Authors

  • Olimjonova Nozima Foziljon qizi

Author Biography

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94957

Keywords:

hayoti asarlari she`riy to`plamlar ocherklar tarjima kitoblar falsafa adiblarning fikri ijodiy do`stlari.

Abstract

Maqsud Shayxzoda san`at, adabiyot tarix va falsafaga qiziqgan ko`p qirrali istedod soxibi bo`lgan. Bundan tashqari u mohir tarjimon ham bo`lgan. Uning yaratgan asarlari manaviy merosimiz va boyligimiz hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko`p joylarga Maqsud Shayxzoda nomiga berilgan. Bundan tashqari uning nomiga medal , stipendiyalar ham ta`sis etilgan..


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

104

MAQSUD SHAYXZODA HAYOTI VA IJODINING O’ZBEK

MILLIY ADABIYOTIDAGI TUTGAN O’RNI

Olimjonova Nozima Foziljon qizi

Toshkent davlat Transport universiteti

AYM fakulteti talabasi

+998951242725

olimjonovanozima2005@gmail.com

Anotatsiya : Maqsud Shayxzoda san`at, adabiyot tarix va falsafaga qiziqgan

ko`p qirrali istedod soxibi bo`lgan. Bundan tashqari u mohir tarjimon ham bo`lgan.

Uning yaratgan asarlari manaviy merosimiz va boyligimiz hisoblanadi. Hozirgi

kunda juda ko`p joylarga Maqsud Shayxzoda nomiga berilgan. Bundan tashqari

uning nomiga medal , stipendiyalar ham ta`sis etilgan..

Kalit so`zlar: hayoti , asarlari , she`riy to`plamlar , ocherklar, tarjima

kitoblar falsafa adiblarning fikri , ijodiy do`stlari.

Annotation: Maqsud Shaykhzoda was a multi-talented man interested in art,

literature, history and philosophy. He was also a skilled translator. His works are our

spiritual heritage and wealth. Today, many places are named after Maqsud

Shaykhzoda. In addition, medals and scholarships were established in his name.

Keywords: life, works, poetry collections, essays, translated books,

philosophy, writers' opinions, creative friends.

Ozarbayjon naslidan bo‘lib, keyinchalik o‘zbek xalqining chinakam sevimli

shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, zabardast olimi sifatida dong taratgan Maqsud

Shayxzoda 1908 yili Ozarbayjonning Ganja viloyatiga qarashli Oqtosh shahrida

tug‘ilgan. Otasi Ma’sumbek elu-yurtda katta obro‘ga ega shifokor edi. Dastlabki

sheʼriy toʻplami — „Loyiq soqchi“ (1932). Shundan keyin shahrining „Oʻn sheʼr“

(1932), „Undoshlarim“ (1933), „Uchinchi kitob“ (1934), „Jumhuriyat“ (1935), „Oʻn

ikki“, „Yangi devon“ (1937), „Saylov qoʻshiqlari“ (1938), „Kurash nechun?“ (1942),


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

105

„Jang va qoʻshiq“, „Koʻngil deydiki…“ (1943), „Oʻn besh yilning daftari“ (1947),

„Yurt sheʼrlari“ (1948), „Zamon torlari“, „Olqishlarim“ (1949), „Yillar va yoʻllar“

(1961), „Sheʼrlar“ (1964) va boshqa sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Shoirning

dastlabki ijodida va qisman 50 yillardagi ayrim sheʼrlarida ozarbayjon sheʼriyatiga

xos ohanglar, minbar sheʼriyat belgilari ustuvorlik qilgan.Ammo Shayxzoda oʻzbek

mumtoz va zamonaviy sheʼriyatining tili va uslubini egallagani sayin uning

sheʼrlarida oʻzbekona musiqiy ravonlik kuchaya bordi. Shayxzoda voqelikka faol

munosabatda boʻlishga intilib, xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan muhim

voqealarni tasvirlashga, mehnat va kurash qahramonlari obrazini yaratishga alohida

eʼtibor berdi. U shu maqsadda doston janriga qoʻl urib, „Oʻrtoq mulk“ (1933),

„Chirogʻ“, „Oʻrtoq“, „Meros“, „Tuproq va haq“ (1936), „Ovchi qissasi“, „Iskandar

Zulqarnayn“ (1940), „Oʻn birlar“, „Jenya“, „Oqsoqol“ (1943), „Axmadjonning

hikmatlari“, „Uchinchi oʻgʻil“ (1944), „Nurmat otaning tushi“ (1947) singari liroepik

asarlar yozdi. Shoirning 30-40 yillardagi sheʼriyatiga ham, keyingi ijodiga ham xos

muhim fazilatlardan biri syujetlilikdir. Shayxzoda lirik syujet yaratishga moyil shoir

sifatida xalq afsonalari va tarixiy oʻtmish sahifalariga, shuningdek, zamondoshlari

hayotiga murojaat etib, oʻz sheʼrlariga balladaga xos poetik belgilar va turli poetik

tafsillarni olib kirgan, soʻzning sheʼriy qurilmadagi mavqeini oshirish choralarini

koʻrgan. U san’at va adabiyotni sevar, tarix va falsafaga qiziqgan. Maqsud

Shayxzoda Oqtoshdagi ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921 yili Boku dorilmuallikka

o‘qishga kiradi va uni tugatgach Dog‘istonning Darband, Bo‘ynoq shaharlarida

muallimlik qilgan. U 1926 yili Adhem Fayziy tashkilotiga a’zo etilgan «Milliy firqa»

tashkilotiga a’zo bo‘lib, musovotchilar harakatida faol qatnashgani uchun 1928 yili

hibsga olinib, Toshkentga surgun qilingan. Umrining oxiriga qadar shu yerda yashab,

ijod qilgan. Albatta, sho‘ro hukumati Shayxzodani O‘zbekistonda ham ta’qiblar va

tahqirlardan benasib qoldirgani yo‘q. Shayxzoda Toshkentga kelgach, avval

Narimonov nomidagi texnikumda dars beradi, keyin “Sharq haqiqati”, “Qizil

O‘zbekiston”, “Yosh leninchi” gazetalarida ishlaydi. 1929 yili yosh shoirning o‘zbek

tilidagi dastlabki she’ri “Sharq haqiqati” gazetasi sahifalarida bosilib chiqadi. Oradan

ko‘p o‘tmay, Shayxzodaning birinchi to‘plami “O‘n she’r”, keyinroq “Undoshlarim”


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

106

(1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1935) kabi to‘plamlari nashr etiladi.

“Qo‘llar” she’rida qo‘llarda insonning borlig‘ini, uning ichki olamining muhrini

ko‘radi. Uningcha, “g‘oyat shafqatli, hayotbaxsh qo‘llar” ham “ayovsiz, yovuz, go‘r

kabi sovuq, tanbal” qo‘llar ham bor, qisqasi, har bir qo‘l “yurakning navkarlaridir”,

yurak neni buyursa, qo‘l shuni ijro etadi deb ta’riflaydi. Maqsud Shayxzoda ijodiy

balog‘atidan dalolat beruvchi asarlaridan biri “Toshkentnoma” dostonidir. Adabiy

jamoatchilik o‘z vaqtida bu dostonni shoirning adabiyotimizning yirik ijodiy

muvaffaqiyati sifatida baholadi. Chindan ham,“Toshkentnoma” Shayxzoda

dostonlari ichida eng barkamoli bo‘lib, unda shoir shaxsiyatining o‘ziga xos qirralari

ancha yorqin namoyon bo‘lgan. Dostondagi o‘ziga xoslik shundaki, asar yaxlit voqea

asosiga qurilgan emas. Shayxzoda ko‘p qirrali iste’dod sohibi bo`lgan. U she’rlar va

dostonlar bilan birga, juda yuksak badiiy quvvatga ega bo‘lgan dramalar ham

yaratadi. Shayxzoda umrining so‘ngida yozishga kirishgan, lekin tugatib ulgurmagan

“Beruniy” dramasini hisobga olmaganda ham, uning “Jaloliddin Manguberdi” va

“Mirzo Ulug‘bek” dramalari allaqachon xalqimizning badiiy mulkiga aylanib qoldi.

Shayxzoda ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan “Jaloliddin Manguberdi” (1944)

tragediyasida o‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo‘g‘ul istilochilariga

qarshi kurashgan so‘nggi Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va

haqqoniy tasvirlagan. Oybek bilan G‘afur G‘ulom o‘sha vaqtda asarga yuqori baho

berishib: “Tarixiy jarayonning haqiqiy mazmunini, uning ichki ma’nosini” ochib

bergan deyishgan edi.

Xulosa:

Maqsud Shayxzoda Ozbarbayjon va O`zbek xalq adabiyotining eng

zabardast shoir va adiblaridan hisoblanadi. Mana necha yildirki ijodiy asarlari

so`ngan emas va qalbimizning tub tubidan joy olgan. 1-prezidentimiz I.A.Karimov

tashabbusi bilan Maqsud Shayxzoda nomiga medal, order, va stipendiyalar joriy

etilgan . Uning asarlari va hayotiga qiziquvchi yoshlarimiz juda ko`p va bundan keyin

ham kamaymaydi . Maqsud Shayxzodaning ijodi shu qadar qiziqki u faqat bir

yo`nalishda emas balki turli xil yo`nalishlarda juda qiziq faoliyat ko`rsatgan

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Zokirov M. Maqsud Shayxzoda. Adabiy tanqidiy ocherk, T., 1969 y.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

107

2. Yusuf Shomansur. Shayxzoda — bunyodkor shoir, T., 1972 y. - 179 b.

3. Gʻafurov I., Oʻrtoq shoir. Maksud Shayxzoda ijodiyoti, T., 1975 y. - 215 b.

4. Maksud Shayxzoda zamondoshlari xotirasida, T., 1983 y.

5. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi, T., 1999 y. – 25 b.

6. Maksud Shayxzoda. Atoqli xalq shoiri. „Lenin uchquni“, 1956 yil 18 may

7. Shayxzoda Maksud. Shoir qalbi dunyoni tinglar (Tanlangan asarlar) //

Toshkent, „Nihol“, 2008. - 28 b.