Авторы

  • Mehrigiyo Maxamattayirova
    ADPI talabalari
  • Muxlisa Egamberdiyeva
    ADPI talabalari
  • Dilrabo Sayfiddinova
    ADPI talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.108892

Ключевые слова:

Funksional savodxonlik xalqaro baholash tizimlari PISA PIRLS TIMSS o‘quvchilar kompetensiyasi ta'lim sifati baholash mezonlari zamonaviy ta'lim o‘quv dasturi xalqaro tajriba.

Аннотация

Mazkur maqolada o‘quvchilarning funksional savodxonligini aniqlashda xalqaro baholash tizimlarining ahamiyati va ular orqali olingan natijalar asosida ta'lim sifatini baholash muhimligi yoritilgan. PISA, PIRLS va TIMSS kabi xalqaro dasturlar doirasida o‘zbekistonlik o‘quvchilarning ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi, ularning kuchli va zaif jihatlari aniqlanadi. Shuningdek, funksional savodxonlik tushunchasi, uning zamonaviy ta’limdagi roli, o‘quv dasturlariga integratsiya qilish imkoniyatlari hamda baholash mexanizmlarining takomillashtirilishi haqida fikr yuritiladi. Maqolada ta'lim siyosatini takomillashtirishga oid tavsiyalar ham beriladi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

85

O‘QUVCHILARNING FUNKSIONAL SAVODXONLIGINI XALQARO

BAHOLASH TIZIMLARI ASOSIDA TAHLIL QILISH

Maxamattayirova Mehrigiyo Mirzohid qizi

Egamberdiyeva Muxlisa Dilmurod qizi

Sayfiddinova Dilrabo Otabek qizi

ADPI talabalari:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15683147

Annotatsiya:

Mazkur maqolada o‘quvchilarning funksional savodxonligini

aniqlashda xalqaro baholash tizimlarining ahamiyati va ular orqali olingan
natijalar asosida ta'lim sifatini baholash muhimligi yoritilgan. PISA, PIRLS va
TIMSS kabi xalqaro dasturlar doirasida o‘zbekistonlik o‘quvchilarning
ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi, ularning kuchli va zaif jihatlari aniqlanadi.
Shuningdek, funksional savodxonlik tushunchasi, uning zamonaviy ta’limdagi
roli, o‘quv dasturlariga integratsiya qilish imkoniyatlari hamda baholash
mexanizmlarining takomillashtirilishi haqida fikr yuritiladi. Maqolada ta'lim
siyosatini takomillashtirishga oid tavsiyalar ham beriladi.

Аннотация:

В

данной

статье

рассматривается

значение

международных оценочных систем в определении функциональной
грамотности учащихся, а также важность анализа полученных данных для
оценки качества образования. Проанализированы показатели узбекских
школьников в рамках международных программ PISA, PIRLS и TIMSS,
выявлены их сильные и слабые стороны. Обсуждаются понятие
функциональной грамотности, её роль в современном образовании,
возможности

интеграции

в

учебные

программы

и

пути

совершенствования механизмов оценки. В статье также представлены
рекомендации по улучшению образовательной политики.

Abstract:

This article explores the significance of international assessment

systems in evaluating students’ functional literacy and the importance of using
such data to assess education quality. It analyzes the performance of Uzbek
students in international programs such as PISA, PIRLS, and TIMSS, identifying
both strengths and weaknesses. The concept of functional literacy is examined in
detail, including its role in modern education, its integration into curricula, and
the enhancement of assessment mechanisms. The article also provides policy
recommendations for improving educational outcomes.

Kalit so‘zlar:

Funksional savodxonlik, xalqaro baholash tizimlari, PISA,

PIRLS, TIMSS, o‘quvchilar kompetensiyasi, ta'lim sifati, baholash mezonlari,
zamonaviy ta'lim, o‘quv dasturi, xalqaro tajriba.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

86

Ключевые слова:

Функциональная грамотность, международные

оценочные системы, PISA, PIRLS, TIMSS, компетенции учащихся, качество
образования, критерии оценки, современное образование, учебная
программа, международный опыт.

Keywords:

Functional literacy, international assessment systems, PISA,

PIRLS, TIMSS, student competencies, education quality, evaluation criteria,
modern education, curriculum, international experience.

Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida ta'lim

tizimining asosiy vazifalaridan biri – o‘quvchilarning zamonaviy hayotga
moslashuvchan, tanqidiy fikrlovchi, muammolarni mustaqil hal eta oladigan va
o‘z bilimlarini amalda qo‘llay oladigan shaxslar sifatida shakllanishini
ta’minlashdir. Ushbu vazifani bajarishda o‘quvchilarning funksional savodxonligi
muhim o‘rin tutadi. An’anaviy bilimlarni yod olishdan ko‘ra, ularni kundalik
hayotda qo‘llay bilish, turli kontekstlarda moslashtira olish va tahliliy fikrlash
qobiliyatlari zamonaviy ta’limning asosiy yo‘nalishlariga aylangan. Funksional
savodxonlik nafaqat matnni o‘qish yoki hisob-kitob qilish qobiliyati, balki
o‘rgangan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, axborotni izlab topish, tahlil qilish
va to‘g‘ri qaror qabul qilish salohiyatidir. Ushbu kompetensiyalarni aniqlash va
baholash uchun dunyo miqyosida qator xalqaro baholash dasturlari faoliyat
yuritadi. Xususan, PISA (Programme for International Student Assessment),
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) va TIMSS (Trends in
International Mathematics and Science Study) kabi dasturlar orqali
o‘quvchilarning funksional savodxonlik darajasi aniqlanadi va ta’lim tizimining
natijadorligi tahlil qilinadi. Mazkur xalqaro baholash dasturlari mamlakatlar
ta'lim tizimini global kontekstdagi boshqa davlatlar bilan solishtirish, ta'limda
mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ta’lim siyosatini
takomillashtirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston ham so‘nggi
yillarda bu kabi baholash jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Bu esa milliy
ta'lim tizimini chuqur tahlil qilish, xalqaro mezonlarga moslashtirish hamda
zamonaviy o‘qitish metodlarini joriy etishda muhim omil bo‘lmoqda.

Funksional savodxonlik — bu faqatgina o‘qish, yozish yoki oddiy matematik

amallarni bajara olish emas, balki o‘rgangan bilimlarni turli hayotiy vaziyatlarda
amaliyotga qo‘llay olish, muammolarni tahlil qilish, axborotni izlab topish,
solishtirish va xulosa chiqarish qobiliyatidir. Ushbu kompetensiya zamonaviy
ta’limning asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko‘riladi. Bugungi kunda shunchaki
yodlab olingan bilimlar emas, balki ularni ongli, samarali va kreativ tarzda
qo‘llay bilish muhim hisoblanadi. Ta’lim sohasida olib borilayotgan global


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

87

islohotlar, xususan, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan yondashuvlar,
o‘quvchilarning funksional savodxonligini rivojlantirishni birlamchi vazifa
sifatida ilgari surmoqda. Bu esa o‘z navbatida ta’lim sifatini baholashda yangi,
zamonaviy mezonlar zarurligini yuzaga chiqarmoqda. Xalqaro baholash
dasturlari va ularning funksional savodxonlikni aniqlashdagi o‘rni. Hozirgi
kunda xalqaro miqyosda tan olingan bir nechta baholash dasturlari mavjud
bo‘lib, ular o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasini, balki funksional savodxonlik
salohiyatini ham aniqlashga xizmat qiladi. Ulardan asosiylari quyidagilardir:
PISA (Programme for International Student Assessment) – OECD tomonidan har
uch yilda o‘tkaziladigan baholash dasturi bo‘lib, 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish
savodxonligi, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha hayotiy muammolarni hal
etish qobiliyatlarini baholaydi. PISA o‘quvchining real hayotdagi vaziyatlarda
qanday fikrlashi va qaror qabul qilishi mumkinligini aniqlaydi. PIRLS (Progress
in International Reading Literacy Study) – bu dastur 4-sinf o‘quvchilarining
matnni tushunib o‘qish va uni sharhlash ko‘nikmalarini aniqlashga qaratilgan. U
o‘quvchilarning analitik fikrlash darajasini baholashda muhim vositadir. TIMSS
(Trends in International Mathematics and Science Study) – 4- va 8-sinf
o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimi va bu bilimlarni
amaliy masalalarda qo‘llash qobiliyatini o‘lchaydi. Bu dastur orqali
o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishi, fanga asoslangan tafakkuri tahlil
qilinadi. Mazkur dasturlar o‘z metodologiyasi, topshiriqlar shakli, baholash
mezonlari orqali o‘quvchilarning funksional bilimlarini chuqur tahlil qilishga
imkon yaratadi. O‘zbekistonning xalqaro baholash dasturlaridagi ishtiroki va
natijalar tahlili: So‘nggi yillarda O‘zbekiston xalqaro baholash dasturlarida faol
ishtirok etmoqda. Jumladan, mamlakat 2018-yilda PISA baholashiga tayyorgarlik
ko‘rishni boshlagan va 2022-yilda to‘liq ishtirok etdi. Ushbu ishtirok orqali
o‘zbekistonlik o‘quvchilarning xalqaro standartlardagi ko‘nikmalari bo‘yicha
dastlabki obyektiv baho olish imkoni paydo bo‘ldi. PISA-2022 natijalari
O‘zbekiston uchun ko‘plab muhim jihatlarni ochib berdi. Jumladan:
O‘quvchilarning o‘qish savodxonligi va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarida sustlik
kuzatildi; Matematika fanidan olingan natijalar xalqaro o‘rtacha ko‘rsatkichdan
past bo‘ldi; Tabiiy fanlarga oid topshiriqlarda o‘quvchilar nazariy bilimlarga ega
bo‘lsalar-da, ularni real hayotiy masalalarda qo‘llashda qiyinchiliklarga duch
kelishdi. Bu holatlar ta’lim tizimidagi ayrim metodik va mazmuniy
kamchiliklarni aniqlash, o‘quv dasturlarini zamonaviy kompetensiyaviy
yondashuvga moslashtirish zarurligini ko‘rsatdi. 4. Funksional savodxonlikni
rivojlantirish yo‘nalishlari va milliy ta’limga integratsiya qilish imkoniyatlari


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

88

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, funksional savodxonlikni

rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlar muhim ahamiyatga ega: O‘quv
dasturlarini qayta ko‘rib chiqish: faqat nazariy bilimlar emas, balki amaliy
topshiriqlar, loyiha asosidagi o‘qitish metodlarini joriy qilish zarur;
O‘qituvchilarning malakasini oshirish: ular funksional yondashuvni tushunishi
va dars jarayonida qo‘llay olishi kerak; Baholash tizimini modernizatsiya qilish:
testlarda, real vaziyatlarga asoslangan topshiriqlar va kompetensiyaviy
yondashuvga

asoslangan baholovlar

joriy

etilishi kerak;

Axborot

texnologiyalaridan foydalanish: raqamli vositalar orqali interaktiv va individual
o‘quv usullarini qo‘llash samaradorlikni oshiradi. Milliy ta’lim tizimiga bu kabi
yondashuvlarni integratsiya qilish, o‘quvchilarning faqat test natijalarini emas,
balki real hayotga tayyorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xalqaro tajriba: ilg‘or ta’lim tizimlarining funksional savodxonlikni

rivojlantirishdagi strategiyalari: Dunyo bo‘yicha ilg‘or ta’lim tizimlari –
Finlandiya, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya, Estoniya kabi mamlakatlar
funksional savodxonlikni rivojlantirishga ustuvor yo‘nalish sifatida qaramoqda.
Ularning tajribasi bir nechta muhim jihatlar bilan ajralib turadi: O‘quv dasturlari
hayotiylik va amaliylikka asoslangan: O‘quvchilarga nazariy bilimdan ko‘ra, real
hayotdagi masalalarni hal qilish, fikr yuritish, qaror qabul qilishga doir
topshiriqlar beriladi. Masalan, Finlandiyada matematika darslarida moliyaviy
savodxonlik, energiya iste'moli yoki kundalik xarajatlar kabi mavzular
muhokama qilinadi. Tanqidiy va ijodiy fikrlashga alohida e’tibor: Singapurda
darsliklar tanqidiy savollar va ochiq tipdagi topshiriqlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib,
o‘quvchidan tayyor javob emas, mulohaza yuritishni talab qiladi. Interfanning
integratsiyasi: Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida fanlararo
bog‘liqlik asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Bu metod orqali o‘quvchi bir vaqtning
o‘zida bir necha ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirgan holda o‘zlashtiradi (masalan,
tabiatshunoslik, axborot texnologiyalari va statistika). Mustaqil ta’limga rag‘bat:
Estoniya ta’lim tizimida o‘quvchilarning mustaqil izlanish, tadqiqot yuritish, o‘z
fikrini asoslab bera olishiga katta e’tibor beriladi. Bu kabi yondashuvlar nafaqat
bilim, balki fikrlash, tahlil qilish, muloqot qilish, shaxsiy qaror qabul qilish va
axborotni baholash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa aynan
funksional savodxonlikning asosi hisoblanadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida so‘nggi
yillarda islohotlar olib borilayotganiga qaramay, funksional savodxonlikni
rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator muammolar mavjud: An’anaviy,
yodlashga asoslangan ta’lim uslublari ustunligi: Dars jarayonlarida haligacha
tayyor ma’lumotni yodlash, test natijalariga yo‘naltirilgan mashqlar ustun bo‘lib


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

89

qolmoqda. O‘qituvchilarning zamonaviy baholash metodikasidan yetarli
xabardor emasligi: Ko‘pchilik pedagoglar funksional savodxonlikni baholash
mezonlari, topshiriq tuzish uslublarini yetarlicha bilmaydi. O‘quv resurslarining
cheklanganligi: Darsliklar, qo‘llanmalar, o‘quv topshiriqlari va raqamli
resurslarda funksional yondashuv aks etmagan yoki kam aks etgan.

Baholash tizimi natijalarga emas, jarayonga yo‘naltirilmagan: Baholash

natijalari o‘quvchining fikrlash darajasi, qaror qabul qilish layoqati, axborotni
tahlil qilish qobiliyatini aks ettira olmayapti. Muammolarni bartaraf etish
bo‘yicha takliflar quyidagilar bo‘lishi mumkin: 1. Kompetensiyaviy yondashuvga
asoslangan darslik va metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish: Amaliy topshiriqlar,
loyihaviy ishlanmalar, holatli masalalar keng joriy etilishi kerak.2.
O‘qituvchilarning malaka oshirish tizimini yangilash: Ularga zamonaviy
baholash vositalari, differensial va kompetensiyaviy yondashuv bo‘yicha nazariy
va amaliy treninglar tashkil etish zarur. 3. Fanlararo integratsiyaga asoslangan
o‘qitish tizimini yaratish: Informatika, matematika va tabiiy fanlar
integratsiyasida funksional savodxonlikni kuchaytirish mumkin. 4. Raqamli
ta’lim vositalarini keng joriy etish: Interaktiv platformalar, masofaviy ta’lim,
onlayn test tizimlari orqali o‘quvchilarning faol o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi
oshadi. 5. Milliy baholash tizimini xalqaro mezonlar asosida qayta ko‘rib chiqish:
Maxsus diagnostika testlari, ochiq savollarga asoslangan baholashlar, portfolioga
asoslangan monitoring tizimlarini joriy etish lozim. 7. PISA baholash
natijalarining milliy ta’limga ta’siri: PISA baholash natijalarining tahlili shuni
ko‘rsatdiki, o‘zbekistonlik o‘quvchilar bilimga ega bo‘lishi mumkin, biroq uni
amaliyotga tadbiq etish, turli kontekstlarda qo‘llashda qiynaladilar. Bu holat
o‘quv dasturlarida "qanday?" va "nima uchun?" kabi savollarga emas, balki
"qaysi?" va "qachon?" kabi faktologik savollarga urg‘u berilayotganini ko‘rsatadi.
Shuning uchun PISA natijalari asosida quyidagicha xulosalar chiqarilishi
mumkin: O‘quvchi bilimini real hayotiy vaziyatda qo‘llay olishini baholaydigan
yondashuv zarur; Tanqidiy fikrlash, axborotni saralay olish, muloqot va
muammoli vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalari ta’lim tizimining
asosiy maqsadiga aylanishi kerak; Baholash tizimi test emas, balki jarayon va
natija uyg‘unligiga asoslanishi lozim.

Xulosa:

Bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan eng dolzarb vazifalardan

biri — o‘quvchilarda amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni real
hayotiy sharoitda to‘g‘ri va samarali qo‘llay olishga o‘rgatishdir. Bunda
funksional savodxonlik tushunchasi markaziy o‘ringa chiqmoqda. Bu
savodxonlik turi shunchaki axborotni o‘qib tushunish yoki yod olish emas, balki


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

90

uni tahlil qilish, baholash, qo‘llash, muammolarni hal qilish hamda o‘z fikrini
asoslab bayon etish qobiliyatlarini o‘z ichiga oladi. Xalqaro baholash dasturlari
— PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar — o‘quvchilarning funksional savodxonlik
darajasini o‘lchashda eng nufuzli, ishonchli va obyektiv mezon hisoblanadi.
Ushbu baholash tizimlari orqali o‘quvchilarning bilimni hayotiy faoliyatda
qo‘llash salohiyati aniqlanadi va natijalar asosida ta’lim siyosatini
takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqiladi. O‘zbekiston ham bu
baholashlarda ishtirok etar ekan, ta’limda mavjud muammolar, metodik
yondashuvlar, darslik mazmuni va pedagogik salohiyatni yangilash zarurati
ochiq-oydin ko‘rinmoqda. PISA-2022 natijalari, xususan, tanqidiy fikrlash,
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarni
o‘quvchilar yetarlicha o‘zlashtirmaganini ko‘rsatdi. Bu holat o‘quv jarayonida
faqat nazariy bilimga emas, balki funksional kompetensiyalarni rivojlantirishga
yo‘naltirilgan yondashuvni joriy qilish zarurligini tasdiqlaydi. Shu bois,
O‘zbekiston ta’lim tizimida funksional savodxonlikni rivojlantirish uchun:
darsliklar va o‘quv dasturlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida yangilash;
o‘qituvchilarni zamonaviy ta’lim metodologiyalari bo‘yicha muntazam tayyorlab
borish; xalqaro baholash tizimlari mezonlarini milliy baholash tizimiga
integratsiya qilish; fanlararo integratsiya, loyiha va amaliy faoliyatga asoslangan
o‘qitish usullarini kengaytirish zarurdir. Faqat shundagina o‘quvchilar bilimli
emas, balki bilimini ongli, mustaqil va samarali qo‘llay oladigan, zamonaviy
jamiyatga integratsiyalasha oladigan shaxs sifatida shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. OECD. (2023). PISA 2022 Results (Volume I): Student Performance in
Mathematics, Reading and Science. Paris: OECD Publishing.
2. Mullis, I. V. S., Martin, M. O., Foy, P., & Drucker, K. T. (2021). PIRLS 2021
Assessment Framework. TIMSS & PIRLS International Study Center, Boston
College.
3. Mullis, I. V. S., Martin, M. O., & Foy, P. (2019). TIMSS 2019 International
Results in Mathematics and Science.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2023). PISA 2022 bo‘yicha
O‘zbekistonning ishtiroki natijalari. Toshkent.
5. Djonboev E., Xoliqulov M. (2020). Ta’lim sifatini baholash: xalqaro va milliy
yondashuvlar. – Toshkent: O‘zbekiston pedagogika nashriyoti.
6. UNESCO. (2019). Functional Literacy and Lifelong Learning. Global Education
Monitoring Report.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

91

7. Халқаро стандартларда баҳолаш тизими ва унинг миллий таълим
тизимидаги аҳамияти // «Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar» ilmiy-amaliy
jurnali, 2022, №3.
8. Karimov, A. (2021). O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini shakllantirishda
PISA baholash tizimining ahamiyati. – “Pedagogika va psixologiya” jurnali, №2.

Библиографические ссылки

OECD. (2023). PISA 2022 Results (Volume I): Student Performance in Mathematics, Reading and Science. Paris: OECD Publishing.

Mullis, I. V. S., Martin, M. O., Foy, P., & Drucker, K. T. (2021). PIRLS 2021 Assessment Framework. TIMSS & PIRLS International Study Center, Boston College.

Mullis, I. V. S., Martin, M. O., & Foy, P. (2019). TIMSS 2019 International Results in Mathematics and Science.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2023). PISA 2022 bo‘yicha O‘zbekistonning ishtiroki natijalari. Toshkent.

Djonboev E., Xoliqulov M. (2020). Ta’lim sifatini baholash: xalqaro va milliy yondashuvlar. – Toshkent: O‘zbekiston pedagogika nashriyoti.

UNESCO. (2019). Functional Literacy and Lifelong Learning. Global Education Monitoring Report.

Халқаро стандартларда баҳолаш тизими ва унинг миллий таълим тизимидаги аҳамияти // «Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar» ilmiy-amaliy jurnali, 2022, №3.

Karimov, A. (2021). O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini shakllantirishda PISA baholash tizimining ahamiyati. – “Pedagogika va psixologiya” jurnali, №2.