Mediada syujet va uning unsurlari

Поделиться
Розикулова, Р. (2023). Mediada syujet va uning unsurlari. СМИ. Язык и культура. Перевод., 1(1), 276–279. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/media-language-culture/article/view/28921
Райхона Розикулова
Студент факультета международной журналистики группы 2201
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Syujetning klassik shakli, asosan dramatik, epik va liro-epik asarlarda uchraydi. Syujet (fransuzcha syujet) - tasvirlanayotgan yoki bayon etilayotgan narsa degan ma’noni anglatadi. Qahramonlarning o’zaro murakkab munosabatlari asar syujetini tashkil qiladi. Qahramonning o’zaro munosabatlari esa voqeada namoyon bo’ladi. Shu ma’noda voqea-hodisalar sistemasi asar syujetining asosini tashkil etadi. Shunday asarlar ham bo’ladiki, ularda voqealar tartibi ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Odatda, sarguzasht xarakteridagi asarlar syujetida xuddi shu holat seziladi. Masalan, X.To’xtaboyevning «Sariq devni minib...» romanida syujetning shu turi mavjud. Shunday asar bo’ladiki, ularning syujetda xarakterlar ham shaklan, ham mazmunan birinchi o’rinda turadi. Bunday asarlarda voqealar tizmasi u qadar tashkil qiluvchilik kuchiga ega bo’lmaydi. Asarda voqea-hodisalar xarakterlar mantiqi asosida tartiblashtiriladi. Voqealar tartibi esa tez tez o’zgarib, yangilanib turadi. Ba’zan bir bobdagi voqea keyingi bobda davom etmaydi. Voqeadan mantiqan voqea kelib chiqmaydi. Odatda, avtobiografik asarlar shunday xarakterga ega bo’ladi. Masalan, Oybekning «Bolalik» N.Safarovning «Navro’z» va hakozo.


background image

276

MEDIADA SYUJET VA UNING UNSURLARI

Rayxona RO’ZIQULOVA

Xalqaro jurnalistka fakulteti 2201-guruh talabasi

Syujetning klassik shakli, asosan dramatik, epik va liro-epik asarlarda uchraydi.

Syujet (fransuzcha syujet) - tasvirlanayotgan yoki bayon etilayotgan narsa degan

ma’noni anglatadi. Qahramonlarning o’zaro murakkab munosabatlari asar syujetini

tashkil qiladi. Qahramonning o’zaro munosabatlari esa voqeada namoyon bo’ladi.

Shu ma’noda voqea-hodisalar sistemasi asar syujetining asosini tashkil etadi.

Shunday asarlar ham bo’ladiki, ularda voqealar tartibi ko’zga yaqqol tashlanib turadi.

Odatda, sarguzasht xarakteridagi asarlar syujetida xuddi shu holat seziladi. Masalan,

X.To’xtaboyevning «Sariq devni minib...» romanida syujetning shu turi mavjud.

Shunday asar bo’ladiki, ularning syujetda xarakterlar ham shaklan, ham mazmunan

birinchi o’rinda turadi. Bunday asarlarda voqealar tizmasi u qadar tashkil qiluvchilik

kuchiga ega bo’lmaydi. Asarda voqea-hodisalar xarakterlar mantiqi asosida

tartiblashtiriladi. Voqealar tartibi esa tez-tez o’zgarib, yangilanib turadi. Ba’zan bir

bobdagi voqea keyingi bobda davom etmaydi. Voqeadan mantiqan voqea kelib

chiqmaydi. Odatda, avtobiografik asarlar shunday xarakterga ega bo’ladi. Masalan,

Oybekning «Bolalik» N.Safarovning «Navro’z» va hakozo.

Shunday asarlar ham bo’ladiki, ularda xarakterning yoki voqealar mantiqining

ustunligini sezish qiyin. Bunday asarlarda xarakter mantiqi va voqealar mantiqi

qat’iy ravishda tenglashtiriladi. Masalan, Oybekning «Navoiy» romani. Bir xil

asarlarda dastlab xarakterlar mantiqi syujetni boshqarsa, kengroq voqealar mantiqi

ham syujetga kuchli ta’sir eta boradi. Masalan, A.Qahhorning «Qo’shchinor

chiroqlari» romanning syujeti dastlab xarakter (Sidiqjon) mantiqi asosida rivojlangan

bo’lsa, keyinroq voqealar mantiqi ham kuchayadi. Adabiy ijod tajribasida yana

shunday asarlar ham uchraydiki, ularning markazida bitta yoki ikkita qahramon

obrazlari turmaydi, balki butun xalq turadi. Yozuvchining diqqat markazi ommaning

umumlashtirishga obrazini yaratishga qaratilgan bo’ladi.

Badiiy g‘oya syujet vositasida bayon qilinadi. Yirik nasriy asarlarda syujet ko‘p

qirrali, bir nechta tarmoqli bo‘lishi mumkin. Bu holatni “Boburnoma” syujetiga

tegishli deya bemalol ayta olamiz. Hikoyada esa bitta voqea, bitta xarakter tarixi


background image

277

bo‘lgani uchun nisbatan sodda syujet bo‘ladi. Syujetda voqea va xarakter (obraz)

munosabati muhim sanaladi. Voqelar bilan xarakterlar birligi muhim. Xarakter

qirralarini ochmaydigan ortiqcha voqealar asarni ortiqcha semirtiradi. Voqealar

tasviri xarakterlarga bo‘ysundirilishi lozim. Syujetda hayot tasviri va xarakter

mantig‘i masalasi juda muhim. Hayot mantig‘i esa badiiy asarda asosan ikki holatda

- voqea va xarakterlarda ro‘y beradi.

Ba'zi asarlarda voqealar mantig‘i yetakchilik qiladi. Sarguzasht syujetli

asarlarda shunday. Ba'zan voqea va xarakter mantig‘i barobar bo‘ladi. Ba'zan

xarakter mantig‘i ustunlik qiladi. Odatda avtobiografik janrdagi asarlar syujet

jihatdan ana shunday bo‘ladi. Har qanday voqea badiiy syujet bo‘lavermaydi.

Balki muayyan badiiy konsepsiyaga asoslangan voqealar va xarakterlar birligi

syujetni tashkil qiladi. Ayrim asarlarda xarakterlar mantig‘i syujetni boshqarsa, bir

xil asarlarda voqealar mantig‘i syujetni tashkil qiladi, xarakterning tarixida voqelik

muhim ahamiyat kasb etadi. Syujetning quyidagi shakli mavjud: Xronikali syujet,

retrospektiv (orqaga qaytuvchi) syujet, konsentrik syujet, assotsiativ syujet.

Asarda har bir personaj o‘z xarakteri va vazifasiga ega bo‘ladi. Ularning

barchasi asosiy narsaga, ya'ni voqealar rivojiga birlashtiriladi va shu bilan asar

syujetini ochishga xizmat qiladi. Syujet bilan kompozitsiya ajralmasdir. Syujet

bo‘shlig’i kompozitsiyaning

bo‘shlig’ini keltirib

chiqaradi. Aniq

shakllantirilmagan bo‘sh kompozitsiya esa syujetni halok qiladi. Biroq yaxshi

ishlangan kompozitsiyaning o‘zi ham muvaffaqiyat keltirmaydi. Kompozitsiyaning

qimmati g‘oyaning qimmati bilan belgilanadi. Yaxshi kompozitsiyada ifodalangan

g‘oya syujetni ham yaxshilaydi. Demak, syujet asar mazmunini ochish shaklidir.

Asar kompozitsiyasini yaratish juda mushkuldir. U nihoyatda diqqattalab va

nozik ishdir. Chunki kompozitsiyaning yaxlit bo‘lishi asarda hayotning bir

parchasini yorqin gavdalantirishning asosiy shartidir. Demak, kompozitsiya -

asarning tanasi. Tanadagi har bir a'zoning esa o‘z o‘rni, vazifasi bor. Asar

kompozitsiyasida ham har bir unsur: syujet (ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji,

kulminatsiya va yechim) va undan tashqaridagi qismlar (lirik, falsafiy, publitsistik

chekinishlar, qo‘shimcha epizodlar), peyzaj, portret, ruhiy tahlillar, muallif tavsifi

kabilar me'yor va tartib bilan joylashishi lozimdir. Agar ular o‘z o‘rnida bo‘lsa asar

ta'sirchan, barkamol bo‘ladi. Jumladan, Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”,


background image

278

“Kecha va kunduz” kabi asarlari, avvalo, kompozitsiyasining puxtaligi bilan

e'tiborlidir.

Badiiy asarlar kompozitsiyasi tahlil qilingan ayrim tadqiqotlarda “fabula”

termini ham uchraydi. Fabula lotincha fabula so‘z bo‘lib, masal, hikoya qilish

demakdir. Yozuvchi badiiy syujet orqali muayyan davrning sotsial konfliktlarini

ifodalaydi, ularga munosabatini bildiradi, qahramonlar xarakterini ochadi, estetik

idealini olg’a suradi. Konflikt odamlar orasidagi muomala-munosabatdagina emas,

kishining o‘z ichida ham bo‘ladi. Boshqalardan, o‘zidan norozi bo‘lish inson

tabiatida qanoatlanmaslik hissi mavjudligidan kelib chiqadi.

Badiiy asarning syujeti o’zaro ichki bir yaxlitlikni vujudga keltiradigan qator

unsurlardan iborat bo’ladi. Bular - ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya,

echim kabilardir. Shuningdek, ayrim asarlarda prolog (mukaddima) va epilog

(xotima) kabi qo’shimcha unsurlar ham bo’ladi. Umuman, syujet unsurlarining turli

adabiy turlarda kelishi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, lirik asarlarda ham,

albatta, syujet bo’ladi. Busiz, mumkin emas. Lekin hamma gap shundaki, ularda

yuqorida sanalgan unsurlarning barchasi baravar kelavermaydi.

Syujet unsurlari, asosan, epik va dramatik asarlarda, shuningdek, liro-epik

asarlarda ham ko’pincha tugal holatda keladi. Syujet tarkibida keladigan har bir

unsurlarning yozuvchidan mo’ljallangan badiiy maqsadni yuzaga chiqarishda o’ziga

xos vazifasi bo’ladi. Shuning uchun ham ularning har birini alohida - alohida ko’rib

chiqish maqsadga muvofiqdir.

Ekspozitsiya

(lotincha - bayon qilish, tushuntirish degani). U voqealar

boshlanishidan oldin keladigan tasvir - muqaddimadir.

Tugun.

Bu asardagi voqealar rivojiga asos, turtki bo’lib xizmat qiladigan

qarama-qarshiliklarning pinhona boshlanishi nuqtasidir.

Voqealar rivoji.

Badiiy asar syujetidagi voqealarning muayyan nuqta, ya’ni

tugundan so’nggi taraqqiyoti voqealar rivoji deyiladi.

Kulminatsiya nuqtasi

. voqealar rivojining, qahramonlar o’rtasidagi

munosabatlarning eng yuqori cho’qqisi kulminatsiya nuqtasi deyiladi.

Yechim

. Asarda tasvirlangan voqealarning va qahramonlar taqdirining xal

bo’lishini ifoda edib berilishi yechim deb ataladi.

Prolog va epilog

. Asardagi voqealarga mukaddima sifatida beriladigan


background image

279

tasvir prolog deyiladi. Qahramonlarning syujet voqealari tugagandan keyingi

hayotiga dahldor ma’lumot va tafsilotlar epilog deyiladi.

Syujet va kompozitsiya barcha adabiy janrlarda bir xil tarzda namoyon

bo‘lmaydi. Ular nasriy (hikoya, qissa, roman) asarlarda boshqa bir shaklda,

lirik (g‘azal, ruboiy, tuyuq va boshqalar) asarlarda alohida tarzda, drama (komediya,

tragediya, drama) asarlarida o‘ziga xos ko‘rinishda akslanadi.

Umuman, syujet va kompozitsiya badiiy asarning asosidir. Badiiy asarning

qiyofasi, salmog‘i, o‘ziga xosligi, badiiy olami ana shu ikki muhim unsur maydonida

namoyon bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. - T.: O‘zbekiston, 2000.

2.

Ulug‘ov A.Adabiyotshunoslik nazariyasi. - T.: Universitet, 2005

3.

Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi. - T.: Xalq merosi, 2004.

4.

Sultonov I. Adabiyot nazariyasi. - T.: O’qituvchi, 2005.

5.

Хализев В.Е. Теория литературы. Учебник. - М.: Высшая школа, 1999.

6.

Тешабоева, Д. М. "Оммавий ахборот воситалари тилининг нутқ

маданияти аспектида тадқиқи (Ўзбекистон Республикаси ОАВ мисолида).
Филол. ф. д-ри... дисс." Тошкент: УзДЖТУ (2012): 15-36.

7.

Бакиева, Г. Х., and Д. М. Тешабаева. "Оммавий ахборот воситалари

тили." Журналистлар учун ўқув қўлланма (2019).

8.

Teshaboeva, D. M. "Ommavij ahborot vositalari tilining nutk madanijati

aspektida tadkiki (ЎzR OAV misolida): Filol. fan. dok.. dis. avtoref." (2012).

9.

Тешабаева, Дилфуза Муминовна. "ҲАРБИЙЛАШГАН ТАЪЛИМ

КУРСАНТЛАРИГА

ХОРИЖИЙ

ТИЛЛАРНИ

ЎҚИТИШДА

КОММУНИКАТИВ КОМПЕТЕНЦИЯНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА АКТНИНГ
ЎРНИ." Journal of Universal Science Research 1.4 (2023): 235-242.

Библиографические ссылки

Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. - T.: O‘zbekiston, 2000.

Ulug‘ov A.Adabiyotshunoslik nazariyasi. - T.: Universitet, 2005

Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi. - T.: Xalq merosi, 2004.

Sultonov I. Adabiyot nazariyasi. - T.: O’qituvchi, 2005.

Хализев В.Е. Теория литературы. Учебник. - М.: Высшая школа, 1999.

Тешабоева, Д. М. "Оммавий ахборот воситалари тилининг нутқ маданияти аспектида тадқиқи (Ўзбекистон Республикаси ОАВ мисолида). Филол. ф. д-ри... дисс." Тошкент: УзДЖТУ (2012): 15-36.

Бакиева, Г. Х., and Д. М. Тешабаева. "Оммавий ахборот воситалари тили." Журналистлар учун ўқув қўлланма (2019).

Teshaboeva, D. M. "Ommavij ahborot vositalari tilining nutk madanijati aspektida tadkiki (ЎzR OAV misolida): Filol. fan. dok.. dis. avtoref." (2012).

Тешабаева, Дилфуза Муминовна. "ҲАРБИЙЛАШГАН ТАЪЛИМ КУРСАНТЛАРИГА ХОРИЖИЙ ТИЛЛАРНИ ЎҚИТИШДА КОММУНИКАТИВ КОМПЕТЕНЦИЯНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА АКТНИНГ ЎРНИ." Journal of Universal Science Research 1.4 (2023): 235-242.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов