Authors

  • Pulatova Malohat Rixsibayevna
  • Jalolxonov Abbosxon Sultonxon oʻgʻli

Author Biographies

  • Pulatova Malohat Rixsibayevna

    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

    Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi v.b.dotsenti

  • Jalolxonov Abbosxon Sultonxon oʻgʻli

    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

    Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi

    1-kurs magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94952

Keywords:

qo‘lyozma arba’in kalafon poygir nastaliq xattot xattotlik.

Abstract

Abu Rayhon Beruniy nomli Sharq qo‘lyozmalari markazi fondida saqlanayotgan an-Navaviyning inv. №3200 raqamli hamda inv. №3294 raqamli qo‘lyozma nusxalarining tavsifi berildi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

127

ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI SHARQ QO‘LYOZMALAR

MARKAZI FONDIDA SAQLANAYOTGAN “ARBA’IN” ASARLARI

XUSUSIDA

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi v.b.dotsenti

Pulatova Malohat Rixsibayevna.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi

1-kurs magistri Jalolxonov Abbosxon Sultonxon oʻgʻli

Annotatsiya: Abu Rayhon Beruniy nomli Sharq qo‘lyozmalari markazi

fondida saqlanayotgan an-Navaviyning inv. №3200 raqamli hamda inv. №3294

raqamli qo‘lyozma nusxalarining tavsifi berildi.

Аннотация: В этой стате даются определение и описание рукописей,

инвентарний номер которих 3200 и 3294. Эти рукописи произведений «Арбаин»

принадлежат перу Шарафиддина ан Нававий и хранятся в фондах институте

восточних рукописей имени Абу Райхана Беруни.

Annotation: Definitions and description of manuscripts by number of

inventory 3200 and 3294 are given in this article. These manuscripts of “Arbain”

belong to Sharafiddin an-Navaviu and are kept in funds of Centre of Oriental

Manuscripts named after Abu Rayhon Beruniy under Tashkent State Institute of

Oriental Studies.

Kalit so‘z: qo‘lyozma, arba’in, kalafon, poygir, nastaliq, xattot, xattotlik.

Opornie slova: rukopis, arbain, kalofon, paygir, nastalik, palligraf,

kalligrafiya.

Word combinations: manuscripts, arbain, colophone, poygir, type of letter,

poligraph, calligraphy.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

128

Islom dinining mohiyati va ahamiyati – insoniyatning botiniy va zohiriy

olamini poklashdan iboratdir. Hadislarda islom dini ahkomlari, ya’ni farz, vojib,

sunnat, mustahab, halol, harom, makruh, muboh kabilardan tashqari axloq, odob,

ta’lim-tarbiyaga doir ko‘rsatmalar ham katta o‘rinni egallagan. Shu sababli Sharq

mumtoz adabiyotida “Arba’in” yozish an’ana bo‘lgan va arba’in asarlar xalq orasida

keng tarqalgan bo‘lib, sevib o‘qilgan.

Abu Rayhon Beruniy nomli instituti qo‘lyozmalar qo‘lyozmalar fondida arab,

fors va turkiy tillarda yozilgan bir necha o‘nlab “Arba’in” asarlarining qo‘lyozma

nusxalari va ularga yozilgan turli sharhlar saqlanmoqda. Jumladan, Muhyiddin Yahyo

bin Sharofuddin an-Navaviyning (inv. № 3294-I, inv. № 2439-IV, inv. № 4079-III,

inv. № 3200-III, inv. № 8124-I, inv. № 4826-I, inv. № 6437-II, inv.№ 6437-III, inv.

№ 2131-IV, inv. № 4602-II, inv. № 6262-III, inv. № 8181-II raqamli qo‘lyozma

nusxalari) “Arba’in” asari, Jalol bin Muhammad bin Ubaydulloh al-Qoyiniy al-

Buxoriy al-Hiraviy (inv.№3294-VI)ning “Arba’in fil ahloq” asari, Usfuriy

Muhammad bin Abu Bakr (inv.№ R:5791-VI)ning “Arba’in Usfuriy”si, Majdiddin

Sharof bin al-Muyid al-Bog‘dodiyning (inv.№ 3294-III) “Arba’in” asari, Abdulazim

al-Qaviy bin Abdulloh al-Mahtadiyning (inv.№ 4990-III) “Arba’in fil ahloq”,

Muhammad Nomrodning (inv.№ 12184-II, 12184-III) “Chil hadis manzuma”si, Abu

Tohir Muhammad bin Hasan Aliy Ushiyning (inv. № 12484-II) “Arba’in hadisan”,

Sayid Ahmad Vasliy Samarqandiyning (inv. № 10337-II) “Chihil hadis” va

Muhammad al-Jazariy ash-Shofiyning (inv. №522-II) “Arba’in masoil”, Abduljalil

ibn Muhammad Ibrohimning (inv. №5937-I) “Chihil hadis tarjimasi”, Ash-Shayx

Muhammad al-Omosaviyning (

inv. №

5715) “Arba’in al-mavsum bi shifai al-qulub”

asari,

Amir Sayid (bin) Aliy Shahob Hamadoniy

ning (

inv. №

12613-XXV) “Chihil

hadis dar sifat fuqaro” va (

inv. №

12613-XXVI) “Arba’in al-Oliy”, (

inv. №

12613-

XXVII,

inv. №

480-XXX)

“Chihil hadis”

asarlari, shuningdek,

Abdullatif bin

Shayx Sulaymon Turbatiyning (inv. №

11587-V)

“Chil hadis manzuma” asari,

Mir Shayx ibn Nuriddin Muhammad Puroniyning (inv. №

4535-II,

inv. №

4535-

III,

inv. №

3636-III,

inv. №

3636-VI,

inv. №

3636-VII)

“Chil hadis” asari hamda

Muhayyir va Puroniyning (

inv. №

682-II)

“Chil hadis” asarlari va ularning bir


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

129

necha nusxalarda mavjud. Shu bilan birga muallifi noma’lum arba’inlar ham

talaygina.

Arba’in asarlari nusxalari ichida

Muhyiddin Yahyo bin Sharofuddin an-

Navaviyning “Arba’in” asari turli davrlarda turli xattotlar tomonidan eng ko‘p

ko‘chirilgan asar ekanligi aniqlandi. Shu sababli ushbu maqolamizda

Toshkent

davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomli Sharq

qo‘lyozmalari markazi fondida saqlanayotgan an-

Navaviyning inv. №3200 raqamli

va inv. №3294 raqamli qo‘lyozma nusxalarining tavsifini berishni maqsad

qildik.

Mashhur islom olimi, hofiz, faqih, muhaddis يوونلا نيدلا فرش نب ئيحي نيدلا يحم

Muhyiddin Yahyo bin Sharofuddin an-Navaviy 631/1233 yil

Damashqdagi Navo

shahrida tug‘ilgan. U 19 yoshidan Damashqning “Ravohiya” madrasasida

zamonasining eng mashhur olimlaridan fiqh, hadis, usul kabi turli ilmlarni egallagan.

Shuningdek, 665 yildan Damashqning “Dorul hadis al-Ashrafiya” madrasasida dars

bergan. Uning 20dan ortiq yozgan kitoblari bor.

Sharofuddin an-Navaviy

676/1278

yil

Damashqdagi Navo shahrida vafot etgan

1

.

Sharq qo‘lyozmalari institutining asosiy fondida inv.

№ 3200-III raqami

ostida saqlanayotgan

Sharofuddin an-Navaviy

ning

نيعبرلاا

يوونلا

- “al-Arba’in an-

Navaviy”

a

sari e’tiborli, to‘liq va qadimiy qo‘lyozma nusxalardan hisoblanadi.

Asarning yozilgan yili noma’lum.

Navaviy bu asarni yaratishdan ko‘zlagan maqsadi haqida asar muqaddimasida

shunday yozadi: “Qirq hadis” yozgan olimlarning ba’zilari aqoidga oid, dinning turli

masalalari – zuhd, odob, nasihat va boshqa mavzudagi hadislarni to‘plashgan.

Ularning barchasi juda go‘zal yozilgan. Alloh ulardan rozi bo‘lsin. Men esa bu

mavzularning hammasidan ham muhimroq bo‘lgan bir mavzuda qirq hadis to‘plashni

ma’qul ko‘rdim. Ya’ni, bu kitob ana shu mavzularning barchasini o‘z ichiga jamlashi

lozim. Undagi hadislarning barchasi dinning eng buyuk asoslaridan, olimlar

1

Қаранг: А.б.Халидов. Арабские рукописи и арабская рукописная традиция.–М.,1985г. Стр.-75-76., Абу Закариё Яҳё ибн

Шараф Нававий. Риёз ус-солиҳин. –Т.,2006.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

130

islomning tamali deb qabul qilgan yoki islomning yarmi yoki uchdan biri, deb e’tirof

etilgan masalalarni ta’riflaydigan masalalardir.

Tanlangan 40 hadisning barchasi sahih bo‘lishiga e’tibor berdim. Bu

hadislarning aksariyati Imom Buxoriy va Imom Muslimning sahihlarida mavjud...”

2

.

Ko‘rinadiki, Sharqda “arba’in” asar yozish, ya’ni 40 ta hadisni bir yerga

jamlab, uning ma’nosini oddiy xalqqa tushuntirib berish, unga sharh yozish an’ana

bo‘lgan. Har bir davrning o‘z “Arba’in”lari mavjud bo‘lib, ularda aniq mavzu va

maqsad ilgari surilgan. Arba’indagi hadislarning barchasi sahih hadislar bo‘lishligiga

va isnodga e’tibor qaratilgan.

Inv.№ 3200 raqamli

qo‘lyozma nusxa majmua bo‘lib, u

Muhammad al-

Jazariy ash-Shofii يعفاشلا يرزجلا دمحم نب دمحم نب دمحم

ning (inv.№3200-I) نيلسرملا

نصحلا

ديس ملاك نم نيصحلا

“Al-Hasin ul-hasiyn min kalam sayyid al-mursaliyn” (sahifa) asari,

(inv.№3200-II) نيصحلا نصحلا حاتفم

– “Miftah ul-hasin ul-hasiyn” (sahifa) asarlari va

ibn Iyso Muhammad Saura al-Imom at-Termiziy–

أ

وس دمحم يسيع نب

مرتلا ماملاا ةر

يذ

ning

(inv.№3200-IV)

ىبنلا ليامش

“Shamoil an-nabiy” (23-102 sahifa) asari bilan bir

muqovaga olinib, yaxlit kitobot qilingan.

Majmuadagi to‘rtta asarni ham kotib Ashraf bin Muhammad at-Tabib al-

Kirmoniy – ينامركلا بيبطلا دمحم نب فرشأ hijriy 908 va 939 (milodiy 1532-1533) yillarda

Xirot – ةاره da ko‘chirgan. Kitobning avvalida Samarqand qog‘ozidan tavziya

varaqlari, ya’ni 8 varaq kotib uchun bo‘sh qoldirilgan. Kitobning 1a va 102a

varaqlarida yassi shaklli muhr bosilgan bo‘lib, unda “Mir Alauddin ibn Xalifa

Jaloluddin 1265”–

ََ َََلاعريم

نيدلا للاج هفيلخ نب نيدلا ء

1265

degan yozuv bor. Muhr kitob

egasiniki bo‘lishi mumkin.

Biz tadqiq ostiga olgan №3200-III raqamli “Arba’in an-Navaviy”

asarining tarkibi 42 ta hadisdan iborat.

Boshlanishi: (90 a sahifa)

قيلاخلا ربدم نيضرلااو تاومسلا مويق نيملاعلا بر لله دمحلا ...مسب

ب نيعمجا

...مهتيادهل نيفلكملا ىلا الله تاولص لاسرلا سعا

Oxiri: (101 b sahifa)

2

Имом Муҳиддин Закариё ибн Шараф Нававий. Қирқ ҳадис. – Т.,2005.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

131

لوصلاا ىف مولعلا عاونا نم صحت لاام تنمضت و

.ماكحلاا هوجو رياس و بادلاا و عورفلا و

Qo‘lyozma qalin jigarrang Sharq qog‘ozi. Matn qora siyohda mayda nafis

nasx xatida yozilgan, hadislar turli rangdagi siyoh bilan raqamlab borilgan. Bunda

hadislarning ma’no-mohiyatini alohida ta’kidlash maqsadida ranglar orqali nafosatli

ishora qilingan. Har sahifada bir ustunli 15 yo‘l. 90 b sahifa kichik lavhali. Peshtoqiga

tilla suvi bilan zarhal bezak berilgan. Jadvalga olingan. Hoshiyada mazmun

to‘ldirishlari bor. Poygir alomatlari izchil. Asar oxirida kalafon bor. Qo‘lyozma

yaxshi saqlangan.

Varaqlar soni – 11 (91-101). Matn o‘lchovi –12,5x7,5. Qo‘lyozma o‘lchovi –

18x13,5.

Keyingi e’tiborli nusxa inv. №

3294 raqamli qo‘lyozma majmua bo‘lib,

uchta “Arba’in” asarlari jamlangan. Unda

inv. №

3294-I raqami ostida

Muhyiddin Yahyo bin Sharofuddin an-Navaviy

ب ئيحي نيدلا يحم

ن

ونلا نيدلا فرش

يو

ning

اثيدح نيعبرلاا باتك asari (1-10 sahifa),

inv.№3294-III raqami ostida

Majdiddin

Sharaf bin al-Mu’iddin al-Bog‘dodiy -

نب فرش نيدلا دجم

يدادغبلا ديؤملا

ning نيعبرلاا asari

(18-17 sahifa) va

inv.№3294-VI raqami ostida Jalol bin Muhammad bin

Ubaydulloh al-Qoyiniy al-Buxoriy al-Hiraviy

يراجبلا ينياقلا اللهديبع نب دمحم نب للاج

يورهلا

ning قلاحلاا يف نيعبرلاا asar (36-38 sahifa)lari mavjud, bu uchta arba’in

asarlardagi hadislar bir-birini takrorlamaydi va ular alohida asarlar sanaladi.

Shuningdek, ushbu majmua ةيعدلاا (36-38 sahifa), مظعلاا ماملاا ةيصو (36-38

sahifa), ثيداحأ (36-38 sahifa), ةزاجارب ةلمتشم ةلاسر (36-38 sahifa), ركفلا ةبخن حرش مظنلا ةهزن

(36-38 sahifa), ثيللا وبا ريسفت نم , تداعس ءايميك نم (36-38 sahifa),

ملعتملا ميلعت

ا

د

نيملعتملا با

(36-38 sahifa), هرظانملا بادأ ةيشاح , هيناهربلا ةلاسرلا (36-38 sahifa),

يرعت نايب يف ةلاسر

تاف

نيرظانملا نيب ةدراولا ظافللاا (36-38 sahifa), يدنقرمسلا ةرظانملا بادأ حرش (36-38 sahifa), ةيشاح

يدنقرمسلا ةرظانملا بادأ حرش ةيشاح يلع (36-38 sahifa) , ةيشاح , ةرظانملا بادأ حرش (36-38

sahifa), ةيدضعلا بادأ حرش (36-38 sahifa), ةيدضعلا ةرظانملا بادأ (36-38 sahifa), و نونفلا عماج

نونظلا عماق (36-38 sahifa), ةرظانم بادأ تاروت زا ةيأ هدزاود همجرت (36-38 sahifa), حرش ةيشاح

ةيدضعلا بادأ (36-38 sahifa) kabi asarlar bilan kitobot qilingan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

132

inv. №

3294-I raqamli q

o‘lyozma

Muhyiddin Yahyo bin Sharofuddin an-

Navaviy

حم

يوونلا نيدلا فرش نب ئيحي نيدلا ي

ning

اثيدح نيعبرلاا باتك

“Kitob al-Arba’in

hadisan”asari arab tilida. Buxoriy va Muslim hadislaridan 42 tasi jamlangan. Inv.

№3200-III raqamli qo‘lyozma nusxa bilan deyarli bir xil.

Asar an’anaviy basmaladan keyin boshlanadi.

Boshlanishi: (1sahifa)

قيلاخلاربدم نيضرلاا و تاومسلا ميق نيملعلا بر لله دمحلأ ...مسب

سعاب نيعمجا

لكملا ىلا مهيلع ملاسو هتولص لوسرلا

ف

...مهتيادهل ني

خلا...بلاط نب يلع نع دعب اما

Oxiri: (10sahifa)

ىلاعت و كرابت الله لاق

نا يوهلا نع قطني ام و ىقح ىف

هيلع ارهاظ و انطاب ارخا و لاوا دمحلا اللهو يحوي يحواوه

Qo‘lyozmaning ko‘chirilgan sana va kotibi nomalum. Belgilaridan XV asrga

ta’luqli.

Matndagi xatolar xoshiyada tuzatilgan.

Poygir alomatlari mukammal.

Sarg‘ish qalin Qo‘qon qog‘ozi.

Matn qora siyohda, hadislar qizil siyohda bitilgan. Yirik, ravon, suls

elementlaridan iborat chiroyli nasx xatida yozilgan bo‘lib, har sahifada bir ustunli 15

yo‘l. Jadval ichiga olinmagan.

4-va 7-varaqlar yo‘q. Oxirgi 2 varaq uringanligini aytmaganda, qo‘lyozma

yaxshi saqlangan.

Dastlabki, ya’ni ta’mirlanmagan, qalin charmli, o‘yma naqshli, to‘q yashil

rangdagi muqova.

Varaqlar soni – 9 (10-1). Qo‘lyozma o‘lchovi –13x8,5. Matn o‘lchovi –

18,5x13,5.

Majmua tarkibidagi ikkinchi inv.№3294-III raqami arba’in

نيعبرلاا

asari

muallifi Majdiddin Sharif bin Muyiddin al-Bog‘dodiy –

دجم

نيدلا

فرش

نب

ديؤملا

يدادغبلا

.

Bu qo‘lyozma e’tiborli, qadimiy nusxalardan biri hisoblanadi. Boshqa


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

133

“Arba’in” asarlari (inv. №

3294-)

اثيدح نيعبرلاا باتك va

inv.№3294-VI

قلاحلاا يف نيعبرلاا

bilan birga kitobat qilingan.

Qo‘lyozma arab tilida. Tarkibi: 45 ta hadisdan iborat. Matn qora siyoh bilan

nimnasx xatida yozilgan, hadislar raqamlangan bo‘lib, qisqa-qisqa hadislar

keltirilgan, har sahifada bir ustunli 15 yo‘l.

Boshlanishi: (17a sahifa)

هعمج اثيدح نيعبرلاا اذه ...مسب

نيدلا و ةلملا دجم ديهسلا حيشلا ا

دئوملا نب فرش

يدادغبلا

محر

الله

هيلع

سيلأ

ةيناعملاكربخلا

.

..

Oxiri: (18b sahifa)

.خلا انلا نم مطق رفسلا

.تمت ىوقتلا درلا ريخ

Qo‘lyozmaning ko‘chirilgan sana va kotibi nomalum. Belgilaridan XV asrga

ta’luqli

Nuqsonsiz. Hoshiyada kotibning tuzatishlari va to‘ldirishlari bor. Qo‘lyozma

yaxshi saqlangan.

Poygir bor. Varaqlar soni–2 (17-18). Matn o‘lchovi–12,5x7,5. Qo‘lyozma

o‘lchovi– 18,5x13,5.

Dastlabki, qalin charmli, o‘yma naqshli, to‘q yashil rangdagi muqova.

Shuningdek, ushbu majmua tarkibiga kirgan uchinchi arba’in inv. 3294-VI

raqamli qo‘lyozma nusxa bo‘lib,

Jalol bin Muhammad bin Ubaydulloh al-Qoyiniy

al-Buxoriy al-Hiraviy –

يورهلا يراجبلا ينياقلا اللهديبع نب دمحم نب للاج

ning “Arba’in fil

ahloq”

–قلاحلاا يف نيعبرلاا asari. Bu qo‘lyozma e’tiborli, qadimiy nusxalardan biri

hisoblanadi. Boshqa “Arba’in” asarlar (inv. №

3294-I va

inv. №

3294-III)

bilan birga

kitobat qilingan.

Qo‘lyozma arab tilida. Tarkibi: 40 ta hadisdan iborat.

Boshlanishi: (36a sahifa)

وا وا نيفراعلا بولق لعج لله دمحلا ...مسب

ةبحملا ةيع

ملا بولق و قوشللاا ةيعوا نينسحملا بولق و

ش

سنلالاا ةيعوا نيقات

Oxiri: (38b sahifa)

الله لوسر اي تلق لاق هنع الله يضر لبج نب زاعم نع


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

134

اهحمت ةنسح هيسلا عبتا و نوكت امنيا الله قلا لاق ىنصوا

Qo‘lyozmaning ko‘chirilgan sana va kotibi nomalum. Belgilaridan XV asrga

ta’luqli.

Matn qora siyohda nastaliq xatida yozilgan bo‘lib, hadislar qizil siyoh bilan

raqamlangan, har sahifada bir ustunli 14 yo‘l. Nuqsonsiz. Qo‘lyozma yaxshi

saqlangan.

Poygir bor.

Varaqlar soni – 3 (36-38). Matn o‘lchovi – 12,5x7,5. Qo‘lyozma o‘lchovi–

18,5x13,5.

Dastlabki, qalin charmli, o‘yma naqshli, to‘q yashil rangdagi muqova.

To‘plamdagi uchta asarning xati uch xil. Demak, bundan ma’lum bo‘ladiki,

“Kitob al-Arba’in hadisan”, “al-Arba’in” va “al-Arba’in fil ahloq” ni bir vaqtning

o‘zida uchta kotib ko‘chirgan va uchchala asar boshqa turli mavzudagi asarlar bilan

bir muqovaga olinib yaxlit kitobot qilingan. Majmuaga jami 40 ta asar kiritilgan.

Qo‘lyozmalari fondidagi arba’in asarlarining qo‘lyozma nusxalarini

ilmiy tavsiflashda shu vaqtgacha Sharq qo‘lyozmalari fondlarida tuzilgan

kataloglar

3

ning ma’lum qoidalariga suyanildi.

Inv. №3200 raqamli qo‘lyozma kitob o‘zining bejirimligi, xatining

chiroyli va dona-donaligi, xoshiya va lavxalarining zarhal bezaklarining o‘ziga

xos jihatlari bilan kitobot san’atida muhim o‘rinni egallaydi.

Inv. №3294 raqamli qo‘lyozma kitob tarkibiga 40 ta turli mavzudagi

asarlarning kitobot qilinishi majmuaning qiymatini yanada oshirgan. Majmua

tarkibiga kiritilgan asarlarning mazmun va g‘oyasi ilmiy jihatdan o‘rganilsa XV

asrning ijtimoiy-ma’naviy muhit asoslarini belgilashda yordam beradi degan

umiddamiz.

Arab, fors va turkiy tillarda yozilgan “Arba’in” asarlarning 82 ta qo‘lyozma

nusxalarini o‘rganib chiqdik. Kelajakda “Arba’in” qo‘lyozmalari katalogini nashr

ettirish maqsadimiz bor.

3

М.Ҳакимов. Навоий асарлари қўлёзмаларининг тавсифи.–Т.,1983., М.Эшмуҳамедова. Яссавий хикматлари

сақланган қўлёзмалар каталоги. –Т.,2010.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

135

Shu paytgacha bir necha kataloglar nashr etilgan, lekin ular yirik mavzu

guruhlari bo‘yicha taqsimlangan. Bugungi kunda har bir tor mavzu doirasidagi

qo‘lyozma sasrlarning kataloglari tuzilishi kelgusida ushbu asarlarning qiyosiy

o‘rganishga yordam beradi.

Masalan, devonlarning katalogi, diniy fatvolarning katalogi, vaqf

xujjatlarning katalogi–bunday tajriba ilmda mavjud. Navoiy asarlari katalogi

tuzilgan, Yassaviy, Termiziylar asarlari katalogi. Bugungi kunda arba’inlarning

tarbiyaviy ahamiyatini hisobga olgan holda mavjud qo‘lyozma fondlarida

saqlanayotgan turli mavzudagi “Arba’in”larning katalogini tuzib, ularni qiyosiy

o‘rganish maqsadga muvofiq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Qo‘lyozma inv. № 3200.

2.

Qo‘lyozma inv. № 3294.

3.

Qo‘lyozma inv. №

2669-XV.

4.

A.B.Xalidov. Arabskie rukopisi i arabskaya rukopisnaya tradisiya.–

M.,1985g.

5.

Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy. Riyoz us-solihin. –T., 2006.

6.

Imom Muhiddin Zakariyo ibn Sharaf Navaviy. Qirq hadis. – T., 2005.

7.

Katalog fonda instituta rukopisey. 1 tom. – T., 1989.

8.

M.Hakimov. Navoiy asarlari qo‘lyozmalarining tavsifi.–T., 1983.

9.

M.Eshmuhamedova. Yassaviy xikmatlari saqlangan qo‘lyozmalar katalogi.

–T.,2010.

10.

Sobranie vostochnix rukopisey Akademii nauk Uzbekskoy SSSR. IV

tom. –T.,1952.

Most read articles by the same author(s)