xulosa o‘rnida biz avlodlar buyuk ajdodlarimizga hamisha hurmatda
bo‘lishimiz ularni e’zozlab umr va ijod yo‘llarini chuqur o‘rganmog‘imiz hamda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
21
ummonlarcha ibratlar olib uni o‘z hayotimizda tatbiq etmog‘imiz zarur. Shulardan
biri buyuk adib, shoir, ko‘pchilikning ustozi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekdir.
ADABIYOTLAR
1.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch – 176
bet. Ma’naviyat nashriyoti. Toshkent, 2008-yil.
2.
Saidnosirova Zarifa. Oybegim mening: Xotiralar Nashrga tayyorlovchi va
mas’ul muharrir N. Karimov. I - Toshkent: sharq nashriyoti matbaa konserining Bosh
tahririyati, 1994 – 256 bet.
3.
Oybek zamondoshlari xotirasida. To‘plovchilar: L. Kayumov va R.
Ibrohimova. Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979 – 224 bet