MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
226
BOSHLANG`ICH TA`LIMDA EKOLOGIK BILIMLARNI
O`RGATISHDA KREATIV MALAKA VA KO`NIKMADAN
FOYDALANISH
Chirchiq davlat pedagogika Universiteti
Boshlang’ich ta`lim fakulteti 4-bosqich talabalari
Eshmanova Bahor Alisher qizi
Jumayeva Ruhshonabonu Zafar qizi
Muxtorova Elinora Habibullo qizi
Abdug`afforova Mahbuba Sherzod qizi
Ilmiy rahbar : Raximova Nuquljon Yusupovna
Annotatsiya: Boshlang`ich ta`limda ekologik bilimlar bolalarga atrof-
muhitni tushunishga yordam beradi hamda tabiiy resurslarni saqlashga oid
mas`uliyatni rivojlantiradi.
Kalit so`zlar: Boshlang`ich ta`lim, tabiat, jamiyat, inson, tabiiy fan,
ekologiya, madaniyat, tafakkur, kreativ, tushunchalar, ekologik madaniyat, estetik
hissiyot, malaka, kompenentlik, o`quvchi, ko`rgazmalilik, mashg`ulot, atrof-muhit,
“Ekonur”, yondoshuv
Annotation: In primary education, environmental knowledge helps children
to understand the environment and develops responsibility for the conservation of
natural resources.
Keywords: Primary education, nature, society, human, natural science,
ecology, culture, thinking, creative, concepts, ecological culture, aesthetic feeling,
skills, competence, student, demonstration, training, environment, "Ekonur",
approach.
Аннотация: Экологические знания в начальном образовании помогают
детям понять окружающую среду и развивают ответственность за
сохранение природных ресурсов.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
227
Ключевые слова: Начальное образование, природа, общество, человек,
естествознание, экология, культура, мышление, творчество, понятия,
экологическая
культура,
эстетическое
чувство,
компетентность,
компетентность, ученик, эксгибиционизм, обучающая нация, среда, «Эконур»,
подход.
Bugungi kunda tabiatni muhofaza qilish global muammolardan biri bo`lib
bormoqda. Dunyoda ham insonlarga ekologik barqaror hayot sharoitini yaratish har
bir davlatning siyosatini ustuvor yo`nalishiga aylandi. Jumladan yurtimizda ham
tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan ko`pgina amaliy ishlar yo`lga qo`yilmoqda.
Buning yaqqol misoli 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyat yili” deb
nomlanishi ham bejiz emas aslida. Tabiatni asrashni uni muhofaza qilishni
boshlang`ich ta’lim o`quvchilaridan kichikligidan boshlab o`rgatishimiz lozim.
Boshlangʼich taʼlimda ekologik bilimlarni oshirish, bolalarning atrof-
muhit bilan aloqasini kuchaytiradi va ularni tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga
o'rgatadi. Ushbu jarayon, ekologik ongni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Birinchidan, o'quv dasturlarini ekologik jihatlarni inobatga olib takomillashtirish
zarur. Yana shuni ta'kidlash kerakki, faol ta'lim metodlari, masalan, loyiha asosidagi
o'qitish yoki o‘yinlar orqali bolalar o'z tajribalarini oshirishlari mumkin. Shunday
qilib, o'quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llash imkoniyati oshadi.
Shuningdek, o'quvchilarga atrof-muhitni himoya qilishning muhimligi xususida
ma'lumot berish, ularni ekotizimning ahamiyati bilan tanishtirish kerak. Maktablarda
ekologik klublar yoki chiqindilarni ajratib yig‘ish kabi tadbirlarni o'tkazish,
bolalarning faolligini oshiradi. Bolalar o'zlarining harakatlari va qarorlarining
sahobatlarini tushunish orqali, ularni kelajakda barqaror rivojlanishga olib boradi.
Shuningdek, jamiyatning ekologik masalalariga qiziqishini oshiradi. Natijada,
boshlangʼich taʼlimda ekologik bilimlarni oshirish, yosh avlodni tabiatni sevishga va
ularni muhofaza qilishga o'rgatadi. Bu esa kelajakda barqaror jamiyat va sog'lom
ekosistema yaratishga zamin tayyorlaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
228
Boshlang`ich ta`lim o`quvchilariga tabiatni muhofaza qilishni o`rgatishda
kreativ yondashgan holda darslarda ko`rgazmalilikdan foydalanishi hamda ART
texnologiyalar orqali bolalarda tabiatga bo`lgan mehrini uyg`otishdan boshlanadi.
O`zbekistonning turli-timan hududlarida( viloyat,shahar, qishloqlarida)
hasharlar, marafonlar, “toza yo`lak” aksiyalari, “yashil makon” loyihalari butun
yurtimiz yosh qarisini e`tiborsiz qoldirmaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida
ekologiyaga
oid
tushunchalarni
shakllantirishda
kreativ
yondashuvni
takomillashtirishning shakl, metod va vositalarini ishlab chiqishda quyidagi ish
turlarini bajarishni talab etadi:
1.
ekologik ta’lim-tarbiyaga oid tushunchalarning o‘ziga xos xususiyatlari
mavjud ekanligi;
2.
darslarni tashkil qilishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan
foydalanish;
3.
fanlararo integratsiya ekologik ta’lim-tarbiya asosi ekanligi;
4.
muammoli vaziyat yaratish;
5.
test sinovlarini o‘tkazish;
6.
ekologik ta’lim-tarbiya mazmunida mashq bajarish va masalalar yechish,
test, diktant, insho va bayon yozish;
7.
ekologik tarbiya mazmunida qiziqarli o‘yinlar: krossvord, rebus va ijodiy
topshiriqlarni bajarish;
8.
darslik bilan ishlash.
Tabiat xilma-xil va go‘zal, tabiat va inson bir butun. Tabiat jonli va jonsiz
tabiatga ajraladi. Jonli tabiat bu-o‘simliklar, hayvonlar, odamlar. Jonsiz tabiatga esa
tuproq, suv, havo, foydali qazilma va hokazolar kiradi. Shuningdek, tabiatda barcha
narsa, ya’ni jonli va jonsiz tabiat o‘zaro bog‘langan bir butundir.
Tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatning buzilishi ekologik
muammolarni yuzaga keltirdi. Ya’ni inson tabiatga ziyon yetkazsa, uni muhofaza
qilmasa, tabiatda ekologik zanjirlar buzilib ketadi. O‘simliklar bilan hayvonlarning
birgalikda yashaydigan guruhlari ekologik zanjirni hosil qiladi. Tabiatda bunday
ekologik zanjirlar hamma joyda bor. Agar ekologik zanjir buzilsa, tabiat ekologik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
229
halokat qurshovida qoladi. Inson ona-tabiatning bir bo‘lagi bo‘lib, jonli va jonsiz
tabiatni muhofaza qilishi va ekologik muammolar oldini olishi shart. Ekologik
muammolar yechimini birgalikda izlashni unutmaslik kerak. Xulq-atvorning ekologik
madaniyati bu bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar estetik tarbiya asosida
shakllantirilib, o‘quvchilarda tirik mavjudotlarga hamdard bo‘lishni o‘rgatish, tirik
mavjudotga zarar yetkazmaslik, o‘simlik va hayvonlarni nobud qilmaslik, tabiat
yaratgan narsani yo‘q qilishga haqqimiz yo‘qligini anglatish shart.
Xulosa:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni
shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish mazmunidagi materiallarni
tanlash tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarda ziyraklik, mustaqillik,
ijtimoiy foydali va unumli mehnatni sevish kabi sifatlarni shakllantiradi. Bundan
tashqari, o‘z o‘lkasi ekologiyasiga nisbatan hurmat hissi shakllanishida muhim
ahamiyat kasb etadi. Buning uchun eng avvalo qo‘shimcha ekologik ta’lim tizimini
rivojlanishidagi yetakchi bosqichlarni tahlil qilish va modellashtirishning umumiy
yondashuvlarini ko‘rib chiqishni talab etadi. Ekologik bilimlar orqali bolalar, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish va ularni himoya qilishni o'rganadilar. O'rganish
jarayonida faol metodlarning qo'llanilishi, bolalarning fikrlarni erkin ifoda etishlari
va amaliy tajribalar orttirishlariga imkon yaratadi. Ekologik tadbirlar, loyihalar va
o‘yinlar orqali bolalar o'zlarining tabiiy muhitlarini saqlash va rivojlantirishda
ishtirok etishlarini o'rganadilar. Shu tariqa, boshlangʼich taʼlimda ekologik bilimlarni
oshirish, nafaqat bolalarning ekologik ongini shakllantiradi, balki ularning kelajakka
qarab faol va mas'uliyatli fuqarolar bo'lib yetishishlariga ham xizmat qiladi. Bu esa
jamiyat va ekosistema barqarorligini ta'minlashga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Камышникова Ю.С.Глобализм и современные экологические проблемы.
Автореф. канд. филос. наук.-Санкт-Петербург, -2006 .
2.
Малозёмова И.И. Развитие направлений экологического образования в
современном ВУЗЕ.// Международная научно-практическая конференция
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
230
«Биологическое и экологическое образование в школе и ВУЗЕ. Теория,
методика, практика». 2017. -С. 127-131.
3.
Степанов С. А. Экологическое образование для устойчивого развития как
важное направление модернизaции высшей школы России. //Автореф.дисс.
докт. пед. наук. -М., 2011. -57 с.
4.
Ягодин Г.А. Некоторые аспекты экологического образования в школе.
Развитие непрерывного экологического образования. // Материалы 1-й Москов.
науч-практ. конф. по ЭО. М. МНЭПУ. 1995.-С. 26-29.
5.
Norbo‘tayev X.B. Maktab o‘quvchilarida ekologik tafakkurni tabiiy
fanlararo sinxron va asinxron aloqadorlikda rivojlantirish metodikasi (biologiya,
kimyo, fizika o‘quv fanlari misolida). Monografiya. -Toshkent: “Yangi nashr”, 2019.
-114 b.
6.
Saydamatov F.R. Maktab geografiya ta’limida ekologik o‘lkashunoslik
vositasida o‘quvchilarning ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish metodikasi:
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss... avtoref.- Chirchiq, 2021. -
45 b.