MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
181
BUXORO VILOYATIDA COVID-19 KASALLIGI TARQALISH
DARAJASINI O’RGANISHDA AHOLINING TERRITORIAL
XUSUSIYATLARINING TUTGAN O’RNI
Nurbayev Farmon Ergashovich, Omonov Olimjon Yunusovich
Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti
Mavzuning dolzarbligi:
COVID-19 kasalligi qoʻzgʻatuvchisi boʻlgan
ogʻir oʻtkir respirator koronavirus infeksiyasining (SARS-CoV-2) ning tez suratda
tarqalishi, bu kasallik to’g’risidagi nafaqat klinik ma’lumotlarni , balki kasallikning
ijtimoiy xususiyatlarini ham aniqlash zarurligini ko’rsatdi. Butun dunyo bo’ylab
izlanishlar jarayonida COVID-19 kasalligining juda ko’plab ijtimoiy xususiyatlari
aniqlandi. O’z navbatida olib borilgan tadqiqodlar tahlili orqali kasallikning
tarqalishida aholining hududiy ya’ni territorial taqsimlanishining tutgan o’rni juda
muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rish mumkin. Bu tadqiqodda bemorlarning
shahar yoki qishloq aholisiga mansubligi, COVID-19 kasalligining ma’lum bir
regiyonda qanday darajada tarqalganligini va tarqalish xususiyatlarini aniqlashga
imkon beradi. Kasallikning tarqalishida aholi hududiy taqsimlanishning o’rni yuqori
ekanligini oxirgi paytlarda butun dunyo bo’ylab sayohat qilish imkoniyatlarining
qulayligi va turli xil sayohat imkoniyatlarining mavjudligi bilan bog’lash mumkin.
Ayni ana shu sabab dunyo bo’ylab kasallikning yangi shtammlarini tez fursatda
tarqalishiga imkon berdi. Shunday qilib, tarqalib borayotgan SARS-CoV-2
infeksiyasi ko'pincha statistik ma’lumotlarni tartiblash salohiyatiga ega bo'lgan
yuqori resursli sharoitlarda aniqlansada, ularning kelib chiqishi to’liqligicha
aniqlanmagan. Virusga bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni nazorat qilishni yanada
murakkablashtiradigan narsa qishloq aholisi orasida tizimli statistik kuzatuvning
mavjud emasligi bo’lib hisoblanadi .
Dunyo bo’ylab o’tkazilgan bir nechta tadqiqotlar shahar va qishloq jamoalari
o'rtasidagi SARS-CoV-2 infeksiyasining territorial tarqalish farqlarini o'rganib
chiqdi. Boshqa virusli kasalliklar bo'yicha oldingi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
182
qishloq joylari shaharlardan farq qiladigan xususiyatlarga ega va yuqumli kasalliklar,
jumladan parotit, gripp va zoonoz kasalliklarning tarixiy manbalari bo'lgan. Qishloq
hududlari 2020-yilda COVID-19 pandemiyasining epitsentriga aylangani, ayniqsa
AQShning Oʻrta Gʻarbiy qismida kasallanishning koʻpayishi va yomon oqibatlarga
olib kelgani haqida xabar axborot berilgan.
Tadqiqod maqsadi:
Buxoro viloyatida COVID-19 kasalligini tarqalishi
bilan aholi territorial taqsimlanishi o’rtasidagi bog’liqlikni, 2020-va 2022-yillarda
viloyat hududida davolangan bemorlarning kasallik tarixlarini retrospektiv tahlil
asosida aniqlash.
Material va metodlar:
Buxoro viloyat kasalxonasi va Viloyat yuqumli
kasalliklar shifoxonasida 2020-2022- yillar davomida davolangan bemorlarning
passpot ma’lumotlari.
Olingan natijalar:
Biz
o’z
tadqiqodimiz davomida Buxoro viloyat
kasalxonasi va Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2020-2022- yillar davomida
COVID-19 tashxisi bilan davolangan 2002 nafar bemorning passpot ma’lumotlariga
asosan bemorlarning yashash manziliga ko’ra barcha bemorlarni 2 guruhga ajratdik.
Bunga ko’ra 1-guruh shaharda doimiy ro’yxatdan o’tgan aholi bo’sa 2- guruh
qishloqda doimiy ro’yxatdan o’tgan aholi toifasi bo’lib hisoblanadi. Yuqoridagi
jadvaldan ko’rinib turibdiki, Buxoro viloyati hududida COVID-19 kasalligining
tarqalishida shahar va qishloq aholisi o’rtasida deyarli tenglikni kuzatish mumkin.
Izoh sifatida aytish mukinki, jami yotib davolangan 2002 nafar bemorning 55%i ya’ni
1104 nafari shaharda yashaydigan aholi sifatida nisbatan ko’proq ulushga ega
bo’lgan. Bemorlarning qolgan 45%i esa son jihatdan gisoblaganda 898 nafari qishloq
aholisi sifatida tasniflangan. O’z navbatida shuni ko’rish mimkinki Buxoro viloyatida
shahar va qishloq aholisi o’rtasida kasallanish darajasi nisbiy tarzda olib qaraganda
shahar aholisi o’rtasida ko’proq uchrashi aniqlandi.
Xulosa:
COVID-19 kasalliging tarqalishida muhim deb hisoblangan ijtimoiy
xususiyatlar orasida aholining hududiy taqsimlanishi alohida ahamiyatga ega.
O’tkazgan tadqiqodimiz davomida Buxoro viloyatida COVID-19 kasalligining
tarqalishi, shahar aholisi o’rtasida o’rtasida qishloq aholisiga nisbatan ko’proq
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–1_ Февраль –2025
183
uchradi. Ya’ni bundan xulosa qilish mumkinki shahar aholisi o’rtasida koronavirus
infeksiyasining tarqalish darjasi yuqori bo’lib hisoblanadi. Bunga sabab tariqasida
shahar aholisi o’rtasida populyatsiya zichligi hisobidan kommunikativ va integrativ
jarayonlarning yuqori ekanligi bilan tushuntiriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Curtin SC, Spencer MR. Trends in death rates in urban and rural areas: United
States, 1999–2019. NCHS Data Brief, no 417. Hyattsville, MD: National Center for
https://dx.doi.org/10.15620/cdc:109049
2. Xu JQ, Murphy SL, Kochanek KD, Arias E. Mortality in the United States, 2020.
NCHS Data Brief, no 427. Hyattsville, MD: National Center for Health Statistics.
2021. DOI: https://dx.doi.org/ 10.15620/cdc:112079.
3. Ingram DD, Franco SJ. 2013 NCHS urban–rural classification scheme for
counties. National Center for Health Statistics. Vital Health Stat 2(166). 2014.
4. Omonov.O.Y. Buxoro viloyatida COVID-19 rasalligi tarqalishida aholi hududiy
taqsimlanishining tutgan o’rni Journal of Healthcare and Life-Science Research Vol.
3, No. 12, 2024 ISSN: 2181-4368