Jurnalistikada yolg'onning o'rni

Поделиться
Кудратова, М. (2023). Jurnalistikada yolg’onning o’rni. СМИ. Язык и культура. Перевод., 1(1), 326–328. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/media-language-culture/article/view/28937
Муштарий Кудратова
Студентка группы АХ-2102 факультета международной журналистики
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi globallashuv jarayonida dunyo miqyosida turli millatlar va xalqlar madaniyatining jadal sur'atlarda o'zaro yaqinlashuvi jarayoni sodir bo'lmoqda.Axborot esa bu yerda muhim madaniy muloqot vositasi vazifasini bajarmoqda. Natijada, bir mintaqadagi ijobiy va salbiy hodisa dunyoning boshqa bir mintaqasiga shiddatli ravishda tarqalib,o'z ta'sirini o'tkazishga harakat qilib kelmoqda. Axborot sohasidagi globallashuv va jahonda yetakchilik uchun kurash maydonining markaziga aylandi.


background image

326

JURNALISTIKADA YOLG'ONNING O'RNI

Mushtariy QUDRATOVA

Xalqaro jurnalistika fakulteti AX-2102-guruhi talabasi

Bugungi globallashuv jarayonida dunyo miqyosida turli millatlar va xalqlar

madaniyatining

jadal

sur'atlarda

o'zaro

yaqinlashuvi

jarayoni

sodir

bo'lmoqda.Axborot esa bu yerda muhim madaniy muloqot vositasi vazifasini

bajarmoqda. Natijada, bir mintaqadagi ijobiy va salbiy hodisa dunyoning boshqa bir

mintaqasiga shiddatli ravishda tarqalib,o'z ta'sirini o'tkazishga harakat qilib

kelmoqda. Axborot sohasidagi globallashuv va jahonda yetakchilik uchun kurash

maydonining markaziga aylandi. Binobarin, jurnalist esa aynan axborot olamida

ommaga kerakli xabarlarni saralash va uzatish bilan shug'ullanadi.Jurnalist-bu o'z

o'rnini doimo hayotning qaynoq jabhalarida deb biladigan, har qanday vaziyatda ham

xalq va jamiyat manfaatlarini himoya qilish yo'lida kasb mahorati va fuqarolik

pozitsiyasini namoyon etadigan qat'iyatli insondir. Jurnalistika-jamiyat hayotida

muhim rol o'ynaydigan ta'bir joiz bo'lsa, axborotlar bilan ta'sir ko'rsatadigan,

boshqaradigan, nazorat qiladigan vositadir. Shu sababli sohasi jurnalistika bo'lgan

jurnalistlar o'z vazifasini a'lo darajada bajarish uchun kezi kelganda yolg'ondan,

manipulyativ usullardan samarali foydalanadilar. Yolg'on - bu ma'lum bo'lgan yoki

bo'lmagan ma'lumotni (axborotni)o'zi anglagan tarzda noto'g'ri tushuntirish va

tushunishdir.O'z o'rnida psixologlar yolg'onni 3 turga ajratishadi:

1.

Muhim bo'lgan yolg'on - ma'lum bir jarayonga ijobiy ta'sir etuvchi yoki biror

faoliyatni talab doirasida bo'lishiga zamin yaratuvchi bo'ladigan holatlarda

ishlatiladigan va kerakli shaxs yoki guruh uchun muhim ahamiyatga ega noto'g'ri

ma'lumotdir.

2.

Zaruriy yolg'on - ko'proq shifokorlar, bog'cha tarbiyachilari, savdo xodimlari

foydalanadigan va o'ta zarur bo'lgan, aylangan noto'g'ri ma'lumotlardir.

3.

Mayda yolg'on - kundalik o'rganib qolgan yoki hazil o'rnida qo'llaniladigan,

ko'p holatlarda asl mazmunini o'zi ham aglamay qolgan noto'g'ri ma'lumotdir.

Yuqoridagi 3 turdagi yolg'onni ishlatish o'rniga qarab, 2 ga: foydali va

foydasizga ajratish mumkin.Inson yolg'on ishlatish jarayonida o'z dunyoqarashi,

xarakteridan kelib chiqqan holda foydali yoki foydasiz shaklini tanlaydi. Yolg'on

xabarlardan ko'p holatlarda siyosiy raqiblarni diskreditsiya qilish uchun


background image

327

foydalaniladi. Yolg'on xabarlar iste'molchining ruhiy holatiga ta'sir qilib, ularning

ko'pligi aksariyat holatda o'quvchiga haqiqatni yolg'ondan ajratishni qiyinlashtiradi

va yolg'on jamoatchilik fikrining shakllanishiga xizmat qiladi. Odamlarni chalg'itish,

noto'g'ri yo'lga boshlash, moliyaviy yoki siyosiy foyda ko'rish maqsadlarida ma'lum

bir axborotning soxtalashtirilishi yoki ijtimoiy tarmoqlar va an'anaviy OAV orqali

yolg'on xabarlarning tarqatilishi "fake news" deyiladi. Fake (yolg'on) xabarlar

ommani jalb qilish, jamiyatda tartibsizlikni keltirib chiqarish, parokanda qilish uchun

tarqatiladi. Odamlar haqiqatdan ko'ra yolg'on xabarlarga ishonishga ko'proq moyil

bo'lishadi. Odamlarning e'tiborini jozibador sarlavhalar, hissiyotli mazmunlar

qiziqtirishi, axborot manbasi esa, eng oxirgi o'rinda turishi aniqlangan. Shu sababli,

haqiqatga nisbatan yolg'on ma'lumotlar tez tarqaladi. Yolg'on xabarlarning ijodkorlari

insonlar ishona oladigan darajada yolg'on xabarlar tarqatishadiki, omma bunga tez

ishonishadi. Xabarlarni qayta tekshirish, tanqidiy fikr bildirish yoki bo'lmasa, manba

asosini topishga ham harakat qilmaydi. Bu esa, o'z o'rnida yolg'on

informatsiyalarning ko'payishiga va tarqalishiga asos bo'ladi. Odatda yolg'on

tarqatganlarning maqsadi mamlakat ichki tartibini izdan chiqarish yoki internet

kanalining reytingini oshirish bo'ladi. Shunday ekan, bunday axborotlashuv davrida

har bir shaxsning hushyor va sinchkov bo'lishi talab etiladi. Qaysidir ma'noda

O'zbekistonda bunday "fake news" larning ko'plab yoyilishiga va aholining orasida

tez-tez sarosimalarning paydo bo'lishiga hukumatning ham aybi bor. Yolg'on xabarlar

orasida inson sha'ni, qadr-qimmatiga dog' tushiruvchilarini ham ko'rishimiz mumkin.

Bosh qomusimiz va fuqarolik kodeksida ham insonning ijtimoiy hayotiga salbiy ta'sir

etuvchi holatlarga tegishli choralar ko'rilishi qayd etilgan. Shu sababli qonundagi

moddalarning amaliyotda to'la-to'kis ijro etilmasligi sabab ular tufayli muayyan

jamiyat a'zolari sarosimaga tushib qolmoqda yoki jamiyatning bo'g'ini bo'lmish bir

qancha oilalarning darz ketishiga sabab bo'lmoqda. Xorij mamlakatlarida bunday

masalalarga alohida e'tibor berilib, kerakli chora-tadbirlar ko'riladi. Hattoki, bizda

oddiy holga aylanib qolgan plagiat yo'nalishi ham Yevropa mamlakatlarida qattiq

qoralanib, jarimalar solinishi va qamoq jazosiga hukm qilinishi ko'p kuzatiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish lozimki, yolg'on xabarlarning muallifini va

o'zgalarning ijodiy mulkini plagiat qilish orqali ma'lum bir pog'onalarda turganlarni

o'z qilmishiga yarasha sud hukmiga topshirish kerak. Bu bilan O'zbekistonda


background image

328

umuman qonun ishlamaydi demoqchi emasman. Ko'p holatlarda aybdorlar jarima

bilan qutulib ketmoqda, sud kamdan kam qamoq jazosini qo'llaydi. Binobarin,

bugungi qonunlar bazasidan kelib chiqsak, javobgarlikka yolg'on axborot tarqalishiga

aloqadorlarning barchasini hattoki, layk (like) bosganlarni ham tortish kerak. Shunda

nafaqat "fake" mulalliflari, balki oddiy aholi ham har qanday chiqqan xabarni

tekshirish va uning ustida mulohaza yuritishga harakat qiladi.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1. Бакиева, Г. Х., and Д. М. Тешабаева. "Оммавий ахборот воситалари
тили." Журналистлар учун ўқув қўлланма (2019).
2. Бакиева, Г. Х., and Д. М. Тешабаева. "Медиамаконда матн." Тошкент: Турон-
Икбол (2019).
3. Teshaboeva, D. M. "Ommavij ahborot vositalari tilining nutk madanijati aspektida

tadkiki (ЎzR OAV misolida): Filol. fan. dok.. dis. avtoref." (2012).

Библиографические ссылки

Бакиева, Г. Х., and Д. М. Тешабаева. "Оммавий ахборот воситалари тили." Журналистлар учун ўқув қўлланма (2019).

Бакиева, Г. Х., and Д. М. Тешабаева. "Медиамаконда матн." Тошкент: Турон-Икбол (2019).

Teshaboeva, D. M. "Ommavij ahborot vositalari tilining nutk madanijati aspektida tadkiki (ЎzR OAV misolida): Filol. fan. dok.. dis. avtoref." (2012).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов