Авторы

  • Рукия Урокова
    Ветеринарный научно-исследовательский институт
  • Алишер Хушназаров
    Ветеринарный научно-исследовательский институт

Биографии авторов

  • Рукия Урокова, Ветеринарный научно-исследовательский институт
    Доктор философии в области ветеринарных наук, старший научный сотрудник, лаборатория болезней домашней птицы, кроликов, рыб и пчел
  • Алишер Хушназаров, Ветеринарный научно-исследовательский институт

    В 2016 году окончил ветеринарный факультет Самаркандского сельскохозяйственного института. В 2018 году получил степень магистра паразитологии в Самаркандском институте ветеринарной медицины. Некоторое время работал руководителем Института САМВМ Союза молодежи Узбекистана. В 2018-2021 учебных годах работал ассистентом преподавателя на соответствующих кафедрах Самаркандского государственного университета ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологии. В 2021 году проходил стажировку в качестве научного сотрудника по специальности 03.00.06-зоология. В 2021-2023 годах защитил докторскую диссертацию (кандидат наук) по данной специальности в этом университете. Сегодня он проводит научные исследования в направлении кролиководства, быстро развивающейся отрасли животноводства в нашей Республике. Алишер Хушназаров, младший научный сотрудник Ветеринарного научно-исследовательского института, является автором 2 учебно-методических пособий, 3 рекомендаций и более 60 статей и диссертаций по вопросам сохранения, содержания, ухода, диагностики и лечения отдельных заболеваний сельскохозяйственных животных, а также устранения существующих проблем и недостатков в этой отрасли.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.monographs.140206

Ключевые слова:

рыбоводческие хозяйства профилактика инвазивных заболеваний рыб гельминтозы рыб

Аннотация

Umurtqali hayvonlar ichida baliqlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bugungi kunda Respublikamiz suv havzalarida baliqlarning 84 ta turi qayd etilgan. O‘zbekiston suv havzalarida karpsimon baliqlar keng tarqalgan va 45 dan ortiq kenja turlari mavjud. Baliqchilik sohasi xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, aholini arzon, oqsilga boy baliq va baliq mahsulotlari bilan ta’minlash hamda sanoatda baliq mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlashdan iborat. Baliqchilikni intensiv usulda rivojlantirish, baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish miqdorlarini oshirishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Inson hayotida organizmni to‘la qiymatli oziq moddalar bilan ta’minlashda oqsil, uglevod, yog‘, vitaminlar, minerallar, fosfor, temir, kalsiy mikroelementlari asosiy o‘rinni egallaydi. Bu moddalar esa baliq mahsulotlarida yеtarlicha mavjud. Baliq go‘shti yuqori biologik qiymatga ega bo‘lgan parhez taom va to‘yimli oziqa hisoblanadi.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari – Yaponiya, G‘arbiy Yevropa davlatlari, Shimoliy Amerika, Avstraliyada baliq iste’moli bir kishi hisobiga bir yilda o‘rtacha 25–45 kg ga to‘g‘ri keladi.  Oziq-ovqat mahsulotlari orasida baliq juda muhim o‘rin tutgani uchun sog‘liqni saqlash xizmati tomonidan har bir kishi uchun bir yilda eng kamida 12 kg baliq iste’mol qilish tavsiya etilgan. Respublikamizdagi yagona dengiz(Orol)ning qurib qolishi natijasida xalqimizning baliq go‘shti bilan ta’minlanishi keskin pasayib ketdi. Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda, faqatgina uning miqdor ko‘rsatkichigina emas, balki salomatligini ta’minlovchi ko‘rsatkichlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Inson hayvonot dunyosi hisobidan qabul qiladigan oqsillarning 18-20 foizi suvda yashovchi organizmlarga, asosan baliqlarga, to‘g‘ri keladi. Baliq go‘shti tarkibida to‘yimli moddalar mavjud bo‘lgan holda ularning odam organizmida hazm bo‘lish darajasi ham yuqoridir. Baliq go‘shti va ayniqsa, yog‘i «D» vitaminiga o‘ta boy bo‘lib, uni yеtarli darajada iste’mol qilish moddalar almashinuvini me’yorida saqlab turadi. Yosh bolalarda, ayniqsa kech kuz va qish oylarida, quyosh kam bo‘lganda kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Baliq va baliq mahsulotlari kimyoviy tarkibi sifat jihatidan qishloq xo‘jaligi hayvonlari go‘shtidan qolishmaydi, eng avzalligi esa hazm bo‘lish jihatidan hayvonot go‘shtidan ancha yuqori turadi. Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish va uning salomatligini yaxshilashda baliq mahsulotlari tarkibida vitaminlarning mavjudligi hamda yuqori sifat ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga egadir.  Baliq go‘shtida 15-22 foiz oqsil, 0,2 dan 30,8 foizgacha yog‘, oz miqdorda uglevodlar mavjud. Baliqchilik sanoatida baliq moyi, baliq uni hamda boshqa sohalar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dori-darmonlar ishlab chiqarilmoqda. Aholining arzon va sifatli baliq va baliq mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish xususiy mulkchilikka asoslangan baliqchilik xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga bevosita bog‘liq. Bu, o‘z navbatida, sun’iy hovuzlar samaradorligini oshirish, tabiiy suv havzalarida baliq zahiralarini ko‘paytirish, mustahkam oziqa bazasini yaratish, ularga xizmat ko‘rsatishni sifat jihatidan yaxshilash, mahsulotni qayta ishlashni tashkil etish hisobiga mahsulot olish va daromad miqdorini oshirishni taqozo qiladi.

Baliq moyi - bu treska, olabug‘a, qalqonbaliq, tunets baliqlari jigaridan olinadigan moydir. U sarg‘ish va tiniq suyuqlik bo‘lib, baliq hidi va mazasi bor. Baliq moyida odam, hayvon va parrandalar uchun zarur biologik faol moddalar, masalan, xolesterin, A va D vitaminlari, yog‘ bor. Raxit, osteomalatsiya, sil, shabko‘rlikning oldini olish va davolashda, suyak singanda bitishini tezlashtirish uchun ishlatiladi. Baliq uni - baliqdan yoki baliqni konservalash chiqitlaridan tayyorlanadigan un. Baliq uni oqsil, kalsiy va fosforga boy bo‘lib, qishloq xo‘jaligi hayvonlariga beriladi. Tarkibida 50-55 % oqsil, 10-20 % yog‘, 30 % gacha kalsiy- fosfor, 5 % gacha osh tuzi mavjud. Baliq uni hayvon organizmida juda yеngil hazm bo‘ladi. Shuning uchun ham birinchi navbatda, yosh hayvonlarga va parrandalarga ayniqsa, jo‘jalarga ularning kunlik yеmiga 10 % miqdorida qo‘shib beriladi.

Respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini barqaror ta’minlash, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ichki iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, asosan qishloqlarda  zamonaviy va yuqori unumli texnika hamda texnologiya bilan jihozlangan qayta ishlovchi ixcham korxonalarni jadal barpo etish, shu asosda yangi ish joylarini shakllantirish, ko‘proq odamlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish maqsadida baliqchilik tarmog‘ini tez sur’atlarda rivojlantirish, baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etish, sohani tartibga solish, baliqchilik xo‘jaliklarida infeksion va invazion kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, intensiv usulda baliq yеtishtirish, mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, innovatsion g‘oyalar hamda ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalarni keng ko‘lamda joriy qilish kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2939-son, 2018-yil 6-apreldagi “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3657-son va 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4005-sonli Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu qo‘llanma muayyan darajada xizmat qiladi hamda baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Ammo, sohani rivojlantirishda jiddiy to‘siq bo‘ladigan omillardan biri - bu baliq kasalliklari hisoblanadi. Baliqlar kasalliklari va ularning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunda muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Ixtiopatologiya - baliq kasalliklarini o‘rganuvchi fan bo‘lib, unda baliq kasalliklari va ularning sabablari, kasallik chaqiruvchi organizmlar va ularning patogenlik xususiyatlari, baliqlarning kasallikka moyilligi va chidamliligi, profilaktik choralar hamda kasalliklarga qarshi kurash usullari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur fan hayvonot dunyosini o‘rganishda nazariy va amaliy masalalarni hal etib, biologiyaning ayrim yo‘nalishlarini va xalq xo‘jaligini rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ixtiopatologiya fanining vazifalari baliq kasalliklarini o‘rganish asosida baliqlar organizmining kasalliklarga chidamligini oshirishni o‘rganish; kasallikni kamaytirish, rivojlanish intensivligini va organizmni zararlash darajalarini pasaytirish; kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarni ishlab chiqish; xalq xo‘jaligi amaliyotida bu fanning usul va yutuqlaridan foydalanishni o‘rganish hisoblanadi.

Zamonaviy ixtiopatologiya sohasida  keyingi yillarda baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlarni intensiv tarzda yetishtirish usuli bilan bog‘liq holatda sun’iy ozuqalardan foydalanishda a-vitaminoz (vitaminlar yetishmovchiligi) va moddalar almashinuvining buzilishi natijasida infeksion va invazion kasalliklarning rivojlanishi kuzatilmoqda. Ixtiopatologiyaning asosiy vazifasi – baliqlar kasalliklarining etiologiyasini aniqlash va unga qarshi chora – tadbirlarni ishlab chiqish, ularni bartaraf qilishdan iboratdir. Ko‘pgina baliq turlari kasalliklari etiologiyasi baliqlarning yoppasiga nobud bo‘lishi bilan amalga oshib, bir vaqtning o‘zida baliqlarga bir nechta omillarning ta’sir ko‘rsatishi qayd qilinadi. Shu sababli baliqlarning nobud bo‘lishi sabablarini birgina omil ta’siri bilan izohlashning o‘zi ayrim holatlarda yetarli hisoblanmaydi va samarali natijalarga olib kelmaydi. Ixtiopatolog mutaxassislarning asosiy vazifasi baliqlarga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni sinchiklab o‘rganib, ushbu kasalliklarga qarshi chora – tadbirlarni ishlab chiqish, baliqlarning yoppasiga kasallanishining oldini olish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Baliq kasalliklarini oldini olish va davolash chora–tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunda muhim ahamiyaga ega hisoblanadi.

Библиографические ссылки

1. Даминов А.С., Ш.Н.Насимов, В.А.Герасимчик, С.Б.Эшбуриев, Ф.И.Қурбонов. “Балиқ касалликлари” Тошкент, “Навруз нашриёти, 2020, -219б.

2. Baliev, S. K., Uroqova, R., Sulaymanova, N. A., Xushnazarov, A. X., & Botirova, Z. (2024). BALIQLARNI BRONXIOMIKOZDAN ASRAYLIK. Ustozlar uchun, 1(1), 133-137.

3. Балиев, Ш., Урокова, Р., Сулайманова, Н., Хушназаров, А., & Ботирова, З. (2024). Защитим рыбу от бронхиомикоза. Library, 2(2), 133-137.

4. Kurbanov F. et al. The number of pathological samples and results obtained by mycologically examined fish Saprolygniosis in Samarkand and Jizzak regions //BIO Web of Conferences. – EDP Sciences, 2025. – Т. 160. – С. 02007.

5. Канаев А.И. Применение лечебных препаратов в борьбе с краснухой карпов М., 1962г.

6. Османов С.О. Паразиты рыб Узбекистана. - Ташкент: Фан, 1971.-532 с.

7. Османов С.О. Вопросы паразитологии Аральского моря. – Ташкент: Фан, 1976. – 200 с.

8. Сафарова Ф.Э., Д.А. Азимов, Ф.Д. Акрамова, Э.Б. Шакарбоев, Б.А.Қаҳрамонов Балиқлар касалликлари Тошкент, – 2019й.

9. Хақбердиев П.С., А.Турсунқулов “Балиқларнинг юқумли ва юқумсиз касалликлари. Самарқанд 2012й.

10. Хақбердиев П.С., Турсунқулов А. “Балиқларнинг захарланишлари” Самарқанд 2012й.

11. Юлдошов М. А. Ўэбекистоннинг турли типдаги сув хавзаларида балиқ махсулдорлигини оширишнинг биологик асослари. Биология фанлар доктори, дисс. Автореферат Тошкент.- 2019. -25б.

12. Шакарбоев Э.Б., Голованов В.И., Сафарова Ф.Э., Кузнецов Д.Н. Гельминтофауна белого амура и обыкновенного толстолобика, обитающих в водоемах северо-востока Узбекистана // Ветеринария. – Москва, 2017. - № 12

13. Шакарбоев Э.Б., Сафарова Ф.Э., Азимов Д.А., Акрамова Ф.Д., Мирзаев У.Т., Голованов В.И. Оқ амур ва оқ дўнгпешона балиқларининг гельминтозлари ва инвазияга қарши кураш чора тадбирлари (Тавсиянома). – Тошкент, 2017. – 52 б.

14. Шакарбоев Э.Б., Сафарова Ф.Э., Азимов Д.А. Карпсимон балиқлар (Cypriniformes) сангвиниколёзи ва унинг олдини олиш чоралари // Ўзбекистон аграр фани хабарномаси. – Тошкент, 2015. - № 3 (61).-С. 87-91б.