MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
36
BANAN VA MANDARIN PO'CHOG'IDAN CHOY TAYYORLASH
TEXNOLOGIYASI
Quvondiqova O'g'iloy Berdimuradovna
BDTU 120-24 QX guruhi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15340420
Annotatsiya:
Ushbu maqolada banan va mandarin po‘chog‘idan choy
tayyorlash usuli, uning sog‘liq uchun foydali jihatlari yoritilgan. Meva
po‘chog‘lari tarkibidagi tabiiy vitaminlar, antioksidantlar va boshqa foydali
moddalar asosida tayyorlangan choy inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ayniqsa,
immunitetni
mustahkamlash,
hazm
jarayonini
yaxshilash,
tinchlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari alohida ta’kidlangan.
Maqolada choyni tayyorlash texnologiyasi, iste’mol qilish bo‘yicha tavsiyalar
hamda ehtiyot choralari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
banan po‘chog‘i, mandarin po‘chog‘i, meva choyi, tabiiy
dorivor vosita, sog‘lom turmush tarzi, antioksidantlar, immunitet, hazmni
yaxshilash, xalq tabobati, ekologik toza choy, yallig‘lanishga qarshi vosita.
Bugungi kunda sog‘lom turmush tarziga e’tibor ortib borayotgan bir paytda,
insonlar tabiiy, sun’iy qo‘shimchalarsiz vositalarga ko‘proq murojaat qilmoqda.
Ayniqsa, mevalarning nafaqat ichki qismi, balki po‘chog‘i ham turli foydali
xususiyatlarga ega ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan. Banan va mandarin
po‘chog‘lari — ana shunday qadrsizdek tuyulgan, ammo foydasi juda katta
bo‘lgan mahsulotlardandir. Ushbu maqolada banan va mandarin po‘chog‘idan
choy tayyorlash usuli hamda uning sog‘liqqa foydali jihatlari yoritib beriladi.
Banan po‘chog‘i tabiiy dori manbai hisoblanib, unig tarkibida ko‘plab
foydali moddalarning mavjudligi sababli xalq tabobatida turli maqsadlarda
qo‘llanilib kelinmoqda. Uning asosiy foydali komponentlariga Triptofan –
kayfiyatni ko‘taruvchi va uyquni yaxshilovchi aminokislotalar; Kaliy va magniy –
yurak faoliyatini normallashtiradi, qon bosimini tushiruvchilar; Vitamin B6 va
B12 – asab tizimini qo‘llab-quvvatlovchilar; antioksidantlar – erkin radikallarga
qarshi kurashib yallig‘lanishni kamaytiradigan modular kiradi.
Banan uyqu buzilishida foydali bo’lib uning po’stlog’i triptofan tufayli
uyquni yaxshilaydi.
Triptofan (yoki L-triptofan) — bu inson organizmi uchun
zarur bo‘lgan muqarrar (essensial) aminokislota bo‘lib, u tanada mustaqil ishlab
chiqilmaydi va oziq-ovqat orqali olinadi. U asosan serotonin va melatonin kabi
neyrotransmitterlar ishlab chiqarishda ishtirok etadi, bu esa ruhiy holat, uyqu va
umumiy sog‘liq uchun muhimdir. Serotonin ishtaha va to‘yinish hissini nazorat
qiladi. Bu esa vaznni saqlashga yordam berishi mumkin. Serotonin melatoninga
aylanishi orqali uyqu ritmini tartibga soladi. Triptofan niatsin (vitamin B3)
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
37
ishlab chiqarishda ishtirok etadi, bu esa teri, asab tizimi va immun tizimi uchun
muhim.
Triptofanga boy ovqatlar yoki qo‘shimchalar uyquni yaxshilashi mumkin.
Tinchlantiruvchi xususiyatga ega: Asabiylikni kamaytiradi, stressni
yengillashtiradi. Qon bosimini me’yorda ushlab turadi: Magniy va kaliy yurak
faoliyatini yaxshilaydi. Hazmni yengillashtiradi: Tarkibidagi tolalar ichak
harakatlarini rag‘batlantiradi.
Mandarin po‘chog‘i: vitamin va efir moylar ombori hisoblanib, U teri va
sochlar uchun foydaliligidan tortib, nafas yo‘llarini tozalash va immunitetni
ko‘tarishga qadar ko‘plab xususiyatlarga ega. Tarkibidagi asosiy moddalar:
Vitamin C – kuchli antioksidant, immunitetni oshiradi; Flavonoidlar –
yallig‘lanishga qarshi vosita; Efir moylari (limonen, pinene) – tinchlantiruvchi va
antiseptik ta’sirga ega; Pektin – ichaklarni tozalovchi tabiiy tola. Yengil
shamollash va yo‘talga qarshi yordam beradi; Hazm tizimini yaxshilaydi va
oshqozonni yengillashtiradi; Organizmni tozalashga yordam beradi
(detoksifikatsiya); Tanani tinchlantiradi, kayfiyatni yaxshilaydi.
Banan va mandarin po‘chog‘idan choy tayyorlashda kerakli masalliqlar:1
dona banan po‘stlog‘i (ichki qismi, yangi yuvilgan), 1 dona mandarin po‘stlog‘i
(yaxshi yuvilgan va mayda to‘g‘ralgan); 2 stakan suv, asal yoki limon (ixtiyoriy)
Tayyorlanishi:Po‘stlog‘larni yaxshilab yuvib, mayda qilib to‘g‘rab 2 stakan
suvni qozonga solib qaynataviz. Qaynayotgan suvga po‘chog‘larni solib, 10-15
daqiqa davomida past olovda damlayviz. Damlangan choyni suzib olamiz. Ta’bga
ko‘ra asal yoki limon qo‘shish mumkin. Issiq holda ichiladi.
Xulosa
Tabiat bizga behisob shifo manbalarini taqdim etadi. Banan va mandarin
po‘stlog‘idan tayyorlangan choy — ana shunday unutilgan, ammo nihoyatda
foydali ichimliklardan biridir. U organizmni tinchlantiradi, immunitetni
mustahkamlaydi va hazm jarayonini yaxshilaydi. Bu oddiy, ammo samarali
choyni kundalik ratsionga kiritish orqali sog‘lig‘imiizni qo‘llab-quvvatlashimiz
mumkin.
Foydalangan adabiyotlar:
1.
Muhiddinovna B. Z. Functions and forms of chemical experiment
//European science review. – 2020. – №. 1-2. – С. 48-50.
2.
Бердиева З. М., Ниязов Л. Н. Use of information and communication
technologies in teaching the subject of chemistry in higher education institutions
//Ученый XXI века. – 2016. – №. 5-2 (18). – С. 26-29.
3.
Бердиева З. М. Способы обучения учащихся решению химических
задач //Достижения науки и образования. – 2020. – №. 6 (60). – С. 4-8.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
38
4.
Бердиева З. М. ЮҚОРИ ТАРКИБЛИ ТРАНС-РЕСВЕРАТРОЛ САҚЛАГАН
ҚОРА ТУТ ТАБИИЙ ХОМАШЁ СИФАТИДА //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 22.
– №. 2. – С. 8-12.
5.
Бердиева З. М., Мирзаева Ш. У. Экстракция масла цветков джиды
сверхкритической углекислотой //Интеграция современных научных
исследований в развитие общества. – 2016. – С. 181-183.
6.
Мухаммадиева З. Б., Бердиева З. М. Пищевая безопасность СО2-
экстрактов из растительного сырья //Universum: химия и биология. –
2020. – №. 4 (70). – С. 8-12.
7.
Бердиева З. М., Жахонов Ж., Мирзаев А. АНАЛИЗ РАСТИТЕЛЬНОГО
ПОЛИФЕНОЛА //SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF
SCIENTIFIC RESEARCH. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 284-287.
8.
Мухамадиев Б. Т., Садикова М. И. Применение электромагнитного
поля низкой частоты (эмп нч) в производстве растительных ингредиентов
//Universum: химия и биология. – 2020. – №. 11-2 (77). – С. 34-36.
9.
Nargiza A. Development of an improved two-stage technology for fixing
moving soils and sands with the use of a mechano-chemical disperser
//Universum: технические науки. – 2022. – №. 11-8 (104). – С. 26-29.
10.
Адизова Н. З. Технологических решений по переработке и
утилизации нефтесодержащих отходов //Science and Education. – 2023. – Т.
4. – №. 4. – С. 618-622.
11.
Karimov A.X. (2020). Tabiiy vositalar va ularning xalq tabobatidagi o‘rni.
Toshkent: “Ilm ziyo” nashriyoti.
12.
Xusanov D.A. (2022). Vitaminlar va mineral moddalarning sog‘liq uchun
ahamiyati. Samarqand: “Shifo” nashriyoti.
13.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi. (2021). “Sog‘lom
ovqatlanish va tabiiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar”.
14.
Jet Bank. (2023). Banan po‘stining foydali jihatlari. URL:
https://jet.bank.uz/article/banan-posti-84