Основные принципы использования фильмов на уроках немецкого языка

CC BY f
316-318
67
40
Поделиться
Юлдошев, А. (2022). Основные принципы использования фильмов на уроках немецкого языка. Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков, (1), 316–318. https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp316-318
А Юлдошев, Самаркандский государственный институт иностранных языков

magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

На сегодняшний день знание иностранного языка имеет важное значение. Способы его изучения очень разнообразны. Один из них – просмотр аутентичных художественных и мультипликационных фильмов. В данной статье рассказывается о критериях отбора фильмов для просмотра во время занятий, описаны этапы работы с ними, так же перечислены некоторые преимущества использования фильмов и телепередач при изучении иностранного языка.

Похожие статьи


background image

316

NEMIS TILI DARSLARIDA FILMLARDAN FOYDALANISHNING

ASOSIY ME’YORLARI

A.Yuldoshev (SamDCHTI magistranti)

Аннотация: На сегодняшний день знание иностранного языка имеет важное

значение. Способы его изучения очень разнообразны. Один из них – просмотр

аутентичных художественных и мультипликационных фильмов. В данной статье

рассказывается о критериях отбора фильмов для просмотра во время занятий,

описаны этапы работы с ними, так же перечислены некоторые преимущества

использования фильмов и телепередач при изучении иностранного языка.

Ключевые слова: иностранный язык, немецкий язык, художественные и

анимационные фильмы, способы изучения иностранного языка, критерии отбора

фильмов


Hozirgi kunda chet tillarini bilish hayotimizda muhim o‘ringa ega. Zamonaviy

o‘qitish jarayonida turli interfaol usullarga alohida e’tibor beriladi. Zero hozirgi kunda
hukumatimiz tomonidan ham har bitta bilim dargohida o‘quvchi-talabalar uchun barcha
shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. O‘quv xonalarining texnik bazasini boyitish, ularni
telekommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash esa har qanday chet tilini o‘rganishda qo‘l
keladigan barcha usullardan to‘laqonli foydalanishga imkon beradi. Chet tilini, xususan
nemis tilini o‘rganish usullari xilma-xil, shulardan biri kino mahsulotlarini tomosha
qilishdir. Har bir inson individual bo‘lib, berilgan ma’lumotni turlicha qabul qiladi: ko‘rish
orqali, eshitish orqali va hatti-harakatlar yordamida. Voqealarni, odamlarni, joylarni vizual
ravishda yodda saqlaydigan insonlar uchun til o‘rganishning dastlabki bosqichida filmlar va
teleko‘rsatuvlar ko‘mak beradi. Kino va teledasturlarni tomosha qilish nafaqat foydali
mashg‘ulot sanaladi, balki bu insonga zavq ham bag‘ishlaydi. Bunday materiallardan
foydalanishning yana bir e’tiborli jihati shundan iboratki, tillarni o‘rganish jarayonida inson
tili o‘rganilayotgan u yoki bu mamlakatning ijtimoiy, madaniy, hamda lingvistik muhitiga
bevosita sho‘ng‘ib ketadi. Moslashish yo‘li bilan o‘rganuvchining ko‘z o‘ngida tabiiy til
muhiti bilan tanishish imkoni va kommunikativ muhit yuzaga keladi.[1]

Til o‘rganishning ushbu usulidan foydalanish uchun til bilish darajangizni va afzal

ko‘rgan janringizni aniqlashingiz kerak: drama, melodrama, fantastik, tarixiy, komediya
yoki tragediya janriga xos bo‘lgan filmlar. Quyida keltirilgan jadvaldagi ma’lumotlar nemis
tilini bilish darajasiga qarab film tanlashga yordam beradi.[2]

Geringene Kenntnisse

Grundkenntnise

Fortgeschrittenes

Niveau

Höher fortgeschrittenes

Niveau

- Typisch Deutsch!

- Mein Weg nach

Deutschland

- Das Dschungelbuch

- Angelinho

- Ast mit Last

- Hinterland

- Pettersson&Findus /

Kleiner Quälgeist,

große Freundschaft

- Mary Poppins

- Die kleine Hexe

- Findet Nemo

Letzte räumt die Erde

auf

- Tintenherz

- Drachenzähmen leicht

gemacht

- Der König der Löwen

- Oben

- Die Schöne und Das

Biest

- Die Klasse

- Harry Potter und die
Heiligtümer des Todes

- Der Pianist

- Klick it like Bekham

- Million Dollar –

Victoria und Abdul

- Die Rede des Königs


Filmlar bilan ishlashning ko‘plab ko‘rsatma va yo‘llari mavjud, ularning eng ko‘p

tarqalgani quyidagilardan iborat: ma’lum bir kinofilm yoki serialning qismi tanlangandan
so‘ng, notanish so‘zlarga e’tibor bermasdan uni kuzatish, unga ikkinchi marotaba murojaat


background image

317

qilganda notanish iboralar, so‘zlar, so‘z birikmalariga e’tibor berish va nihoyat mazkur
birikmalarni doimiy ravishda yondaftarga qayd qilib, ularni aynan qaysi kontekstda
ishlatilganini yodlab borish o‘zga tilni o‘rganishda katta samara beradi. Keyinchalik filmda
ishlatilgan so‘zlar yordamida o‘zimiz haqimizda yoki ma’lum bir mavzuda qisqa hikoyalar
tuzish foydadan holi bo‘lmaydi. Chunki bizning xotiramiz bizga bog‘lik bo‘lgan
voqeliklarni tezroq va osonroq saqlash xususiyatiga ega. Hikoya qanchalik qiziqarli bo‘lsa
yangi so‘zlar ham shunchalik yaxshi xotiramizda muhrlanib qoladi. Filmlar bilan ishlash
metodikasi ham bir nechta asosiy bosqichga bo‘linadi: film ko‘rish jarayonidan oldin, film
ko‘rish davomida va tomosha so‘ngida. Birinchi ya’ni ma’lum bir filmni ko‘rishdan oldin,
boshqacha qilib aytganda, tayyorgarlik jarayoni o‘z-o‘zidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
grammatik, leksik va fonetik qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadini ko‘zda tutadi.
Ikkinchi bosqich, aynan tomosha jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri filmni (yoki uning qismini)
tomosha qilishdan iborat bo‘lib, uni ikki marta o‘tkazish mumkin: birinchi marta asosiy
mazmunni tushunish uchun tomosha qilinsa, ikkinchi marta ko‘rganlarni batafsil bayon
qilish uchun xizmat qiladi. Uchinchi bosqich, filmni kuzatib bo‘lgandan keyingi bosqich
bo‘lib, bu bosqich asosan og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish vazifalarini o‘z ichiga
oladi. Filmdagi voqealarni bayon qilishda talabalarning bilim darajasini hisobga olish kerak.
Shunga qarab, mazmunni bayon qilish yo‘li tanlanadi. Bu asosiy maznunnig qisqacha
hikoyasi, batafsil bayoni yoki monolog tarzida bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari
ijodkorona yondashgan holda, talabalarga filmning ma’lum bir epizodiga ovoz berish
usulidan ham foydalanish mumkin. Agar og‘zaki nutqni tinglashda qiyinchilik tug‘ilsa,
tanish filmlarnining o‘zbekcha (ruscha) variantini ko‘rish yoki nemis tilidagi subtitrlari
mavjud kinofilmlarga murojaat qilish mumkin. Chet tilida xatolarsiz gapirishni o‘rganish
uchun ko‘rish jarayonida film qahramonlarining so‘z va iboralarini takrorlash foyda beradi.
Buning uchun imkon qadar qahramonning talaffuziga, gapirish uslubiga e’tiborli bo‘lish
joiz. Eng muhimi, tanlangan film qiziqarli, tomoshabinni o‘ziga jalb qiluvchi bo‘lishi
kerakligini unutmaslik kerak. Nemis tilini shu tarzda o‘rganish uchun sabrli bo‘lish lozim,
chunki bu usul o‘rganuvchidan vaqt va qat’iyat talab qiladi. Chet tilini o‘rganayotganda
filmlar va teleko‘rsatuvlardan foydalanishning muayyan afzalliklari bor:

-

so‘z boyligini oshirish;

-

talaffuzni yaxshilash;

-

grammatik qoidalarni mustahkamlash;

-

estetik zavq olish;

-

xotiraning barcha turlarini (emotsional, vizual va audial) ishga solish;

-

turli sohalar bo‘yicha yangi bilimlarni egallash;

-

boshqa madaniyatga xos xususiyatlar, urf-odatlar, an’analar bilan tanishish;

-

tabiiy nutqni o‘rganish.

Filmlarda aktyorlar kundalik hayotida qanday muloqot qilishsa, shu tarzda

gapirishadi. Shu sababli, filmlar orqali jonli muloqotni, u yoki bu tovushning tabiiy
talaffuzini, intonatsiya, urg‘u ohangi va mantiqiy tanaffuslarning to‘g‘ri talaffuz qilinishini
kuzatish imkoniga ega bo‘lamiz. Hozirgi zamonda nemis filmlari kitob yoki
audiomateriallar singari ommalashib bormoqda. Shu bois, ularni topish, amaliyotda keng
qo‘llash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bunday materiallar nafaqat til zaxirasini boyitishga
ko‘maklashadi, balki mamlakatning ijtimoiy, madaniy hayoti bilan tanishish uchun ko‘prik
vazifasini ham bajaradi. Filmlardan ham dars jarayonida ham mustaqil ta’lim shaklida
foydalanish mumkin. Shuningdek, ular talabalarning chet tilini o‘rganishga bo‘lgan
qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi, zero film yoki filmning ma’lum bir
epizodini tomosha qilish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajarish odatdagi darsliklarda
berilgan an’anaviy topshiriqlarni bajarishdan ko‘ra qiziqarliroq bo‘lishi mumkin. Nemis
tilidagi videomahsulotni darsda joriy etish uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin:


background image

318

-

har bitta sahnani navbatma-navbat ko‘rib chiqish, ya’ni avval bitta sahnani kuzatib

bo‘lgandan keyin tahlil qilish, keyin esa navbatdagi sahnani kuzatish;

-

filmning faqatgina tanlangan ma’lum bir epizodini yoki qismini ko‘rish;

-

filmni (serialning bir qismini) to‘liq tomosha qilish.

Bulardan qaysi birini tanlash o‘quv dasturi va darsning maqsadiga, talabaning yoshi

hamda tilni bilish darajasiga bog‘liq. Dars jarayonida namoyish etiladigan filmni tanlashda
quyidagi me’yorlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq:

-

Filmning va unda ishlatilgan tilning ma’lum bir guruh talabasiga nisbatan

tushunarlilik darajasi.

-

Film syujeti auditoriyaning qiziqishiga va tayyorgarligiga moslik darajasi.

-

Lingvistik materialning hajmi.

-

Nutq odobiga xos materiallarning hajmi.

-

Mamlakatshunoslikka oid ma’lumotlatlarning hajmi.

-

Subtitrlarning mavjud yoki mavjud emasligi.

-

Ko‘rish hamda tinglash uchun berilgan ma’lumotning muvozanati.

-

Filmning davomiyligi, dolzarbligi va boshqalar.

Aynan bizning millatimiz uchun film tanlovida boshqa bir kriteriya yuzaga keladi,

ya’ni har qanday filmdan ham dars jarayonida foydalana olmaymiz, chunki til sohiblari
tomonidan ishlangan filmdagi ijtimoiy-madaniy hayot, axloq normalari, kundalik tarzi
bizning millatimizga zid bo‘lgan holatlarga ega. Ana shu kriteriyalarga e’tibor berilsa,
darsda kinoasarlarni tomosha qilish jarayoni vaqtni behuda sarflaydigan mashg‘ulot emas,
balki til o‘rganishga katta hissa qo‘shadigan metodga aylanadi.

Shunday qilib, badiiy va animatsion asarlar bu chinakam qimmatli materialdir. Agar

film ma’lum bir tomoshabin uchun to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, u nafaqat talabalarga
o‘rganilayotgan tilni o‘zlashtirishga yordam beradi, balki ularni og‘zaki nutqini boyitadi,
talaffuzini yaxshilaydi. Film talabalarning qiziqishi va ularning til bilish darajasini hisobga
olgan holda tanlangan bo‘lsa, uni tushunish unchalik qiyin bo‘lmaydi. Bunda til
o‘rganishning boshqa, ya’ni taxmin va mazmunni bashorat qilish ko‘nikmasi rivojlanadi. [3]

Kinoasarlarda nemis tilidagi jumlalarning talaffuzini, urg‘uning o‘rnini tushunish

osonroq, bu talabalarga bayonning asl ma’nosini yaxshiroq tushunishga, shuningdek
jumlalarni to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Autentik filmlardan foydalanishning
samaradorligi nafaqat ularning o‘quv jarayonidagi o‘rnini to‘liq aniqlashga, balki dars
qismlarini oqilona tashkil etish va o‘quv maqsadiga bog‘liqdir.


ADABIYOTLAR:

1.

Nikolayevna N.A., Volkova S.A. Chet tilini autentik filmlar yordamida o‘rganish

// Ta’lim va tarbiya. – 2017. –

№ 1.

2.

Filme im DAF-Unterricht. URL:

http://www.goethe.de/ins/pl/de/m/spr/unt/kum/dfj/ fil/html#accordion_toggle_21431919 //
Die besten Filme aller Zeiten. URL. http://www.moviepilot.de/filme/beste.

3.

Sorokina N.I. Ingliz tilini o‘rganishda filmlardan foydalanish. – 2016. –

№ 2.

Библиографические ссылки

Nikolayevna N.A., Volkova S.A. Chet tilini autentik filmlar yordamida o‘rganish //Ta’lim va tarbiya. - 2017. - № 1.

Filme im DAF-Unterricht. URL:

http://www.gocthe.de/ins/pl/de/rn/spr/unt/kum/dfj/ fil/html#accordion_toggle_21431919 11 Die bestcn Filme allcr Zeitcn. URL. http://www.movicpilot.de/filme/bcstc.

Sorokina N.I. Ingliz tilini o'rganishda filmlardan foydalanish. - 2016. - № 2.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов