Авторы

  • Nasiba Sharipova
    Buxoro davlat texnika universiteti (Buxoro muhandislik texnologiya instituti) assistenti
  • Dilnora Rahmatova
    Buxoro davlat texnika universiteti (Buxoro muhandislik texnologiya instituti) 120-24 QX guruh talabalari
  • O'g'iloy Quvondiqova
    Buxoro davlat texnika universiteti (Buxoro muhandislik texnologiya instituti) 120-24 QX guruh talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.87021

Ключевые слова:

Banan choy loviya kaltsiy magniy fosfor microelement ozuqa

Аннотация

Ushbu maqolada banan po‘stlog‘i va choy qoldiqlari kabi organik chiqindilarning o‘simliklar o‘sishiga ta’siri o‘rganiladi. Tajriba davomida bu materiallarning tabiiy o‘g‘it sifatidagi ahamiyati tahlil qilinadi, hamda ekologik toza bog‘dorchilik yo‘nalishida foydalanish imkoniyatlari muhokama qilinadi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

136

CHOY VA BANAN CHIQINDILARI MAHALLIY O’G’IT SIFATIDA

Sharipova Nasiba O’ktamovna

Buxoro davlat texnika universiteti (Buxoro muhandislik

texnologiya instituti) assistenti

Rahmatova Dilnora Azamatovna

Quvondiqova O'g'iloy Berdimurodovna

Buxoro davlat texnika universiteti (Buxoro muhandislik texnologiya instituti)

120-24 QX guruh talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15388733

Annotatsiya

Ushbu maqolada banan po‘stlog‘i va choy qoldiqlari kabi organik

chiqindilarning o‘simliklar o‘sishiga ta’siri o‘rganiladi. Tajriba davomida bu
materiallarning tabiiy o‘g‘it sifatidagi ahamiyati tahlil qilinadi, hamda ekologik
toza bog‘dorchilik yo‘nalishida foydalanish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Kalit so’zlar

: Banan, choy, loviya, kaltsiy, magniy, fosfor, microelement,

ozuqa

So‘nggi yillarda ekologik toza va tabiiy usullarda bog‘dorchilik bilan

shug‘ullanish keng tarqalmoqda. Kimyoviy o‘g‘itlardan ko‘ra, tabiiy
chiqindilardan foydalanish nafaqat tuproq sifatini yaxshilaydi, balki atrof-
muhitni asrashda ham muhim ahamiyatga ega. Banan po‘chog‘i va choy
qoldiqlari o‘simliklar o‘sishi uchun foydali moddalarga boy bo‘lib, ularni organik
o‘g‘it sifatida qo‘llash mumkin.

Tadqiqotimiz uchun quyidagi material va usullardan foydalandik: 3 ta bir

xil hajmdagi gul idishi; Oddiy tuproq; Banan po‘chog‘i (mayda kesilgan);
Quritilgan choy qoldiqlari; Suv; O‘lchov vositalari (lineyka); Kundalik yozuvlar
uchun daftar
Tajriba dizayni:

1.

Nazorat guruhi (1-idish): faqat tuproq va suv.

2.

Banan guruhi (2-idish): tuproqqa mayda banan po‘chog‘i qo‘shiladi.

3.

Choy guruhi (3-idish): tuproqqa choy qoldiqlari aralashtiriladi.

4.

Loviya urug‘lari

Loviya urug‘lari bir vaqtda ekildi va har kuni bir xil miqdorda suv bilan

sug‘orildi. Har kuni o‘simliklar o‘sishida yuz berayotgan o‘zgarishlar qayd etildi.

Natijalar

Tajriba 14 kun davomida olib borildi. Quyidagi kuzatuvlar qayd etildi:

Nazorat guruhida o‘rtacha o‘sish sur’ati kuzatildi, o‘simliklar sog‘lom ko‘rindi,
lekin sust rivojlandi. Banan guruhida o‘simliklar tezroq o‘sa boshladi, barglari


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

137

yashil va kengroq bo‘ldi. Choy guruhida o‘simliklar o‘sishi o‘rtacha bo‘ldi, lekin
ba’zi barglarda sarg‘ayish kuzatildi.

Banan po‘stlog‘i o‘zida kaliy, fosfor va boshqa mikroelementlarni

saqlaganligi sababli o‘simliklarning tez va sog‘lom o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Choy qoldiqlari esa tuproqning unumdorligini biroz yaxshilagan bo‘lsa-da, uning
tarkibidagi tanin moddasi ba’zi o‘simliklarda salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi
mumkin.

Banan po‘stlog‘i ko‘pincha chiqindi sifatida tashlab yuboriladi, biroq u

o‘simliklar uchun nihoyatda foydali organik material hisoblanadi. Uning
tarkibida

Kaliy (K):

o‘simliklarda gul ochish, meva berish va kuchli ildiz tizimi

rivojlanishiga yordam beradi.

Fosfor (P):

ildiz rivojlanishini tezlashtiradi.

Kalsiy (Ca):

hujayra devorini mustahkamlab, o‘simlikni kasalliklarga chidamli

qiladi.

Magniy va temir:

yashil pigment — xlorofill hosil bo‘lishida ishtirok

etadi.

Banan po‘chog‘ini mayda kesib, quritiladi, maydalab to‘g‘ridan-to‘g‘ri

tuproqqa aralashtirish yoki chang holida ishlatish yoki suvda ivitib, o‘simliklarga
suyuq o‘g‘it sifatida qo‘llash mumkin.

Choy qoldiqlari, xususan qora va yashil choy barglari, azotga boy va

mikroorganizmlar uchun yaxshi muhit yaratadi, tuproqni yumshatadi, havo
almashinuvi yaxshilanadi, azot manbai sifatida ishlaydi — bu o‘simliklarning
yashil biomassasini ko‘paytiradi. Ba’zi hollarda shamg‘alarga qarshi tabiiy vosita
sifatida xizmat qiladi. agar choy barglarida shakar yoki limon qolgan bo‘lsa, bu
chirishga olib kelishi mumkin. Choy tarkibidagi tanin moddasi ko‘p bo‘lsa, bu
ildizlar rivojlanishini sekinlashtiradi

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kimyoviy o‘g‘itlar o‘rniga uy

chiqindilarini qayta ishlash orqali tabiiy resurslardan samarali foydalanib,
mikroorganizmlar yordamida parchalanib, tuproq uchun to‘yimli massaga
aylanadigan banan po‘chog‘i va choy barglaridan foydalanish mumkin, bu bilan
tuproq va suv resurslari ifloslanishini biroz kamaytirishga erishgan bo’lamiz.

Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, banan po‘chog‘i o‘simliklar o‘sishini

rag‘batlantirishda samaraliroq hisoblanadi. Organik chiqindilarni to‘g‘ri ishlatish
orqali ekologik xavfsiz bog‘dorchilikka erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Muhiddinovna B. Z. Functions and forms of chemical experiment //European
science review. – 2020. – №. 1-2. – С. 48-50.
2.

Бердиева З. М., Ниязов Л. Н. Use of information and communication

technologies in teaching the subject of chemistry in higher education institutions
//Ученый XXI века. – 2016. – №. 5-2 (18). – С. 26-29.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

138

3.

Бердиева З. М. Способы обучения учащихся решению химических

задач //Достижения науки и образования. – 2020. – №. 6 (60). – С. 4-8.
4.

Бердиева З. М. ЮҚОРИ ТАРКИБЛИ ТРАНС-РЕСВЕРАТРОЛ САҚЛАГАН

ҚОРА ТУТ ТАБИИЙ ХОМАШЁ СИФАТИДА //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 22.
– №. 2. – С. 8-12.
5.

Бердиева З. М., Мирзаева Ш. У. Экстракция масла цветков джиды

сверхкритической углекислотой //Интеграция современных научных
исследований в развитие общества. – 2016. – С. 181-183.
6.

Мухаммадиева З. Б., Бердиева З. М. Пищевая безопасность СО2-

экстрактов из растительного сырья //Universum: химия и биология. –
2020. – №. 4 (70). – С. 8-
7.

Бердиева З. М., Жахонов Ж., Мирзаев А. АНАЛИЗ РАСТИТЕЛЬНОГО

ПОЛИФЕНОЛА //SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF
SCIENTIFIC RESEARCH. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 284-287.
8) Rayimov, Z. X. O. G. L. (2021). Ftal angidridning vinillanish jarayoni
erituvchilari. Science and Education, 2(12), 266-269.
9) Райимов, З. Х. У., & Усмонов, С. Б. (2023). Синтез ароматических
полиэфирсульфонкетонов на основе олигосульфонкетонa различного
состава и строения. Science and Education, 4(4), 495-502.
10) Zukhriddin, R., & Sadullo, K. (2023). CHROMATOMATIC MASS ANALYSIS OF
DIVINYLACETYLENE DERIVATIVE OF PHTHALIC ANHYDRIDE. Universum:
технические науки, (5-8 (110)), 30-33.
11) Rayimov, Z. X. O. G. L., & Hayitov, S. T. O. G. L. (2023). Ikkilamchi
polietilentereftalatning mexanik qayta ishlash retsikli. Science and Education,
4(4), 490-494.
12) Rayimov, Z. K. U., & Rajabov, G. A. U. (2023). Use of stripping column in
methanol production technology based on synthesis gas. Science and Education,
4(6), 484-487.
13) Rayimov, Z., Sattorova, G., Jamilova, N., & Qudratov, O. (2024). Chiqindi
gazlarni changli qo ‘shimchalardan tozalash. YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT, 2(3).
14) Vohid, A., Zukhriddin, R., & Farkhod, K. (2024). CHLORINATION OF
PHTHALIC ANHYDRIDE. Universum: технические науки, 8(10 (127)), 19-23.
15) Rayimov, Z. X. O. G. L., Haytiyev, S. B. O., & Usmonov, S. B. (2024). Aromotik
polisulfonlar. Science and Education, 5(6), 31-36.
16) Negmurodovich, M. M. (2023). PECULIARITIES OF CORROSION OF THE
EQUIPMENT OF THE SYSTEM OF PURIFICATION OF HYDROCARBON GASES


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

139

FROM ACIDIC COMPONENTS. American Journal of Pedagogical and Educational
Research, 18, 85-89.
17) Rasulova, M. (2021). Organik o‘g‘itlar va ularning o‘simliklar rivojlanishiga
ta’siri. Toshkent: Agrofan nashriyoti.
18) Smith, J. (2018). Natural Composting Techniques. New York: GreenEarth
Publishing

Библиографические ссылки

Muhiddinovna B. Z. Functions and forms of chemical experiment //European science review. – 2020. – №. 1-2. – С. 48-50.

Бердиева З. М., Ниязов Л. Н. Use of information and communication technologies in teaching the subject of chemistry in higher education institutions //Ученый XXI века. – 2016. – №. 5-2 (18). – С. 26-29.

Бердиева З. М. Способы обучения учащихся решению химических задач //Достижения науки и образования. – 2020. – №. 6 (60). – С. 4-8.

Бердиева З. М. ЮҚОРИ ТАРКИБЛИ ТРАНС-РЕСВЕРАТРОЛ САҚЛАГАН ҚОРА ТУТ ТАБИИЙ ХОМАШЁ СИФАТИДА //PEDAGOGS jurnali. – 2022. – Т. 22. – №. 2. – С. 8-12.

Бердиева З. М., Мирзаева Ш. У. Экстракция масла цветков джиды сверхкритической углекислотой //Интеграция современных научных исследований в развитие общества. – 2016. – С. 181-183.

Мухаммадиева З. Б., Бердиева З. М. Пищевая безопасность СО2-экстрактов из растительного сырья //Universum: химия и биология. – 2020. – №. 4 (70). – С. 8-

Бердиева З. М., Жахонов Ж., Мирзаев А. АНАЛИЗ РАСТИТЕЛЬНОГО ПОЛИФЕНОЛА //SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 284-287.

Rayimov, Z. X. O. G. L. (2021). Ftal angidridning vinillanish jarayoni erituvchilari. Science and Education, 2(12), 266-269.

Райимов, З. Х. У., & Усмонов, С. Б. (2023). Синтез ароматических полиэфирсульфонкетонов на основе олигосульфонкетонa различного состава и строения. Science and Education, 4(4), 495-502.

Zukhriddin, R., & Sadullo, K. (2023). CHROMATOMATIC MASS ANALYSIS OF DIVINYLACETYLENE DERIVATIVE OF PHTHALIC ANHYDRIDE. Universum: технические науки, (5-8 (110)), 30-33.

Rayimov, Z. X. O. G. L., & Hayitov, S. T. O. G. L. (2023). Ikkilamchi polietilentereftalatning mexanik qayta ishlash retsikli. Science and Education, 4(4), 490-494.

Rayimov, Z. K. U., & Rajabov, G. A. U. (2023). Use of stripping column in methanol production technology based on synthesis gas. Science and Education, 4(6), 484-487.

Rayimov, Z., Sattorova, G., Jamilova, N., & Qudratov, O. (2024). Chiqindi gazlarni changli qo ‘shimchalardan tozalash. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(3).

Vohid, A., Zukhriddin, R., & Farkhod, K. (2024). CHLORINATION OF PHTHALIC ANHYDRIDE. Universum: технические науки, 8(10 (127)), 19-23.

Rayimov, Z. X. O. G. L., Haytiyev, S. B. O., & Usmonov, S. B. (2024). Aromotik polisulfonlar. Science and Education, 5(6), 31-36.

Negmurodovich, M. M. (2023). PECULIARITIES OF CORROSION OF THE EQUIPMENT OF THE SYSTEM OF PURIFICATION OF HYDROCARBON GASES FROM ACIDIC COMPONENTS. American Journal of Pedagogical and Educational Research, 18, 85-89.

Rasulova, M. (2021). Organik o‘g‘itlar va ularning o‘simliklar rivojlanishiga ta’siri. Toshkent: Agrofan nashriyoti.

Smith, J. (2018). Natural Composting Techniques. New York: GreenEarth Publishing

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)