All articles

248-252 319 0

“Pedagogika” fanining tarmoqlari, boshqa fanlar bilan aloqadorligi

N Isakulova

Mazkur maqolada ta’lim-tarbiya tizimida pedagogika fanlarining tarmoqlari tahlil etilgan. Pedagogika fanlari tizimi turli adabiyotlarda turlicha tasniflari o‘rganilgan. Fanlar integratsiyasi jarayonida paydo bо‘lgan pedagogikaning zamonaviy tarmoqlari umumlashtirilgan. Aksariyat pedagogik muammolarni о‘rganish fanlararo yondashuvni, boshqa gumanitar fanlarning ma’lumotlarini talab qilishi tahlil etilgan.

93-98 303 0

“Pedagogika” fani kategoriyalarining o'ziga xos xususiyatlari

Nilufar Isakulova

Mazkur maqolada “Pedagogika” fani kategoriyalarining o'ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Kategoriya, tushuncha va terminlaming izohi o’rganilgan. Pedagogika kategegoriyalari tasnifi keltirilgan. Pedagogika kategoriyalari nazariy kategoriyalar, empirik kategoriyalar, tarixiy kategoriyalar, fanlararo kategoriyalar, integrativ kategoriyalar, sohalararo kategoriyalar, umumiste’moldagi kategoriyalarga ajratilgan.

53-57 125 0

“O‘zbek” davlatchiligi tarixida ayollarning o‘rni va roli

M Abulova

Mazkur maqolada O‘zbekistonda olib borilayotgan insonparvar siyosatning muhim qismi bo‘lmish ayollar masalasiga bag‘ishlangan. Unda davlatchiligimiz tarixida munosib o‘rin egallagan dono, oqila va jasur ayollarimizning davlatni bodhqarish, xalqni yagona maqsad yo‘lida birlashtirish, farzandlar tarbiyasi va harbiy sohani rivojlantirish haqidagi faoliyatlari manbalar asosida ilmiy jihatdan chuqur tahlil etilgan.

67-72 114 0

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi – jamiyatda millatlararo bagʻrikenglikni mustahkamlashning amaliy dasturi

Azamat Toshev

So‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan do‘stlik va bag‘rikenglik kabi ezgu qadriyatlar asosida millatlararo munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilib, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini o‘rnatish orqali barcha masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yildi.


Keng ko‘lamli islohotlar davomiyligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasida jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish alohida ustuvor maqsad 38 sifatida belgilandi.

379-384 163 0

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari

Xamid Akmalov

Mazkur maqolada joriy yilda mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan, qonunchilikni isloh qilishni talab etadigan konstitutsiyaviy islohotlar va undan kelib chiqqan holda qabul qilingan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi haqida bayon etilgan. Shuningdek, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.

200-203 109 0

“O‘zbek tilim – O‘zbekligim”

Madina Kabilova

1989-yil 21-oktabr… Qalblarni to‘lqinlantirgan mustaqillikning ilk nasimlarini olib kelgan qutlug‘ kun. Ona tilimiz sha’ni va qadr-qimmatini yuksaklarga ko‘tarishga tashlangan mardona qadam.

237-240 239 0

“O‘qituvchilarning hissiy charchash sindromi” – o‘qituvchilarning hissiy charchashining oldini olish

Mahliyo Jumaboyeva

Maqolada oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining kasbiy shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Mazkur xususiyatlarni aniqlash orqali “O‘qituvchilarning hissiy charchash sindromi” -o‘qituvchilarning hissiy charchashining oldini olish qanchalik ahamiyatli ekanligi e’tirof etilgan.

154-157 142 0

“O‘qiti sh metodikasi” va pedagogik texnologi ya larni o‘x sh a sh lik jihatlari va qo‘lla sh bilan bog‘liq muammolar

Askarali Kholboev
Maqolada o'qitish metodikasi va pedagogik texnologiyalarning o'xshashlik jihatlari hamda amaliyotda qo'llash bilan bog'liq muammolari bayon etilgan.
84-87 127 0

“Oномастик метафора” термини хусусида

Zohida Mukimova
Метафора “Тафаккурнинг зарурий қуроли, илмий фикрнинг шакли”, “Ақлнинг қўлини узун қилувчи восита”, “Дунёни билишнинг энг қудратли қуролларидан бири” ҳамда оламни англашнинг калити бўлиб, у инсон тафаккурининг хусусиятларини ўзида акс эттиради. Метафорага Арасту давридан бошлаб катта эътибор қаратилган. Олим метафорани бир объектнинг хусусиятларини бошқа объектнинг хусусиятларига ўтказиш жараёнига
асосланган тил ускунаси [2;686] деб таърифлайди.
120-124 58 0

“O`TKAN KUNLAR” ROMANIDA MILLIY O`ZLIKNI ANGLASH JARAYONINING ESTETIK ASOSLARI

Nigina Fayzullayeva, Sabina Raxmanova
Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani milliy o‘zlikni anglash jarayonining estetik asoslari nuqtayi nazaridan tahlil etiladi. Asarda milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, an’ana va zamonaviylik o‘rtasidagi murakkab uyg‘unlik tasvirlanadi.
Tadqiqotda adabiyoti va madaniyatida milliy o‘zlikni shakllantirishda estetik tafakkur, badiiy ramzlar hamda tarixiy motivlarning o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, “O‘tkan kunlar” asari orqali o‘zlikni anglashning ma’naviy, falsafiy va ijtimoiy qatlamlari tahlil qilinadi.
Maqolada milliy identitetni ifodalashda estetik yondashuvning ahamiyati, xalq ruhiyati va madaniy xotira bilan bog‘liqligi yoritiladi. Tadqiqot natijasida milliy o‘zlikni anglash jarayonida adabiyotning estetik roli va badiiy obrazlarning tarbiyaviy ta’siri ilmiy asosda izohlanadi.
42-44 225 0

“O`n uchinchi eshik” she‟rida beruniy obrazi talqini

M Pirnazarova
Omon Matjon ijodi davomida buyuk qomusiy olimlarimiz va shoirlarimiz Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Ma‘mun, Ahmad Yassaviy, Pahlavon Mahmudlarning obrazi yaratilganini ko‗rishimiz mumkin. Shoirning Beruniy haqidagi asarlari ham shoirning yuksak darajadagi asarlari qatoriga kiradi. Abu Rayxon Beruniy keyingi avlodlarga boy ilmiy va adabiy meros qoldirgan. Uni nafaqat sharq xalqlari, balki g`arb jamoatchiligi ham tan olgan. Shu boisdan buyuk olim haqida ilmiy asarlar bilan birga badiiy asarlar ham yaratilgan. Shu jihatdan olib qaraydigan bo`lsak, shoir iste‘dodli realist ijodkor sifatida o`z ideallarini ifoda etish maqsadida tarixda yashab o`tgan, xalqimiz uchun qadrli bo`lgan va butun dunyo tan olgan buyuk alloma shaxslarning obraziga murojaat qilgan. Aniq tarixiy dalillarni va tarixiy shaxslar haqidagi afsona va rivoyatlarni o`rgangan, asarlariga singdirib yuborgan. Ijodkor asarlarini kuzatar ekanmiz, buyuk va oddiy insonlarning qalb go`zalliklarini, zamon, umr, xalq, odamlar taqdiri va kelajagi bilan bog`liqligi, vatan oldidagi burchi kabi mavzular shoir ijodining asosiy mazmuni ekanligiga amin bo`ldik.
77 0

“OVERTON TUYNIGI” NAZARIYASINING MAZMUNI VA MOHIYATI

S.X. Turayeva
Maqolada “Overton tuynigi” nazariyasining kelib chiqishi, asl mazmuni haqida ma’lumot berilgan. Bugungi globallashuv sharoitida jamiyat ongiga turli yot g‘oyalarni singdirishda, ularning turmush tarziga qabul qilinishida sababchi bo‘layotgani ochib berishga harakat qilingan.
528-529 56 0

“OMMAVIY MADANIYAT” VA UNING YOSHLARGA TA’SIRI

Nasiba Eshquvatova
Zamonaviy dunyo globallashuv jarayonida turli madaniyatlar va qadriyatlarning o‘zaro ta’sirlashuvining murakkab va ko‘p qirrali jarayonini boshdan kechirmoqda. Bu jarayon, bir tomondan, xalqlar o‘rtasida hamkorlik va tushunishni kuchaytirish imkonini beradi, ikkinchi tomondan esa, mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning kuchli vositasiga aylanib, bir qator siyosiy kuchlarning manfaatiga xizmat qilmoqda.
749-755 51 0

“OMMAVIY MADANIYAT” TA’SIRIDAN HIMOYALANISHDA INNOVATSION USULLARIDA FOYDALANISH.

Sanoat Rahmonova
Madaniyat inson faoliyatining ichki mazmunini tashkil etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda inson faoliyatining asosiy ma’no-mazmuni o‘zining erkin ijodkor shaxs sifatida ro‘yobga chiqarish, zarrama-zarra to‘plab insoniylik dunyosini yaratish va shu asosda olamni xam insoniylashtirishdan iborat. Shunday ekan, iste’molchilik kayfiyatining o‘zagini tashkil etgan “ommaviy madaniyat” haqiqiy madaniyatning mohiyatiga zid va yotdir. U insonni ma’nan majruh etadigan, uning ma’naviy dunyosini buzadigan, oxir-oqibat jon saqlashdan o‘zga maqsadi bo‘lmagan bir maxluq darajasiga tushurib qo‘yadigan, xalqni esa olomonga aylantiradigan hodisadir. Shuning uchun ham bunday madaniyatni “olomon madaniyati” deyiladi.
164 0

“Ommaviy madaniyat” niqobi ostida yashiringan xuruj

Jasurbek Salimov

Maqolada yoshlarni global Internet tarmog‘iga bog‘lanib qolishi, Internet va uning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati o‘rganilgan.

497-501 137 0

“NIGHT” CHRONOTOPE IN M.NIZANOV'S STORY “TWO BLOODTHIRSTY”

Gózzal Qabılova
This article examines the consept of “chronotope” in literature, the chronotope “night”, artistic service and the features of the use of the chronotope “night” in the story “Two Bloodthirsty” by M.Nızanov.
208-219 280 0

“NAVODIR UL-NIHOYA” ALISHER NAVOIY G‘AZALIYOTINING NODIR XAZINASI

Moxlaroyim Abdulxamidova
Ushbu maqola Alisher Navoiyning "Navodir un-nihoya" devonidagi g‘oyaviy chuqurlik, tasviriy vositalar va badiiy ifoda vositalari inson ruhiyatining nozik qirralarini ochib beradi. Hazrat Alisher Navoiyning ikkinchi devoni "Navodir un-nihoya"da muhabbat, odob-axloq, haqiqat, vafo kabi abadiy qadriyatlar kuylanganligi haqida mulohaza yutiladi. Maqolada "Navodir un-nihoya" g’azallari mazmun-mohiyati ko’rib chiqiladi.
1106-1110 670 0

“MUHOKAMAT UL-LUG‘ATAYN” ASARI VA KOMPRATIVISTIKA HODISASI

Manzura Xo‘jamberdiyeva
Mazkur maqolada adabiy til asoschisi Alisher Navoiyning tilshunoslikka oid qarashlari, “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari xususidagi fikrlarimiz va komprativistika hodisasi, ta’rifi, bu hodisaning ilk marotaba “Muhokamat ul- lu g‘atayn” asarida yoritib o‘tilganligi haqida so‘z yuritildi.
460-463 30 0

“MORPHOLOGICAL AND BIOLOGICAL CHARACTERISTICS OF NEMATODE SPECIES BELONGING TO THE GENUS MESORHABDITIS (OSCHE, 1952) ISOLATED FROM THE RHIZOSPHERE OF WILD ROSE (ROSA CANINA L.) IN THE CONDITIONS OF SURKHANDARYA REGION”

Muxlisa Turopova
This research focuses on the morphological and biological characteristics of nematode species belonging to the genus Mesorhabditis (Osche, 1952), isolated from the rhizosphere of the wild medicinal plant rosehip (Rosa canina L.) growing under the environmental conditions of the Surkhandarya region. Soil–rhizosphere samples were collected using standard nematological extraction techniques, followed by laboratory-based morphometric, microscopic, and taxonomic identification analyses. The obtained results clarified essential morphological traits of Mesorhabditis species, including body structure, stoma and esophageal morphology, reproductive system organization, and biometric measurements. Furthermore, the study revealed developmental stages, reproductive biology, and ecological functions of these nematodes within the rhizosphere biocenosis. The findings contribute to the understanding of nematode biodiversity associated with wild medicinal plants in Surkhandarya and provide region-specific diagnostic criteria for species-level characterization of the genus Mesorhabditis.