MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
193
SHE’RIYATDAGI AYOL KUCHI
Toshken tibbiyot akademiyasi talabasi
Abduraxmonova Shahnoza Toxirjon qizi
Kirish
Zulfiya Isroilova — o'zbek adabiyotining yorqin namoyandasi, o'z ijodi orqali
xalqining dardini, umidini va hayotini badiiy ifodalagan shoiradir. Uning asarlari
nafaqat adabiyotda, balki ijtimoiy va madaniy hayotda ham muhim rol o'ynagan.
Ushbu maqola Zulfiya hayoti, ijodiy faoliyati va uning adabiyotdagi o'rnini keng
yoritadi. Maqola Zulfiya Isroilovaning hayoti, ta'limi, ijodiy faoliyati va adabiy
merosini o'z ichiga oladi. Unda shoiraning asarlarining jamiyatdagi ahamiyati,
ijtimoiy va madaniy kontekstdagi o'rni hamda adabiy tahlillari keltiriladi.
Annotatsiya: She’r, adabiy tahlillar, ijodiy faoliyati, ta’lim,adabiy meros,
she’riyat, sadoqat,xalqona,sevgi, dard, xalqaro.
O‘zbekning go‘zal va latofatli shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yili
Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Dastlab
boshlang'ich maktabda, so'ng xotin - qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-
yillarda O'zekiston fanlar akademiyasining til va adabiyot instituti aspiranturasida
o'qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1935-yildan 1980-yilgacha,
qariyib o'ttiz tilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan "Saodat" nomli xotin - qizlar
jurnalida bosh muharrir bo'lgan. Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan
turmush qurgan. Biroq ular orzularga to'la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili
mashina halokati tufayli turmush o'rtog'idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida
vafot etadi. Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O'n yetti yoshida "Hayot
varaqalari" deb atalmish dastlabki she'riy kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri
davomida o'ttizga yaqin she'riy to'plamlar, o'ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira
hammani o'ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor bo'lgan holatlarni she'rga soladi.
Shuning uchun ham yozganlari ko'pchilikka manzur bo'ladi. Zulfiyaning ulkan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
194
iste'dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e'tirof etilgan. U -
xalqaro "Nilufar" mukofoti sohibasiga aylangan.
Zulfiya Isroilova va Hamid Olimjon o'rtasidagi sevgi va nikoh hikoyasi o'zbek
adabiyotining yorqin sahifalaridan biridir. Ular 1941-yilda turmush qurdilar. Bu
davrning, urushning shiddati va hayotdagi qiyinchiliklarga qaramay, ularning
o'rtasidagi sevgi, mehr va samimiyat kuchli bo'ldi. Zulfiya va Hamid bir-birining
ijodiga ulkan ta'sir ko'rsatdi, ularning sevgi va hamkorligi shoiralarning asarlarida
ham o'z aksini topdi. Afsuski, 1944-yilda Hamid Olimjonning vafoti Zulfiyaxonim
uchun o‘ta og‘ir judolik bo‘ldi, bu esa uning ijodida o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.
Zulfiya uchun Hamid Olimjon ham sevimli yor, ham maslahatgo‘y do'st, ham
ustoz edi. Endi u - yo'q. Yig'lamaslik, g'amga cho'kmaslik imkonsiz. Iroda ojizlik
qilmoqda. Atrofda odam ko'p-u, lirik qahramon "yakka-yolg'iz". Chunki uning
suygani olamda birgina edi, xolos. Uning o'rnini bosib, qahramonni yolg'izlikdan
xalos eta oladigan odam yo'q. Uning xayoli o'zi bilmagani holda yo'qotganini izlash
bilan ovora. Yorini yo'qotganidan dunyoning rangsizlanib qolganini shoira: "Birdan
qalbim keksarib", - deya ifodalaydi. Bor-yo'g'i o'ttiz yoshdagi shoiraning dardu
hasrati she'rda bandma-band oshib boraveradi: "Qayga ketding, yuragim, Bitdi
bardosh va toqat. Suhbatingdir tilagim, Tilda hasratim qat-qat". Ayriliq zo'ridan tili
va dilida hasratlar qat-qat bo'lgan mushtipar ayolning ruhiyati ushbu misralarda
yaqqol aks etgan.
Ahdida ustuvor va tuyg'ulariga xiyonat qilmagan shoiraning kechinmalari
sovimaydi. Alami, hijroni har zumda yangilanib, tobora kuchayib boraveradi.
Ro'zg'ori, farzandlari, kitoblari, do'stlari yo'qotgan kishisini qayta-qayta esga
solavergani bois quyidagi o'tli satrlar qog'ozga inadi: "Sovush bermaydi menga,
Yoqib ketganing olov". Muhabbatning olovi - mangu yongulik qudratga ega. Aql
yorning qaytib kelmasligiga iqror bo'lsa ham, ruh bunga ko'nikmaydi, u berahmlik
bilan qaytmas bo'lib ketgan yorga talpinaveradi. Sadoqatli shaxsning azoblari tinimsiz
davom etaveradi. Ushbu dramatik holat shoiraning shaxsigagina tegishli bo'lsa-da, u
kechirgan tuyg'ular chin bo'lgani bois boshqalarga ham begona emas.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
195
Zulfiya ijodiy faoliyatini 1931-yilda "Ishchi" gazetasida boshlangan ilk she'ri
bilan boshlagan. Uning birinchi she'riy to'plami "Hayot varaqalari" 1932-yilda nashr
etildi. Shoira o'z asarlarida ko'plab mavzularni qamrab oldi, jumladan, sevgi, dard,
urush, tinchlik va ayollarning ijtimoiy o'rni.
Ikkinchi jahon urushi yillari Zulfiya ijodida muhim davrni tashkil etdi. U "Uni
Farhod der edilar" (1943), "Hijron kunlarida" (1944) va "Hulkar" (1947) kabi
asarlarida urush va uning oqibatlarini badiiy ifodaladi. Ushbu asarlarida u nafaqat o'z
shaxsiy iztiroblarini, balki xalqining umumiy qayg‘ularini ham aks ettirdi.
Urushdan keyin, 1950-yillarda, Zulfiya o'z ijodida xalqaro birlik va tinchlik
g‘oyalariga e'tibor qaratdi. U Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik harakatida
faol qatnashdi va ko'plab xorijiy davlatlarga sayohat qildi. Bu sayohatlar uning ijodida
yangi g‘oyalar va rang-baranglik keltirdi. "Mushoira", "O'g'lim, sira bo'lmaydi urush"
kabi she'rlarida tinchlik va do'stlik g‘oyalarini keng tarqatdi.
Zulfiya Isroilova ijodi o'zbek adabiyotida muhim o'rin tutadi. U nafaqat she'ra,
balki publitsistik maqolalar va adabiy tahlillar bilan ham tanilgan. Uning asarlarida
o'zbek ayollarining hayoti, muammolari, ijtimoiy faollik va inson huquqlari haqida
chuqur mulohazalar mavjud.
Uning "Yillar, yillar..." (1975) va "Visol" (1972) kabi she'riy to'plamlari uning
ijodida yangi yuksalish bosqichini belgilaydi. Bu asarlarda Zulfiya hayotni falsafiy
idrok etish tamoyillarini aks ettiradi, insonning ichki kechinmalarini, orzu va
umidlarini badiiy ifodalaydi.
Zulfiya, shuningdek, Hamid Olimjonning adabiy merosini o‘rganishga katta
hissa qo‘shdi. U uning "Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod" dostoni asosida
qo‘g‘irchoq teatri uchun "Semurgʻ" pyesasi va "Zaynab va Omon" operasi librettosini
yozdi. Bu uning adabiyotdagi o‘rnini yanada mustahkamladi.
Xulosa
Zulfiya Isroilova o'zining serqirra ijodi va faoliyati bilan o'zbek adabiyotida
o'chmas iz qoldirgan shoiradir. Uning asarlari xalqimizning tarixida, madaniyatida va
ijtimoiy hayotida muhim o'rin tutadi. U nafaqat shoira, balki jamoat arbobi sifatida
ham xalqining umidlarini, dardlarini ifodalab, ularga kuch g‘ayrat bahsh etib turishi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
196
Zulfiya Isroilovaning ijodi, shubhasiz, o'zbek adabiyotining kelajagi uchun ham
ilhom manbai bo'lib xizmat qiladi.ushbu maqolani yozib, Zulfiyaxonimni ijodiga
chuqurroq nazar solish orqali yana bir karra amin bo'ldimki, o'zbek adabiyoti XX
asrda har qancha ziddiyatli, mashaqqatli va murakkab yo'lni bosib o'tgan bo'lmasin,
unda bir qator tom manodagi ijodkorlar etishib chiqgan va ularni ichidagi porloq
yuzluzlardan biri bu Zulfiyaxonim bo'lgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Isroilova, Z. (1986). "Temiroy". Toshkent: O'zbekiston davlat nashriyoti.
2.
Olimjon, H. (1997). "O'zbek she'riyati". Toshkent: O'zbekiston davlat
nashriyoti.
3.
Zokirova, M. (2015). "Zulfiya Isroilova: Adabiy meros va o'rni". Adabiyot va
san'at, 3(5), 45-56.
4.
Abdurahmonov, S. (2010). "O'zbek adabiyotining zamonaviy ko'rinishi".
Toshkent: Ma'naviyat.
5.
Qodirova, N. (2018). "Zulfiya Isroilova: Hayot va ijod". O'zbekiston adabiyoti,
2(4), 12-18.