MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
277
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ASOSIDA KASBIY METODIK
TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH
ChDPU,Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi
Raximova Nuquljon Yusupovna,
Boshlang’ich ta’lim fakulteti 4-bosqich talabasi
Gulmirzayeva Shaxloxon
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich ta’limda xalqaro baholash
dasturlarining o’rni va zarurati, ta’lim sifatini oshirishda o’qituvchi mahorati va
o’qish savodxonligiga qo’yiladigan talablar mavzusi yoritib boriladi.
Kalit so’zlar: kasbiy kompetentlik, kasbiy mahorat, real vaziyat, nostandart
vaziyat,o’qish savodxonligi, PISA, PIRLS, TALIS mantiqiy fikrlash, kritik yoki
tanqidiy fikrlash, axborot matn.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini metodik tayyorgarligini
rivojlantirish borasida Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konseptsiya[3]si
doirasida
boshlang’ich
sinf
o’qituvchilari
tomonidan
o’quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari
va kompetentsiyalarini rivojlantirishga alohida urg’u bergan holda, zamonaviy
innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi
davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o’quvchilarning bilim darajasini baholashda
ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro PISA, PISA, PIRLS va boshqa dasturlarda
doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. Shu asosda o’quvchilar savodxonligini
baholash bo’yicha xalqaro dastur (PISA), boshlang’ich sinf o’quvchilarining matnni
o’qib tushunish darajasini baholash xalqaro dasturi (PIRLS), o’quvchilarning
matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan o’zlashtirish darajasini baholash dasturi
(PISA), rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitish
va ta’lim berish muhitini hamda ularning ish sharoitlarini o’rganish bo’yicha xalqaro
baholash (TALIS) dasturlarida ishtirok etishga kirishildi. Mamlakatimizda
boshlang’ch ta’lim tizimini yanada takomillashtirishda xalqaro baholash
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
278
dasturlarining o’rni beqiyosdir va bu borada PIRLS xalqaro baholash dasturini
yaqqol misol sifatida olishimiz mumkin. Bizga sir emaski bu dastur 4-sinf
o’quvchilarida matnni o’qish va tushunish darajasini baholaydi. Mamlakatimiz
yoshlari xususan boshlang’ich sinflarda o’zlashtirishi sust bo’lgan o’quvchilar bilan
alohida ishlash va ulardagi yashirin qobiliyatlarni ochish, ularni kreativ fikrlashga
mantiqiy va tanqidiy fikrlashga o’rgatishimiz lozim. Buning uchun esa biz
rivojlangan mamlakatlar bilan raqobatlasha oladigan yosh o’quvchilarni
tayyorlashimiz kerak.
Mamlakatimiz hozirda o’z oldiga ulkan maqsadlarni qo’ymoqda va bu yo’lda
barcha sohalarni rivojlantirishni maqsad qilib qo’ygan, xususan boshlang’ich ta’lim
sohasini ham . Kundan kunga ushbu soha ham yangicha tus olyapti bu esa yosh va
barkamol avlodni har tomonlama yuksalishi uchun qulaylik va imkoniyatlar eshigini
ochmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi. Birgina ta’lim sohasini isloh qilish orqali biz
tasavvur ham qilolmaydigan muammolar o’z yechimini topadi. Chunki rivojlangan
mamlakatlar ham avvalo ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratgan. Kelajagimiz yoshlari
mustaqil va yetuk shaxs bo’lib yetishishlari uchun imkoniyat yaratilmas ekan biz
rivojlangan davlatlar qatorida bo’la olmaymiz . Eng avvalo bolalarning ilk poydevori
maktabgacha ta’limda berilsa, asosiy tamal toshini boshlang’ich ta’lim qo’yadi.
Ya’ni bolalarning jamiyat uchun mos yetuk shaxs bo’lib yetishishini ta’minlaydi. Shu
o’rinda hozirgi paytda boshlang’ich sinf o’quvchilarining qanchalik kelajakka
tayyorlayotganimiz haqida so’z yuritsak. Albatta bola yetti yoshidan boshlab
“PIRLS - ingliz tilidagi “Progress in international reading and literacy study”
so’zlaridan olingan bo’lib, o’quvchilarning matnni o’qib tushunish darajasini
baholashga mo’ljallangan xalqaro tadqiqot dasturidir. Mazkur dastur IEA tomonidan
har besh yilda bir marotaba amalga oshirilib, unda PISAdan farqli ravishda
boshlang’ich ta’limdagi 4-sinf o’quvchilarining badiiy tajriba orttirish, axborot olish
va undan foydalanish ko’nikmalari baholanadi. Ushbu xalqaro dastur bolaning
mustaqil inson sifatida rivojlanishida katta ahamiyat kasb etib, boshlang’ich ta’limda
tahsil olayotgan o’quvchilarning o’qib tushunish ko’nikmalarini xalqaro miqyosda
baholaydi. PIRLS dasturida asosiy e’tibor 4-sinf o’quvchilariga qaratiladi, buning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
279
boisi odatda, ushbu rivojlanish davrida o’quvchilar o’qish ko’nikmasini hosil qilgan
bo’lib, endi bu ko’nikmadan boshqa fanlarni o’rganishda foydalanayotgan bo’ladi.
Globallashuv va axborotlar ko‘lami nihoyatda kengayib borayotgan hozirgi
davrda axborot bosimining kuchliligi har birimizdan mazkur axborotlardan
himoyalanishni, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilmasdan, tanqidiy va kreativ
yondashuv asosida ko‘rib chiqishni va mantiqiy fikrlash orqali muhim va foydali
bo‘lgan ma’lumotlarni ajratib olishni talab etadi. Bu esa mantiqiy fikrlash jarayonida
kechadi. Mantiq – nafaqat fikrlash qobiliyati, balki izchil va to‘g‘ri mulohaza yuritish
hamdir. Ya’ni insonlarning kundalik faoliyatida, munosabatlarida tartibli, aniq, asosli
ya’ni mantiqiy o‘ylay olishi tushuniladi. Inson tafakkuri mantiq qonunlaridan qat’iy
nazar o‘zi mantiqiy qonunlarga bo‘ysungan ravishda mavjud bo‘ladi. Ko‘pchilik imlo
qoidalarini bilmagan holda to‘g‘ri gapirganlari kabi mantiq qonunlarini bilmay ham
to‘g‘ri fikrlaydilar. Lekin bundan mantiqning amaliy ahamiyati yo‘q degan xulosa
kelib chiqmaydi.
Fikrlash – shaxs bilish faoliyati jarayoni bo‘lib, voqelikni bevosita va
umumlashgan holda aks ettirish bilan xarakterlanadi. Fikrlash fanlararo tadqiqotlarni,
kompleks fanlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Fikrlash insonga haqiqat hodisalari
o‘rtasidagi aloqalarni topish imkonini beradi, lekin aniqlangan bog‘liqlik haqiqatdan
vaziyatning to‘liq holatini aks ettirishi uchun u ob’ektiv, to‘g‘ri yoki boshqacha
aytganda, mantiqqa tayangan, mantiq qonunlariga mos bo‘lishi kerak. Mantiqiy
fikrlash – fikrlashning oliy pog‘onalaridan biri bo‘lib, izchillik, ketma-ketlik asosida
fikrlarning bog‘lanishini bildiradi va shaxs ijodiy faolligining muhim qirrasini o‘zida
aks ettiradi. Demak, mantiqiy fikrlash – inson tomonidan ko‘rib, eshitib, bilib, his
qilib va anglab olingan borliq, voqelik yoki taassurotlarning boshqalar uchun ham
tushunarli tarzda tafakkur etilishini anglatadi.
Mantiqiy fikrlash harakat bilan chambarchas bog‘liq. U orqali inson haqiqatni
anglaydi, unga amal qiladi, dunyoni tushunadi, uni o‘zgartiradi. Harakat fikrlashning
asosiy shaklidir.
Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya sohasini maxsus tayorlangan, kasbiy
kompetentlikka ega, ta’lim-tarbiya jarayonida psixologik bilim, malaka,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
280
ko‘nikmalarni natijadorlik tamoyillari asosida qo‘llaniladigan pedagogsiz tasavvur
etib bo‘maydi
"Kompetentlik" tushunchasining mohiyati. Bozor munosabatlari sharoitida
mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir
mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni
taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday
sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur.
Inglizcha "competence' tushunchasi lug‘avniy jihatdan bevosita "qobiliyat' ma’nosini
ifodalaydi, mazmunan esa "faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish,
yuqori darajadagi kasbny malaka, mahorat va iqtidorni namayon eta olish"ni
yoritishga xizmat qiladi. "Kompetentlik" tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik
izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik "noan’anaviy vaziyatlar,
kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi,
raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda,
ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va
murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni anglatadi. Kasbiy
kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori
darajada qo‘llay olinishi. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim,
malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ
bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek,
kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni
o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab
topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Ma’lumki, kishi bilayotgan va o‘zlashtirayotgan narsaga tanqidiy
munosabatda bo‘lmasa, bilish faoliyatida tafakkurning mustaqiligi bo‘lmaydi.
O‘zbekiston uchun mustaqil, erkin va tanqidiy fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash
masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Shu sababli maktab akademik litsey,
kasb-hunar kollej va texnikumlar, oliy o‘quv yurtida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil
etishda o‘quvchilarning bilish faolyatini faollashtirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
281
qobilyatlarini takomilashtirish kerak. Biroq tanqidiy fikrlash o‘z-o‘zidan
shakllanmaydi. Foydali axborot va fikrlarni olish bo‘yicha tajriba, malaka
ko‘nikmalar hosil qilishlari kerak. Tanqidiy fikrlash - o‘qish predmeti emas, balki
o‘qitish natijasidir. Bu g‘oyalarni va ularning ahamiyatini ham ko‘p fikrlilik nuqtai
nazaridan ko‘rib chiqish hamda ularni boshqa g’oyalar bilan taqqoslashdir. Tanqidiy
fikrlashning da’vat bosqichining ahamiyati shundan iboratki, unda yangi bilimlarni
mustaqil tanlangan maqsad uchun ishlatish o‘quvchi talabada kuchli bo‘ladi. Ifodali
fikrlashning ikkinchi bosqichini anglashda esa yangi axborot da’vat bosqichida
faollashtirilgan axborot bilan bog’lanadi. Yangi o‘quv materiallarining tushunilishiga
erishish bu bosqichning muhim vazifasi hisoblanadi. Biz o’quvchilarimizni har
tomonlama yetuk shaxs tayyorlamoqchi bo’lsak , chuqur bilimli va malakali yetuk
kadrlarni tayyorlashimiz kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Baratov Sh. O‘quvchi shaxsini o‘rganish usullari. –Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
2. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion
texnologiyalar (ta’lim muassasalari tarbiyachi o‘qituvchilari va guruh rahbarlari
uchun amaliy tavsiyalar) –T.: Iste’dod, 2010-y.
3. Yo‘ldoshev J.G‘., Yo‘ldosheva F., Yo‘ldosheva G. “Interfaol ta’lim sifat kafolati”
(Bolaga do‘stona munosabatdagi ta’lim). – T.: 2008-y.
4юSharipov M., Fayzixo‘jaeva D. Mantiq. O‘quv qo‘llanma. –G‘afur G‘ulom:
Toshkent, 2004. 5-16, 111-211 b
5. Ломиворотов М.М. Логика для юристов. Учебное пособие в схемах и
упражнениях. –Волгоград.: ВолгГТУ, 2006. 11-24 с 3. Oblomurodov, N. (2022).
Yangi O‘zbekistonda O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishning ayrim jihatlari haqida.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences,2(Special
Issue 23), 154-159 4. www.lex.uz 5. www.wikepedia.com.