MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
296
TA’LIM SOHASIDA PEDAGOG KASBIY MADANIYATINING
DOLZARBLIGI
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti
Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va
amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi
Raximova Nuquljon Yusupovna
Boshlang‘ich ta‘lim fakulteti 4-bosqich
talabasi Ne‘matova Nodira Avaz qizi
Annotatsiya: Globallashuv davrida ta‘lim sohasida pedagog kasbiy
madaniyatining qanchalik katta muhim ahamiyatga ega ekanligini ochib berish.
Kalit so‘zlar: kasbiy madaniyat, Yangi O‘zbekiston, ta‘lim va tarbiya
globallashuv, ko‘nikma , malaka, pedagog.
Kirish
Ta‘lim insoniyat taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Kundan kunga
rivojlanayotgan Yangi O‘zbekistonimizning ta‘lim sohasida ham juda ko‘p
o‘zgarishlar yuz bermoqda. Yangi asrda jamiyatning har tomonlama ravnaq topishi,
taraqqiy etishi,bevosita ta‘lim va tarbiyaning rivojlanishi, mazmunan takomillashib
borishiga bog‘liq. Ta‘lim va tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi barkamol, yetuk
shaxs, malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Shunday ekan har bir pedagog
muallim o‘zining kasbiy madaniyati orqali ta‘lim tarbiya samaradorligini
o‘quvchilarning qay darajada bilim, ko‘nikma va malakaga ega ekanliklarini,
mustaqil bilim olishga,jamiyatda o‘z o‘rinlarini topish uchun qanday tayyorgarlikga
ega ekanliklari bilan o‘lchashlari, baho berishlari lozim.
Asosiy qism
Hozirgi globallashuv davrida fan-texnika rivojlanishi ta‘lim sohasida olib
boriladigan katta islohotlar ta‘lim- tarbiyaning mazmunini o‘zgartirishni ,
shuningdek , ta‘lim tizimini bugungi zamon talablari asosida boshqarishni talab
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
297
etmoqda.Shuning uchun ham Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev maktab ta‘limini
rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tkazgan videoselektor murojaatnomasida: “
Mamlakatimizda ilm fanni yanada ravnaq toptirish , yoshlarimizni chuqur bilim,
yuksak ma‘naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash bizning eng oliy maqsadimiz
.Ta‘lim - tarbiya –bu bizning kelajagimiz, hayot – mamot masalasi. Shu bois bu
sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Har bir rahbar o‘z ish uslubini
o‘zgartirsa , maktabda, qishloqda, mahallada o‘zgarish bo‘lsa ,davlat ham
rivojlanadi”,-deb ta‘kidlaganlar.[1]
Ta'lim-tarbiya birligi va axloq masalalariga yetuk tarbiyashunos olim sifatida
yondashgan olim Abu Rayhon Beruniy o'zining pedagogika va psixologiyaga oid
qimmatli fikr-mulohazalarini va ma'rifiy-didaktik qarashlarini bayon etib, ilm hamda
ma'rifat sari intiluvchi tolib va muallimlarga deydiki: "Ilm dargohiga kirar ekansan,
qalbing kishini ozdiruvchi illatlardan, odamni ko'r qilib qo'yadigan nafs va turli
buzg'unchi holatlardan, qotib qolgan turli eski urf-odatlardan, hirsdan, raqobatdan,
ochko'zlikni quli bo'lishdan ozod bo'lmog'i darkor".[2]
Pedagog bu - yuksak madaniyatli mutaxassis , o‘z fanini chuqur o‘zlashtirgan,
ta‘lim-tarbiya metodikasini mukammal biluvchidir.Pedagogikaning kasbnomasida
pedagogik tajriba, pedagogik texnologiya,kabi tushunchalar muhim ahamiyatga
ega.Shuningdek, o‘quvchi- yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirish, tafakkur
kengligini rivojlantirish ham pedagogning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.[3]
Pedagog, avvalo, nima uchun bu kasbni tanlaganini teran anglamog‘i,
insonlarni qanday tarbiyalash kerakligini tushunib yetmog‘i kerak. Bu esa pedagogik
faoliyat va etiketning asosiy omilidir. Bolaning ichki dunyosiga kira bilish, ishongan
do‘sti bo‘lish, uni ezgulikka yo‘naltirish, jamiyatga foydali inson etib voyaga
yetkazish, unda mas’uliyat hissini shakllantirish – pedagogikaning bosh
tamoyilidir.[4] Pedagog mahoratining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uning
o‘qituvchi shaxsi va kasbi to‘g‘risida mukammal ma‘lumot va tushunchalarga ega
ekanligidadir.
O‘qituvchi inson sifatida shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishi bilan
birga,kasbiy, ya‘ni ixtisoslik fazilatlariga ham ega bo‘lishi lozimligini tajriba
ko‘rsatmoqda .”Muallimning yuksak sifati uning aqli, ilmi, fikri, so‘zi,axloqu-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
298
odobidandir-degan edi taniqli murabbiy, maktabshunos olim Hikmatilla Abdullayev
o‘zining “Yashil daftar hikmati” asarida.” O‘qituvchining yuz qarashlari
ham,
gapirishlari ham, qalbi ham, ko‘rinishi ham, yurish- turishi ham,kiyinishi ham,
chiroyli va ibrat namunasi bo‘lsin.Ayniqsa uning nutqi tushunarli, ravon, ta‘sirli
bo‘lishi darkor.U muloqotda bamisoli so‘z zargari ekanligini ko‘rsata olishi
muhimdir.Shunga erishish kerakki,odamlar, ayniqsa, ota- onalar va o‘qituvchilar uni
rostgo‘y,halol,pokiza, sog‘lom fikrli,shafqatli va muruvvatli, insonparvar kishi
sifatida e‘tirof etsinlar”.
Kasbiy madaniyat – insonning olgan bilim va tajribasiga asoslangan malakali
harakatlar yoki mehnat faoliyatining mahsulidan bunyod bo‘lgan narsalar, o‘zgalarda
zavq uyg‘ota oladigan ijtimoiy hodisa. Shaxsning kasbiy madaniyati bilim, malaka,
ko‘nikma, qobiliyat, axloqiy va estetik rivojlanish, dunyoqarash, odamlar bilan o‘zaro
muloqotining usul va shakllari, iste’dodining rivojlanish darajasi kabi faoliyatda
amalga oshiriladigan insoniy kuch va salohiyatni o‘z ichiga oladi. Kasbiy madaniyat
insonning mehnat faoliyatida namoyon bo‘ladi. [5]
Xulosa
Xulosa qilib shuni ta‘kidlamoqchimanki, har bir pedagog barkamol avlod
ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs bo’lib, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati
bilan atrofdagilarga o’rnak bo’lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham
namoyon eta olishi, yetuk o’qituvchi sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga
o’zining munosib hissasini qo’shishi zarur. Pedagogik mahoratga ega bo‘lish,
o’qituvchi uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini ta‘minlovchi zamin bo’libgina
qolmasdan, ayni vaqtda uning jamiyatdagi obro‘- e’tiborini ham oshiradi,
o’quvchilarga unga nisbatan hurmat yuzaga keladi. Kasbiy mahoratni oshirish
yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda yo’l qo’yilgan yoki
qo’yilayotgan xatolardan holi bo’lish, o’quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar
bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi. Buning uchu
pedagog umumiy va kasbiy madaniyatga ega bo’lishi ham muhim rol o‘ynaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
299
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Shavkat Mirziyoyev Xalq ta‘limi tizimini rivojlantirish pedagogning malakasini va
jamiyatda nufuzini oshirish, yosh-avlod ma‘naviyatini yuksaltirish masalalariga
bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi nutqidan. 2022-yil 8- yanvar.
2.Abu Rayhon Beruniy.100 hikmat (Ibratli so‘zlar) Toshkent: Fan, 1993.-248 b
3.V.Karimova. Pedagogika. Psixologiya. Ma‘ruzalar matni.Toshkent, 2008-yil.
4. https:/oyina.uz
5. https:/oyina.uz