MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
26
YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARDAN
FOYDALANISHNING USTUVOR JIHATLARI
Narziyeva Farangiz Nodirovna
UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES
universiteti pedagogika-psixologiya fakulteti 2-kurs talabasi
Annotatsiya.
Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash masalasi bugungi
kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda
Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi,
imkoniyatlari, xususiyatlari va qobiliyatlariga ko'ra maxsus yoki umumiy ta'lim
tizimida ta'limni amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta'lim tizimi amalga
oshirilmoqda. Uning maqsadlari jinsi, irqi, madaniyati, ijtimoiy millati, dini,
individual imkoniyati va qobiliyati farqlar sabab ijtimoiy segregatsiya oldini olish
uchun emas. Inklyuziv ta'lim mohiyati bilim va bilim hali jamiyatda etarli emas.
"Inklyuziv "va" integrallashgan " terminlari ko'pincha bir xil ma'noda ishlatiladi.
Kalit so‘zlar: Kolim shaxs, vatan, axloqiy tarbiya, umumiy ta’lim
KIRISH
Yosh avlodni komillikka yetaklovchi eng katta kuch –bu kitob va hayotiy
saboqlardir. Vatanga sadoqat, do‘stlikka ishonch, oilaga mehr –muhabbat,
kattalarga hurmatda kichiklarga izzatda bo‘lish tuyg‘usini shakllantirsh milliy
qadryatlarimizni asl ko‘rinishidir. nsonga faqat dunyoda yuz berayotgan voqelik
haqida, odob -va axloq qoidalari, mehr va sadoqat tushunchalari haqida bilim
berishning o‘zi uning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo‘lib qolmaydi. Unda
iroda qudrati, mas‘uliyat tuyg‘usini shakllantirish, atrof muhitga, mehnatga, kasbga,
ilmga, qalban va ruhan o‘zga insonlarga mehrli va oqibatli bo‘lish tuyg‘usini
uyg‘otishga, dilida ulug‘ maqsadlar tug‘ilishiga va atrofida yuz berayogan
hodisalarga o‘z munosabatini bildira olishiga erishishimiz lozim. Yosh avlodni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
27
shu xislatlar bilan voyaga yetishlari uchun esa turli yo‘llar: kattalarni o‘git va
nasihatlarini tinglash, undan to‘g‘ri xulosa chiqara olish qobilyatlarini
rivojlantirish orqali; turli vositalar bilan va eng asosiysi yosh avlod tarbiyasiga
samimiy yondashish va tinimsiz izlanishlar natijasida erishish mumkin. Dunyoda
har bir xalqning asrlar, zamonlar osha yashab kelayotgan milliy qadriyatlari bor.
Tarbiya inson umrining oxirigacha davom etadigan jarayon bo‘lib (inson umrining
oxirigacha o‘rganadi, degan naql asosida tarbiyalanib), doimiy ravishda rivojlanib,
takomillashib, komillikka intilib yashaydi. Oilada axloqiy tarbiya. Bola tarbiyasini
ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu fikrni bir qator Sharq
mutafakkirlari ham tahkidlab o‘tishgan. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo ota-
onaning o‘zi tarbiyalangan bo‘lishi kerak. Faqatgina ham jismonan, ham mahnan
sog‘lom otaonadan sog‘lom farzand dunyoga keladi. «Sog‘lom avlod deganda,
shaxsan men, eng avvalo sog‘lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga
ruhi-fikri sog‘lom, imon-ehtiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va
jasur, vatanparvar avlodni tushunaman», deb takidlaganlar. Farzand tug‘ilgan
kunidan boshlab dastlab oila muhitida tarbiyalanadi. Bu davrda bolani to‘g‘ri
ovqatlantirish, to‘g‘ri parvarish qilish juda muhim. Bir yoshgacha bo‘lgan davrda
bola o‘ziga yaqin kishilarni ko‘rganda xursand bo‟ladi, rangdor o‘yinchoqlarni
xush ko‟radi. Bu davrda bolani alla, ma’noli erkalashlar, chiroyli o‘yinchoqlar
orqali tarbiyalab borish lozim. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa turli
o‘yinchoqlarni o‘ynay boshlaydilar, asta-sekin nutqi rivojlana boshlaydi. Bu
davrda bolalar o‘yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog‘laydilar, tasavvur, fikrlash
jarayoni shakllanadi. Ota-ona yoki tarbiyachilarning bolalarni sevishi, ularning
xatti-harakatiga ziyraklik va mehribonlik bilan munosabatda bo‟lishi, bolaning
sog‘lom o‘sishiga, odob-axloqli bo‘lishiga olib keladi. Maktabgacha ta’lim
muassasalarida axloqiy tarbiya. Maktabgacha bo‘lgan ta’lim muassasasidagi davr
bola tarbiyasidagi eng muhim davr hisoblanadi. Chunki, bu davrda paydo bo‘lgan
taassurotlar izi inson xotirasida umrbod saqlanib qoladi. Bu davr bolaning aqliy va
jismoniy jihatdan tez o‘sishi, dunyoni bilishga intilishi, atrof1muhitga o‘z
munosabatini bildirish istagi kuchayib borayotgan davrdir. Boshlang‘ich ta’limda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
28
axloqiy tarbiya. Boshlang‘ich ta’limda bola hayotida yangi, qiziqarli va muhim davr
boshlanadi. Chunki, bola maktabga kelgach yangi muhit, yangi tartib-qoida, yangi
talablarga duch keladi. Bu davrda bolalar hali o‘yin faoliyatini to‘liq tark
etmaganligini inobatga olib, o‘tiladigan dars mashg‘ulotlarini qiziqarli qilib olib
borish lozim. Bu davrga kelib bolaga tarbiyaviy tahsir yo‘llari bir muncha aniq va
tizimli ravishda bo‘lib qoladi. Chunki endi xususan odobnoma darslari o‘tila
boshlaydi, bundan tashqari boshqa fanlarda ham muntazam ravishda axloqiy tarbiya
berib boriladi turli to‘garaklarni uyushtirish ham o‘zining ijobiy natijalarini beradi.
Oliy va O‘rta umumiy ta’limda axloqiy tarbiya. Oliy va O‘rta maktab davriga kelib
o‘quvchi o‘rganadigan fanlar ham asta-sekinlik bilan murakkablasha boradi, shunga
ko‘ra talaba va o‘quvchining fikrlashi va dunyoqarashi ham kengayib boradi. Bu
davrda talaba va o‟quvchilarga o‘zaro odob-axloqqa doir maqollar va hadis
namunalaridan ko‘proq aytish orqali musobaqa uyushtirish hamda ushbu maqol va
hidislarga o‘zlari ham amal qilishlarini tarbiyalash mumkin. Endi talaba va
o‘quvchilar burch, vijdon, nomus, adolat, ezgulik kabi axloqiy tushunchalarning
mahnisini tushunib yetadilar. Oliy o‘quv yurtlarida axloqiy tarbiya. Oliy ta’limda
yoshlar endi biror mutaxassislikni tanlagan holda, o‘zining mustaqil fikri,
dunyoqarashi, intellektual qiziqishiga ega bo‘ladilar. Shu sababli bu davrda bo‘lajak
mutaxassislarni axloqiy jihatdan tarbiyalash muhim. Chunki bu davrda yosh o‘zining
madaniy-ma’naviy saviyasini oshirishga intiladi, o‟z ustida qunt bilan ishlaydi,
radio, televidenie, Internet va barcha informatsion vositalardan unumli
foydalanadi, turli asarlar bilan tanishadi. Bu esa yoshlarni axloqiy jihatdan
tarbiyalash uchun yordam beradi. Ta’limdan keyingi faoliyatda axloqiy tarbiya. Yosh
uzoq muddatli va tizimiy ta’lim natijasida mutaxassis sifatida shakllandi. Endi u
nazariy jihatdan egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llab yosh avlodga ta’lim-tarbiya
beradi, uning o‘zi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy ruhda tarbiyalay
boshlaydi. Uzluksiz ravishda uzoq muddatli olib borilgan ta’lim-tarbiya samarasi
mana endi ko‘zga tashlanadi. Jamiyat taraqqiyoti, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq
farovonligi uchun xizmat qiladigan vijdoni pok, iymoni butun, sofdil, vatan’arvar,
xalqsevar, mard, har tomonlama sog‘lom, intellektual salohiyatli, bir so‘z bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
29
aytganda sog‘lom avlodni tarbiyalash davr talabi. Bu ishni amalga oshirish esa
barchamizning Vatan oldidagi muqaddas burchimizdir. Sharq mamlakatlarida
farzandni barkamol inson etib tarbiya qilish eng muhim vazifa hisoblanadi.
Tarbiyada diniy ta’limotlardan, hadislardan, badiiy asarlardan, xalq og‘zaki
ijodidan foydalanish maqsadga muvofiq. Kitob mutoala qilish yordamida o‘sib
kelayotgan bola odamiylik, sadoqat, rahm –shafqat, mehr –muruvvat kabi ezgu
fazilatlarni o‘zida shakllantiradi. Sobiq ittifoq mafkurasi inqirozga uchraganidan
keyin yangi jamiyatni mafkuraviy, ma’naviy, mahrifiy asoslash, xususan,
tarbiyaviy ishlarning metodologiyasi bo‘lmish milliy istiqlol g‘oyasini ishlab
chiqish eng muhim vazifalardan biri bo‘lib Milliy qadriyatlarni yoshlari ongi va
qalbiga singdirish usullari to‘g‘risida fikr bildirganda shuni alohida qayd qilmoq
kerakki, avvalo mahmuriy yo‘l va zo‘rlik usuliga ehtiyotkor bo‘lish talab qilindi.
mustaqil O‘zbekistonda ma’naviy-mahrifiy sohada olib borilayotgan tarbiyaviy
ishlarning bosh tamoyillaridan biri hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, g‘oyaviy
dunyoqarash, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zudlik bilan hal
qilinadigan ish emas, g‘oyaviy dunyoqarashni shakllantirish, yoshlar ongi va
qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish uchun tarbiyaviy ishning mavjud barcha
usullari, shakllari, vositalaridan o‘z o‘rnida samarali foydalanish umumiy
maqsadlarmizni amalga oshirishda muhim o‘rin egallaydi.
ADABIYOTLAR:
1. Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O‘quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy
fanlarni o‘qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION
SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.
2. Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda oʼqituvchi oʼzida kompetentlik
sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования: проблема и
решение, 1(1), 64–67.
3. Ҳайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
30
4. Xайдаров C. (2024). Spiritual influence on child education in families. Web of
Teachers: Inderscience Research. 2 (11). 203-205.
5. Xайдаров C. (2025). Oилаларда фарзанд тарбиясига руҳий таъсир ўтказиш.
Modern Education and Development. 3 (17). 23-27.
6. Khaydarov S.A. (2025). The role of the use of fine arts in teaching the history of
the country. Modern Education and Development. 3 (17). 28-33.
7. Xaydarov S.A. (2025). Ijtimoiy-gumanitar fanlarda raqamli metodlardan
foydalanish yo‘llari. NEW RENAISSANCE international scientific journal. 2(1).
91-94.
8. Xaydarov S.A. (2025). Yoshlarda vatanparvarlik hissini tarbiyalashda Boburnoma
asariga ishlangan miniatyuralarning ahamiyati. Til va adabiyot.uz. 2.11-12.