ABDURAUF FITRAT HAYOTI VA IJODI.

Аннотация

Abdurauf Fitrat, haqida ma'lumotlar aytilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
97-98
30

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
To’xtamishova, G. . (2025). ABDURAUF FITRAT HAYOTI VA IJODI. Модели и методы в современной науке, 4(1), 97–98. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/mmms/article/view/64488
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Abdurauf Fitrat, haqida ma'lumotlar aytilgan.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

97

ABDURAUF FITRAT HAYOTI VA IJODI.

To'xtamishova Gulnora Mels qizi

Buxoro davlat universiteti, 1-bosqich magistranti.

dgudghh38@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14752253

Annotatsiya:

Abdurauf Fitrat, haqida ma'lumotlar aytilgan.

Kalit so'zlar:

Jadidchilik, Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston, Abdurauf

Fitrat

dramaturg,

filolog,

tarjimon,

professori,

milliy,

adabiyoti,

ma'rifatparvarlik.

Abdurauf Fitrat 1886-yili Buxoroda ziyoli oilasida tug‘ilgan. Dastlabki

ta’limni Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununlarida oldi. U arab, fors, turk
tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi
o‘zlashtirdi.

Adibning otasi savdo ishlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, 1918-yilgacha

Qashqarda turib qolgan. U asosan, onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida
bo‘lib, u tufayli Bedil, Navoiy, Fuzuliy, Zebuniso, Uvaysiy kabi ulkan shoirlarning
g‘azallaridan xabardor bo‘ldi.

Faoliyati

Fitrat 1909-yili Turkiyaga o‘qishga borib, 1913-yilgacha Istambul

dorilfununida tahsil ko‘rdi. Turkiyada tashkil topgan “Buxoro ta’limi maorifi”
uyushmasida faollik ko‘rsatdi. Uning ilk to‘plami 1911-yilda

“Sayha”

(“Chorlov”)

nomi bilan chop etildi.

“Sayyohi hindi”, “Munozara”

kabi asarlari

ham shu yillarda Turkiyada nashr etildi.

Fitratning adabiy merosi rang-barang. U adib sifatida badiiy ijodning barcha

turlarida qalam tebratibgina qolmay, oʻzbek adabiyotining yangi janr va turlar
bilan boyishi, sheʼr tuzilishining isloh etilishi, adabiy realizmning teranlashishi,
davr, jamiyat va xalq hayoti bilan bogʻliq boʻlgan muhim ijtimoiy
muammolarning oʻzbek adabiyotida badiiy talqin etilishiga ulkan hissa qoʻshdi.

Fitrat ijodini shartli ravishda uch davrga boʻlish mumkin:

1-davr

1909-

1916-yillarni oʻz ichiga olib, Turkiya taassurotlaridan ilhomlangan holda jadid
maʼrifatparvari sifatida ijod qilgan.

2-davr

1917-1923-yillarni qamrab oladi, bu

davrda Fitrat milliy istiqlol gʻoyalari bilan toʻyingan asarlar yozadi. Ijodining

3-

davri

1923-1937-yillarga oid boʻlib, Shoʻro maxfiy xizmatining doimiy

nazoratida boʻlgan Fitrat asosan ilmiy va pedagogik ishlar bilan shugʻullanadi.

Fitrat zullisonayn adib boʻlib, adabiyotga shoir va adabiyotshunos sifatida

kirib kelgan. Istanbuldagi toʻrt yillik taʼlimi davomida faqat forsiy tilda ijod
qilgan. Koʻp oʻtmay u oʻzini dramaturgiya va prozada ham sinab koʻrdi. U


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

98

„Munozara“ (dastlabki nomi „Hindistonda bir farangi ila buxorolik bir
mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadid xususida qilgan munozarasi“)
asarini Turkiyaga borishdan oldin, Uning „Munozara“ va „Sayyohi hindi“ asarlari
XX asr boshlarida Turkistondagi milliy uygʻonish harakatining norasmiy dasturi
boʻlib xizmat qilgan va yoshlar dunyoqarashining keskin oʻzgarishi va ularning
jadidlar safiga kelib qoʻshilishiga sabab boʻlgan. Keyinchalik bu asarlar orqali
Fitratni millatchilikda, turkparastlikda va islomparastlikda ayblashgan.

Fitratning bizgacha yetib kelgan o’zbek tilidagi sheʼrlari, 1917- yillar va

undan keyingi davrlarga oid.. Fitrat shu davrda xalqni mustamlakachilik
kishanlarini parchalab, milliy istiqlol uchun kurashga daʼvat etuvchi sheʼrlar
yozishga kirishgan. Ammo anʼanaviy aruz vazni, uning nazarida, bunday
zamonaviy gʻoyani ifodalash, xalqni oyoqqa turgʻazish va safarbar etish kuchiga
ega emas edi. Shuning uchun ham Fitrat turk va tatar sheʼriyatlarida
shakllangan, oʻzbek xalq ogʻzaki sheʼriyatida ayrim unsurlari boʻlgan sochmani
milliy adabiyotimizga olib kirdi. Oʻz ona diyorini ozod va hur koʻrishni orzu
qilgan shoir „Yurt qaygʻusi“ deb nomlangan bir sheʼr va toʻrtta sochma yozib,
ularda hurriyat uchun kurash gʻoyasini baralla kuylaydi.

Nasr

Fitrat nasrda ham samarali ijod qilgan. XX asrning 10-yillarida sahna asari

sifatida namoyish etilgan „Munozara“ Fitratning nasrdagi ilk asaridir.
„Munozara“ ham „Sayyohi hindi“ ham Fitrat publitsistikasining yorqin
namunalaridandir. Fitrat keyinchalik ham ijtimoiy, huquqiy, maʼnaviy hamda
estetik qarashlarini ifodalashda publitsistikadan samarali foydalandi. Faqat 20-
yillarning oʻrtalariga kelibgina u „sof“ nasriy asarlarni yarata boshladi
(„Qiyomat“, „Meʼroj“, „Oq mozor“, „Zayd va Zaynab“, „Zahroning imoni“ va
boshqalar). „Munozara“ va „Sayyohi hindi“ asarlarida koʻtarilgan milliy qoloqlik,
diniy fanatizm mavzusi 20-yillar uchun ham dolzarb ahamiyatga ega edi. Fitrat
bu hikoyalarida diniy syujetlardan din taʼsiriga qarshi kurashda foydalandi. Bu
asarlar, ayniqsa, 1930 -yilda qayta ishlangan „Qiyomat“ xayoliy hikoyasi oʻzbek
adabiyotida fantastikaning tugʻilishi va shakllanishida milliy manba boʻlib xizmat
qildi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.

Internet manbaalaridan.

2.

Gazeta va jurnallardan.

Библиографические ссылки

Internet manbaalaridan.

Gazeta va jurnallardan.