80
QIZIL QANOT BALIG‘INING
CONTRACAECUM SPICULIGERUM
(ASCARIDIDA:
ANISAKIDAE) NEMATODASI BILAN ZARARLANISHI
B.B. Soatov
b.f.b.f.d (PhD) O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali o‘qituvchisi
F I. Xo‘jabekova
O‘zMU JF Biotexnologiya yo‘nalishi talabasi
Аннотация
Ushbu maqolada Buxoro viloyati Sho‘rko‘l suv ombori suv havzasidagi qizil qanot
balig‘ining
Contracaecum spiculigerum
nematoda lichinkasi bilan zararlanish darajasi va
morfologik tavsifi berilgan. Kontratsekoz - baliqlar o‘rtasida keng tarqalgan gelmintoz kasallik
bo‘lib, qo‘zg‘atuvchisi Anisakidae oilasiga mansub bo‘lgan
Contracaecum spiculigerum
nematoda lichinkalari hisoblanib, ularni rivojlanish jarayonida baliqlar ikkinchi oraliq xo‘jayin
vazifasini bajaradi. Undan tashqari C. spiculigerum nematodasining rivojlanish sikli va
patogenezi to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltiriladi.
Kalit so‘zlar.
Nematoda,
Contracaecum spiculigerum
, invaziya ekstensivligi, invaziya
intensivligi, oraliq, rezervuar, definitiv ho‘jayin.
Kirish. Baliqlar umurtqali hayvonlar ichida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, hozirgi kunda
O‘zbekiston suv havzalarida baliqlarning 80 ga yaqin turi uchraydi[7]. Respublikamiz aholisi
sonining tez sur’atlarda oshib borishi barobarida qishloq xo‘jaligi va baliq mahsulotlariga
bo‘lgan talab yildan yilga oshib, iste’mol uchun yuqori darajada o‘sishiga olib kelmoqda. Shu
bilan bir qatorda, baliqchilik sohasini rivojiga jiddiy to‘siq bo‘ladigan bir necha omillar mavjud.
Shunday omillardan biri gelmintoz kasalliklar bo‘lib, baliqlarining o‘sishi va rivojlanishiga
sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
1 - rasm. A. Tadqiqot olib borilgan hududning umumiy ko‘rinishi. B. Sho‘rko‘l suv ombori
hududidan yig‘ilgan biomaterial nuqtalari. * google earth sayti (https//earth. google.com) olingan
tasvir.
Namunalarni Macromedia Flash dasturi orqali rasmlar qayta ishlandi. Baliqlarda
aniqlangan parazit turni asosan ML 2000 MEIJI (Japan) va Motic mikroskoplaridan foydalanildi.
Kontratsekoz - baliqlar o‘rtasida keng tarqalgan gelmintoz kasallik bo‘lib, qo‘zg‘atuvchisi
Anisakidae oilasiga mansub bo‘lgan
Contracaecum spiculigerum
nematoda lichinkalari
hisoblanib, ularni rivojlanish jarayonida baliqlar ikkinchi oraliq xo‘jayin vazifasini bajaradi [1].
Bu nematoda lichinkalari baliqlarning tana bo‘shlig‘i, ichki organlar devorining to‘qimalari va
muskullarida parazitlik qiladi. Voyaga yetgan vakillari qoravoy va boshqa baliqchi suv
qushlarida parazitlik qiladi [1, 6, 9].
81
Tadqiqot ishimizni maqsadi Buxoro viloyatini Sho‘rko‘l suv ombori suv havzasidagi
qanotli balig‘ining
Contracaecum spiculigerum
nematodasi lichinkasi morfologiyasi, biologiyasi
va zararlanishini o‘rganishdan iboratdir.
Tadqiqot obyekti va uslublari.
Tadqiqot ishi 2020-2023 yillar davomida Zarafshon
daryosining quyi oqimida joylashgan Sho‘rko‘l suv ombori suv havzalaridan 176 dona qizil
qanotli baliq (
Scardinius erythrophthalmus
) baliqlar umumqabul qilingan gelmintologik yorib
ko‘rish usullari orqali tekshirildi [2,4].
Yig‘ilgan nematodalar formalin suyuqligida fiksatsiya qilindi. Gelmintlarni o‘rganishda
doimiy va vaqtinchalik preparatlar tayyorlandi. Nematodalar sut kislotasi va glitserin bilan 50:50
nisbatdagi aralashmasida bo‘yaldi. Gelmintlarni o‘lchash okulyar - mikrometr yordamida amalga
oshirildi.
Nematoda turini aniqlashda va tahlil qilishda ixtioparazitologik adabiyot ma’lumotlaridan
foydalanildi [1,3,5, 6,8].
Tadqiqot natijalari.
Sho‘rko‘l suv omboridan tutilgan 2- 3 yoshdagi jami 176 dona qizil
qanot balig‘ining 18 nusxasi
Contracaecum spiculigerum
bilan zararlangan bo‘lib, bunda
invaziya ekstensivligi 10,2 % ni, invaziya intensivligi esa 1 dan 8 nusxani tashkil qildi.
2 - rasm
.
Contracaecum spiculigerum
I) nematodasining umumiy ko‘rinishi; II) A- og‘iz
qismi,
B-
bo‘yin
qismi,
C
-
umumiy
tana
kutikulasi;
3 - rasm. III) A-D boshqismi,V, YE – muskulli va bezli qizilo‘ngach. S, F, H – dum qismi.
IV) bosh va umumiy tana qismining 1000 x 400 marta kattalashtirilgan ko‘rinishi.
Kontratsekum avlodi nematodalarining og‘iz qismi yumaloq, olti burchakli, ularning
o‘rtasida chuqur egati bor, yon tomonida bir juft o‘tkir burchakli chiqib turadigan kipriklari bor,
ular kuchli qisqargan. Lablari old bo‘lakli lablar bo‘lib, tashqi uchi ko‘pchilik turlarda yana ikki
bo‘lakka bo‘linadi. Lablari tagida tishlari yo‘q. Oraliq lablari mavjud. Servikal qanotlari
aniqlanmagan. Qizilo‘ngachi silindirsimon bo‘lib, juda kichik hajmni tashqil qiladi.
82
Spikulalarining uzunligi deyarli teng bo‘ladi. Vulvasi tananing oldingi qismida joylashgan bo‘lib
erkaklarida papillalari ko‘p bo‘ladi.
Dorsal va lateroventral lablari silindirsimon, tashqi cheti yumaloq. Pulpa labning tagidan
uning o‘rtasiga qadar biroz shishgan. Pulpa kichik tekis papilla bilan qoplangan. Lablar ichki
yuzasining tashqi chetida 3 ta yarim sharsimon chuqurchalar mavjud. Ushbu turning dum uchi
to‘g‘ridan to‘g‘ri yumaloq shaklda bo‘lib, prekloakal papilla 36 juft, postkloaka esa 8 juftni
tashkil qiladi [3].
Kontratsekumlar ko‘pgina suv havzalaridagi turli yoshdagi karpsimon baliqlarda keng
tarqalgan bo‘lib, ularni zararlanishi natijasida sog‘lom baliqlarga nisbatan o‘sish va
rivojlanishdan ortda qoladi va natijada suv qushlarga yem bo‘ladi. Zararlangan baliqlarning
baliqchi qushlar tutib yeydi, ularning ichagida nematoda lichinkalari to‘liq rivojlanib voyaga
yetgan bosqichga o‘tadi. Gelmintlarning to‘liq hayot sikli 12 oy va undan ham ko‘p davom etishi
mumkin, ammo bu suvning haroratiga ham bevosita bog‘liq. Ular tuxum ajratib chiqara
boshlaydi, qushlarning ekskrementlari bilan birgalikda suvga tushadi [5].
Ushbu parazit lichinkasi bilan bilan karpsimon baliqlarning turli yoshdagi guruhlari
zararlanadi, lekin yosh baliqlar o‘rtasida zararlanish ko‘proq uchraydi. Invaziya manbai asosan
suv havzalarida kopepodlar
Acanthocyclops vernalis, Cyclops strenuus, Ectocyclops phaleratus,
Eucyclops serrulatus
ва
Megacyclops viridis, Asellus aquaticus
turlari yoki ninachi
lichinkalarini baliqlar yeyishi natijasida, baliqlar zararlanadi[8]. Kontratsekoz kasalligi
tarqalishida baliqchi suv qushlari asosiy o‘rin tutadi, chunki qushlar bir suv havzasidan boshqa
suv havzasiga ko‘chib o‘tib, gelmint tuxumlarini tarqatashda faol ishtirok etadi. Shu bilan birga
zararlangan ninachi lichinkalari ham suv oqimi bilan birga turli suv havzalariga o‘tib,
invaziyaning tarqalishiga sababchi bo‘ladi. Kontratsekum avlodi parazit nematodalari bilan
zararlanish ko‘proq bahor va yoz mavsumiga to‘g‘ri keladi.
Davolash tadbirlari ishlab chiqilmagan. Qo‘zg‘atuvchining oraliq va rezervuar hamda
asosiy ho‘jayinlari ishtirokida rivojlanishi bu invaziyaga qarshi gelmintning turli rivojlanish
bosqichlarida kurashish choralarini olib borish imkoniyatini bermaydi.
Xulosa.
Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan Sho‘rko‘l suv ombori havzalarida
qizilqanot baliqlarida C. spiculigerum nematodasi bilan zararlanish qayd etildi, bunda invaziya
ekstensivligi 10,2 % invaziya intensivligi esa 1 - 8 nusxani tashkil qilishi kuzatildi.
Tadqiqotlarda C. spiculigerum nematoda turining rivojlanish sikli va morfometrik o‘lchamlari
suv havzalarining tipiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi qayd etildi. Zararlanishning yuqori
ko‘rsatkichlari asosan bahor va yoz mavsumlarida 1-2 yoshli baliqlarda kuzatildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Авдеев В.В. и. др. Определитель паразитов пресноводных рыб фауны СССР. -
Ленинград: Наука, 1987. Т. 3. – 583 с.
2. Быховская –Павловская И.Е. Паразитологические исследования рыб. Л.: Наука, 1969.
108 с.
3. Мозговой А.А., Семенова М.К., Шахматова В.И. Жизненный цикл
Contracaecum
microcephalum
(Ascaridata, Anisakidae) – паразита рыбоядных птиц II Гельминты человека,
животных и растений и борьба с ними. – М.: Наука, 1968а. – С. 262-272.
4. Скрябин К.И. Методы полных гельминтологических вскрытий позвоночных. Включая и
человека. - М.: Изд. 1-го МГУ, 1928. - 45 с.
5. Семенова М.К. Развитие нематоды
Contracaecum microcephalum
(Anisakidae) в
дефинитивном хозяине // Сб. науч. трудов ГЕЛАН. - Москва, 1974. Т.24. - С. 153-160.
6. Османов С.О. Паразиты рыб Узбекистана. - Ташкент: Фан, 1971. - 532 с.
7. Шерназаров. Э.Ш., Вашетко Э.В., Крейцберг Е.А., Быкова Е.А., Хуршут Э.Э.
Ўзбекистон умуртқали ҳайвонлари. - Тошкент: Фан, 2006. - 172 б.
8. F. Moravec. Experimental studies on the development of
Contracaecum
Rudolphii
(Nematoda: Anisakidae) in copepod and fish paratenic hosts.
Folia Parasitologica 56[3]: 185–
193, Czech Republic – 2009.
83
9. Soatov B.B. Buxoro viloyati suv havzalari baliqlari gelmintlarining ekologik – faunistik tavsifi
// Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. Avtoreferati. – Toshkent.
2023. 22 b
BIRINCHI TARTIBLI CHIZIQLI YUKLANGAN ODDIY DIFFERENSIAL
TENGLAMA UCHUN TESKARI MASALA
Tillabayeva Guljahon Ilhomjon qizi
Farg‘ona Politexnika instituti, O‘zbekiston
sobirjonovaguljahon1998@gmail.com
Annotatsiya:
ushbu maqolada birinchi tartibli chiziqli yuklangam oddiy differensial
tenglama uchun teskasi masala qo‘yilgan va tadqiq etilgan. Olingan natijalar yangi va ilmiy
asoslangan
Kalit so‘zlar:
yuklangan differensial oddiy tenglama, teskari masala, chegaraviy shart,
noma’lum funksiya hosilasi
( ,
)
a
intervalda o‘ng tomoni noma’lum bo‘lgan birinchi tartibli chiziqli yuklangan
ushbu tenglama berilgan bo‘lsin:
0
'
'
y
P x y
q y x
, (1 )
bu yerda
0
x
-
( ,
)
a
oraliqqa qarashli berilgan son,
P x
-berilgan uzluksiz funksiya,
q
-
noma’lum haqiqiy son,
y
y x
-noma’lum funksiya,
0
'
y x
- noma’lum funksiya
hosilasining
0
x
nuqtadagi qiymati.
1.3.1-masala.
q
-noma’lum sonning shunday qiymati topilsinki, (1) tenglamaning
1
y a
k
,
2
y b
k
(2)
shartlarni qanoatlantiruvchi yechimi mavjud bo‘lsin, bu yerda
1
k
,
2
k
va
b
-berilgan haqiqiy
sonlar bo‘lib,
b
a
.
Masalaning tadqiqoti.
Vaqtincha
0
'
q y x
ni ma’lum deb hisoblasak, u holda birinchi
tartibli chiziqli differensial tenglamaning umumiy yechimi formulasiga asosan, (1) tenglamaning
umumiy yechimini ushbu
0
'
z
a
x
x
a
a
x
P t dt
a
P t dt
P t dt
x
e
dz
C
y x
q y
e
e
(3)
ko‘rinishda yozish mumkin.
(3) yechimni (2) shartlarning birinchisiga bo‘ysundirib,
1
C
k
ekanligini topamiz. U
holda (1) tenglamaning
1
y a
k
shartni qanoatlantiradigan yechimi quyidagicha yoziladi:
1
0
'
z
a
x
x
a
a
x
P t dt
a
P t dt
P t dt
x
e
dz
k
y x
q y
e
e
. (4)
Endi
0
'
y x
ni topamiz. Buning uchun
'
y x
hosilani hisoblab va uni
0
x
x
nuqtadagi xususiy qiymatini topib, quyidagi tenglikni hosil qilamiz: