MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
220
ZULFIYAXONIM IJODINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Abduraxmonova Shahnoza Toxirjon qizi, Nosirova Sevinch Faxriddin qizi
Toshkent tibbiyot Akademiyasi talabalari
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada shoira Zulfiya Isroilova hayoti va ijodi,
she’riyati, uning o‘ziga xos qirralari haqida ma’lumot berilgan bo‘lib, uning o’zbek
adabiyotida tutgan o’rni atroflicha tahlil etilgan. Zulfiya she’rlarinng tahlili shuni
ko‘rsatdiki, uning she’rlarida yo‘nalish, uslub, mazmuni va ruhini, maqsad va
g‘oyalarini umuminsoniy fikr va tuyg’ular belgilaydi.
Kalit so‘zlar: Zulfiya, she’r, she’riyat muhabbat, sadoqat, sog‘inch, hijron,
shoira, tuyg‘ular.
KIRISH
O’zbek she'riyatining nufuzi, she'riyat olamida o'zining qalbga yaqin she'rlari
bilan o'zbek xalqi qalbiga kirib borgan Zulfiyaxonim Isroilova she’rlari bugunga
qadar yosh-u qari tomonidab sevib o’qiladi. U bolaligidan olamga hayrat ko’zi bilan
qarovchi,uning boshqalar ilg’ay olmagan o’ziga xosliklarini sezadigan, she’riyatga
ixlosmand qiz ekanligi bilan ajralib turardi. Buning ustiga, oilasidagi muhit ham
yosh Zulfiyada badiiy ijodga ishtiyoqni alangalatardi. Darhaqiqat, shoira bolaligini
eslarkan, otasi haqida shunday eslaydi: “Otamni… Isroil degrez der edilar. Otam
zahmatkash temirchi edi. Otamning hamma vaqt olovga yo’ldosh kasbidan faqat
zavq ko’rar edim. Otamday qudratli odam yo’q edi men uchun. Temirlar otam
qo’lida chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim…
O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro
tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal
Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir. Zulfiyaxonim Isroilova
1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan.
Avval boshlang’ich maktabda, so’ng xotin – qizlar bilim yurtida tahsil olgan.
1935-1938-yillarda O’zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti
aspiranturasida o’qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
221
1980-yilgacha, qariyib o’ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan “Saodat”
nomli xotin – qizlar jurnalida bosh muharrir bo’lgan. Zulfiyaxonim Isroilova
Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to’la hayot
kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o’rtog’idan
ayrildi. Shoira esa 1996 -yilda 81-yoshida vafot etadi.
Zulfiyaxonim Zulfiyaxonim xalqimiz uchun nafaqat o'zbek she'riyatida o'ziga
xos o'ringa ega shoira, balki inson sifatida ham shu xalqning barcha oliyjanob,
insoniylik xislatlariga ega va o'zining sadoqati bilan yoshlarga namuna bo'la oladigan
ayoldir.
Mevaning toti yetishgan daraxtga qanday bogʻliq boʻlsa, ijodkorning yaratgan
asarlari ham uning shaxsiyatiga shunday bogʻliqdir. Sobiq Shoʻro davrining
ijodkorlari orasida Zulfiya sheʼriyati ayniqsa shu jihatdan ajralib turadi. Uning nozik
chizgilar va goʻzal satrlarida bir vaqtda "inson ruhiyatini gʻajib tashlay oladigan"
ayriliqdan kelib chiqqan iztirob, taqdirning beqarorligiga qarshi isyon aks etadi. Bu
sheʼriyat shoira shaxsiyati va ruhiyatining inja manzaralarini aks ettiradi. Zulfiya
ijodida hijron va sadoqat mavzusidagi sheʼrlar alohida oʻrin tutadi. Bu, tabiatan,
oʻziga xos holat, chunki u uzoq umrini ikki kishiga bagʻishlab, ellik ikki yil davomida
ayriliqni his etgan va shu bilan hijron va sadoqat timsoliga aylangan. Shoiraning
ayriliq va hasratdan toʻlgan sheʼrlarida esa umidsizlik, noshukurlik yoki soʻngsiz
qaygʻu his-tuygʻulari yoʻq. Uning sheʼrlarida muhabbatning dardini chekkan, lekin
hayotning yorqin tomonlarini koʻra olgan, shukronalik tuygʻusi bilan yashayotgan bir
inson sezimlari aks etadi. Zulfiya sheʼriyatidagi mashhur "Bahor keldi seni soʻroqlab"
asarida ham hijron mavzusining kuchli ta’siri seziladi. Ushbu sheʼrda insoniy alam va
oʻkinch soʻz bilan ifodalanib, samimiy tarzda koʻrsatilgan, bu esa oʻquvchining
ruhiyatiga chuqur ta’sir qiladi. Bahor, yel va oʻrik gullarining timsollari barchasi
sogʻinch, qaygʻu va ayriliqni ifodalagan holda bir-biriga yaqinlashadi. Bu dard esa
uch qayg’ukashni bir-birini sevishga undaydi, ularni bir-biriga yaqinlashtiradi.
She’rda shunday deyiladi:
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarini eding maftuni.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
222
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.
Xulosa
: Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Zulfiyaxonim o‘zbek
she’riyatida o‘ziga xos o‘rniga ega bo‘lish bilan bir qatorda qalbi pok inson sifatida
ham xalqning e’tirofiga sazovor bo’lgan ayol. Ushbu maqolani yozish orqali uning
xalqona va haqqoniy she’rlarining qadri ham umri ham ziyoda bo’lganligi sababini
yana ham chuqurroq anglab yettim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Naim Karimov m.G. Gulyamova, 1983
2. Qayumov L. Shoira Zulfiya. Toshkent, O’zadabiynashr, 1965
3.Tanlangan asarlar (3 jildli), Tashkent,1985.