DOI:
https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.monographs.140205Ключевые слова:
зеленая экономика охрана окружающей среды профилактика заболевания пчел пчеловодствоАннотация
Jahon miqyosida aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda agrar sohaning oʻrni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarb masaladir. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Asalarichilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va qishloq xoʻjaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida 2023-yil 12-iyundagi 239-son qarori. 2025-yil 15-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi hamda Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirish masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Xususan, Prezidentimizning tegishli qarori bilan asalarichilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asalarichilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni respublikamizning barcha hududlarida tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi tashkil etildi. Shu bilan birga, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili davlat dasturiga muvofiq, asalari oilalari sonini mamlakat bo‘yicha 300 mingga yetkazish vazifasi belgilandi. Yuqoridagilarni inobatga olib Respublikamizda chorvachilikning kichik tarmog‘i hisoblangan asalarichilik sohasiga ham katta e’tibor qaratilmoqda, xususan asalarichilik qishloq xoʻjaligining yuqori daromadli tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Respublikamiz asalarilarni koʻpaytirish va parvarishlash boʻyicha tarixiy markazlardan biri boʻlib, quyoshli tabiati, sohani rivojlantirishda muhim oʻrin egallaydi. Keyingi yillarda asalarichilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish hamda ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish. asalari turlarini yanada koʻpaytirish, asalni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Asalarining yana bir beminnat xizmati shundaki, ular oʻsimlik gullarini changlatish yoʻli bilan, turli ekinlar hosildorligini oshiradi. Keyingi yillarda respublikamizda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shu jumladan, sifatli asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar qabul qilindi. Respublikada asalarichilik sohasini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida rivojlantirish, asalarichilik faoliyatini samarali tashkil etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirishda ularni asalari bilan changlatish amaliyotini keng joriy etishdan iborat.
Respublikamizning tabiiy iqlim sharoiti serasal oʻsimliklarni koʻpaytirish, asalari oilasini tezkor texnologiya asosida boqish uchun juda qulaydir. Birgina paxta dalalarida g‘oʻza gullagan davrda bir milliondan koʻproq asalari oilalarini boqish mumkin. Asalarilar oʻsimlik gulini chetdan changlantirishi natijasida, ularning turlarini sog‘lomlashtirish va yuqori mahsuldor navlarni vujudga keltirishga sharoit yaratadi va ularning hosilini ma’lum darajada oshirishi boʻyicha ilmiy tadqiqot natijalari olingan. Asalarichilikda har bir hududning tabiiy-iqlim sharoitiga moslashgan asalari zotlari ham mavjud boʻlib tabiat qonunlari boʻyicha, tabiiy saralash natijasida bir-biridan morfologik va foydali koʻrsatkichlari ham ular bir qancha populyatsiyaga ega hamda hudud nomini olgan mahalliy turdagi asalarilar ham mavjud hisoblanadi. Keyingi yillarda Hukumatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan foydalangan holda asalarishunos olimlarning ham sohaga qoʻshadigan hissasi ortmoqda ammo bugun olimlar tomonidan bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining ijobiy natijalari Respublikamizdagi asalarichilarga toʻlaqonli va tezkor yetib bormayapti, shularni inobatga olib soha olimlari va asalarichilarning hamjihatligini yanada kuchaytirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Библиографические ссылки
1. Davidov A.S. Asalarichilikda akarapidoz kasalligi muammolari va yechimlari. “Zooveterinariya” jurnali, 2013y, 3 son.
2. Давидов О.С., Элмуродов Б.А., Урақова Р.М., Рахимов М.Ю. Ўзбекистонда асаларилар тропилелапсоз касаллигининг тарқалиши ва унга қарши кураш чоралари. Veterinariya meditsinasi jurnali 12-son 2022 y, 19-21- B.
3. Maxmadiyarov O.A Asalarichilik fanidan amaliy mashg‘o‘lotlat uslubiy qo‘llanma. Toshkent – 2022.
4. Nikadambaev H. Asalari kasalliklari va zararkunandalari. T. 2013 y.
5. Uraqova R.M. Asalarilar varroatoz va tropilelapsoz kasalliklarining klinik belgilari hamda ularga qarshi kurash chora-tadbirlari. Veterinariya meditsinasi jurnali 3-son 2024 y, 16-18-B.
6. Урақова Р.М., Балиев Ш.Қ., Ботирова З. Асаларилар нозематоз касаллигининг даволаш ва олдини олишни замонавий усуллари. “Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. To’plami – 1/24. Samarqand – 2024. 196-199-B.
7. Uraqova, R. M., Gaznakulov, T. K. (2024). Qashqadaryo viloyati asalarichilik xo’jaliklarida tropileylapsoz kasalligining epizootologiyasini o’rganish natijalari. Yangi O ‘zbekiston ustozlari, 2(29), 261-265.
8. Uraqova R.M., Davidov O.S., Baliey Sh.Q., Raximov M.Yu., Tursunova F.M. «Asalarilarni parvarishlash hamda (varroatoz, akarapidoz, tropilaelapsoz) kasalliklarini davolash va oldini olish» bo’yicha Tavsiyanoma. Samarqand -2024y.
9. Uraqova R.M. Asalarilarning nozematoz kasalligini davolash va oldini olish chora tadbirlari. Veterinariya meditsinasi jurnali, 4-son 2025 y, 14-16-B.
10. Davidov A.S., Uraqova R.M., Elmurodov B.A., O.Ilyasov Asalarilar tropilelapsozini davolash va oldini olishning usuli hamda vositalari. Veterinariya meditsinasi jurnali 6-son 2025 y, 8-10- B.
11. Raxmatullayev B.B., Yuldoshev X.T., Yunusov B.X., Uraqova R.M., Baliyev Sh.Q., Xushnazarov A.X. Asalarilarni parvarishlash, sifatli asal yetishtirish va asalari kasalliklarini oldini olish. Bo’yicha qo’llanma. Toyloq – 2025y.
12. Uraqova R.M., Safarov X.A. Asalarilarning tropilyelapsoz va amerikacha chirish kasallklarini davolash hamda qarshi kurash choralari. Veterinariya meditsinasi jurnali, 12-son 2025 y, 5-7-B.
13. Uraqova R.M., T.Q.G’aznaqulov Asalarilarning nozematozini tabiiy o’simliklar bilan davolash va oldini olish. Veterinariya meditsinasi jurnali, 12-son 2025 y, 13-15-B.
14. Элмуродов Б.А., Урақова Р.М., Давидов О.С., Рахимов М.Ю., Джураев О.А. “Асалариларда тропилелапсозни даволаш ва олдини олиш” бўйича Тавсиянома. Самарқанд-2023й
