Tilning nisbat kategoriyalari haqida

CC BY f
133-134
67
132
Поделиться
Рахимов, М. (2022). Tilning nisbat kategoriyalari haqida. Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков, (1), 133–134. https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp133-134
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ma’lumki tilshunoslikning o‘ziga xos ajralmas qismi fe’lning grammatik kategoriyalarga boyligidir. Har bir grammatik kategoriya fe’lning u yoki bu jihatini o‘rganishga asoslangan bo‘lib, bu kategoriyalar orqali uzviy bog‘liqlikni namoyon qiladi. Bunday bog‘lanish formal-grammatik va mantiqiy o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, uzviy ravishda bir tizimni tashkil qiladi, mazkur ma’lum so‘z turkumi bo‘yicha muayyan fikr bildirishga imkon yaratadi. Chunonchi, nemis tilida fe’lning zamon katergoriyasi bilan; nisbat kategoriyasi o‘timlilik va o‘timsizlik kategoriyasi bilan mustahkam bog‘liqlikni taqazo etadi.


background image

133

TILNING NISBAT KATEGORIYALARI HAQIDA

M.R.Rahimov (SamDU)

Ma’lumki tilshunoslikning o‘ziga xos ajralmas qismi fe’lning grammatik

kategoriyalarga boyligidir. Har bir grammatik kategoriya fe’lning u yoki bu jihatini
o‘rganishga asoslangan bo‘lib, bu kategoriyalar orqali uzviy bog‘liqlikni namoyon qiladi.
Bunday bog‘lanish formal-grammatik va mantiqiy o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, uzviy
ravishda bir tizimni tashkil qiladi, mazkur ma’lum so‘z turkumi bo‘yicha muayyan fikr
bildirishga imkon yaratadi. Chunonchi, nemis tilida fe’lning zamon katergoriyasi bilan;
nisbat kategoriyasi o‘timlilik va o‘timsizlik kategoriyasi bilan mustahkam bog‘liqlikni
taqazo etadi.

Taniqli tilshunos S.A.Shubikning fikriga ko‘ra, «Tilshunoslikda aktiv va passiv

oppozitsiyasi faqat o‘timli fe’llarga xos degan tushuncha bor». Odatda tushum kelishigida
turgan vositasiz to‘ldiruvchini boshqaradigan fe’llar o‘timli (tranzitiv) fe’llar deyiladi.
O‘timli fe’llarga mazkur kelishikni talab qilmaydigan o‘timsiz(intranzitiv) fe’llar qarshi
turadi. O‘timsiz fe’llar o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: birinchi turga jo‘nalish yoki qaratqich
kelishigidagi ko‘makchili yoki ko‘makchisiz vositali to‘ldiruvchilarni boshqaradigan fe’llar
kiradi. Barcha vositasiz yoki vositali to‘ldiruvchilarni boshqaradigan fe’llar ikki tomonli
fe’llar deyiladi. S.A.Shubikning ta’kidiga ko‘ra bunday xususiyatga ega bo‘lmagan fe’llar
bir tomonli fe’llar deyiladi [

Шубик

1989: 6-7].

V.G.Admonining talqiniga ko‘ra, «Ikki tomonli o‘timsiz fe’llar o‘timli va bir tomonli

o‘timsiz fe’llar o‘rtasida oraliq hodisa bo‘lib, ularni birinchisi bilan to‘ldiruvchining
mavjudligi, keyingisi bilan esa nisbatning yo‘qligi yaqinlashtiradi». Bunday fe’llar bilan
bog‘liq ob’ektlar o‘z xarakteriga ko‘ra bir biridan farq qiladi. Ulardan birini anglatgan va
tushum kelishigida turgan predmet bevosita ish harakat ta’sirida bo‘ladi. Ikkinchi ob’ektni
ifodalagan va jo‘nalish kelishigida turgan predmetga esa ish harakat uning manfaati yo‘lida
qaratilib, bevosita ish harakat ta’sirida bo‘lmaydi. Masalan: Er gab ihm einen Brief
[

Адмони

1973: 101].

Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, til taraqqiyotining dastlabki davrlarida fe’llar

o‘timli va o‘timsiz fe’llarga bo‘linmagan. Vaziyat taqazosidan kelib chiqib fe’llar goh
o‘timli, goh o‘timsiz ma’nolarda qo‘llanilib, bir so‘z bilan aytganda neytral fe’llar deb
nomlangan. Vaqt o‘tishi bilan fe’llarning dastlabki neytralligidan ma’no xususiyatlariga
ko‘ra o‘timli holat yuzaga keldi, fe’llar aniq ravishda o‘timli yoki o‘timsiz fe’llarga ajraldi
va ob’ekt munosabatlarini aniq ifoda eta oladigan muhim tizimga aylandi. Biroq ko‘pgina
fe’llarning ikki xil qo‘llanishi keyingi davrlarda ham saqlanib qoldi. Hattoki, hozirgi kunda
mavjud bo‘lgan va hatto faol tillardan bo‘lgan hind-yevropa tillarida ham bir qator
fe’llarning o‘timli, o‘timsiz tarzda ikki xil qo‘llanishini kuzatish mumkin, masalan: nemis
tilidagi heißen fe’li “atamoq, nomlamoq(

называт

)” va “atalmoq(

называтся

)” kabi

ma’nolarni bildiradi. Bu holatdan shuni anglash mumkinki, fe’lning o‘timli ma’noni olishi
uchun tushum kelishigini boshqara olishi bilan bog‘lanib, bu kelishik o‘zining dastlabki
ma’nolaridan sof ob’ekt ma’nolarining rivoj topishi bilan farqlanadi. Shu o‘rinda hind-
yevropa tillarida fe’llar semantikasining rivojlanishiga to‘xtalib o‘tsak. Taniqli tilshunos
A.N.Savchenko, “Aynan bir fe’lda ham harakat, ham holatni ifodalash imkoniyati asta sekin
yo‘qola bordi va asta sekin fe’llar o‘zlarining leksik ma’nolari bo‘yicha harakat fe’llariga va
holat fe’llariga, harakat fe’llarida esa asta sekin o‘timlilik va o‘timsizlik farqlana boshladi”-
degan fikrni ilgari suradi [

Криницкайте

1978: 25-26].


background image

134

Bizningcha faqat ish harakatni bildirgan fe’llargina majhul nisbat yasay oladi. Ba’zan

esa ushbu fikr unchalik yetarli emasdek tuyuladi. Chunki holat yoki jarayonni bildirgan
ko‘pgina fe’llar majhullik shakliga ega. Bunday fe’llar sirasiga benötigen, brauchen,
empfinden, hören, bewundern, lieben, bewohnen, vergessen, verlieren, verschlafen kabilar
kiradi. Bu holatlarni e’tiborga olib, passivlashish tushunchasini quyidagicha talqin qilish
mumkin: sub’ekt-ob’ekt munosabatlarini ifodalaydigan fe’llar majhul nisbat yasay oladi.
Bunda sub’ekt ega vazifasini bajaradi. Bu qarashni mashhur tilshunos S.A.Shubikning
tadqiqotlarida ham ko‘rish mumkin. Majhul nisbat hosil qilolmaydigan fe’llar juda
ozchilikni tashkil etadi. Bunday fe’llar nofaol munosabatlarni ifodalaydi. Bularga haben,
besitzen, enthalten, bedeuten, darstellen, übersteigen fe’llari kirib, ular ba’zida ob’ekt-
sub’ekt munosabatlarini ifodalab, majhul shakl hosil qila oladi. Ammo umgeben, bedecken,
begrenzen, erfüllen kabi fe’llar ba’zi hollardagina majhul shaklga yo‘l qo‘yadi. Shu bilan
birga kosten, wiegen, dauern, bekommen, kriegen, erhalten, empfangen, erfahren, kennen,
wissen, behalten kabi fe’llar ba’zi holatlarda psixologiya va pedagogika fanlarida fe’l bilan
yasalgan passiv konstruksiyalar shaklida uchraydi.

O‘zbek tilshunoslari Sh.Rahmatullaev va S.Mahmatqulovlarning talqinicha “O‘timsiz

fe’lga qo‘shiladigan –l affiksi majhul nisbat shaklini emas, balki shaxssizlik shaklini hosil

qiladi: (U uyga) bordi. →(uyga) borildi, (Ikki kilometr) yurdi. →(Ikki kilometr) yurildi

kabi. Shaxssizlik ma’nosi majhullik ma’nosidan keskin farq qiladi. Aslida –l affiksi majhul
nisbat yasovchi bo‘lib, bu affiksdan shaxssizlik ma’nosini ifodalashda ham foydalaniladi.
Ma’nodagi keskin farqni hisobga olib, o‘zbek tili nuqtai nazaridan –l omomorfemalari
haqida gapirish to‘g‘ri bo‘ladi. Shaxssiz fe’l ko‘rinishida uchinchi shaxs shaklida bo‘ladi-
yu, lekin uchinchi shaxs ma’nosini ifodalamaydi”, ya’ni bu yerda umuman shaxs ma’nosi
ifodalanmagan bo‘ladi. “Majhul nisbatdagi fe’l ko‘pincha uchinchi shaxs shaklida ishlatiladi
va uchinchi shaxs ma’nosida ifodalanadi” [

Раҳматуллаев, Маҳматқулов

2006:36].

Bundan ko‘rinadiki, mazkur holatda shaxssiz majhul nisbat majhul nisbatlar sirasiga

kirmasdan ularning doirasidan tashqarida qolib ketgan va bu holat tadqiqotchilar tomonidan
to‘liq haligacha yoritilmagan. Shu bilan birga tilshunoslarning fikricha tildagi barcha
fe’llarga nisbat paradigmasi umumiy hodisa emas. Shu bois aniq nisbat va majhul nisbat
zidlanishi faqat o‘timli va o‘timlilashgan fe’llardagina mavjud.

Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, majhul nisbat barcha o‘timli fe’llardan

ham, orttirma shakli yasalishi oqibatida o‘timlilashgan fe’llardan ham yasaladi. Shunga
ko‘ra tom ma’nodagi nisbat deb majhul nisbatni aytish mumkin. Fe’llarning qolgan shakllari
ya’ni o‘zlik, birgalik shakllari va orttirma shaklining bir qismi esa nisbat paradigmasiga
yondosh hodisa bo‘lishi mumkin.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Адмони В.Г. Синтаксис современного немецкого языка.

М.: Наука, 1973.

-

367 с.

2. Криницкайте С.А. Проблема переходности в исследованиях по

индоевропейским языкам // Проблемы внутренней и внешней лингвистики.

М.:

Наука, 1978.

С.11

-33.

3. Раҳматуллаев Ш., Маҳматқулов С. Нисбат парадигмаси ва унга ёндош

ҳодисалар // Ўзбек тили ва адабиёти, 2006, 2

-

сон, 35

-41-

бетлар.

4. Шубик С.А. Категория залога и поле залоговости в немецком языке.

Л.:

Наука, 1989.

-

124 с.

Библиографические ссылки

Адмони В.Г. Синтаксис современного немецкого языка. -М.: Наука, 1973. -367 с.

Криницкайте С.А. Проблема переходности в исследованиях по индоевропейским языкам // Проблемы внутренней и внешней лингвистики. -М.: Наука, 1978.-С. 11-33.

Рахматуллаев Ш., Махматкулов С. Нисбат парадигмаси ва унга ёндош ходисалар И Узбек тили ва адабиёти, 2006, 2-сон, 35-41-бетлар.

Шубик С.А. Категория залога и поле залоговое™ в немецком языке. -Л.: Наука, 1989. -124 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов