MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
231
PEDAGOGLARDA KREATIVLIK SIFATLARINI
RIVOJLANTIRISH YO'LLARI
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Boshlang’ich ta’lim nazariyasi
va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi
Raximova Nuquljon Yusupovna
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 4-bosqich talabalari
Xayrullayeva Marjona Lutfulla qizi
Niyozova Gulhayo Murodali qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagoglarning kreativligini oshirishiga va
o'zlarining kasbiy mahoratini oshishiga ham xizmat qiladi. Hamda pedagoglarda
kreativlik sifatlarini rivojlantirishning turli yo'llari, metodlari va strategiyalari ko'rib
chiqiladi.
Kalit so‘zlar: Kreativlik, pedagogik kreativlik, muammolarni hal qilish,
hamkorlik, o'z-o'zini rivojlantirish.
KIRISH
Jamiyatimizda maktab oldiga qo'yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va
bu talablarga to'g'ri yondashgan holda ularni amalda bajarish o'qituvchining vazifasidir.
Pedagogik faoliyat inson mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
Kreativlik tushunchasi(lot., ing. "create"- yaratish, "creative"yaratuvchi,
ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilinganda ijod ma'nosini anglatadi.
Pedagogning kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi.
U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o'z-
o'zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ
potensial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy
quvvati yaxlit holda namoyon bo'ladi. Kreativ potensial bilish jarayoniga yo'naltirilgan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
232
ijodkorlik bilan chambarchas bog'liq. Pedagogning kreativ potensiali an'anaviy
tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo'ladi:
- yangi g'oyalarni yaratish qobiliyati
- bir qolipda fikrlamaslik
- o'ziga xoslik
- tashabbuskorlik
- zakovatli bo'lish
Muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish: Pedagoglarni
murakkab vaziyatlarda nostandart yechimlar topishga o'rgatish.
Kreativ fikrlashda ta'limning asosiy vazifasi o'quvchida jamiyatda
muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak bo'ladigan
ko'nikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega bo'lishi
kerak bo'lgan muhim ko'nikma bo'lib, bu ko'nikma ularga doimiy tarzda va
shiddat bilan o'zgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari yangilanayotgan
davrga xos ko'nikmalarga ega kadrlarni talab etayotgan makonga moslashishga
ko'maklashadi. Umuman olganda, bugungi o'quvchi kelajakda hozir hatto
mavjud bo'lmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi ko'nikmasini
shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global
muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi. Maktabda
kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati faqatgina mehnat bozori bilan
cheklanmaydi. Maktab yoshlar uchun o'z qobiliyat va ko'nikmalarini, shu
jumladan ijodiy iste'dodlarini kashf etishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek,
kreativ fikrlash o'quvchilarning ta'lim olishini hodisalar, tajribalar va xatti-
harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin etish orqali qo'llab
quvvatlaydi.
O'quvchining qiziquvchanligi ta'lim jarayonida qo'l keladi, ijodiy
fikrlash shu tariqa o'zaro kelishuvchanlik vositasiga aylanadi, hattoki avvaldan
belgilangan ta'lim maqsadlari kontekstida ham bu samara beradi. Maktabda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
233
o'quvchining motivatsiyasi va qiziqishini oshirish uchun, barcha o'quvchilarning ijodiy
salohiyati va shijoatini hisobga oluvchi ta'limning yangi shakllari yo'lga qo'yilishi zarur.
Bu ayniqsa ta'lim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan o'quvchilarga yordam
berishi mumkin va ular o'z fikrini ayta olishiga, salohiyatini ochishiga xizmat qiladi.
Boshqa ko'nikmalar kabi, kreativ fikrlash ham amaliy va yo'naltirilgan
yondashuv orqali rivojlantirilishi mumkin. Ba'zi o'qituvchilarga o'quvchining kreativ
fikrlashini rivojlantirish o'quv dasturidagi boshqa fanlar evaziga bo'layotgandek
ko'rinadi. Aslida, o'quvchilar barcha fanlarda kreativ fikrlashi mumkin. Kreativ fikrlash
bilim berishga qaratilgan dars mobaynida ko'r-ko'rona yodlash o'rniga tadqiqot va
ixtironi qo'llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali rivojlantirilishi bilan alohida
ahamiyatga ega.
O'qituvchilar kreativ fikrlashni ajrata olishlari, bunday fikrlashga mos
shart-sharoitlarni bilishlari va o'zlari ham o'quvchilarga fikrlashda ko'proq ijodiy
yondashishga yordam bera olishni bilishlari kerak. Kreativ fikrlash qay tariqa vujudga
kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, o'z navbatida, o'qituvchilarga ta'lim jarayonida
o'quvchilarda ijodiy g'oyalar bo'lishi uchun muayyan vaqt talab etiladi. Kreativ
fikrlash ko'nikmalarini baholash isbotga tayangan dalillar asosida shakllantirilib,
o'quvchilar kompyuter platformasida qilayotgan, o'qiyotgan va yaratayotgan
narsalarni ko'p jihatli malakalar bilan bog'laydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Жуммагул
Номозовна
Абдурахманова,
Саодат
Абдурашидовна
Тоштемирова.(2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини
шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and
Education.1(7). 436-442
2. Гаффоров. Я.Х. Мактаб ислохоти ва укитиш методларини такомиллаштириш.
Science and education. Sgientific Journal. 2020, 482
Muslimov N.A. "Bo'lajak kasb ta'lim o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish"
/Monografiya. - T.: Fan, 2004.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
234
3. Muslimov N.A. "Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompotentligini shakllantirish
texnologiyasi" /Monografiya. -T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2013.
4. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative
thinking and problem soving). - Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014.
5. Tolipov O'.Q., Usmonboyeva M. "Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot". -T.:
"Fan", 2005.