МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
113
https://universalpublishings.com
ANJIRNING TIBBIY FOYDALARI
VA SALOMATLIK UCHUN QO’LLANILISHI
Abrayqulova Ruxshona Zafar qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi
Mardonov Amirjon Toshtemirovich
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada anjirning(Ficus carica) kimyoviy tarkibi,
biologik faolligi, dorivor xususiyatlari va tibbiyotda qoʻllanilishi bilan birga
uning fitokimyoviy, ozuqaviy qiymati , terapevtik imkoniyatlari hamda
toksiklik profiliga oid mavjud maʼlumotlar umumlashtiriladi. Shuningdek
anjirning potensial zararli tomonlari hamda uni isteʼmol qilishda ehtiyot
choralari keltiriladi. Anjir qadim zamonlardan beri nafaqat oziq-ovqat
mahsuloti balki turli kasalliklarini davolash va oldini olish maqsadida
ishlatilgan. Ushbu oʻrganishlar asosida anjirning inson organizmiga taʼsiri va
unda kechayotgan salbiy jarayonlarga nisbatan foydalari yoritiladi. Maqola
anjirning zamonaviy ilm-fan va tibbiyotdagi oʻrni va salomatlikka ijobiy
taʼsirini yoritishga qaratilgan.
Kalit so’zlar.
Anjir, dorivor, vitamin, immunitet, qon bosimi, kasallik,
salomatlik
Kirish.
Anjir tutdoshlar oilasiga mansub subtropik mevali daraxt yoki buta
bo‘lib, u O‘rta Yer dengizi mamlakatlari, Yaqin Sharq, Hindiston va Markaziy
Osiyoda keng tarqalgan. Qadimdan odamlar tomonidan ekilib, parvarishlab
kelinadi. U oziqaviy qiymati yuqori bo‘lgan mevalari, foydali xususiyatlari va
qiziqarli biologik xususiyatlari bilan mashhur.Tarixiy manbalarda anjir haqida
Misr, Yunoniston va Rim madaniyatlarida eslatib o‘tiladi. Botanika fanida
Ficus carica nomi bilan tanilgan bu mevaning oʻziga hos tabiati bor. Jumladan,
oʻsimlikning hayotiy shakli daraxt yoki buta (balandligi 3–10 metr), barglari
yirik, keng, chuqur bo‘laklangan va qo‘pol teksturaga ega va mevasi yumshoq,
shirin va shirali. Tashqi tomondan mayda tukchali yoki silliq bo‘ladi. Rangi
yashildan to’q binafsha yoki sarg‘ish ranggacha bo‘lishi mumkin. Meva ichida
mayda urug‘lar bo‘ladi.Xususan, ildiz tizimi kuchli va chuqur ildiz otadi, bu
esa uni qurg‘oqchilikka chidamli qiladi. Anjir tarkibidagi fenolik birikmalar
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
114
https://universalpublishings.com
kuchli antioksidant xususiyatga ega bo‘lib, hujayralarni qarish va yurak-qon
tomir kasalliklari, shuningdek, saraton kabi surunkali kasalliklarga olib
keladigan oksidlovchi stressdan himoya qiladi . Anjir qadimdan xalq
tabobatida davo sifatida qo‘llanib kelinadi. Shuningdek anjir hazm qilish tizimi
kasalliklari, yurak-qon tomir kasalliklari, immunitetni mustahkamlash, suyak
va boʻgʻim kasalliklari, teri va soch muomolari, kamqonlik, nafas olish
yoʻlidagi kasalliklar, tanadagi toksinlarni chiqarish hamda qandli diabet
kasalligida shifo sifatida ishlatiladi. Anjir nafaqat foydali ozuqa, balki
bog’bonlar uchun iqtisodiy jihatdan ham qimmatli bo’lgan o’simlikdir.
Asosiy qism.
Anjir (lotincha: Ficus carica) tutdoshlar oilasiga mansub
subtropik mevali daraxt yoki buta bo‘lib, qadimdan odamlar tomonidan ekilib,
parvarishlab kelinadi. U oziqaviy qiymati yuqori bo‘lgan mevalari, foydali
xususiyatlari va qiziqarli biologik xususiyatlari bilan mashhur. Quyida anjir
haqida
umumiy
ma’lumotlar
keltirilgan:
Botanik tavsifi
•
O‘simlik turi: Daraxt yoki buta (balandligi 3–10 metr)
• Barglari: Yirik, keng, chuqur bo‘laklangan va qo‘pol teksturaga ega.
• Mevalari: Yumshoq, shirin va shirali. Tashqi tomondan mayda tukchali yoki
silliq bo‘ladi. Rangi yashildan to’q binafsha yoki sarg‘ish ranggacha bo‘lishi
mumkin. Meva ichida mayda urug‘lar bo‘ladi.
• Ildiz tizimi: Kuchli va chuqur ildiz otadi, bu esa uni qurg‘oqchilikka
chidamli qiladi.
Tarqalishi va kelib chiqishi
• Anjir O‘rta yer dengizi mintaqasidan kelib chiqqan deb hisoblanadi. Uning
yovvoyi turlari asosan O‘rta Osiyo, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Janubiy
Evropada uchraydi.
• U qadimdan ekin sifatida o‘stirilgan va dunyo bo‘ylab subtropik hududlarga
keng tarqalgan.
O’sish sharoitlari
•
Iqlim: Iliq va quruq subtropik hududlarda yaxshi o‘sadi.
• Tuproq: Suvni yaxshi o‘tkazuvchi, qumloq yoki qumoq tuproqlar mos keladi
• Haroratga chidamliligi: Qishda -10°C dan sovuq joylarda zarar ko‘rishi
mumkin.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
115
https://universalpublishings.com
Oziqaviy qiymati
Anjir
o‘zining
boy
tarkibi
bilan
sog‘liq
uchun
foydali:
•
Vitaminlar:
A,
C,
K
va
B
guruhidagi
vitaminlar.
•
Minerallar:
Kaliy,
magniy,
kaltsiy,
fosfor
va
temir.
• Boshqa moddalar: Tolalar, antioksidantlar va tabiiy shakar (fruktoza,
glyukoza).
Foydali xususiyatlari
1. Hazm qilishni yaxshilaydi: Tarkibidagi tolalar ichak faoliyatini yaxshilaydi.
2. Energiya manbai: Tabiiy shakarlar tufayli organizmga tez energiya beradi.
3. Yurak va qon tomirlari uchun foydali: Kaliy va antioksidantlar qon bosimini
nazorat qilishda yordam beradi.
4. Suyaklarni mustahkamlaydi: Kaltsiy va fosfor moddalari suyak to‘qimasini
qo‘llab-quvvatlaydi.
Foydalanish
• Yangi holatda: Mevasi shirinligi va shiradorligi tufayli desert sifatida
iste’mol qilinadi.
• Quritilgan holatda: Quritilgan anjir uzoq muddat saqlanadi va ovqatlanishda
keng qo‘llaniladi.
• Dorivor maqsadlarda: Tabiiy dorilar va xalq tabobatida ichak faoliyatini
yaxshilash va energiyani tiklash uchun ishlatiladi.
Anjir foydali kimyoviy tarkibi tufayli inson salomatligiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Quyida anjirning turli qismlaridagi foydali moddalarning inson
organizmiga ta’sirini kòrib chiqishimiz mumkin. Xususan, anjir foydali va
shifobaxsh mevalardan biri boʻlib uning kimyoviy tarkibi organizm uchun
zarur boʻlgan moddalarni oʻz ichiga oladi va salar anjir tarkibida uglevodlar
,oqsillar, yog’larni koʻrishimiz mumkin. Anjir kòpgina kasallaiklar jumladan:
Hazm qilish tizimi kasalliklari
• Ich qotishi: Anjirda ko‘p miqdorda tolalar mavjud bo‘lib, ichak harakatini
yaxshilaydi va ich qotishini bartaraf etadi.
• Gastrit va oshqozon kislotasi: Anjir oshqozon devorlarini himoya qilib,
kislotaning zararini kamaytiradi.
Yurak-qon tomir kasalliklari
• Qon bosimini nazorat qilish: Tarkibidagi kaliy va magniy yuqori qon
bosimini pasaytirishga yordam beradi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
116
https://universalpublishings.com
• Qon tomirlarining sog‘lig‘i: Anjir antioksidantlar va omega-3 yog‘ kislotalari
bilan boy bo‘lib, qon tomirlarni mustahkamlaydi va yurak xastaliklarining
oldini oladi.
• Xolesterin darajasini pasaytirish: Tolalar va pektin moddalari zararli LDL
xolesterinni kamaytiradi.
Qandli diabet
• Qon shakarini nazorat qilish: Anjir barglaridan tayyorlangan choy insulin
samaradorligini oshirishga yordam beradi va qon shakar darajasini nazorat
qiladi.
• Ammo diabet kasalligi bilan og‘riganlar shirinligi tufayli yangi anjirni ko‘p
iste’mol qilmasligi kerak.
•Anjir glyukoza metabolizmini yaxshilaydi va insulin sezuvchanligini
oshiradi,
bu
esa
diabetni
boshqarishda
yordam
beradi.
Immunitetni mustahkamlash
• Antioksidantlar va vitaminlar: Anjir tarkibidagi C vitamini va polifenollar
organizmni erkin radikallardan himoya qiladi va immunitetni kuchaytiradi.
• Infeksiyalarga qarshi: Anjir organizmni bakterial va virusli infeksiyalardan
himoya
qilishga
yordam
beradi.
Suyak va bo‘g‘im kasalliklari
• Osteoporozning oldini olish: Anjirda ko‘p miqdorda kaltsiy, fosfor va
magniy mavjud bo‘lib, ular suyak to‘qimalarini mustahkamlaydi.
• Artrit: Yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari bo‘g‘imlarning yallig‘lanishini
kamaytirishga yordam beradi.
Teri va soch muammolari
• Teri yallig‘lanishi: Anjir tabiiy yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida teridagi
qizarish va yallig‘lanishni kamaytiradi.
• Soch to‘kilishi: Uning tarkibidagi temir va sink moddalari soch ildizlarini
mustahkamlaydi.
Kamqonlik
• Anjirda temir moddasi ko‘p bo‘lib, bu qon tarkibidagi gemoglobin
darajasini oshirishga yordam beradi. U kamqonlikni bartaraf etishda foydali.
Nafas olish yo‘llari kasalliklari
• Yo‘tal va tomoq og‘rig‘i: Anjir shilliq qavatni yumshatib, balg‘amni
chiqarishga yordam beradi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
117
https://universalpublishings.com
• Bronxit: Iliq suvda qaynatilgan anjir bronxial yallig‘lanishni kamaytiradi va
nafas olishni yengillashtiradi.
Tanadagi toksinlarni chiqarish
• Tabiiy detoksifikatsiya: Anjir tarkibidagi tolalar va pektin ichaklarni tozalab,
organizmdan toksinlarni chiqaradi.
Yallig‘lanishga qarshi ta’sir
Anjir bioaktiv birikmalari yallig‘lanishni kamaytiradi, bu esa artrit, diabet va
yurak-qon tomir kasalliklari kabi surunkali holatlarni boshqarishda
foydali.Shuningdek, yuqori tolalar miqdori ichak faoliyatini yaxshilab,
qabziyat va irritatsion ichak sindromi (IBS) simptomlarini yengillashtiradi.
Xossalari.
Anjirning qurug’i, xususan o’tkir mazaligi kuchli tozalovchi,
pishiruvchi va shimdiruvchidir. Etilik anjirning pishiruvchanligi koʻproq
boʻlib, uning oziqlik, parchalash va latiflashtirish xususiyatlari ham bor.
Yovvoyi anjirning o’tkir mazaligi ko’proq va shu jihatdan kuchliroqdir.
Umuman anjir boshqa mevaga qaraganda oziqliroq bo’ladi. Toza pishgan anjir
deyarli zarar yetkazmaydi, biroq unda dam qilish xususiyati bor. Anjirdagi
oziqlikning tig’izligi garchi don va go’shtlarnikidek bo’lmasa ham, boshqa
hamma mevalarning ovqatliligidan zo’rdir. Hali barg chiqarmagan anjir
shohidan olingan shiranning quvvati anjir sutining quvvatiga yaqin bo’ladi.
Anjirning homini, shuningdek, bargini hol, sugal va bularning har xil turlariga,
dog’larga surtiladi.
Shish va toshmalar. Anjirni qattiq shishlarga qo’yib bog’lanadi.
Tutanjirni arpa uni bilan pishirib yoki uning homini dog’larga qo’yib
bog’lanadi u chipqonlarni ham pishiradi. Anjirning xo’lini isteʼmol qilinsa,
issiqlik toshiradi. Uning qaynatmasi bilan gʻargʻara qilinsa, tomoq va quloq
osti shishlariga foyda qiladi. Anor po’sti va kallaqand bilan qoʻshib,
qaynatilgani milkak uchun foydalidir. Quruq anjir oʻzining shirinligi bilan
jigar va taloq ishlariga zarar yetkazadi; ammo shish qattiq boʻlsa, zarar ham
qilmaydi, foyda yetkazmaydi lekin latiflashtiruvchi va shimdiruvchi narsalar
bilan aralashtirilsa juda foydali boladi.
Bosh aʼzolari.
Xo’l va quruq anjir tutqanoq kasaliga foyda qiladi. Uning qaynatmasi
hardal ko’pigi bilan qoʻshib, shang’illayotgan quloqqa tomiziladi. Anjirning
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
118
https://universalpublishings.com
sutini va hali barg chiqarmagan shohlarning shirasini yeyilib ketayotgan tishga
quyilsa, foyda qiladi. Anjirni quloq osti shishlariga qo’yib bog’lansa ham
foyda yetkazadi. Xom anjirni talqon qilib bosh yaralariga sepilsa tuzatadi.
Koʻz aʼzolari.
Anjirning sutini asal suvi bilan qoʻshib, koʻzining pardalaridagi
suyuqlikka qarshi, kataraktaning boshlanishiga, koʻz qovoqlarining va
qatlamlarining
qalinlashishiga
qarshi
ishlatilsa
foyda
qiladi.
Koʻkrak aʼzolari.
Anjirning xo’li va qurug’i tomoq qirilishiga foyda qiladi hamda ko’krak
va o’pka yo’llariga mos keladi. Anjirning sharbati sutni ko’paytiradi,
shuningdek, uning sharobi eski yo’tallarga va ko’krak og’riqlariga , o’pka va
uning yo’llaridagi shishlarga foyda qiladi.
Oziqlantirish aʼzolari.
Anjir jigar va taloqlardagi tiqilmalarni ochadi. Jolinus anjirning xo’li
me’da uchun yomon, qurig’i esa yomon emas deydi. Agar uni murriy bilan
yeyilsa, meʼdani chiqindilardan tozalaydi. U tuzlik shilliqdan paydo bolgan
tashnalikni kesuvchi narsalardandir; qurug’i esa chanqovni qoʻzgʻatadi. Anjir
sharbatini ichish me’daga foydali boʻlsa ham, ishtaxani kesadi.
Zaharlar
Anjirning sutini chayon yoki qoraqurt chaqqan joyga surtib yuborilsa,
foyda beradi. Anjirning xom mevasini yoki yangi bargini quturib ketgan it
tishlagan joyga qo‘yilsa, shifo bo‘ladi. Shuningdek, anjir mevasini va bargini
yasmiq bilan aralashtirib, tayyorlangan malhamni latcha (ilon) chaqqan joyga
bog‘lash ham foydali. Anjir o‘ziga xos tabiatga ega bo‘lib, uning barglari va
sutida sutli o‘simliklarga xos xususiyatlar mavjud. Agar anjirning bargi
topilmasa, yovvoyi anjirning shoxini sindirib olib, qaynatib, uning suvini olish
mumkin. Anjirning shirasi boshqa o‘simliklarning shirasi olinadigandek
tayyorlanadi. Anjirning shirasi asaldagi kabi shifobaxsh ta’sirga ega.nahorga
iste’mol qilishning ovqat yo’llarini ochishda ajoyib manfaati bor.
Anjirning terapevtik ahamiyati Hozirgi kunda sintetik qo‘shimchalar
inson salomatligiga ta’siriga oid xavotirlar kuchayayotgan bir paytda, Ficus
carica tabiiy, polifenolik birikmalarga boy bo‘lgan kuchli terapevtik vosita
sifatida maydonga chiqdi. F. caricaning farmakologik va oziqaviy
xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan ko‘plab tadqiqotlar paydo
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
119
https://universalpublishings.com
bo‘lmoqda.Tadqiqot davomida PubMed, ScienceDirect, Scopus va Google
Scholar kabi ma’lumotlar bazalaridan keng qamrovli qidiruv amalga oshirilib,
1999–2023-yillar oralig‘ida chop etilgan F. caricaga oid 126 ta maqola va
tadqiqotlar kiritildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, F. carica antioksidant,
neyrodegenerativ kasalliklarga qarshi, mikrobga, virusga, yallig‘lanishga,
artritga, epilepsiyaga, konvulsiyaga, yog‘ miqdorini kamaytirishga, diabetga,
saratonga va mutagenlikka qarshi kabi keng ko‘lamli ijobiy ta’sirlarga ega.
Muhim jihatlardan biri shundaki, F. caricaning antioksidantlari xolinesteraza
fermentini inhibitsiya qilib, Altsgeymer va boshqa neyrodegenerativ
kasalliklarda neyronlarni himoya qilishi ko‘rsatilgan. F. caricaning antimikrob
xususiyatlari uning yuqori flavonoid va terpenoid tarkibi bilan bog‘liq bo‘lsa,
uning viruslarga qarshi xususiyati DNK va RNK replikatsiyasini inhibitsiya
qiluvchi triterpenlar orqali izohlangan. Yallig‘lanish va artrit kabi kasalliklar
esa signal oqsillarini modulyatsiya qilish orqali bartaraf etilishi
mumkin.Tadqiqotlarda F. caricaning ekstraktlari odatda xavfsiz va past
toksiklikka ega ekani ko‘rsatilgan, ammo ayniqsa uning teriga ta’sirini yanada
chuqurroq o‘rganish zarur. Ushbu tadqiqot F. caricani qimmatli tabiiy
terapevtik vosita va parhez qo‘shimchasi sifatida ta’kidlaydi. Biroq, klinik
sinovlarni boshlashdan oldin uning xavfsizligi va samaradorligini davomiy
o‘rganish talab etiladi. Bu, shuningdek, shaxsiy parhez va dori vositalarida
yangi paradigmalarni ochib, sog‘liqni yaxshilash imkoniyatlarini oshiradi.
Qanday iste’mol qilish kerak?
Anjir yangi va quritilgan holatda iste’mol qilinadi. U nafaqat mustaqil oziq-
ovqat mahsuloti sifatida, balki shirinliklar, salatlar va turli xil ichimliklarda
ishlatiladi. Tabobatda esa anjirning qaynatmasi yoki siropi yo‘tal va
shamollash kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
• Yangi va quritilgan holda.
• Qaynatma yoki sirop sifatida.
•Shirinliklarda
yoki
sut
qo‘shib
kokteyllarda.
Ehtiyot choralari
Anjir tabiiy shakar miqdori yuqori bo‘lgani uchun qandli diabet bilan
og‘riganlar uni me’yorida iste’mol qilishi lozim. Bundan tashqari, ko‘p
miqdorda iste’mol qilish hazmsizlikka olib kelishi mumkin.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
120
https://universalpublishings.com
Tarkibiy
qism
Yangi
anjir(100g)
Konser
va
anjir(100g
Izoh
Uglevodla
r
16-19 g
22-30 g
Konserva
anjirga
shakar
qo’shiladi
Kaloriya
70-80 kkal
100-
120 kkal
Konserva
da
qo’shimcha
shakar
sababli
yuqori
Oqsil
0.8-1.2 g
0.5-1 g
Yangi
anjirda oqsil
miqdori
biroz
ko’proq
Yog’lar
0.2-0.3 g
0.1-0.2
g
Farq
unchalik
katta emas
Tolalar(fib
ir)
2-3 g
1.5-2 g
Konserva
da
biroz
kamayadi
Vitaminlar
C Vitamini
2-3 mg
0.5-1
mg
Konserva
jarayonida
yo’qoladi
Vitamin K
4-5 mcg
1-2
mcg
Konserva
da kamayadi
B
Guruh
vitaminlari
Oz
miqdorda(B6,
B1)
B
guruh
vitaminlar
Yangi
anjirda
ko’proq
saqlanadi
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
121
https://universalpublishings.com
• Haddan tashqari iste’mol qilish: Ko‘p miqdorda iste’mol qilish diareya va
ichak faoliyatini buzishga olib kelishi mumkin.
Natija
Tadqiqot davomida tabiiy va konserva anjirning salomatlikka ta’siri
o‘rganilib, ular orasidagi farqlar aniqlandi. Tabiiy anjirda vitaminlar (ayniqsa
C vitamini), minerallar (kaliy, magniy) va antioksidantlar yuqori darajada
saqlanib, uning shifobaxsh xususiyatlari yuqori ekanligi kuzatildi. U
immunitetni mustahkamlash, zaharli moddalarni chiqarish va yaralarni
davolashda samarali bo‘ldi.
i
kam
miqdorda
Minerallar
Kaliy
230-240 mg
150-
200 mg
Yangi
anjirda
yuqoriroq
Kalsiy
35-40 mg
30-35
mg
Farq
kam,lekin
yangi ajirda
ko’proq
Temir
0.4-0.5 mg
0.2-0.3
mg
Konserva
jarayonida
yo’qoladi
Magniy
15-17 mg
10-12
mg
Yangi
anjirda
ko’proq
Suv
miqdori
79-80%
60-
70%
Konserva
da
suv
bug’lanishi
yoki
sirop
qo’shilishi
sabab
kamayadi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
122
https://universalpublishings.com
Konserva
anjirda
esa
qayta
ishlash
jarayonida
vitamin
va
antioksidantlarning bir qismi yo‘qotiladi, ammo minerallarning asosiy qismi
saqlanib qoladi. U uzoq muddat saqlash uchun qulay bo‘lsa-da, tabiiy anjirga
nisbatan foydali xususiyatlari pastroq ekanligi qayd etildi. Mazkur natijalar
tabiiy anjirning tibbiyot va ovqatlanishda ustunligini ko‘rsatib, uni shifobaxsh
vosita sifatida kengroq qo‘llashni tavsiya etadi. Shu bilan birga, konserva anjir
texnologiyalarini takomillashtirish zarurati ham dolzarb ekanligi belgilandi.
Xulosa
Anjir inson salomatligi uchun boy ozuqaviy tarkibi va tibbiy foydalari bilan
ajralib turadigan noyob mevalardan biridir. Unda tabiiy shakarlar, vitaminlar
(C, K, B-kompleks), minerallar (kaliy, kaltsiy, magniy, temir) va
antioksidantlar mavjud bo‘lib, ular birgalikda organizmni himoya qilish,
energiya bilan ta’minlash va kasalliklarning oldini olishda muhim rol
o‘ynaydi.
Anjirning eng muhim foydalaridan biri ovqat hazm qilishni yaxshilashidir.
Undagi tolalar ichaklarni faol ishlashga undaydi, ich qotishini oldini oladi va
organizmni toksinlardan tozalashda yordam beradi. Shuningdek, yurak-qon
tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, xolesterin miqdorini kamaytiradi, qon
bosimini me’yorlashtiradi va yurakni turli kasalliklardan himoya qiladi. Ushbu
xususiyatlari kaliy va omega-3 yog‘ kislotalarining yuqori darajada mavjudligi
bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, anjir suyak salomatligini qo‘llab-quvvatlashda alohida
ahamiyatga ega. Kaltsiy va magniy kabi minerallarning ko‘pligi suyaklarni
mustahkamlaydi, osteoporoz xavfini kamaytiradi va yoshi ulug‘ insonlar
uchun foydalidir. Immunitetni mustahkamlashda uning antioksidantlari va
vitamin C moddasi katta hissa qo‘shadi, bu esa organizmni infektsiyalardan
himoya qiladi va umumiy sog‘lom hayotni ta’minlaydi.
Anjir qandli diabet va yuqori qon bosimi kabi kasalliklarda ham foydalidir.
Qondagi shakar darajasini barqaror ushlab turishga yordam beradi va
tarkibidagi kaliy yuqori bosimni kamaytiradi. Shu bilan birga, teri va soch
salomatligi uchun ham foydali bo‘lib, anjirni kosmetik vositalarda ishlatish
terini namlantiradi, qarish jarayonini sekinlashtiradi va sochlarni mustahkam
qiladi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
123
https://universalpublishings.com
Anjirni yangi holatda iste’mol qilish, quritilgan holda ovqatlarga qo‘shish
yoki sharbat, choy va qaynatma sifatida ichish mumkin. Ushbu iste’mol
usullari anjirning foydalaridan maksimal darajada foydalanishga yordam
beradi. Ayniqsa, ichakni tozalash, immunitetni ko‘tarish yoki vitamin va
mineral
yetishmovchiligini
bartaraf
etishda
anjirdan
foydalanish
samaralidir.Shu bilan birga, anjirni iste’mol qilishda ehtiyotkorlik talab
qilinadi. Haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish ich ketishiga yoki me’da-ichak
bezovtalanishiga olib kelishi mumkin. Qandli diabet bilan og‘riganlar uni
cheklangan miqdorda iste’mol qilishlari kerak. Allergik reaktsiyaga moyil
bo‘lgan insonlar uchun esa anjirni iste’mol qilishdan oldin mutaxassis bilan
maslahatlashish tavsiya etiladi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, anjir nafaqat
mazali va foydali oziq-ovqat, balki turli kasalliklarning oldini olishda va
organizmni mustahkamlashda tabiiy shifo vositasi hisoblanadi. Uni to‘g‘ri va
me’yorida iste’mol qilish orqali umumiy sog‘liqni yaxshilash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ibn Sino. Tib qonunlari (Qonuni tib). Toshkent: Sharq nashriyoti, 1996.
2. Hojiyev Sh. X. O‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlari. Toshkent:
O‘qituvchi, 2001.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi. Dorivor o‘simliklar
ensiklopediyasi. Toshkent: Akademnashr, 2015.
4. Karimov Z. R. An’anaviy tabobat asoslari. Toshkent: Fan, 2012.
5. Internet manbalari:
•
“Anjirning
foydalari
va
shifobaxsh
xususiyatlari.”
https://www.medicalnewstoday.com (https://www.medicalnewstoday.com/)
• “Anjir haqida Ibn Sino qarashlari.” https://islam.uz (https://islam.uz/)
•
“Konserva
va
tabiiy
mahsulotlarning
taqqoslanishi.”
https://researchgate.net (https://researchgate.net/)
