Mualliflar

  • Ravshanov Hamroqul Amirqulovich
  • Zahirov Bobomurod Bobonazarovich
  • Ergasheva Dilsо‘z Istamovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.101013

Kalit so‘zlar:

Kalit sо‘zlar: tuproq shudgorlash lemex ag‘dargich korpus tuproq palaxsasi agregat plastinka plug ishchi organ tortishga qarshilik tuproqning maydalanish darajasi yonilg‘i energiya.

Annotasiya

Annotatsiya. Dunyo miqyosida tuproqqa asosiy ishlov beriladigan maydon  4,2 mlrd. gektarni tashkil etishini hisobga olsak, ish sifati va unumi yuqori hamda energiya-resurstejamkor tuproqqa ishlov berish mashina va qurollarini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada mexanik tebranishlar, ulardan tuproqqa asosiy ishlov berishda foydalanish masalalari, faol va passiv tebranma harakatli ishchi organlar, tebranma ishchi organli tuproqqa ishlov beradigan texnik vositalar tahlil qilingan, tebranma plastinka chiviqli ag‘dargichlarning plugning tortishga qarshiligi va ish sifatiga ta’siri batafsil yoritilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

31

UDK 631.312.021

TEBRANMA ISHCHI ORGANLI TUPROQQA ISHLOV

BERADIGAN TEXNIK VOSITALAR TAHLILI

Ravshanov Hamroqul Amirqulovich

1

texnika fanlari doktori, dotsent,

E-mail:

ravshanovhamroqul@mail.ru

Zahirov Bobomurod Bobonazarovich

2

2-kurs

tayanch doktorant,

E-mail:

bobirzaxirov@gmail.com

Ergasheva Dilsо‘z Istamovna

3

assistent,

E-mail:

dilsozergasheva23@gmail.com

1,2,3

Qarshi davlat texnika universiteti

Annotatsiya.

Dunyo miqyosida tuproqqa asosiy ishlov beriladigan maydon

4,2 mlrd. gektarni tashkil etishini hisobga olsak, ish sifati va unumi yuqori hamda
energiya-resurstejamkor tuproqqa ishlov berish mashina va qurollarini ishlab chiqish
muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada mexanik tebranishlar, ulardan
tuproqqa asosiy ishlov berishda foydalanish masalalari, faol va passiv tebranma
harakatli ishchi organlar, tebranma ishchi organli tuproqqa ishlov beradigan texnik
vositalar tahlil qilingan, tebranma plastinka chiviqli ag‘dargichlarning plugning
tortishga qarshiligi va ish sifatiga ta’siri batafsil yoritilgan.

Kalit sо‘zlar:

tuproq, shudgorlash, lemex, ag‘dargich, korpus, tuproq palaxsasi,

agregat, plastinka, plug, ishchi organ, tortishga qarshilik, tuproqning maydalanish
darajasi, yonilg‘i, energiya.

Abstract.

Considering that the world's primary tillage area is 4.2 billion hectares,

the development of high-quality, energy-efficient and resource-efficient soil tillage
machines and tools is one of the important tasks. This article analyzes mechanical
vibrations, their use in primary tillage, active and passive oscillating working bodies,
soil tillage technical means with oscillating working bodies, and the impact of
oscillating plate tines on the traction resistance of the plow and the quality of work.

Key words:

soil, plowing, plowshare, harrow, div, soil blade, aggregate, plate,

plow, working div, drag resistance, soil compaction level, fuel, energy.

Аннотация.

Учитывая, что площадь первичной обработки почвы в мире

составляет 4,2 млрд га, разработка качественных, энергоэффективных и
ресурсосберегающих почвообрабатывающих машин и орудий является одной из
важных задач. В статье анализируются механические колебания, их применение
при первичной обработке почвы, активные и пассивные колебательные рабочие
органы, технические средства обработки почвы с колебательными рабочими


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

32

органами, влияние колебательных пластинчатых лап на тяговое сопротивление
плуга и качество работы.

Ключевые слова:

почва, вспашка, лемех, борона, корпус, почвоотвал,

заполнитель, пластина, плуг, рабочий орган, сопротивление движению, степень
уплотнения почвы, топливо, энергия.


Dunyo miqyosida tuproqqa asosiy ishlov beriladigan maydon 4,2 mlrd. gektarni

tashkil etishini hisobga olsak, ish sifati va unumi yuqori hamda energiya-
resurstejamkor tuproqqa ishlov berish mashina va qurollarini ishlab chiqish muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Qishloq xо‘jalik ekinlarini yetishtirish, ulardan yuqori
hosil olish uchun tuproq unumdorligini saqlagan holda energiya-resurstejamkor va ish
unumi yuqori bо‘lgan tuproqqa ishlov berish mashinalarini ishlab chiqish va qо‘llash
yetakchi о‘rinni egallaydi.

Tebranish – holatning о‘zgarishi, ya’ni holatni belgilovchi kattaliklarning vaqt

bо‘yicha о‘zgarishini xarakterlovchi jarayondir. Titrash – mexanik tebranishlar
jarayonini ifodalaydi va jismning ayrim nuqtalarini nisbatan kichik og‘ishlarini
belgilaydi. Mexanik tebranishlar - moddiy jism yoki uning nuqtasining holatini
belgilovchi biror mexanik kattalikning о‘zgarish jarayoni bо‘lib, bunda uning
о‘zgarish tezligini xarakterlovchi bu kattalik vaqt о‘tishi bilan goh ortib, goh kamayib
boradi. Qо‘zg‘atish usuliga qarab tebranishlar: erkin, majburiy, bog‘langan
tebranishlarga bо‘linadi.

Mexanik tebranishlar uchta asosiy parametrga ega: jismning tebranish

amplitudasi A (jismning muvozanat vaziyatidan eng katta og‘ish kattaligi), tebranishlar
davri T (bitta tо‘la tebranish vaqti) va tebranishlar chastotasi ʊ (davrga teskari kattalik).

Tuproqqa ishlov berishda ishchi organlarga qо‘shimcha ta’sir sifatida tebranishni

kiritish lozim. Binobarin, 1930 yillarning boshlari Rossiyada tuproqni ishchi
organlarga yopishib qolishiga qarshi kurashish maqsadida tebranish qо‘llanila
boshlangan. Masalan, plug ishlayotganda korpuslar kichik amplituda bilan, lekin katta
chastota bilan tebranadi. Ag‘dargich yuzasi bо‘ylab harakatlanayotgan palaxsa
bevosita plug korpusi bilan kontakt yuzasi bо‘yicha kо‘plab impuls-ta’sirlarni qabul
qiladi. Bunda tuproq qatlami muallaq holatda bо‘ladi, uning korpusga bosimi
kamayadi, natijada ishqalanish kuchi ham kamayadi [1].

Tebranishning tuproqni yumshatilishiga, maydalanishiga, shuningdek, plugning

tortishga qarshiligiga ta’siriga doir qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan [2].
Tebranuvchi pluglarni ishlab chiqish bо‘yicha kо‘plab ilmiy tadqiqotlar
A.A.Dubrovskiy tomonidan olib borilgan [3].

Ilgari о‘tkazilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar tahliliga kо‘ra, tuproqqa

ishlov beradigan ishchi organlarga faol va passiv tebranma harakat berish mumkin.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

33

Faol tebranma harakatli ishchi organlarga tebranish energiyasi qо‘shimcha

yuritmadan beriladi (1-rasm).

а) б)

в) г)

a - RU 2304371 patenti bо‘yicha; b - RU 2635931 patenti bо‘yicha;

v - UA 63591 patenti bо‘yicha; g - UA 117287 patenti bо‘yicha

1-rasm. Ishchi organlari faol tebranadigan pluglar

konstruksiyasi

Harakat tezligi ortishi bilan vibroyuritma iste’mol qiladigan quvvat uning

pasayishidan olinadigan quvvatdan kо‘proq bо‘ladi, chunki A.A.Dubrovskiyning
tadqiqotlariga kо‘ra, tebranishning ta’siri faqat 0,6-1,0 m/s tezlikkacha kuzatiladi.
Tebranma ta’sirni ekssentrikli rotatsion mexanizm ta’minlaydi, bu mexanizm
traktorning quvvat olish validan harakatga keltiriladi va tortishga qarshilikni
kamaytirishni ta’minlaydi [3].

A.S.Kushnarev [4] va V.P.Bazarov [5]larning tuproqning qarshiligini tahlil

qilishga bag‘ishlangan tadqiqotlariga kо‘ra, barqaror harakatda ishchi organning
tuproqqa ishlov berish jarayoni uchta fazadan iborat degan xulosaga kelingan [6, 7].
Birinchi faza davomida ishchi organning tuproqqa botishi sodir bо‘ladi, ikkinchi
fazada deformatsiya va ichki kuchlanishlarning uzluksiz о‘sishi sodir bо‘ladi. Ichki
kuchlanishlar tuproqning mustahkamlik chegarasidan oshib ketganda, uchinchi faza
sodir bо‘ladi, bunda sinish sodir bо‘ladi.

Faol tebranuvchi ishchi organlarning bunday konstruksiyalarida (2-rasm)

gidroyuritmadan tebranish beriladigan ishchi organlar (2-rasm, a, b, d, z, i) moyni


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

34

bosim ostida porshen 2, 6, 33 ga uzatish orqali ishlaydi. Porshen 2, 6, 33 ilgarilama-
qaytma harakat qilib, о‘zi bilan ag‘dargichni (2-rasm, b, d, i) yoki butun ishchi organga
(2-rasm, a, z) tebranma harakat beradi. Elektr yuritmada (2-rasm, v, g) tebranishlar yo
magnitoimpulsli qurilma 12 dan, yoki valdagi kulachok ag‘dargichning orqa tomoniga
davriy zarbalar beradigan elektromotor 14 dan beriladi. Ba’zi konstruksiyalarda
tebranishlar traktorning quvvat olish validan beriladi (2-rasm, ye, j).

a - UA 106663 patenti bо‘yicha; b - UA 18775 patenti bо‘yicha; v - RU

2369057 patenti bо‘yicha; g - RU 2635931 patenti bо‘yicha; d - UA 19528 patenti

bо‘yicha; ye- UA 117287 patenti bо‘yicha; j - UA 117495 patenti bо‘yicha; z - UC

7546883 patenti bо‘yicha; i - UA 31573 patenti bо‘yicha.

1, 29, 31 - shtok; 2, 6, 33 - porshen; 3, 8, 14, 16, 27 - vibrator; 4, 13, 15, 19, 26 -

plug korpusi; 5 - rezina amortizator; 7, 17 - ag‘dargich; 9 - zolotnik; 10, 24, 25 -

ustun; 11 - gidroamortizator; 12 - magnitoimpulsli qurilma; 18 - lemex;

20, 23 - podshipnik; 21 - tortqi; 22 - rolik; 28 - ishchi organ; 30 - dala taxtasi; 32 -

bosim magistrali.

2-rasm. Plugning faol tebranuvchi ishchi organlari


V.S.Loveykin va L.A.Dyachenko tomonidan o‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra,

gidroyuritma PLN-2-25 ikki korpusli lemexli plugning tortish qarshiligini 54% gacha


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

35

kamaytirish imkonini bergan. [8]. Saratov qishloq xo‘jaligi instituti tomonidan
tebranuvchi iskanali plug ishlab chiqilgan bo‘lib, uning sinovlari tortishga qarshilikni
17% ga kamaytirganini kо‘rsatgan [9].

S.N.Drozdov tomonidan mayatnikli tebratkichli tuproqqa ishlov berish mashinasi

ishlab chiqilgan (3-rasm). U orqali tuproqqa ishlov berish mashinalarining tortishga
qarshiligi 26% gacha kamayishiga erishilgan [10].

N.M.Belyayev [11] о‘z tadqiqotlarida plugning tortishga qarshiligini kamaytirish

uchun tebranma tuproqchuqurlatgichlardan foydalangan. Agregatning haraka tezligi
5,0 km/soat bо‘lganda bitta tuproqchuqurlatkichning tortishga qarshiligini 30%gacha
kamayishi kuzatilgan.

1-rama; 2-ishchi organ; 3-mayatnikli tebratkich; 4-kardanli uzatma;

5-tayanch g‘ildirak; 6-sharnir; 7-sharnirli о‘q

3-rasm. Tuproqqa ishlov beruvchi mashina


S.G.Shukin

tomonidan

traktorning

quvvat

olish

validan

tebranma

harakatlanadigan eksperimental titratma yumshatkich ishlab chiqilgan (4-rasm).
Agregatning texligi 9,0 km/soat bо‘lganda, uning tortishga qarshilik 25,5 kN dan 24,4
kN gacha (14,38% ga) kamayishi aniqlangan. Bunda, tezlikni oshishi bilan tebranish
ta’sirining pasayishi kuzatilgan [12].


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

36

1-yumshatkich; 2-tebratkich

4-rasm. Tajribaviy tebranma yumshatkich

O‘tkazilgan texnik adabiyotlar tahliliga ko‘ra, passiv tebranuvchi ishchi organlar

faol tebranuvchi ishchi organlarga nisbatan tuzilishining oddiyligi, arzonligi, energiya
va metall sarfining kamligi kabi afzalliklarga ega. Passiv ishchi organlarning eng
oddiysi tuproqning o‘zgaruvchan qarshiligini qabul qiluvchi prujinali ishchi organ
hisoblanadi. Passiv tebranuvchi ishchi organlarda prujinali element ishchi organ
tutqichida (5-rasm, b, v, d, j, z) yoki lemex-ag‘dargich yuzasining orqasida (5-rasm, a,
g, ye) joylashishi mumkin. Ikkala holda ham tuproqning o‘zgaruvchan bosimi tortishga
qarshilikni kamaytiruvchi tebranishlar hosil qiladi. Tebranishlar tо‘g‘ri kо‘pburchak
shaklidagi chiviqli g‘altak (5-rasm, i) va mashina ramasiga nisbatan ekssentrisitetga
ega bо‘lgan g‘ildirak (5-rasm, k) kо‘rinishida yasalgan tayanch g‘ildirakdan butun
mashinaga uzatiladigan konstruksiyalar ham mavjud [13].

I.Y.Fedorenkoning fikricha, avtotebranishlar katta amplitudalarni amalga

oshiradi, shuning uchun ulardan foydalanish afzalroqdir. Konstruktiv jihatdan oson,
energiya va metall sarfi kam bо‘lgan tebranish bu – о‘z-о‘zidan tebranish jarayoni
bо‘lib, tebranish tuproqning о‘zgaruvchan qarshiligi tufayli sodir bо‘ladi. Bunda
tebranish yо‘nalishi agregatning harakat yо‘nalishi bilan mos kelmasligi kerak.
Tebranish yon yoki vertikal yо‘nalishlarda hosil bо‘lgani ma’qul [14].


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

37

a - RU 173221 patenti bо‘yicha; b - CN 108353540 patenti bо‘yicha;

v- RU 2667768 patenti bо‘yicha; g - RU 2380874 patenti bо‘yicha;

d - RU 144741 patenti bо‘yicha; e - RU 2115278 patenti bо‘yicha;

j - RU 2327324 patenti bо‘yicha; z - US 3960220 patenti bо‘yicha;

i - RU 2478270 patenti bо‘yicha; k - UA 108167 patenti bо‘yicha.

1, 6, 9, 10, 15, 16, 27, 28, 31, 32-ishchi organ; 2, 4, 5, 8, 12, 14, 17, 23, 25, 26,

29-elastik element; 3-dala taxtasi; 7, 11, 13, 24-tutqich; 18-taroq; 19-ag‘dargich; 20-

gayka; 21-parchin mix; 22-lemex; 30, 33-tayanch g‘ildirak

5-rasm. Passiv tebranuvchi ishchi organlar

6-rasmda plastinka (chiviqli) ag‘dargichli passiv tebranuvchi ishchi organlarning

konstruksiyalari

keltirilgan.

Passiv

tebranuvchi

(6-rasm,

a,b)

ag‘dargich

konstruksiyalari qayta ishlanib, takomillashgan konstruksiyasiga erishilgan (6-rasm,
v). Tebranuvchi plastinkali ag‘dargichning keyingi konstruksiyasi (1.22-rasm, d,ye)
65G prujinali pо‘latdan tayyorlangan tasmali bо‘lib, ularning har birining orqasida
egilishni cheklagich о‘rnatilgan.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

38

a-BY 18090 patenti bо‘yicha; b-RU 2426290 patenti bо‘yicha;

v-RU 2008102690 patenti bо‘yicha; g-RU 97234 patenti bо‘yicha;

d-RU 2435342 patenti bо‘yicha; ye-RU 2010115813 patenti bо‘yicha;

1, 5, 10-ketingi tayanch; 2, 6, 13, 15-ag‘dargich plastinkalari; 3, 7, 12-

ag‘dargich kо‘kragi; 4, 8, 16-elastik element; 9-egilishni cheklagich; 11-tirgak; 14,

20-tutqich; 17-prujinali panjara; 18-lemex; 19-rama; 21-kronshteyn; 22-

plastinkasimon korpus

6-rasm. Passiv tebranuvchi plastinkali ag‘dargichli ishchi organlar

Plug korpusi ishlayotganda tuproqning о‘zgaruvchan qarshiligi plastinkalarni

cheklagichga urib egadi, bu esa plastinkalarning butun uzunligi bо‘ylab tebranishni
keltirib chiqaradi va tortishga qarshilikni kamaytirishga yordam beradi. Ushbu
konstruksiyaning tajriba namunalari ham ishlab chiqilgan (7-rasm, a,b).

a - qamrash kengligi 2,7 m bо‘lgan olti korpusli osma plug;

b - qamrash kengligi 1,8 m bо‘lgan tо‘rt korpusli yarim osma plug.

7-rasm. Tebranma plastinkali (chiviqli) ag‘dargichli pluglar


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

39

Tebratuvchi plastinkali korpusli pluglarda о‘tkazilgan sinovlarda tebranish

amplitudasi 2-5 mm va tebranish chastotasi 8-10 Gs bо‘lganda, ularning tortishga
qarshiligi 14,5% gacha kamaygan [15].

Bundan tashqari, passiv tebranuvchi plastinkali ag‘dargichlarda plastinalarning

oldingi uchlari ostida, ag‘dargichning kо‘krak qismi bilan tutashgan joyida
tarelkasimon prujina kо‘rinishidagi tebranish tayanchlarini о‘rnatish taklif etilgan.
Bunda nam tuproqlarni haydashda ag‘dargichning kо‘krak qismiga tuproq
yopishmasligi natijasida tortishga qarshilik kamaygan [30]. Shuningdek, elastik
elementlari (siqish prujinalari) bо‘lgan korpuslar tortish kuchini kamaytirgan va
tuproqqa ishlov berish sifatini yaxshilanishini ta’minlagan [16].

О‘tkazilgan ilmiy-texnik va patent adabiyotlar tahliliga kо‘ra, quyidagilarni

xulosa qilish mumkin:

1. Agregatning harakat tezligi 6-7 km/soatdan ortiq bо‘lgan tuproqqa ishlov

berish mashinalarida majburiy tebranishni qо‘llashda katta tebranishlar amplitudasi va
chastotasining saqlab turishni talab qiladi, buni amalga oshirish texnik jihatdan
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

2. Agregatning

harakat

tezligi

3-4

km/soatdan

oshmaydigan

sekin

harakatlanuvchi tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarda majburiy tebranishlarni
qо‘llash maqsadga muvoviq.

3. Avtotebranuvchi ishchi organlar katta tebranish amplitudalarini amalga

oshiradi, shuning uchun ulardan foydalanish afzaldir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Krilov M.M. Primeneniye vibrasiy dlya umensheniya tyago vix usiliy plugov pri
meliorasii podpaxotnogo sloya : dokladi // VASXNIL / M. M. Krilov. – 1998. – Vip.
1–2. – S. 32.
2. Svetnikov V.I. Issledovaniye vliyaniya vinujdennoy vib rasii pluga na rasxod
moshnosti pri vspashke : dis. ... kand. texn. nauk / V. I. Svetnikov. – L., 1953. – 210 s.
3. Dubrovskiy, A. A. Osnovniye prinsipi primeneniya vibra siy dlya povisheniya
effektivnosti pochvoobrabativayushix orudiy: avtoref. dis. … d-ra texn. nauk: 05.410
/A. A. Dubrovskiy.– Lenin grad, 1963. – 55 s.
4. Kushnarev A.C. Metodologicheskiye predposilki vibora sposoba obrabotki pochvi
/A. C. Kushnarev, V. V. Pogoreliy //Texnika v APK. – 2008.– № 1. – S.17–21.
5. Bazarov V.P. Obosnovaniye parametrov nelineynix uprugix podvesok rabochix
organov kultivatorov : avtoref. dis. ... kand. texn. nauk : 05.20.01 / V. P. Bazarov. – M.
: 1985. – 18 s.
6. Medetov SH.S. Razrabotka metodiki proyektirovaniya i obosnovaniye parametrov
plastinchatogo otvala plujnogo korpusa dlya lipkix pochv: avtoref. dis. ... kand. texn.
nauk: 05.20.01 / SH. S. Medetov; Nauch.-proizv. ob-niye po s.-x. mashinostroyeniY.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-83, Issue-1, June -2025

40

– M., 1990. – 24 s.
7. Klochkov A.V. Obosnovaniye parametrov plastinchatogo otva la / A. V. Klochkov,
I. V. Duben // Agropanorama. – 2002. – № 3. – S. 25–28.
8. Loveykin V.S. Metodika eksperimentalnogo issledovaniya parametrov vibropluga s
gidravlicheskimi vibratorami / V. S. Loveykin, L. A. Dyachenko // Vestnik
Xarkovskogo nasionalnogo avtomobilno-dorojnogo universiteta. – 2012. – № 57. – S.
161–165.
9. Kogan A.B. Issledovaniye pluga s vibriruyushimi dolotami / A. B. Kogan, A. P.
Shveykin // Sostoyaniye i perspektivi razvitiya pochvoobrabativayushix mashin, frez i
kultivatorov : materiali NTS VISXOM. – M., 1968. – Vip. 25. – S. 157–161.
10. Drozdov S.N. Ispolzovaniye vibrasii v pochvoobrabati vayushix mashinax / S. N.
Drozdov // Izvestiya Orenburgskogo gos udarstvennogo agrarnogo universiteta. –
2011. – № 4 (32). – S. 94–96.
11. Belyayev, N.M. Texnologii razuplotneniya pochvi / N. M. Belya yev, D. S.
Buklagin // Mexanizasiya i elektrifikasiya selskogo xo zyaystva. –1991. – № 11 – S.
6–8.
12. Andreyeva, YE.V. Issledovaniye prosessa obrabotki pochvi vibra-sionnim
rixlitelem. Shukin S. G., Nagayka M. A., Golova tyuk V. A. // Sib. vestn. s.-x. nauki.-
2015.-N 3.-S. 83-89.-Rez. angl. bibliogr.: s .88–89. Shifr P2728 / YE. V. Andreyeva //
Injenerno texnicheskoye obespecheniye APK. Referativniy jurnal. – 2016. – № 3. – S.
740.

13. Korpus pluga: pat. RU 173221 / V. I. Konovalov, S. I. Kono valov, O. A. Sterligov.
– Opubl. 16.08.2017.
14. Fedorenko, I. Y. Teoriya vzaimodeystviya vibrasionnix ra bochix organov s
pochvoy / I. Y. Fedorenko // Traktori i selxozma shini. – 2016. – № 3. – S. 15–19.
15. Polosovoy otval pluga: pat. 2426290 Rossiyskaya Federasiya : MPK A01B 15/08/
V. V. Vasilenko, V. S. Vasilenko, D. V. Sturov, G. A. Xalfin, A. I. Sergiyenko;
zayavitel FGOU VPO VGAU 100 im. K. D. Glinki – № 2010112577/21; zayavl.
31.03.2010; opubl. 20.08.2011 // Ofisialniy byulleten / Federalnaya slujba po in
tellektualnoy sobstvennosti, patentam i tovarnim znakam. – 2010. – № 23. – S. 5.
16. Polosovoy otval pluga: pat. 18090 Respublika Belarus : MPK A01B 15/08/ I. N.
Shilo, N. N. Romanyuk, V. A. Ageychik; za yavitel UO «Belorusskiy gosudarstvenniy
agrarniy texnicheskiy universitet» – № a20111236; zayavl. 23.09.2011; opubl.
30.04.2013 // Ofisialniy byulleten / Nasionalniy sentr intellektualnoy sobstvennosti. –
2013. – № 23. – S. 3.

Bibliografik manbalar

Krilov M.M. Primeneniye vibrasiy dlya umensheniya tyago vix usiliy plugov pri meliorasii podpaxotnogo sloya : dokladi // VASXNIL / M. M. Krilov. – 1998. – Vip. 1–2. – S. 32.

Svetnikov V.I. Issledovaniye vliyaniya vinujdennoy vib rasii pluga na rasxod moshnosti pri vspashke : dis. ... kand. texn. nauk / V. I. Svetnikov. – L., 1953. – 210 s.

Dubrovskiy, A. A. Osnovniye prinsipi primeneniya vibra siy dlya povisheniya effektivnosti pochvoobrabativayushix orudiy: avtoref. dis. … d-ra texn. nauk: 05.410 /A. A. Dubrovskiy.– Lenin grad, 1963. – 55 s.

Kushnarev A.C. Metodologicheskiye predposilki vibora sposoba obrabotki pochvi /A. C. Kushnarev, V. V. Pogoreliy //Texnika v APK. – 2008.– № 1. – S.17–21.

Bazarov V.P. Obosnovaniye parametrov nelineynix uprugix podvesok rabochix organov kultivatorov : avtoref. dis. ... kand. texn. nauk : 05.20.01 / V. P. Bazarov. – M. : 1985. – 18 s.

Medetov SH.S. Razrabotka metodiki proyektirovaniya i obosnovaniye parametrov plastinchatogo otvala plujnogo korpusa dlya lipkix pochv: avtoref. dis. ... kand. texn. nauk: 05.20.01 / SH. S. Medetov; Nauch.-proizv. ob-niye po s.-x. mashinostroyeniY. – M., 1990. – 24 s.

Klochkov A.V. Obosnovaniye parametrov plastinchatogo otva la / A. V. Klochkov, I. V. Duben // Agropanorama. – 2002. – № 3. – S. 25–28.

Loveykin V.S. Metodika eksperimentalnogo issledovaniya parametrov vibropluga s gidravlicheskimi vibratorami / V. S. Loveykin, L. A. Dyachenko // Vestnik Xarkovskogo nasionalnogo avtomobilno-dorojnogo universiteta. – 2012. – № 57. – S. 161–165.

Kogan A.B. Issledovaniye pluga s vibriruyushimi dolotami / A. B. Kogan, A. P. Shveykin // Sostoyaniye i perspektivi razvitiya pochvoobrabativayushix mashin, frez i kultivatorov : materiali NTS VISXOM. – M., 1968. – Vip. 25. – S. 157–161.

Drozdov S.N. Ispolzovaniye vibrasii v pochvoobrabati vayushix mashinax / S. N. Drozdov // Izvestiya Orenburgskogo gos udarstvennogo agrarnogo universiteta. – 2011. – № 4 (32). – S. 94–96.

Belyayev, N.M. Texnologii razuplotneniya pochvi / N. M. Belya yev, D. S. Buklagin // Mexanizasiya i elektrifikasiya selskogo xo zyaystva. –1991. – № 11 – S. 6–8.

Andreyeva, YE.V. Issledovaniye prosessa obrabotki pochvi vibra-sionnim rixlitelem. Shukin S. G., Nagayka M. A., Golova tyuk V. A. // Sib. vestn. s.-x. nauki.-2015.-N 3.-S. 83-89.-Rez. angl. bibliogr.: s .88–89. Shifr P2728 / YE. V. Andreyeva // Injenerno texnicheskoye obespecheniye APK. Referativniy jurnal. – 2016. – № 3. – S. 740.

Korpus pluga: pat. RU 173221 / V. I. Konovalov, S. I. Kono valov, O. A. Sterligov. – Opubl. 16.08.2017.

Fedorenko, I. Y. Teoriya vzaimodeystviya vibrasionnix ra bochix organov s pochvoy / I. Y. Fedorenko // Traktori i selxozma shini. – 2016. – № 3. – S. 15–19.

Polosovoy otval pluga: pat. 2426290 Rossiyskaya Federasiya : MPK A01B 15/08/ V. V. Vasilenko, V. S. Vasilenko, D. V. Sturov, G. A. Xalfin, A. I. Sergiyenko; zayavitel FGOU VPO VGAU 100 im. K. D. Glinki – № 2010112577/21; zayavl. 31.03.2010; opubl. 20.08.2011 // Ofisialniy byulleten / Federalnaya slujba po in tellektualnoy sobstvennosti, patentam i tovarnim znakam. – 2010. – № 23. – S. 5.

Polosovoy otval pluga: pat. 18090 Respublika Belarus : MPK A01B 15/08/ I. N. Shilo, N. N. Romanyuk, V. A. Ageychik; za yavitel UO «Belorusskiy gosudarstvenniy agrarniy texnicheskiy universitet» – № a20111236; zayavl. 23.09.2011; opubl. 30.04.2013 // Ofisialniy byulleten / Nasionalniy sentr intellektualnoy sobstvennosti. – 2013. – № 23. – S. 3.