MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
152
MUHAMMAD IBN ABU BAKR USFURIYNING “ARBAIN
USFURIY” ASARINING AHAMIYATI
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi v.b.dotsenti
Pulatova Malohat Rixsibayevna.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi 1-kurs magistri
Tursunboyev Abdulahad Abdubanno oʻgʻli
Annotatsiya: Ushbu maqolada Sharq xalqlari adabiyoti tarixida arba’in
asarlar yozish an’ana bo‘lganligi va bu an’ananing o‘ziga xosligi yoritib berilgan.
Jumladan, ar’bain an’anasi, nasrda yaratilgan arba’inlarning badiiyati uning arab,
fors-tojik, turkiy xalqlar orasida keng tarqalganligi arba’in janrining adabiy an’ana
darajasiga ko‘tarilganligi, uning Qur’on va hadislar bilan uzviy bog‘liqligi ochib
berilgan.
Аннотация: В данной статье освещаются традиции написания
произведений арбаъин в истории литературы народов Востока и их
особенности. В данной статье освещаются традиции написания произведений
“арбаъин” в истории восточной литературы и их особенности. В частности,
раскрыты популярность традиции “арбаъин”, проза среди арабского,
персидско-таджикского и тюркского народов, их возведение в литературную
традицию, а также показана ее связь с Кораном и хадисами.
Annotation: This article highlights the traditions of writing the Arbain's
works in the history of Eastern literature and their features. In particular, the
popularity of the Arbain's tradition, its genre features, prose and poetry among the
Arab, Persian-Tajik and Turkic peoples, their elevation to the literary tradition, as
well as its relationship with the Qur'an and Hadith are revealed.
Tayanch so‘z va iboralar: “Qur’on” oyatlari, hadislar, arba’in, “Arba’in”.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
153
Опорные слова и выражения: Аяты Корана, хадисы, арбаъин,
“Арбаъин”.
Keywords and expressions: The verses of the Qur'an, Hadith, Arbain.
Sharq mumtoz adabiyotida “Arba’in” – “Chihil hadis” asar yozish, ya’ni 40
ta hadisni bir yerga jamlab, uning ma’nosini oddiy xalqqa tushuntirib berish, unga
sharh yozish an’ana bo‘lgan. Har bir davrning o‘z “Arba’in”lari mavjud bo‘lib, ularda
aniq mavzu va maqsad ilgari surilgan. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan
“Kimki, mening hadislarimdan qirqtasini yod bilsa, unga amal qilsa va uni
boshqalarga o‘rgatsa, qiyomat kuni mening shafoatim ostida bo‘ladi”, –degan hadis
yetib kelgan. Shunga ko‘ra hadislardan 40 tasini yodlab olishga va ularni xalqqa
yetkazishga intilganlar. “Arba’in”ning lug‘aviy ma’nosi: –40 demakdir. Shuningdek,
40 kun chilla o‘tirish ya’ni, sufiylarning 40 kun xilvatda riyozat chekishlari va
ibodatlari hamda, inson dunyoga kelgan kundan 40 kunni va vafotidan keyingi 40
kunni ham anglatadi.
1
Qirq kun –“poklanish” davri deb, ataladi.
O‘rta asr mutafakkirlarining payg‘ambar Muxammad (s.a.v.) ning turli
mazmundagi ahloqiy hamda islom ahkomlariga oid hadislardan 40 tasini tanlab, bir
yerga jamlaganlar. Jamlangan qirqta hadisning ma’no-mohiyatini oddiy xalqqa
osonroq tushuntirishga intilganlar. Bunda nasr va nazmdan unumli foydalanganlar.
Biz ushbu maqolamizda O‘zbekiston Respublikasi Toshkent davlat
sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidli Sharq
qo‘lyozmalari markazining asosiy fondida saqlanayotgan “Arba’in” asarlari
qo‘lyozma nusxalarini haqida ba’zi ma’lumotlarni berib o‘tishni maqsad qildik.
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy
nomidli Sharq qo‘lyozmalari markazining asosiy fondida bir necha o‘nlab “Arba’in”–
“Chihil hadis” asarlari va ularga yozilgan sharhlar saqlanmoqda. Sharq qo‘lyozmalari
fondida saqlanayotgan “Arba’in” asarlari hali-hanuz ilmiy muomilaga kiritilmagan.
Mumtoz adabiyotimizda Jomiy, Navoiyning “Chihil hadis” – “Arba’in” asarlari
borligini bilamiz va ular ilmiy muomilaga kiritilgan biroq, Respublikamizda mavjud
1
Muhammad G‘iyosuddin. “G‘iyos ul-lug‘at”. 1-jild. (Nashriyoti adib). 1997-y.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
154
qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan arab, fors va turkiy tillarda yozilgan “Arba’in”
asarlari
matnshunoslik,
adabiy
manbashunoslik
nuqtai
nazaridan
to‘liq
o‘rganilmagan.
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy
nomidli Sharq qo‘lyozmalari markazining asosiy fondi kartatekalarini ko‘zdan
kechirganimizda 80ga yaqin arba’in asarlari qo‘lyozmalari va ularning nusxalari
mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Jumladan;
Yahyo bin Sharofiddin an-Navaviyning “Chihil hadis” asari (arab tilida);
Jalol bin Muhammad bin Ubaydulloh al-Qoyiniy al-Buxoriy al-Hiraviy
“Arba’in fil ahloq” asari (arab tilida);
Usfuriy Muhammad bin Abu Bakrning “Arba’in Usfuriy” asari (arab tilida);
Majdiddin Sharof bin al-Muyid al-Bog‘dodiyning “Arba’in” asari (arab
tilida);
Abdulazim al-Qaviy bin Abdulloh al-Mahtadiyning “Arba’in fil ahloq” asari
(arab tilida);
Abdurahmon Jomiyning “Chihil hadis” asari (fors tilida);
Alisher Navoiyning “Arba’in” asari (turkiy tilda);
Muhammad Nomrodning “Chil hadis manzuma” (arab tilida) asari;
Abu Tohir Muhammad bin Hasan Aliy Ushiyning “Arba’in hadisan” asari
(arab tilda);
Sayid Ahmad Vasliy Samarqandiyning “Chihil hadis manzuma” asari fors
tilida;
Muhammad al-Jazariy ash-Shofiyning “Arba’in al-masoil” asari ;
Abduljalil ibn Muhammad Ibrohimning “Arba’in” asari (turkiy tilda);
Ash-Shayx Muhammad al-Omosaviyning “Arba’in al-mavsum bi shifai al-
qulub” asari (fors tilida);
Amir Sayid (bin) Aliy Shahob Hamadoniyning “Chihil hadis dar sifat fuqaro”
va “Arba’in al-Oliy” hamda “Chihil hadis” asarlari (fors tilida);
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
155
Abdullatif bin Shayx Sulaymon Turbatiyning “Chil hadis manzuma” asari
(fors tilida);
Mir Shayx ibn Nuriddin Muhammad Puroniyning “Chil hadisi manzuma”
asari (fors tilida);
Muhayyirning “Arba’in manzuma” asari (turkiy tilda) kabi ko‘plab arab, fors
va turkiy tillarda yaratilgan “Arba’in” asarlari va ularning bir necha qo‘lyozma
nusxalari saqlanmoqda.
Bulardan tashqari muallifi noma’lum arba’inlar ham talaygina.
Xoji Xalfa o‘zining “Kashf uz-zunun” nomli qomusi va uning ilovasi bo‘lgan
“Izoh ul-maknun” asarida arba’in hadis haqida yozilgan asarlardan to‘qson
beshtasini sanab o‘tadi
“Arba’in” yozishning o‘ziga xos qonun - qoidalari bo‘lib, bunda muallif avval
40 hadisni jamlash maqsadini va bu hadislarning roviylarini qayd etadi. So‘ngra Alloh
va uning payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ga hamdu sanolar bilan boshlaydi.
Hadislarning sanog‘i raqam bilan beriladi. Har bir hadis albatta sanadi va roviylari
bilan keltiriladi. Ba’zi “Arba’in”larda har bir hadisdan so‘ng uning she’riy sharhi
berilsa, ba’zilarida keltirilayotgan 40 ta hadisni to‘g‘ri anglash uchun hadisdan so‘ng
bir necha hikoyat va rivoyatlar beriladi. Bu esa arba’in an’anasining o‘ziga xos
hususiyatlaridandir.
“Arba’in” yaratish an’anasi asoschilaridan biri Abu Zakariyo Yahyo ibn
Sharofiddin Imom Navaviy (631-676y) deyiladi. Uning “Arba’in” asari ancha
mashhur. Qirq ikta hadisni o‘zida jamlagan bu asar muqaddimasida olim “Arba’in”
yozish maqsadini shunday keltirib o‘tadi:
“Qirq hadis” yozgan olimlarning ba’zilari
aqoidga oid, dinning turli masalalari – zuhd, odob, nasihat va boshqa mavzudagi
hadislarni to‘plashgan. Ularning barchasi juda go‘zal yozilgan. Alloh ulardan rozi
bo‘lsin. Men esa bu mavzularning hammasidan ham muhimroq bo‘lgan bir mavzuda
qirq hadis to‘plashni ma’qul ko‘rdim. Ya’ni, bu kitob ana shu mavzularning
barchasini o‘z ichiga jamlashi lozim. Undagi hadislarning barchasi dinning eng
buyuk asoslaridan, olimlar islomning tamali deb qabul qilgan yoki islomning yarmi
yoki uchdan biri, deb e’tirof etilgan masalalarni ta’riflaydigan masalalardir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
156
Tanlangan 40 hadisning barchasi sahih bo‘lishiga e’tibor berdim. Bu
hadislarning aksariyati Imom Buxoriy va Imom Muslimning sahihlarida mavjud...”
2
deb yozadi.
Navaviyning “Arba’in” asarining yozilgan yili noma’lum, asar arab tilida
yozilgan bo‘lib, o‘z ichiga 42 ta hadisni jamlagan. Hadislar raqamlab berilgan.
Aytilayotgan hadisdan avval uning isnodi keltirilgan. Har bir hadis batafsil
sharhlangan. Asar turli davrlarda, turli xattotlar tomonidan ko‘chirib kelingan.
Fondda saqlanayotgan ushbu asarning qo‘lyozma nusxalari xattotlik va kitobat
san’atining nodir namunalaridan hisoblanadi.
Arba’in asarlari orasida Navaviy “Arba’in”ining 12 ta qo‘lyozma nusxasi
mavjudligi va bu qo‘lyozma nusxalar “Shamoili an-Nabiy”, “Hoshiya”, “Al-Hisn ul-
hasiyn min kalam sayyid al-mursaliyn”, “Vasiyati Imomi A’zam”, “Sharhu odobi al-
munozara” kabi mashhur asarlar bilan kitobot qilinganligi uning xalq orasida ancha
mashhur bo‘lganligini bildiradi. Bu esa “Arba’in” asarining yanada qiymatini
oshiradi.
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayxon Beruniy
nomidagi Sharq qo‘lyozmalarmarkazi fondida hikoyalar bilan sharhlangan arba’inlar
ham uchraydi. Ulardan biri “Hadisi Usfuriy”dir. Bu asar arab tilida yozilgan bo‘lib,
“Arba’in Usfuriy” nomi bilan ham mashhurdir. Uning muallifi Usfuriy Muhammad
bin Abu Bakr Lohuriy bo‘lib, bu olim haqida yetarli ma’lumotga ega emasmiz.
Shuningdek, “Hadisi Usfuriy”ning yozilgan sanasi ma’lum emas. Biroq, uning turli
yillarda xattotlar tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozma va toshbosma nusxalari
qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. Ulardan 1310/1892 yilda nomalum xattot
tomonidan ko‘chirilgan. inv. № 5791-V raqamili (40 varaq; 171-131 sahifalar)
qo‘lyozma nusxasi va huddi shu asarning sharhi ya’ni “Sharh ul-arba’in” 1306/1888
yilda noma’lum xattot tomonidan ko‘chirilgan (arab tilida, 56 sahifadan iborat)
qo‘lyozma nusxasi inv. №17127 raqami ostida saqlanadi.
Shuningdek,1879 yilda Ibrohim Eshmavad tomonidan nashr qilingan “Hadisi
arba’in sharhi” nomli, inv.№15667 raqamli Qozon bosma (19,5x12,5 o‘lchamli, 131
2
Qirq hadis. Imom Muhiddin Zakariyo ibn Sharaf Navaviy. – T., “Movaraunnahr”.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
157
sahifali) nusxasi, shuningdek, 1318/ 1900-1901 yillarda Istanbulda chop etilgan, inv.
№17244 raqamli (15x24 o‘lchamli, 46 sahifali) “Hadisi arba’in sharhi” nomli
toshbosma nusxalari mavjud.
“Hadisi Usfuriy” ya’ni “Arba’in Usfuriy” asrimizning boshlarida Bositxon
ibn Zohidxon Hakim ash-Shoshiy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lib,
1910 yilda Toshkentda nashr ettirilgan. Tarjimon Bositxon ibn Zohidjon Hakim ash-
Shoshiy uni “Misboh ul-anvor” (“Nurli mash’al”) deb atagan. Zaruriy hadislar va
ajoyib hikoyatlarni o‘z ichiga olgan bu asar xalq orasida tez tarqalib, “Nuri anvor”
nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. Ushbu asar O‘zbekiston Respublikasi FA
Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida № inv. 605 raqami ostida
saqlanmoqda.
Asar maxsus ilmiy tadqiqot mavzui bo‘lmagan biroq, 1993 yili O‘z.FA
Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi mudiri, tarix fanlari doktori, fors va arab
tillarini mukammal bilgan olim Mahmud Hasaniy tomonidan “Hadisi Usfuriy” nomi
bilan (izohlar ostida) nashr ettirilgan. Asarning so‘z boshisida Mahmud Hasaniy
“Hadisi Usfuriy”ning arab tilidan o‘zbek tiliga o‘giruvchi mutarjim haqida va uning
ko‘pgina ilmiy asarlari haqida ma’lumot beradi
3
.
“Hadisi Usfuriy”da 40 ta muayyan hadis raqam bilan ajratilgan. Ajratilgan har
bir hadis bir va bir necha rivoyat, hikoyatlar bilan to‘ldirilgan. Keltirilgan hikoyatlar
qimmati shundaki, unda oxirat dunyosidan habar beriladi. Islom ahkomlari batafsil
bayon qilinadi. Mavzu doirasidagi ahkomlarning har biri Qur’on oyatlari va yana bir
necha hadislar bilan dalillangan. Qur’oni Karimdagi ba’zi oyatlarning ta’sir kuchi
haqidagi hadislar va shu hadislarni sharhlovchi rivoyat va hikoyatlarda berilgan
hadislar mazmuni boshqa bir necha hadislar bilan to‘ldirilgan. “Hadisi Usfuriy”da
berilgan 40 ta hadisni sharhlashda 13 ta hadis va Qur’oni Karimdagi 23 ta oyat, 66 ta
rivoyat va hikoyatlar keltirilgan.
Misol uchun, 12- hadisni sharhlashda 4 ta oyat va 2 ta hikoyat keltiriladi.
Shuningdek, bir necha hadislarning yuzaga kelish shart-sharoitlari va ba’zi
oyatlarning nozil bo‘lish sabablari hikoyatlar bilan izohlangan. Hadislarning
3
Muhammad ibn Abu Bakr. Hadisi Usfuriy .- T.: Movaraunnahr. 2002.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
158
mazmuni ravon, sodda til bilan ishonarli va ta’sirli rivoyatlarda aks etgan. Ko‘pgina
hikoyatlarning qimmati shundaki, unda Payg‘ambarlarning hayotlaridan misollar
keltiriladi. Bu esa hadis qiymatini yanada oshiradi.
“Arba’in”ning markazida Allohning qahridan qo‘rqish va marhamatiga umid
qilish turadi.
“Hadisi Usfuriy”da hadislarni rivoyat qilish qoidasiga qat’iy amal qilingan
4
.
Asarda bir shaxsning bu dunyoda qilgan barcha amallari, toat-ibodatlari u dunyo
(oxirat dunyosi)da erishadigan darajasi (jannati yoki do‘zaxiy; rohat yoki azob) ga
sabab bo‘lishi rang-barang hadislar va hikoyalarda o‘z aksini topadi.
Misol uchun “Hadisi Usfuriy”da saxiylik va baxillik haqidagi hadis
quyidagicha sharhlanadi:
“Hazrat Ali roziyolloxu anhu payg‘ambar alayhissalomdin rivoyat
qilibdurlarki: Ya’ni, payg‘ambar (a.s.) aytibdurlarki, sadaqa bergan kishini sadaqasi
ani qo‘lidin chiqqanidin so‘ngra miskinni qo‘lig‘a yetmasdin burun Alloh taolo
nazdig‘a yetib, sadaqa bergan kishig‘a xitob qilib besh kalima so‘z aytur. Birinchi
so‘zi shulki, ey sahiy, meni o‘zim kichik erdim, sen meni katta qilding. Ikkinchisi, ey
saxiy, men o‘zim kam edim sen meni ko‘p qilding, uchinchisi, - ey saxiy, men senga
dushman edim, sen meni o‘zingga do‘st qilding. To‘rtinchisi, ey saxiy, men fano
bo‘lur edim, sen meni doimiy va barqaror va boqiy qilding. Beshinchisi, ey sahiy,
avval sen menga hirzu muhabbat va posbonlik qilur eding, emdi men senga hirzu
muhabbat va posbonlik qiladurg‘on bo‘ldim, deb xitob qilur.
H I K O Ya T
Hazrat Oyisha roziyollohu anho payg‘ambar alayhis salomdin rivoyat
qilibdurlarki, bir kuni payg‘ambar (a.s.) oldilarig‘a bir xotun kelib: “Yo rasululloh,
meni o‘ng qo‘lim shol bo‘lg‘ondur. Janobingiz Alloh taologa duo qiling. Shoyad
qo‘lim shifo topib avvalg‘i holidek bo‘lsa”, - dedi. Payg‘ambar alayhis salom
so‘rdilarki, “Ey xotun, qo‘ling nima sababdin shol bo‘lub erdi? Ul xotin javob berdiki,
“Yo rasululloh, bir kechasi tushumda qiyomat qoyim bo‘ldi va hamma xaloyiq
4
Hadis va Hayot. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 1-juz. “Sharq” nashriyot matba. T.:-2003. 24-bet (160
b.)
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
159
mahsharg‘a jam bo‘ldi va farishtalar ba’zi odamni do‘zaxga va ba’zilarini jannatg‘a
olib ketdilar. Men tomosha qilib yurar erdim, nogah nazarim do‘zax tarafig‘a tushdi.
Ko‘rdimki, mening onam do‘zahda qattiq azobda yotibdur. Lekin o‘ng qo‘lida bir
parcha charbi va chap qo‘lida bir parcha latta bordurki, qaysi tarafdin do‘zax o‘tini
issig‘i ta’sir qilib kuydursa, ushal tarafg‘a ul charbi birlan lattani tutib o‘zini issig‘din
saqlamoqg‘a mashg‘uldur. Ani bu holda ko‘rub, ey ona, senga nima kulfat bo‘ldiki,
mundog‘ azobdadursan va holi dunyoda Xudoyi taolog‘a doim toat va ibodat qilur
erding, deb hol so‘rab erdim, onam aytdiki, ey farzandim, dunyoda ko‘p ibodat qilur
erdim. Lekin dunyoda baxil erdim va hargiz sadaqa va saxovat qilmas erdim. Magar
ushbu charbi birla lattani saxovat qilib erdim, emdi ushbu joyg‘a kelib mundog‘
azobg‘a giriftor bo‘ldimki, bul joy baxillarning joyidur. Har gal do‘zax o‘ti kuydursa,
ushbu charbi va latta birlan parda qilib, o‘zimni o‘tdin saqlarman, dedi. Andin
so‘ngra, otam qaydadur, deb erdim, otang dunyoda saxiy erdi. Aning-chun hozir
jannatda saxiylarning joyidadur, - dedi. Andin so‘ngra jannatg‘a keldim. Ko‘rdimki,
otam jannatda Havzi Kavsarning labida turubdur. Yo rasululloh, siz Kavsardin suv
olib, hazrat Abu Bakr Siddiqg‘a berursiz. Ul kishi hazrat Umarg‘a va ul kishi
Usmong‘a va ul kishi hazrat Ali roziyollohu anhumg‘a uzaturlar. Hazrat Ali meni
otamg‘a uzaturlar va otam o‘zga ummatlaringizg‘a berib, hammani Kavsardin serob
qilib turubdur. Bu holni ko‘rub otamg‘a arz qildimki, ey ota, mening onam sizni
xotuningiz erdi va Alloh taologa toat va ibodat qilur erdi va siz andin rozi erdingiz.
Emdi onam do‘zaxning bir vodiysida shundog‘ azobg‘a giriftordur. Do‘zaxning
issiqligi birla doim tashna, suvg‘a muhtojdur va munda siz hamma odamlarg‘a
Kavsardin suv berib serob qilur ekansiz. Emdi ushal bechora onamg‘a ham bir kosa
suv bering, deb iltijo qilib erdim, otam menga qarab, ey farzand, seni onang baxillarni
va gunohkorlarni joyidadurki, payg‘ambar alayhis salomning havzi Kavsarlarini
Alloh taolo baxillarg‘a va gunohkorlarg‘a harom qilg‘ondur. Alarg‘a Kavsar suvidin
berib bo‘lmas, dedilar. Andin so‘ngra o‘zim ichmoq uchun suv talab qilib erdim, bir
kosada Kavsardin suv olib berdilar va men olib borib onamg‘a ichurdim. Onam o‘shal
suvni ichgan zamon g‘oyibdin bir ovoz keldiki, yo xotun, Alloh taolo qo‘lungni shol
qilsunki, payg‘ambar sallolohu alayhi vassallamni havzi Kafsarlaridin suv kelturub
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
160
do‘zaxdagi baxilg‘a ichurding. O‘shal vaqtda uyqudin bedor bo‘ldim. Ko‘rdimki,
qo‘lum shol bo‘lubdur, dedi. Bu so‘zni eshitgandin so‘ngra payg‘ambar alayhis salom
unga qarab, ey xotun, onangni baxillig‘ini kasofati dunyoda senga mundog‘ ta’sir
qilg‘on bo‘lsa, qiyomatda o‘zig‘a qandog‘ ta’sir qilurki, ani Alloh bilur, voy onangni
holig‘a, deb asolarini olib o‘shal xotunni qo‘lig‘a qo‘ydilar va dedilarki, - Alloh ushbu
xotunni ko‘rgan tushining hurmatidin qo‘lig‘a shifo bergil, deb erdilar, o‘shal
zamonda Alloh taolo karam qilib shifo ato qildi va qo‘li avvalg‘i holidek bo‘ldi.”
Insonning dilidan o‘tkazgan yaxshi-yomon fikrlari, tili bilan aytgan yaxshi-
yomon gap-so‘zlari, qo‘li bilan bajargan yaxshi-yomon amali Alloh nazdida qay
darajada bo‘lishi bir necha hadislarda va ajabtovur hikoyatlarda berilgan.
Muallif Imom Muhammad ibn Abu Bakr inson tarbiyasi va axloqini
poklaydigan hadislarni saralab, har bir hadisning mazmuniga xos bo‘lgan tarbiyaviy
hikoyatlarni keltiradi. Undagi hadislar inson tafakkuri ruhiyatini boyituvchi
hikoyalarda talqin etiladi. Hikoyalarda berilgan ilohiy obrazlar insoniyatni ezgulikka
yetaklaydi ya’ni, insonni u dunyoda erishadigan rohat-farog‘atiga bu dunyoda
bajaradigan yaxshi amallari sabab bo‘lishiga ishontiradi. Bu asar “Arba’in”
an’anasining yana bir yorqin sahifasini, hadislar targ‘ibining yana bir yo‘nalishini
tashkil qiladi.
Arba’in sirasiga kiritilgan hadislari Quron oyatlari bilan mushtarak manoda
bo‘lib, qisqa va ravonligi o‘quvchining yodlashi va tushunishiga qulaylik keltirgan.
Quron va hadis mavzulariga asoslangan Arba’in asarlari sharq adabiyotida diniy
nuqtai nazardan ibratli bo‘libgina qolmay, balki sharq mumtoz adabiyotining
an’anachilikning o‘ziga xos an’ana yaratilishiga zamin yaratdi.
Shuningdek, nasr va nazmda yaratilgan “Arba’in” asarlari islom dinining asl
mohiyatini sodda va g‘aroyib hikoyatlar hamda badiiy timsollar bilan xalq ommasi
qalbiga chuqur kirib borishga hizmat qilgan.Bu esa “Arba’in” asarlarining badiiy
xususiyatlarini belgilaydigan omillardan biridir.