MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
95
MAQSUD SHAYXZODA IJODINING O’ZBEK ADABIYOTIDAGI
TUTGAN O’RNI
Olimjonova Nozima Foziljon qizi
Toshkent davlat Transport universiteti, AYM fakulteti talabasi
Annotatsiya: Maqsud Shayxzoda nafaqat yetuk ijodkor, balki chuqur bilimli
tadqiqotchi ham edi. Uning adabiyotshunoslik sohasida qilgan xizmatlari beqiyosdir.
Bundan tashqari u mohir tarjimon ham bo`lgan. Uning yaratgan asarlari manaviy
merosimiz va boyligimiz hisoblanadi.Hozirgi kunda juda ko`p joylarga Maqsud
Shayxzoda nomiga berilgan. Bundan tashqari uning nomiga medal , stipendiyalar
ham ta`sis etilgan.
Kalit so`zlar: hayoti , asarlari , she`riy to`plamlar , ocherklar, tarjima
kitoblar , falsafa adiblarning fikri , ijodiy do`stlari.
Ozarbayjon naslidan bo‘lib, keyinchalik o‘zbek xalqining chinakam sevimli
shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, zabardast olimi sifatida dong taratgan Maqsud
Shayxzoda 1908 yili Ozarbayjonning Ganja viloyatiga qarashli Oqtosh shahrida
tug‘ilgan. Otasi Ma’sumbek elu-yurtda katta obro‘ga ega shifokor edi. San’at va
adabiyotni yuksak qadrlagani bois, Oqtosh ziyolilari bilan turli masalalarda
suhbatlashardi. Yosh Maqsud Nizomiy va Firdavsiy, Navoiy va Fuzuliy, Pushkin va
Shekspir kabi buyuklar nomini ana shu davralarda suhbatlarda eshitdi va bu muhit
unga adabiyotga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otdi. Hali alifboni tanimagan bo‘lajak shoir
chamasi besh yoshlik davrlarida sakkiz-o‘n misrali masal yoza boshlagan. Shayxzoda
Oqtoshdagi maktabda ta’lim oldi. Maqsud ziyrakligi, tirishqoqligi tufayli muallimlar
e’tiborini qozondi va 1921-1925 yillar davomida Bokudagi Oliy pedagogika
institutida sirtdan o‘qidi. Shu yillari u she’rlarini qoralay boshlagan. Bo‘ynoqdagi
pedagogika bilim yurtida jamiyatshunoslik fanidan dars bergan Shayxzoda
Ozarbayjonni Sho‘rolar davlatidan ajratib olishga urinishda ayblanib, 1928-yilda
Toshkentga surgun qilinadi. U Toshkentda hayotining har tomonlama yangi, bahor
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
96
tarovatidek toza va beg‘ubor davrini boshlashga ahd qiladi, ism-sharifiga jindek tahrir
kiritib, Shayxzoda taxallusini qabul qiladi. Yosh Maqsud Nizomiy va Firdavsiy,
Navoiy va Fuzuliy, Pushkin va Shekspir kabi buyuklar nomini ilk marotaba ana shu
guruhglarda eshitadi va bu muhit unga adabiyotga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi.
Maqsud Shayxzoda Oqtoshda ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921 yili Boku
dorilmualliminiga o‘qishga kiradi va uni tugatgach Dog‘istonning Darband, Bo‘ynoq
shaharlarida muallimlik qilgan. U 1926 yili Adhem Fayziy tashkilotiga a’zo etilgan
«Milliy firqa» tashkilotiga a’zo bo‘lib, musovotchilar harakatida faol qatnashgani
uchun 1928 yili hibsga olinib, Toshkentga surgun qilingan. Umrining oxiriga qadar
shu yerda yashab, ijod qilgan. Albatta, sho‘ro hukumati Shayxzodani O‘zbekistonda
ham ta’qiblar va tahqirlardan benasib qoldirgani yo‘q.
Muhimi shundaki, Shayxzoda «tole doim erkalamaganiga» qaramay,
umrining oxiriga qadar o‘zbek xalqining sadoqatli farzandi sifatida faoliyat ko‘rsatdi
va O‘zbekiston uning ikkinchi vatani bo‘lib qoldi. Ozarbayjon naslidan bo‘lib,
keyinchalik o‘zbek xalqining chinakam sevimli shoiri, yozuvchisi, dramaturgi,
zabardast olimi sifatida dong taratgan Maqsud Shayxzoda 1908 yili Ozarbayjonning
Ganja viloyatiga qarashli Oqtosh shahrida tug‘ilgan. Otasi Ma’sumbek elu-yurtda
katta obro‘ga ega shifokor edi. Maqsud Shayxzoda san’at va adabiyotni sevar, tarix
va falsafaga qiziqgan.
Dastlabki sheʼriy toʻplami — „Loyiq soqchi“ (1932). Shundan keyin
shahrining „Oʻn sheʼr“ (1932), „Undoshlarim“ (1933), „Uchinchi kitob“ (1934),
„Jumhuriyat“ (1935), „Oʻn ikki“, „Yangi devon“ (1937), „Saylov qoʻshiqlari“ (1938),
„Kurash nechun?“ (1942), „Jang va qoʻshiq“, „Koʻngil deydiki“ (1943), „Oʻn besh
yilning daftari“ (1947), „Yurt sheʼrlari“ (1948), „Zamon torlari“, „Olqishlarim“
(1949), „Yillar va yoʻllar“ (1961), „Sheʼrlar“ (1964) va boshqa sheʼriy toʻplamlari
nashr etilgan. Shoirning dastlabki ijodida va qisman 50 yillardagi ayrim sheʼrlarida
ozarbayjon sheʼriyatiga xos ohanglar, minbar sheʼriyat belgilari ustuvorlik qilgan.
Ammo Shayxzoda oʻzbek mumtoz va zamonaviy sheʼriyatining tili va uslubini
egallagani sayin uning sheʼrlarida oʻzbekona musiqiy ravonlik kuchaya bordi.
Shayxzoda voqelikka faol munosabatda boʻlishga intilib, xalq va mamlakat hayotida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
97
roʻy bergan muhim voqealarni tasvirlashga, mehnat va kurash qahramonlari obrazini
yaratishga alohida eʼtibor berdi. U shu maqsadda doston janriga qoʻl urib, „Oʻrtoq
mulk“ (1933), „Chirogʻ“, „Oʻrtoq“, „Meros“, „Tuproq va haq“ (1936), „Ovchi
qissasi“, „Iskandar Zulqarnayn“ (1940), „Oʻn birlar“, „Jenya“, „Oqsoqol“ (1943),
„Axmadjonning hikmatlari“, „Uchinchi oʻgʻil“ (1944), „Nurmat otaning tushi“
(1947) singari liroepik asarlar yozdi. Shoirning 30-40 yillardagi sheʼriyatiga ham,
keyingi ijodiga ham xos muhim fazilatlardan biri syujetlilikdir. Shayxzoda lirik syujet
yaratishga moyil shoir sifatida xalq afsonalari va tarixiy oʻtmish sahifalariga,
shuningdek, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, oʻz sheʼrlariga balladaga xos
poetik belgilar va turli poetik tafsillarni olib kirgan, soʻzning sheʼriy qurilmadagi
mavqeini oshirish choralarini koʻrgan. Maqsud
Shayxzoda 1956-yilda "Alpomish" dostonidagi ba’zi bir poetik xususiyatlar
haqida tadqiqot olib borar ekan, bu dostonning vazni, badiiyati, g‘oyaviy-badiiy
xususiyati, mazmuni, obrazlar olami xususida keng ma’lumot beradi. Jumladan,
"Alpomish" dostonining ritmik negizi sillabik sistema ("hijo vazni yoxud barmoq
vazni") ekanligi, bu vazn turkiy tillarda so‘zlovchi barcha xalqlarning og‘zaki
poeziyasiga xos bir vazn bo‘lib kelganligini aytib o‘tadi. Bundan tashqari, Maqsud
Shayxzoda dostondagi uchraydigan poetik xususiyatlar: saj’, qofiya, radif kabilarga
alohida to‘xtaladi. Olim: "Dostonda qofiyaga rioya qilish va unga moyillik shu qadar
zo‘rki, hatto she’rlar o‘rtasiga kiritilgan. she’riy parchalar ham qofiyalangan", - deb
misol tariqasida shu parchani keltiradi: "Barchinoyni otdan tushirib yotgan, besh yuz
sepini ortgan, qirqin kanizlar Barchinni baxmal uyga olib ketgan, toza liboslarni bu
uyga solib yetgan, hammasi choydish-qumg‘onni qaynatgan hokazo..." Bu she’r
emas, nasr (prozadir). Ammo qofiyalangan nasrdirki, buni mumtoz adabiyotda saj’
deb ataladi. Demak, bu usul ham xalq poeziyasida chuqur ildizlarga ega. Demak,
Maqsud Shayxzoda xalq og‘zaki ijodiga mansub asarlarni mumtoz adabiyot bilan
qiyosan o‘rgangan. Zero, yozma adabiyotda o‘z rivojini topgan har qanday so‘z,
obraz, badiiy g‘oyaning ilk asosi xalq og‘zaki ijodidir. Maqsud Shayxzoda esa holni
ilmiy ravishda buni to‘g‘ri anglab yetgan va maqolalarida bu asoslab bergan Xullas,
Maqsud Shayxzoda o‘zining "Shirin bilan Shakar", "Alpomish" dostonlari xususidagi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
98
chuqur mulohazalari, "Baxshining ijod yo‘li" kabi maqolalari bilan xalq og‘zaki
ijodiga o‘z hissasini qo‘sha olgandir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. S.Matchonov, Sh. Sariyev, “Nafis Bezak” 2012y
2. Boboyev T. “Adabiyotshunoslik asoslari”. Toshkent. 2002. 558 b.
3. Zokirov M. Maqsud Shayxzoda. Adabiy tanqidiy ocherk, T., 1969.
4. Yusuf Shomansur. Shayxzoda — bunyodkor shoir, T., 1972.
5. Gʻafurov I., Oʻrtoq shoir. Maksud Shayxzoda ijodiyoti, T., 1975.