Frazeologiyaning tilshunoslikda o‘rganilishi

CC BY f
119-121
281
154
Поделиться
Кучиев, М. (2022). Frazeologiyaning tilshunoslikda o‘rganilishi. Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков, (1), 119–121. https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp119-121
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Frazeologiya tilshunoslikning alohida bir bo‘limi bo‘lib, unda ko‘chma ma’noga asoslangan turg‘un birikmalar, iboralar o‘rganiladi. “Frazeologiya”. termini grekcha “pharsis” fraza, ifoda “logos” ta’limot degan ma’nolarni anglatib, uning tadqiqot doirasiga faqat ko‘chma ma’noga asoslangan turg‘un birikmalar kiritiladi [Kunin 2005:7].


background image

119

FRAZEOLOGIYANING TILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI

M.A.Kuchiyev (SamDCHTI)

Frazeologiya tilshunoslikning alohida bir bo‘limi bo‘lib, unda ko‘chma ma’noga

asoslangan turg‘un birikmalar, iboralar o‘rganiladi. “Frazeologiya”. termini grekcha
“pharsis” fraza, ifoda “logos” ta’limot degan ma’nolarni anglatib, uning tadqiqot doirasiga
faqat ko‘chma ma’noga asoslangan turg‘un birikmalar kiritiladi [Kunin 2005:7].

Frazeologik birliklar barcha tillarning lingvistik imkoniyatlarini ko‘rsatib beruvchi

vositalardan biridir. Frazeolgiya har bir tilning muhim qatlami hisoblanib, uning o‘ziga xos
hususiyatlarini yaqqol ko‘zga tashlanishida muhim rol o‘ynaydi. Frazeologizmlarning tilda
qanchalik ko‘p bo‘lishi til imkoniyatlarining shunchalik kengligini ko‘rsatadi.
Frazeologizmlar (maqol, matal va idiomalar) xalqning o‘tmishi, tarixi, an’analari, urf-odati,
va madaniyatini o‘zida yaqqol aks ettiradi. Shu bilan birga, frazeologizmlarda xalqning
yorqin milliy xususiyatlari mujassam bo‘ladi, ular chuqur va boy ma’noga ega bo‘lishi bilan
bir qatorda, nutqqa alohida ko‘rk va ta’sirchanlik bag‘ishlaydi. Frazeologiyani o‘rganish
o‘ziga xos uslubni talab etadi, shuningdek, boshqa bir qator tilshunoslik fanlari
leksikologiya, grammatika, stilistika, fonetika, tarix, mantiq va mamlakatshunoslik fanlari
ma’lumotlariga tayangan holda o‘rganishni taqozo etadi. Unig murakkabligi ham shundadir.
Frazeologiya fanini o‘rganishning o‘ziga xos ba’zi muammolari mavjud bo‘lib, bu borada
mutaxassislarning fikrlari turlichadir. Darhaqiqat, frazeologiya sohasida ilmiy izlanishlar
olib boruvchi tadqiqotchilarning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri frazeologiya
sohasidagi nazariy va amaliy fikrlarni umumlashtirib, to‘g‘ri ilmiy- tadqiqotni amalga
oshirishdan iboratdir. Tilshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar
V.Flaysher, V.V.Vinogradov, E.D.Polivanov, B.A.Larin, A.V.Kunin, L.I.Royzenzon,
A.M.Bushuy, M.E.Umarxodjayev, A.A.Yaxshiyevlar ham frazeologiya va uning masalalari
borasida alohida tahsinga loyiq ishlarni amalga oshirishgan va mazkur sohaning
taraqqiyotida ularning xizmatlari nihoyatda beqiyos bo‘lgan.

Frazeologiyaga mustaqil fan sifatida qarashni birinchi bo‘lib mashhur rus tilshunos

olimi E.D.Polivanov ilgari surdi hamda bu masalaga ko‘p marotaba qaytdi. Uning
ta’kidlashicha, yangi shakllanadigan frazeologiya sohasi leksikologiyaga nisbatan xuddi
sintaksis morfologiyaga nisbatan egallagan o‘rinda bo‘lishi lozim. “...Sintaksisga teng
keluvchi yangi sohaning shakllanishiga ehtiyoj sezilmoqda,- deb yozgan edi E.D.Polivanov,
– lekin sintaksis so‘z birikmalarining umumiy tiplarini, xususiyatlarini o‘rgansa, yangi
shakllanadigan soha leksemalarning o‘zaro munosabati asosida yuzaga keladigan
birikmalarning konkret, individual (leksik) ma’no xususiyatlari bilan shug‘ullanadi”. Yangi
shakllanadigan sohani E.D.Polivanov frazeologiya yoki idiomatika deb nomlagan edi
[Polivanov 1928:144].

Nemis tilida frazeologizmlar va badiiy tasvir vositalari ilovali elementlar sifatida

matnlar doirasida xilma-xil stilistik funksiyalarni bajarib keladi: umumiylikni
konkretlashtirish vositasi; biron-bir komponentning tushirib qoldirilishi; perifraz; takror
vositasi; antiteza; o‘xshatish, so‘z tartibi, sinonimiya va boshqalar [Jung 1996: 56].

Fan nuqtai nazaridan olib qaraganda, turg‘un so‘z birikmalari ya’ni, frazeologizmlar

mustahkam, o‘zgarmas so‘z gruppalari hisoblanadi va nutqda alohida so‘zlarning ma’nosiga
teng keladi. Turg‘un so‘z birikmalarining ikki xil shakli mavjud: qo‘shimcha ma’no
anglatadigan va qo‘shimcha ma’no anglatmaydigan. Ularning komponentlari o‘zaro
jamlanib, umumiy ma’no kasb etadi va o‘zgarmas tarzda qoladi.


background image

120

Frazeologizmlar nemis tilshunosligida o‘rganila boshlagach, frazeologik birliklarni

tasniflash, tizimlashtirish masalasi ko‘tarila boshlandi. Nemis tilshunos olimlari
frazeologizmlarni turlicha yondashuvlar asosida klassifikatsiyalashgan. Masalan,
M.D.Stepanova hamda I.I.Chernishyovalar frazeologizmlarning strukturaviy hamda
semantik jihatdan tasniflagan. Teo Shippan ham frazeologizmlarning ikki turini ajratib
ko‘rsatgan, ya’ni frazeologik butunlik va turg‘un birikmalar. Yana bir tilshunos olim U.Fiks
esa, frazeologizmlarni erkin gap bilan taqqoslaganda, fe’llar ma’nosining mos kelishi yoki
mos kelmasligiga ko‘ra ikki turini farqlaydi. Demak, tilshunos olimlar frazeologizmlarni
turli xil jihatlarini o‘rganishga urinishgan. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi frazeologiya ham
o‘zining o‘rganish obyektiga ega. Frazeologiyaning o‘rganish obyekti o‘z navbatida
shunday murakkab va o‘ziga xoski, uni o‘rganish jarayonida yuqorida sanab o‘tilgan
tilshunoslik fanlari rivojlanishiga yangi manbalar yaratadi.

Frazeologiya nemis tilshunosligida umuman olganda asosiy mavzu ekanligi

allaqachon isbotlab ko‘rsatib berilgan. Avvalambor, muhokamada tasniflash masalasi
turadi. Frazeologizmlarda so‘z yasalishidagidek struktur tiplari va yasalish elementlari
(affikslar) ning alohida sistemasi mavjud emas. Mavzu so‘z gruppalari va gaplar haqida
ketganligi tufayli so‘zlar uchun qo‘llanila oladigan tasniflash kriteriyalari frazeologizmlarda
to‘liq ko‘chirilmaydi. Bu erda qandaydir tur klassifikatsiyasi haqida gap ketayotgani yo‘q,
balki kamdan- kam uchraydigan hodisalar, ya’ni frazeologizmlarning funksiyasi va
mazmun- mohiyatidagi nuqtai- nazar, qarashlar, ularning turg‘unligi va boshqa til birliklari
bilan o‘zgaruvchanlik aloqalarini ko‘rib chiqish haqida ketmoqda.

Nemis frazeologiyasining birinchi mustaqil umumiy ifodasi avval ham aytib

o‘tilganidek, rus tilshunos olimi I.I.Chernyashevaga taalluqlidir. U “frazeologik birliklar”ni
(kamida bitta komponentning ma’nosi bilan) va frazeologik tipga xos bo‘lmagan “turg‘un
so‘z komponentlar”ini bir-biridan farqlab berdi. Frazeologizmlarga xos bo‘lmagan turg‘un
so‘z komlekslarini Chernyasheva “leksik birliklar” “frazeologiyalashgan yasalish” (jm.
einem Verhör/einer Prüfung unterziehen) va “modellashgan yasalish” (in Verlegenheit sein/
zur Kenntnis ringen/nehmen) kabilarga ajratgan. Ushbu klassifikatsiyadan I.I.Chernyasheva
u qadar qoniqmadi. U navbatdagi ishlarida frazeologiya masalalarin, predmetini aniqlash va
tasniflash bilan ochib berishga harakat qildi. Lekin keyingi ishlari tugallanmay qoldi. Uning
tugallanmay qolgan ishlari frazeologik birliklarning sinonimligi va ko‘p ma’noliligi,
umumiy qoidalar bo‘yicha frazeologik sistemaning rivojlanishi, frazeologik yangi
so‘zlarning paydo bo‘lishi kabi masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan.

Ma’lumki, frazeologizmlar ikki yoki undan ortiq leksemadan tashkil topadi. Uning

komponentlari orasida o‘zaro sintaktik va semantik aloqa mavjud bo‘ladi. frazeologik
birliklar komponentlarining semantik mustaqil bo‘lgandagi farqlari avvaldan mavjud
bo‘lganlaridan frazeologizmlarning yasalishida ham muhim rol o‘ynaydi. Shunday qilib,
leksik komponent o‘zgarmas tarkibi bir frazeologizmning belgisi ekanligini keltirib
chiqaradi. Frazeologik birliklarning tarkibiy qismlari sifatida so‘zlar leksik- semantik
paradigmadan kelib chiqadi va leksik- semantik sistemaning birligi sifatida so‘zdan farq
qiladigan struktur funksiyaga ega bo‘ladi.

Masalan, sich auf den Weg machen yoki ins Kino gehen, zur Schule gehen, va

boshqalar. Bunday so‘z birikmalari so‘zlashuv jarayonida yaratiladi. Erkin so‘z birikmasi
qo‘llanish jarayonida o‘z ma’nosini yo‘qotishi va ko‘chma ma’no hisobiga turg‘un
birikmaga aylanishi mumkin. Masalan, Jemandem das Gesicht, die Hände, den Kopf,
waschen birikmalari o‘zining asl ma’nosida erkin sintaktik so‘z birikmasi sifatida uchraydi
va kimnidir yuzini, qo‘llarini, boshini yuvmoq deb tarjima qilinadi. Lekin Jemandem den
Kopf waschen birikmasi esa, ko‘chma ma’noda ibora sifatida ishlatiladi va kimnidir


background image

121

koyimoq, tanbeh bermoq tarzida tarjima qilinadi. Yana bir misol: jemanden an die Wand
drücken” frazeologik iborasi “birovni devorga taqamoq, qismoq”dan tashqari “birovning
burnini artmoq” degan ma’nosi ham bor. Quyidagi so‘z birikmasiga Ein Faden ein Band um
den Finger wickeln ham alohida tarzda qaralganda, o‘zining asl ma’nosida, ya’ni ipni yoki
bantikni barmog‘iga o‘ramoq tarzida tarjima qilinadi. Lekin ushbu birikmalar jumlalar
tarkibida o‘z ma’nosini yo‘qotib, ko‘chma ma’no kasb etadi. Va turg‘un ibora sifatida
qo‘llanadi. Masalan, jemanden um den Finger wickeln birikmasi ko‘chma ma’noda kelgan
bo‘lib, kimnidir boshqarmoq, ba’zan esa, aldamoq ma’nosini anglatadi. Erkin so‘z
birikmasining rivojlanish jarayoni turg‘unlikda tadrijiy usulda amalga oshadi. Ba’zan uning
turg‘un birikma yoki erkin so‘z birikmasi ekanligini aniq aytish qiyin. Turg‘un so‘z
birikmalari tilda nutq jarayonida mustaqil ravishda so‘z tarkibining leksik elementi sifatida
mavjud bo‘ladi va qo‘llanilishida alohida so‘zlar ma’nosiga yaqin turadi. Ular nutq
jarayonida yaratilmaydi, balki tasvirlanadi. Masalan, Das Schwarze Meer, in Bewegung
bringen, dicke Luft va boshqalar. So‘z birikmalari ham so‘zlar kabi lug‘at boyligiga
kiritilgan va tilning boyishiga hizmat qiladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, nemis tilshunosligida frazeologiyaning alohida soha

sifatida shakllanish jarayoni davom etmoqda va ushbu sohada ko‘plab yangiliklar olib
borilmoqda. Shunga qaramasdan frazeologiyaning yechilishi lozim bo‘lgan muammoli
qismlari, ushbu sohaning naqadar chuqur o‘rganish kerakligini yaqqol ko‘rsatib bermoqda.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Кунин А.В. Курс фразеологии современного английского языка.

Дубна:

Феникс, 2005.

– 466c.

2.

Чернышева И. И. Фразеология современного немецкого языка. М.: Высшая

школа, 1

970

. 199 с

3.

Jung W. Grammatik der deutschen Sprache. VEB Bibliographisches Institut

Leipzig -1996. -518 S.

4.

Kuchiyev M.A. Hozirgi nemis tilida frazeologizmlar va badiiy tasvir vositalarning

ilovali elementlar sifatida qo‘llanilishi.Xorijiy til ta’limi lingvodidaktikasi va innovatsion
asoslari.Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 2022. B.248-249

5.

Stepanowa M.D. Černyšew

a I.I. Lexikologie der deutschen Gegenwartssprache. –

Moskau: Vysšaja Škola, 1986.

6.

Ашуров, Шахобиддин,

and

Фарида Шукурова

. "

Инглиз ва ўзбек тилларидаги

фразеологик бирликлар этимологиясига оид айрим мулоҳазалар

."

Международный

журнал искусство слова

3.2 (2020).

Библиографические ссылки

Кунин А.В. Курс фразеологии современного английского языка. - Дубна: Феникс, 2005. - 466с.

Чернышева И. И. Фразеология современного немецкого языка. М.: Высшая школа, 1970. 199 с

Jung W. Grammatik dcr deutschen Sprache. VEB Bibliographisches Institut Leipzig-1996. -518 S.

Kuchiyev M.A. Hozirgi ncmis tilida frazcologizmlar va badiiy tasvir vositalaming ilovali elementlar sifatida qo'llanilishi.Xorijiy til ta’limi lingvodidaktikasi va innovatsion asoslari.Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 2022. B.248-249

Stepanowa M.D. Cernysewa 1.1. Lexikologie der deutschen Gegenwartssprache. -Moskau: Vyssaja Skola, 1986.

Ашуров, Шахобиддин, and Фарида Шукурова. "Инглиз ва узбек тилларидаги фразеологик бирликлар этимологиясига оид айрим мулохазалар." Международный журнал искусство слова 3.2 (2020).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов