Nemis tilida yoyiq aniqlovchining tuzilishi

CC BY f
32-33
26
22
Поделиться
Азизкулова, Ш., & Нишонова, В. (2022). Nemis tilida yoyiq aniqlovchining tuzilishi. Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков, (1), 32–33. https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp32-33
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Gapda bayon etilgan fikrni to‘laroq ifodalash zaruriyati bosh bo‘laklar yoki bosh bo‘lak ma’nosini to‘latish, izohlash, aniqlashtirishni talab qiladi. Bu bilan gap tarkibida bosh bo‘laklardan tashqari, ularga ergashtiruvchi bo‘laklarni qo‘llash zaruriyati tug‘ildi. Bunday bo‘laklar bosh bo‘laksiz yolg‘iz qo‘llanmaydi.


background image

32

NEMIS TILIDA YOYIQ ANIQLOVCHINING TUZILISHI

Sh.U. Azizqulova (SamDCHTI),

V.Nishonova (SamDCHTI magistranti)

Gapda bayon etilgan fikrni to‘laroq ifodalash zaruriyati bosh bo‘laklar yoki bosh

bo‘lak ma’nosini to‘latish, izohlash, aniqlashtirishni talab qiladi. Bu bilan gap tarkibida
bosh bo‘laklardan tashqari, ularga ergashtiruvchi bo‘laklarni qo‘llash zaruriyati tug‘ildi.
Bunday bo‘laklar bosh bo‘laksiz yolg‘iz qo‘llanmaydi.

Gapdagi bunday izohlovchi va aniqlashtiruvchi bo‘laklar to‘g‘ridan to‘g‘ri

bog‘lanmay bir-birini izohlashlari, bir-biriga bog‘lanishi mumkin, ular bir-birining
ma’nosini bevosita izohlab, to‘ldirib, aniqlab, shular orqali gapdagi bosh bo‘lak ma’nosini
to‘latishga ko‘maklashadi.

Bevosita bosh bo‘lakka o‘rin bilan bir-biriga bog‘langan, o‘zlari bog‘liq bo‘lgan

bo‘lakni izohlovchi, aniqlashtiruvchi, to‘ldiruvchi sintaktik kategoriyalar ikkinchi darajali
bo‘laklar deb yuritiladi. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklardan biri aniqlovchidir.

Aniqlovchining nemischa “Attribut”tushunchasi uning hamma ma’nolarini

tushuntirish, aniqlash, tartiblash bilan xulosalanadi.

Aniqlovchi tushunchasi nemis tili grammatikasida juda ko‘p tadbiq etiladi. Nimaiki

biz aniqlovchi deb atasak, har xil shakllariga, ko‘plab uchraydigan to‘ldiruvchilar va hollar
bilan bir xil shaklga ega bo‘lishiga qaramasdan o‘zining sintaktik belgisi bor.

Aniqlovchi fikrning mazmuni uchun katta ahamiyat kasb etsa ham gap tuzilishida

qatnashmaydi. Shuning uchun u gap bo‘lagi deb yuritiladi, bu aniqlovchi ot bilan
ifodalangan har bir gap bo‘lagining qismi bo‘lib kelishi mumkinligini bildiradi.

Nemis tilidaaniqlovchi sifatdosh yoki sifat kabi o‘z ma’nosini aniqlaydigan va

to‘ldiradigan so‘zlarga ega bo‘lishi mumkin. Mana shu so‘zlar ma’lum bir sintaktik guruhni
tashkil etadi va yoyiq aniqlovchi deb yuritiladi. (Das erweiterte Attribut)Partisiplar o‘zlari
tobe so‘zlar (to‘ldiruvchi va hollar) bilan birgalikda aniqlovchi birikmasini tashkil etadi.
Artikl bilan ot o‘rtasida qo‘llanib. aniqlovchi birikmasini hosil qilgan tobe so‘zlar artikl va
ot bilan birga maxsus ramkani tashkil etadi. Bu ramka yoyiq aniqlovchi deyiladi.

Partisip bevosita otdan oldin, qolgan tobe so‘zlar esa artikl bilan partisip orasida

turadi.

Der bauende Ingenieur.
Der diese Brücke bauende Ingenieur.
Die gebaude Brücke.
Die im vorigen Jahr unter der leitung des Ingenieurs K. gebaute Brücke.
Der bei der Pressekonferenz anwesende iranische Chefunterhändler für

Atomprogramm, Ali Larijani, nannte diese Aufforderung irrational. (Standard. 14. April.
2010. S. 16).

Sich olmoshi odatda tobe so‘zlardan oldin, yoki bevosita artikldan keyin qo‘yiladi.
Die sich im Sanatorium erholende Mädchen ist aus unserer Gruppe.
Tobe so‘zlar qo‘shila borgan sari, yoyiq aniqlovchi ham kengayib boraveradi. Artikl

esa o‘z otidan shuncha uzoqlashaveradi.

Der sich jedem Tag früh am Morgen nach dem Gymnastik mit kaltem Wasser

waschende Junge Ende 1933 entstanden die ersten Aufnahmen in den neu adaptierenden
Rosenhügel Ateliers, einem riesigen Gelände am Stadtrand. (Standard. 14. April. 2010. S.2).

Yoyiq aniqlovchi badiiy adabiyotga nisbatan ilmiy asarlarda ko‘proq qo‘llanadi.
Aniqlinlish vosita kelishiklarida predlog bilan ham kelishi munkin. Bunda predlog

aniqlanlishining artiklidan oldin keladi.


background image

33

Artikl o‘rnida ko‘rsatish, egalik, gumon va bo‘lishsizlik olmashlari, shuningdek

sanoq sonlar kelishi munkin

Ba’zan aniqlanlish artiklsiz yoki artikl o‘rnida qo‘llanuvchi so‘zlarsiz ham kelishi

munkin.

Gapda yoyiq aniqlovchi bilan birga qaratqichli aniqlovchi kelgan bo‘lsa, qaratqichli

aniqlovchi yoyiq aniqlovchidan oldin keladi.

Lisas lang bewimperte Lider flatterten (L.Frank).
Yoyiq aniqlovchi sostavidagi boshqaruvchi sifat yoki sifatdagi aniqlanlishi ot oldidan

qo‘llangan.

Mit großem Interesse betrachteten wir das vom berühmten russischen Baumeister

Karlo Rossi am Anfang des XIX Jahrhunderts errichtete Gebaude.

Biz katta qiziqish bilan XIX asr boshida mashhur rus arxitektori Karlo Rossi

tomonidan qurilgan binoni ko‘rib chiqqan edik. Yoyiq aniqlovchining o‘zak so‘zi sifat yoki
sifatdagi hisoblanadi. Yuqoridagi misolda sifatdagi II- errichtete va u izohlovchi so‘zlar
bilan ya’ni hol yoki to‘ldirovchilar bilan ajratiladi.

Biz yuqorida keltirgan misolda to‘ldiruvchi guro‘hi „Vom berühmten russischen

Baumeister Karlo Rossi“ va hol guruhi „am Anfang des XIX Jahrhunderts“.

Nemis tilidagi yoyiq aniqlovchi o‘z to‘zilishi bilan rus tilidagi sintaktik oborotdan

keskin farq qilinadi va uning aniqlanishi va tarjimasida ham murakkabliklar mavjud. Rus
tilida aniqlayotgan so‘zlar sifat yoki sifatdoshdan so‘ng, nemis tilida esa oldinda qo‘yiladi.

Rus tilida qo‘yidagicha aytilad

i.“Igrayuщiy na beregu morya malchik uvidel

priblijayuщuyusya lodku. (Dengiz qir

g‘og‘ida o‘ynayetgan bola yaqinlashib kelayetgan

qayiqni qurdi).

Nemis tilida
Der am Strande spielende Knabe erblickte ein herannahendes Boot.
Nemis tilida yoyiq aniqlovchilar vergul bilan ajratilmaydi. Yeyiq aniqlovchi va

aniqlayetgan otning joylashish tartibini qo‘yidagi sxema ko‘rinishida ko‘rish munkin.

Bu tuzilmaning ahamiyati shundaki, ma’noli munosabatdagi ancha muhim va

sintaktik jihatdan bir-biri bilan ancha tor bog‘langan elementlardan iborat.

Keng yoyilgan aniqlovchining ko‘rsatilgan tuzilmaga ko‘ra va uning ifodalanayotgan

otga munosabati joyiga ko‘ra, ko‘pgina hollarda ikki xizmatchi so‘zlarning to‘qnashuvi
kuzatiladi, ulardan birinchisi aniqlanuvchi otga, ikkinchisi keng yoyiluvchi so‘zlarga
taaluqli.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Arsenjewa M.G. u.a. “Garmmatik der deutschen Sprache”. Moskau 1963.

2.

AdmoniW.“Der deutsche Sprachbau” Leningrad 1960.

3.

AdmoniW. Der deutsche Sprachbau. Leningrad, 1973.

4.

Begmatov M. B. Features of the organization of an integrated introductory

phonetic course of german as a second foreign language in a non-linguistic higher
educational institutions //Theoretical & Applied Science. – 2020. –

№. 7.

С

. 265-268.

5.

Hennig Brinkmann. Die deutsche Sprache. Gestalt und Leistung. Düsseldorf,

1962; 1971

6.

Duden. Grammatik Band 4, Berlin, 2003.

7.

HelbigG., BuschaI. Deutsche Grammatik. Berlin, 1973

8.

Johannes Erben. Abriß der deutschen Grammatik. 8. Aufl. Berlin, 1965.

Библиографические ссылки

Arsenjewa M.G. u.a. “Garmmatik der deutschen Sprache”. Moskau 1963.

AdmoniW.“Dcr deutsche Sprachbau” Leningrad 1960.

AdmoniW. Dcr deutsche Sprachbau. Leningrad, 1973.

Bcgmatov M. B. Features of the organization of an integrated introductory phonetic course of german as a second foreign language in a non-linguistic higher educational institutions //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 7. - C. 265-268.

Hennig Brinkmann. Die deutsche Sprache. Gestalt und Leistung. Dusseldorf, 1962; 1971

Duden. Grammatik Band 4, Berlin, 2003.

HelbigG., BuschaL Deutsche Grammatik. Berlin, 1973

Johannes Erben. AbriB der deutschen Grammatik. 8. Aufl. Berlin, 1965.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов