Badiiy tarjimaning o’ziga xos xususiyatlari
Qadim zamonlardan insoniyato’z ustida ishlashga, dunyoqarashini kengaytirishga, turmush tarzini yaxshilashga va bilim salohiyatini rivojlantirishga harakat qilib kelgan. Bu omillar uni doimo harakatda bo’lishga undagan. Va o’z navbatida, inson qimmatli bilim-ko’nikmalarini, mashaqqatli hayotini, ichki kechinmalarini, olam haqidagi tasavvurini kelgusi avlod anglashi va hayoti davomida undan foydalanishi uchun qo’lyozmalar, qoyatosh va devoriy suratlar orqali meros qilib qoldirgan. Anglaganingizdek, biz bu bebaho merosni kitoblar orqali o’qib o’rganamiz. Ammo bir muammo mavjud. Har kim bu merosni o’zicha o’qib o’rganolmaydi. Sababi, odamzod Yer kurrasining turli burchaklarida istiqomat qiladi. Ularni umumiy “INSON” degan nom birlashtirib tursada, turli hududlarda yashovchi, turli insonlarni turli tafovutlari ham bor. Ushbu tafovutlardan eng asosiysi TILdir. Biz o’zbekmiz, turkiyzabonmiz va O’zbekistonda yashaymiz. Ammo ko’hna Yunonistonda yashab grek tilida ijod qilgan Aristotel haqida qayerdan bildik? O’sha kitoblar orqali, aniqrog’i, mehnatkash va jonkuyar TARJIMONning mashaqqatli mehnati orqali. O’sha tarjimonlar bo’lmaganida edi, biz Suqrotning donishmandligi-yu, Konfutsiyning hikmatli so’zlaridan bahramand bo’la olmasdik. Chunki biz tilni bilmaymiz. Tarjimon esa o’sha buyuk olim va mutafakkirlarning kitoblarini bizga tushunarli bo’lishi uchun o’zga tildan bizning ona tilimizga moslashtirib, aniq va sodda qilib berdi.