MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
287
BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA KREATIV
SALOHIYATNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Сhirchiq davlat pedagigika universiteti
Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi
Raximova Nuquljon Yusupovna
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada muallif tomonidan kreativ qobiliyatni
shakllantirish muammosi, uning nazariy asoslari va mazmuni yoritilgan. Shuningdek,
maqolada boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kreativlik salohiyatini rivojlantirish
metodlari va mazkur jarayon bilan bog’liq kasbiy pedagogik xususiyatlar haqida fikr
yuritilgan.
Kalit so’zlar:boshlang’ich sinf o’qituvchisi, kreativlik, ijodiy qobiliyat,
kreativ salohiyat, ijodiy yo’nalganlik.
АННОТАЦИЯ: В статье рассматривается проблема формирования у
автора творческих способностей, ее теоретические основы и содержание. В
статье также рассматриваются методы развития творческого потенциала
учителей начальных классов и связанные с этим профессионально-
педагогические особенности.
Ключевые слова и понятия: учитель начальных классов, творчество,
творческие способности, творческий потенциал, творческая направленность.
ANNOTATSION: The article deals with the problem of the formation of the
author's creative abilities, its theoretical foundations and content. The article also
discusses methods for developing the creative potential of primary school teachers
and related professional and pedagogical features.
Key words and concepts: primary school teacher, creativity, creative ability,
creative potential, creative orientation.
KIRISH
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
288
Dunyo ta’lim taraqqiyotining jadal suratlarda rivojlanishi avvalambor ta’lim
jarayoniga innovatsion va kreativ yondashish lozimligini taqozo etmoqda. Chunki
jahonda har qaysi jamiyatning rivojlanishi va yo’nalishini belgilab beruvchi
innovatsion-kreativ ijodkorlik ta’siri ostida yuz berib, inson faoliyatining har bir
sohasida ijodkorlikka bo’lgan ehtiyojning ortishi bilan tavsiflanadi. Xorijiy
rivojlangan mamlakatlarda, jumladan AQSH, Kanada, Germaniya, Rossiya,
Yaponiya, Koreya kabi davlatlarda o’qitish jarayonlari innovatsion-kreativ
yondashuv asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur holatni bevosita kuzatib, chuqur
tahlil qilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev 2019-yil 23-
avgustda xalq ta’limi, oliy ta’lim xodimlari bilan bo’lgan muloqotda uzluksiz ta’lim
tizimida olib borilishi kerak bo’lgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritib, “… bugungi
kunda ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarning obro’sini
ko’tarish, shu bilan bir qatorda bugun o’qituvchilarning o’zlari ham ta’lim-tarbiya
jarayoniga yangicha ijodiy yondashishi lozim”[1], - degan bir qator fikrlarni bildirib
o’tdi. Shuningdek, yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda Oliy
majlisga qilgan murojaatnomasida ham, ta’lim-tarbiyaning uzviy bog’liqligini yanada
kuchaytirish maqsadida “Sharqona qarashlarimizda ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa
ta’limdan ajratib bo’lmaydi. Bu esa bugungi kun o’qituvchisidan katta mas’uliyatni
talab qiladi”[2], - deb ta’kidladilar. Demak, bugungi kun o’qituvchilari ta’lim-tarbiya
ishlarida faol qatnashar ekanlar, ular o’z faoliyatlarini zamon bilan hamohang tarzda
tashkil etishlari talab etiladi. Shuningdek, umumta’lim muassasalarida faoliyat
ko’rsatayotgan
boshlang’ich
sinf
o’qituvchilari
umumiy
va
maxsus
kompetentsiyalarga ega bo’lishi hamda o’z faoliyatida ijodkorlik qobiliyatlarini
namoyon eta olishi lozim. Asosiy qism. Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol
topishi, rivojlanishi o’z mohiyatiga ko’ra jarayon tarzda namoyon bo’ladi. Kasbiy
yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish
g’oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning
yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo’lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning
shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o’zgarishining o’zaro mos
kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogenizi – tug’ilishidan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
289
boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat
mazmuniga bog’liq. Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko’nikma va malakalarning
integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, boshlang’ich sinf o’qituvchilari tomonidan
kasbiy kompetentsiyalar va ijodiy faoliyat ko’nikmalarining o’zlashtirilishi nafaqat
amaliy ko’nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni
samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni, shu bilan birga kasbiy
ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo’lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va
kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarning yetarli darajada o’zlashtirilishi talab etiladi
ADABIYOTLAR TAHLILI
Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kreativ salohiyatni rivojlantirish
jarayonining umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik”,
“kreativ yondashuv” tushunchalarining ma’nosini tushunib olish talab etiladi. Ken
Robinsonning fikriga ko’ra, “kreativlik – o’z qiymatiga ega original g’oyalar
majmui”[6, 74 b.] sanaladi. Gardner esa o’z tadqiqotlarida mazkur tushunchani
quyidagicha izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy
harakat bo’lib, u o’zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga
ega bo’lishi lozim”[7, 110 b.]. Emebaylning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa,
kreativlik “muayyan soha bo’yicha o’zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori
darajada noodatiy ko’nikmalarga ham ega bo’lish” demakdir [5]. Kreativlik
(lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) – shaxsning yangi
g’oyalarni ishlab chiqishga tayyorligini tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida
iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi. Shaxsning
kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat
turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan
xususiyatlarini, zehni o’tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning
muhim omili sifatida aks etadi. Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, “kreativlik
muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o’zgartirish; qaror
natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda
bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni
ifodalaydi”[3, 86 b.].
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
290
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O’qituvchilarning kreativlik sifatlariga ega bo’lishi ularning shaxsiy
qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil
etishga yo’naltiradi. Shuningdek, o’quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga
an’anaviy yondashishdan farqli yangi g’oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik,
o’ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi.
Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy
yondashish, yangi, ilg’or, o’quvchilarning o’quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini
rivojlantirishga xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilg’or
pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek, hamkasblar bilan
pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo’lishga
e’tibor qaratadi.
Ayni o’rinda shuni alohida qayd etib o’tish joizki, har bir shaxs tabiatan
kreativlik qobiliyatiga ega. Xo’sh, shaxs o’zida kreativlik qobiliyati mavjudligini
qanday namoyon eta olishlari mumkin? Bu o’rinda Patti Drapeau shunday maslahat
beradi: “Agarda o’zingizni kreativ emasman deb hisoblasangiz, hozirdanoq kreativ
tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlarni tashkil eta boshlashingizni
maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor bo’lganingiz yoki bo’lmaganingizda
emas, balki ijodkorlik faoliyatni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi
g’oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir” [3, 4 b.]. Patti Drapeau nuqtai nazariga
ko’ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash
sanaladi. Har tomonlama fikrlash o’qituvchilardan o’quv topshirig’i, masalasi va
vazifalarini bajarishda ko’plab g’oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli
ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to’g’ri g’oyaga asoslanishni ifodalaydi.
Mushohada yuritishda muammo yuzasidan bir va ko’p tomonlama fikrlashdan birini
inkor etib bo’lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni
shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani
yechishda shaxs yechimning bir necha variantini izlaydi (ko’p tomonlama fikrlash),
keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to’g’ri yechimda to’xtaladi.
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
291
faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning
muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham
aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o’tkirlikni belgilab beradi, “o’quvchilar
e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”. Shu bilan bir qatorda
kreativlik masalasini ilmiy tushunishda turli fikrlarning mavjudligi, yaxlit xulosaga
kelinmaganligi tadqiqot mavzusi dolzarbligining yana bir ko’rinishi hisoblanadi.
Vaholanki, bu muammo bugungi kunga qadar ko’plab g’arb mamlakatlarida turlicha
tahlil etilgan va o’rganilgan. Masalan, N.N. Nechayev, Y.A. Ponomarev, D.V.
Ushakov singari olimlar kreativlik masalasini umumiy tarzda shaxsning individual
psixologik xususiyati sifatida o’rgangan bo’lsalar, Agababyan A. R., Arutyunyan N.
D., Aleynikov A.G., Andreyev V.I., Vishnyakova, N.F., Drapeau Pattilar
kreativlikning ma`naviy, psixologik jihatlarini tahlil etgan [3,4,5,6,7]. XXI asrga
kelib O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasida ham ushbu termin ishlatila
boshladi. Ayniqsa, pedagogika fanining alohida va yosh tarmog’i sifatida shakllanib
boshlagan “Innovatsion pedagogika”da ushbu terminga bod-bod duch kelmoqdamiz.
R.A.Mavlonova o’zining “Boshlang’ich ta’limda pedagogika, innovatsiya,
integratsiya” nomli o’quv qo’llanmasida kreativlikning o’zi nima,uning shakllanishi
masalalariga alohida to’xtalib o’tgan. Qo’llanmada kreativlik tushunchasining
mazmuni va mohiyati chuqur tahlil etilgan. Ammo kreativlik masalasining ilmiy-
nazariy, ilmiy-pedagogik jihatlari hamda kasbiy va shaxsiy kompetentsiyalarni
o’zlashtirish jarayonida maxsus ilmiy tadqiqot ob’yekti sifatida tadqiq etilmagan.
Bugungi kundagi zamonaviy uzluksiz ta’lim tizimi kreativ yondoshuvni talab etadi.
Kreativ yondashuv bevosita innovatsiyalar bilan bog’liq jarayondir. Negaki
o’qituvchining ijodiy faoliyat yuritishi uchun, u albatta o’zining sohasidagi eng
so’nggi yangiliklardan, shu bilan bir qatorda butun jamiyatdagi voqea va hodisalardan
xabardor bo’lishi, innovatsion yangiliklarni o’z faoliyatida o’rinli foydalana olishi
lozim. Demak, o’qituvchi har qanday vaziyat, har qanday jarayon va har qanday
paytda eng samarali yo’lni izlab topishi va uni amaliyotga joriy qilish orqali
mashg’ulot jarayonini samarali tashkil etishi, o’quvchilar ongiga tez, tushunarli,
qulay, oson va samarali tarzda yetkazib berishi ham kreativlikning bir ko’rinishi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
292
deyish mumkin. Yuqoridagi pedagog olimlar, ayniqsa olima R.A.Mavlonova
tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bilan tanishar ekanmiz, ularning barchasini
umumlashtirgan holda quyidagi fikrlarni e’tirof etish mumkin:
1. Kreativlik shaxsni innovatorlikka (yangilik yaratish) undovchi pedagogik
kategoriya hisoblanadi.
2. Kreativ salohiyat o’qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatlarining
integratsiyasidir. Chunki, o’qituvchi tabiatan qiziquvchan, intiluvchan bo’lmas ekan,
u hech qachon ijodkorlikni namoyon eta olmaydi.
3. Kreativlik o’qituvchilarda o’z-o’zidan paydo bo’ladigan sifat emas, u
o’qituvchining yangiliklarga intilishi, yangiliklarni o’zlashtirish va o’zining
pedagogik faoliyatida qo’llay olish jarayonlarida duch keladigan qiyinchiliklarni
yenga olishi, innovatsion yangiliklarni o’z faoliyatida faol, ijodkorona foydalana olish
va o’z mualliflik g’oyalariga egaligi, optimal yechimlarni topa olishi bilan bog’liqdir.
Mualliflik yondashuvi asosida kreativ salohiyat tushunchasining mazmunini
quyidagicha izohlash mumkin: Kreativ salohiyat – bu shaxsni rivojlantiruvchi
kategoriya sifatida inson ma’naviyatining ajralmas qismi bo’lib, shaxsni o’z-o’zini
rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bo’lgan bilimlarning ko’p
qirrali ekanligida emas, balki yangi g’oyalarga intilishida va o’rnatilgan stereotiplarni
yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o’zgartirishda, hayotiy muammolarni
yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo’ladi.
Kreativlik salohiyati bilish jarayoniga yo’naltirilgan ijodkorlik bilan
chambarchas aloqador. O’qituvchilar tomonidan kasbiy kompetentsiyalarni
o’zlashtirish jarayonida ijodkorlik salohiyati an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli
ravishda quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- Tafakkurning tezkorligi;
- Yangi g’oyalarni yaratish qobiliyati;
- Tashabbuskorlik;
- Noaniqlikka toqat qilish;
- Zakovatli bo’lish;
- Muammolarni hal etishga nisbatan noodatiy yondashuv.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
293
Maqolaning ilmiy mohiyati. Tahlillar shuni ko’rsatdiki, o’z-o’zini
rivojlantirish va kasbiy muvaffaqiyatga erishish shaxsdagi ijodkorlik qobiliyatining
qay darajada rivojlanganligi bilan uzviy aloqadordir. Boshlang’ich sinf
o’qituvchilarida kreativ salohiyatni rivojlantirishga doir faoliyatli yondashuv omili
mazkur jarayonda quyidagi ish metodlaridan foydalanish samarali ekanligini
ko’rsatdi. (1-rasmga qarang) Shuning bilan birga, o’qituvchilarning kreativ
salohiyatini rivojlantirish jarayoni ularda quyidagi muhim kasbiy pedagogik
sifatlarning namoyon bo’lishiga shart sharoit yaratib beradi (2-rasmga qarang).
Zaruriy sifatlar
- Ijodiy yo’nalganlik
- Mantiqiy fikr yuritish
-Topqirlik
- Ish bilarmonlik
- Boy tasavvurga egalik
- Ijodiy ta’sirchanlik va tashkilotchilik
- O’z ijodkorligini to’liq namoyon qilish
-Refleksiv qobiliyat
- Hissiy barqarorlik
- Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi
2-rasm. Kreativ salohiyatni rivojlantirish bilan bog’liq kasbiy pedagogik
xususiyatlar Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kreativlik salohiyatini rivojlantirish
jarayoni quyidagi tarkibiy komponentlarni o’z ichiga oladi (3-rasmga qarang). 3-
rasm. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kreativlik salohiyatini rivojlantirishning
tarkibiy asoslari Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kreativ salohiyatini
rivojlantirish kasbiypedagogik faoliyatda zarur bo’ladigan quyidagi omillarga e’tibor
qaratishni taqozo etadi e’tibor qaratishni taqozo etadi:
yangi-yangi g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish;
ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish;
o’qituvchi va hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish.
Har bir mutaxassisning o’qituvchi sifatida o’zini o’zi rivojlantirishi va o’zini o’zi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
294
namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog’liq.
O’qituvchining kreativlik salohiyati uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U
ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o’z-
o’zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa,
kreativ salohiyat negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va
ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo’ladi. Kreativ salohiyat bilish jarayoniga
yo’naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog’liq .
XULOSA VA AMALIY TAKLIFLAR :
Bugungi o’qituvchi o’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda avvalo
rejalashtirilgan bir qolipdagi mashg’ulot turlaridan voz kechib, o’quvchilarda
mustaqil, tanqidiy, mantiqiy, ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni
ijodiy fikrlash, ya’ni yangi g’oyalarni o’ylab topishga majbur qilish, ta’lim olishga
bo’lgan munosabatni o’zgartirish, ularni yutuqlarga erishishiga rag’batlantirishda
asosiy omil bo’lishi kerak. O’quv mashg’ulotlariga yetishmayotgan omil - kreativlik
sanaladi. Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ijodkor va kreativ
bo’lishi yoki bo’lmasligi emas, balki ularning kasbiy faoliyatini ijodkorlik, kreativlik
ruhida tashkil etishi, yangi g’oyalarni ta’lim jarayonida sinab ko’rishi maqsadga
muvofiq. Boshlang’ich sinf o’qiuvchilarining kreativ salohiyatini rivojlantirish
quyidagi to’rt yo’nalish bo’yicha harakat qilishni talab qiladi:
1) O’qituvchilarning ijodiy fikrlash ko’nikmalarini namoyish etishi va erkin
faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
2) O’quvchilar tomonidan o’quv fanlarini qiziqish bilan o’zlashtirishiga
rag’batlantiruvchi strategiyani joriy etish;
3) Innovatsion yondashuv va pedagogik masala (muammolarning yechimi)ni
topishda ijodiy yondashuvning ustivorligini ta’minlash;
4) Belgilangan ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarni to’laqonli bajarish orqali
kutiladigan natijaga erishish. Xullas, har bir o’qituvchining o’zini-o’zi rivojlantirishi
va o’zini-o’zi namoyish eta olishi, kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirib borishi
bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog’liq. O’qituvchi kreativligining
shakllanishi «ehtiyojlar, yo’nalishlar va “Men” kontsepsiya”laridan kelib chiqadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–3_ Январь –2025
295
O’qituvchining kreativlik faoliyati pedagogik faoliyatning barcha turlarida namoyon
bo’lishi davr talabidir. O’qituvchining kreativlik faoliyati bu avvalo, pedagogik
mahorat bilan bog’liq degan umumiy xulosani shakllantiradi.
REFERENCES:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimi
o’qituvchilari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda so’zlagan nutqi. 2019.08.23.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24
yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi matni.
3. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative
thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 260
4. Агабабян А. Р., Арутюнян Н. Д. К вопросу взаимосвязи креативности с
личностными характеристиками // Ананьевские чтения, 2007: Материалы
научно-практической конференции. СПб., 2007. С. 598–599.
5. Алейников А.Г. О креативной педагогике / А.Г. Алейников // Вестник
высшей школы. - 2009. - №12. - С. 29-34.
6. Андреев В.И. Педагогика творческого саморазвития. Инновационный курс.
– Казань: Изд–во КГУ, 1996. – 566 с. 7. Вишнякова, Н.Ф. Креативная
акмеология. Психология высшего образования / Н.Ф. Вишнякова. - Мн.:
Народная асвета, 2007. - 300 с.