Jild 83 № 1 (2025)
Maqolalar
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNING AQLIY RIVOJLANISH DARAJASINI ANIQLASH VA UNI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya. Zamonaviy ta'lim tizimida bolalarning har tomonlama rivojlanishiga e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, kichik maktab yoshidagi (7-10 yosh) o‘quvchilarning aqliy rivojlanish jarayoni ularning kelgusidagi ta’limdagi yutuqlari va ijtimoiy moslashuvi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli, maqolada bu davrdagi o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini aniqlash, o‘z vaqtida baholash va rivojlantirish ta’lim jarayonining muhim yo‘nalishlari haqida yoritilgan.
TALABALARNI KASBGA YO‘NALTIRIB O‘QITISHDA SOFT SKILLS KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Annotatsiya. Talabalarni kasbga yo‘naltirib o‘qitishda soft skills ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasi zamonaviy ta'lim tizimining muhim qismidir. Texnik bilimlar va kasbiy malakalardan tashqari, shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalar har bir mutaxassisning muvaffaqiyati uchun zarurdir. Soft skills deb ataladigan bu ko‘nikmalar insonning muloqot qilish, jamoada ishlash, muammolarni hal qilish, vaqtni boshqarish, liderlik qilish va stressga bardosh berish kabi qobiliyatlarini o‘z ichiga oladi. Ular nafaqat ishga joylashishda, balki ish jarayonida ham muhim rol o‘ynaydi, shuning uchun talabalarni kasbga yo‘naltirishda ularni rivojlantirish texnologiyasi ta'lim sifatini oshirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
MAXSUS PEDAGOGIKADA OILA PSIXOLOGIYASINING ÓRNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada maxsus pedagogikada oila psixologiyasining tutgan o'rni yoritiladi.Muallif maxsus ehtiyojli bolalarning rivojlanishida oilaning psixologik muhitini hal qiluvchi omil sifatida tahlil qiladi.Ota-onalarning emotsional qo'llab-quvvatlashi, psixologik tayyorgarligi va pedagogik savodxonligi bolaning ijtimoiylashuvi va ta'lim jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatishi asoslab beriladi. Shuningdek, maxsus pedagog va oila o'rtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish yo'llari ham ko'rib chiqiladi. Maqola pedagoglar, psixologlar hamda maxsus ehtiyojli bolalarning ota-onalari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
ИНФОРМАЦИОННАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ: УГРОЗЫ И МЕТОДЫ ЗАЩИТЫ
Аннотация. В этой статье полностью раскрыта тема по информационной и системной безопасности, рассматривается понятие информационной безопасности и о её угрозах, об- щий смысл, методы и способы защиты информации.
INNOVATIVE APPROACHES TO TRANSLATION TEACHING IN HIGHER EDUCATION
Abstract. In an increasingly globalized world, translation teaching has emerged as a critical component of language education and intercultural communication. This article explores contemporary methods and pedagogical innovations in translation teaching at the university level. It examines the integration of theoretical models with practical translation tasks, the role of technology, and the development of professional competencies among translation students. Drawing on both traditional frameworks and recent digital tools, the paper highlights effective strategies for fostering linguistic accuracy, cultural awareness, and subject-matter expertise. The study also identifies key challenges, such as assessment difficulties, student motivation, and the evolving demands of the translation industry, and proposes solutions for adapting translation pedagogy to meet current and future needs.
FOSFORITLARNI KIMYOVIY FAOLLASHTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI VA TEXNOLOGIK IMKONIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada fosforitlarni kimyoviy faollashtirishning zamonaviy usullari hamda texnologik yechimlari tahlil qilinadi. Tabiiy fosforitlarning past eruvchanligi ularni bevosita o‘g‘it sifatida qo‘llashda samaradorlikni kamaytiradi. Shuning uchun turli kimyoviy reagentlar (sulfat, nitrat, organik kislotalar va ishqorlar) orqali ularni faollashtirish usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, termokimyoviy va biokimyoviy faollashtirish texnologiyalari ham tahlil qilinib, ularning samaradorlik darajasi, reaksiya sharoitlari, apparatlar tanlovi va ekologik xavfsizlik mezonlari asosida baholangan. O‘zbekiston hududidagi fosforit konlarini samarali qayta ishlashga oid tavsiyalar berilgan.
KIDNEY
Annotation: The anatomical, histological and physiological structure and functions of the kidney. The largest functions in human life. Important role of the kidneys in the urinary system. Perfect and excellent methods of excretion of the latest products of metabolism by the kidneys. Research by scientists to achieve the highest results today. Artificial kidney formation and information about it. The most common diseases of the kidneys. The most common states of kidney disease and the rates of deaths from certain kidney diseases per year. Medical products in the treatment of kidney disease.
CHANGES IN THE LANDSCAPES OF THE FOOTHILLS AS A RESULT OF ANTHROPOGENIC IMPACT
Foothill landscapes, transitional zones between lowland plains and mountainous
regions, are characterized by diverse ecosystems, rich biodiversity, and unique
geomorphological features. These areas are often subject to significant anthropogenic
impacts due to their accessibility and resource availability. Human activities such as
agriculture, urbanization, deforestation, and infrastructure development have
profoundly altered these landscapes, leading to changes in soil composition, vegetation
cover, and hydrological systems. This article examines the extent and nature of these
changes, focusing on the ecological and geomorphological consequences of
anthropogenic activities in foothill regions. The study aims to analyze the primary
drivers of landscape transformation, assess their impacts, and discuss potential
mitigation strategies.
SERILLARNING JAMIYATGA TA’SIRI
Annotatsiya: Hozirda chiqayotgan seriallarning yaxshi va yomon tomonlari, ularning afzalliklari va boshqa davlatlarning seriallari bilan o’zaro farqlari tahlil qilingan.
OLIVER KROMVELNING TARIX SAHNASIGA CHIQISHI VA ANGLIYA FUQAROLAR URUSHIDAGI O‘RNI
Mazkur maqolada XVII asr Angliya tarixining muhim arboblaridan biri – Oliver Kromvelning siyosiy sahnaga kirib kelishi va uning Angliya fuqarolar urushidagi roli tahlil qilinadi. Kromvelning parlament tarafdorlariga qo‘shilib, harbiy yetakchiga aylanishi, uning “Yangi model armiyasi”ni shakllantirishdagi hissasi, shuningdek, qirol Karl I ga qarshi olib borgan kurashi asosida u qanday qilib milliy miqyosda yetakchiga aylangani yoritiladi. Maqolada Kromvelning harbiy strategiyasi, diniy e’tiqodlari va siyosiy qarashlari orqali Angliya tarixidagi o‘ziga xos o‘rni ochib beriladi.
KIMYO FANINI OʻQITISHDA OʻZGARUVCHAN SHAROITLAR
Annotatsiya; Ushbu maqola kimyo fanini o'qitishda o'zgaruvchan sharoitlarning ta'sirini, ularni boshqarish usullarini va o'quvchilarning ta'lim jarayoniga bo'lgan munosabatini tahlil qiladi. O'zgaruvchan sharoitlar o'qituvchilar va o'quvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va ta'lim jarayonini yanada samarali qilishda muhim rol o'ynaydi. Maqolada o'zgaruvchan sharoitlar bilan bog'liq muammolar va ularning yechimlari ko'rib chiqiladi.
CRITERIA FOR EVALUATING THE EFFECTIVENESS OF THE CREDIT MODULE SYSTEM
The credit module system has become a widely adopted approach in higher education institutions to organize curricula, enhance student flexibility, and facilitate credit transfer across programs and universities. Despite its growing use, there is limited consensus on how to effectively evaluate the system's impact on educational outcomes and institutional processes. This study aims to identify practical and relevant criteria for assessing the effectiveness of credit module systems. Data were gathered from multiple sources including student and faculty surveys, interviews with academic administrators, and analysis of institutional academic records. The findings indicate that key factors such as student satisfaction, workload balance, transparency of assessment methods, and administrative efficiency play crucial roles in determining the success of the system. The study also highlights challenges such as insufficient academic guidance for students and possible fragmentation of course content resulting from modularization. Based on these insights, recommendations are provided to improve the implementation, monitoring, and continuous evaluation of credit module systems. This research contributes to a better understanding of how credit modules function in practice and offers guidance for institutions aiming to optimize their academic frameworks.
OʻZBEK XALQ CHOLGʻULARINING KELIB CHIQISHI VA TARGʻIB ETILISHI
Annotatsiya. Ushbu maqola o‘zbek xalq cholg‘ularining kelib chiqishi va zamonaviy sharoitda targ‘ib qilinishi masalalarini ilmiy jihatdan o‘rganishga bag‘ishlanadi. Maqolada cholg‘ularning qadimiy ildizlari, ularning madaniy va ijtimoiy hayotdagi o‘rni hamda hozirgi davrda saqlanib qolish yo‘llari tahlil qilinadi. Tarixiy-tahliliy, solishtirma va etnografik usullar asosida dutor, rubob, tanbur, doira va nay kabi asboblarning rivojlanish jarayonlari va Markaziy Osiyo hamda Fors madaniyatlari bilan aloqasi ko‘rib chiqiladi.
AKTIV VA PASSIV OPERATSIYALARNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI VA BANK TIZIMIDAGI FUNKSIONAL AHAMIYATI
Annotatsiya
Mazkur maqolada bank tizimida aktiv va passiv operatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning moliyaviy barqarorlik, likvidlik va daromadlilikni ta’minlashdagi funksional ahamiyati tahlil etiladi. Aktiv va passiv operatsiyalarni samarali tashkil etish banklarni iqtisodiyotda asosiy moliyaviy vositachi sifatida mustahkamlaydi, real sektorni moliyalashtirish imkoniyatlarini oshiradi va bank tizimining barqarorligini ta’minlaydi.
BREADS WITH PUMPKIN, POTATOES AND ONIONS
Annotation: This article discusses the technology of production of three types of bakery products based on natural vegetables such as pumpkin, potatoes and onions. Each product is prepared according to a separate recipe, and their organoleptic, physicochemical and biological properties are analyzed. The results of the study showed that these vegetable breads can be recommended to consumers as functional food products.
KUFA MAKTABINING TARAQQIYOT YO‘LI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Kufa shahrining nomlanishi, tarixiy ahamiyati va islom ilmiy markazlaridan biriga aylanish jarayoni tahlil qilingan. Maqolada Kufaning tashkil topishidan boshlab, uning harbiy va ilmiy markaz sifatidagi roli, sahobalar va yirik muhaddislarning bu shaharga bo‘lgan alohida e’tibori, shuningdek, kufalik olimlarning nahv ilmi va boshqa islomiy fanlardagi hissasi yoritilgan. Kufa nahviy maktabining shakllanishi, Basra maktabi bilan o‘zaro raqobati va kufaliklarning til qoidalarini ishlab chiqishda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumot berilgan. Xususan, Abu Ja’far ar-Ruasiyning ilmiy faoliyati, al-Kisoiy va al-Farro kabi buyuk olimlarning kufalik nahv maktabi rivojiga qo‘shgan hissalari alohida o‘rganilgan. Maqola Kufa maktabining fiqh, qiroat va nahv ilmidagi yutuqlarini ochib berib, bu maktabning mustaqil yo‘nalish sifatida shakllanishini asoslab beradi.
FOSFORITLARNI KIMYOVIY FAOLLASHTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI VA TEXNOLOGIK IMKONIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada fosforitlarni kimyoviy faollashtirishning zamonaviy usullari hamda texnologik yechimlari tahlil qilinadi. Tabiiy fosforitlarning past eruvchanligi ularni bevosita o‘g‘it sifatida qo‘llashda samaradorlikni kamaytiradi. Shuning uchun turli kimyoviy reagentlar (sulfat, nitrat, organik kislotalar va ishqorlar) orqali ularni faollashtirish usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, termokimyoviy va biokimyoviy faollashtirish texnologiyalari ham tahlil qilinib, ularning samaradorlik darajasi, reaksiya sharoitlari, apparatlar tanlovi va ekologik xavfsizlik mezonlari asosida baholangan. O‘zbekiston hududidagi fosforit konlarini samarali qayta ishlashga oid tavsiyalar berilgan.
SOCIAL ADVERTISING IN THE SYSTEM OF FORMING A HEALTHY LIFESTYLE IN YOUTH
Abstract: This article considers the issues of spiritual and moral education of young people based on democratic and humanistic principles, their formation as active members of society and conscious citizens of the state, as an urgent task for the social sciences, including sociology. In this regard, an attempt is made to scientifically prove that social advertising is one of the effective tools. Therefore, social advertising is currently of great importance in the formation of a healthy lifestyle among young people.
MOVING INTO ENGLISH: HARNESSING TOTAL PHYSICAL RESPONSE FOR EFL CLASSROOMS
Abstract: This study investigates the application and effectiveness of Total Physical Response (TPR) as a teaching method in English as a Foreign Language (EFL) classrooms. By incorporating physical movement into language instruction, TPR aligns with cognitive theories of embodied learning and supports vocabulary acquisition and retention, particularly for beginner learners. This article identifies key methodological aspects of implementing TPR, outlines its pedagogical strengths, and analyzes its impact through a classroom-based intervention. The findings reveal that TPR significantly enhances learner engagement, motivation, and memory of target vocabulary. The paper concludes with recommendations for integrating TPR into language curricula and highlights areas for future research.
DEVELOPING SPEAKING SKILLS IN A MIXED ABILITY CLASSES
Abstract: This article is dedicated to exploring methods and approaches for developing speaking skills in mixed-ability classes. It analyzes effective lesson planning strategies for teachers, techniques to engage students with varying proficiency levels, and ways to increase their participation. Additionally, the article discusses organizing communicative activities that consider the diverse abilities of students and addresses challenges in mixed-ability classroom management.
РЕАЛИЗАЦИЯ ТЕХНОЛОГИИ КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ ЧЕРЕЗ ЧТЕНИЕ И ПИСЬМО НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА
Аннотация: Внедрение технологии критического мышления через чтение и письмо на уроках русского языка приобретает важное значение в современном образовательном процессе. Критическое мышление – это процесс развития у учащихся навыков самостоятельного мышления, умения анализировать информацию, оценивать и делать логические выводы. Развитие критического мышления через деятельность по чтению и письму на уроках русского языка способствует не только совершенствованию языковых навыков учащихся, но и расширению их кругозора, ясному и обоснованному выражению своего мнения.
MUNOSABATLARDA KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISHDA PSIXOLOGIK HIMOYANI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM MASALALARI
DELIKVENT HULQ-ATVOR KELIB CHIQISH SABABLARI
Annotatsiya: Deviant xulq-atvor-bu umumiy qabul qilingan yoki nazarda tutilgan meʼyordan chetga chiqadigan harakatlar tizimidir. (ruhiy salomatlik, huquq, madaniyat, axloq normalariga rioya qilmaslik) Deviant xulq-atvor meʼyorlaridan chetga chiqish nisbiy tushunchadir, chunki bunday xatti-harakatlar jinoiy javobgarlikka sabab boʻlmaydi.
ПРИНЦИП НАГЛЯДНОСТИ КАК ВАЖНЫЙ ФАКТОР ПРИ ОБУЧЕНИИ РУССКОМУ ЯЗЫКУ В УСЛОВИЯХ БИЛИНГВИЗМА
Аннотация: В условиях билингвизма обучение русскому языку требует особого подхода, направленного на эффективное усвоение лексических и грамматических структур. Одним из ключевых факторов успешного обучения является принцип наглядности, способствующий формированию ассоциативных связей и обеспечивающий более глубокое понимание и запоминание материала. В статье рассматриваются теоретические основы принципа наглядности, его роль в обучении русскому языку билингвов, а также практические методы его реализации.
TALABALARDA PERFEKSIONIZMNING PSIXOLOGIK OMILLARI
Annotatsiya: Ushbu maqola talabalarda perfektsionizmning shakllanishiga ta'sir etuvchi asosiy psixologik omillarni o'rganadi. Maqolada talabalarning shaxsiy xususiyatlari (o'ziga yuqori talab qo'yish, tanqidga sezuvchanlik, muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqish), kognitiv jarayonlari (mukammallikka intilish, qora va oq fikrlash, haddan tashqari umumlashtirish), hissiy holatlari (xavotirlik, stress, aybdorlik hissi) va ijtimoiy omillar (ota-onalarning talablari, o'qituvchilarning baholashi, tengdoshlarning ta'siri) tahlil qilinadi. Shuningdek, perfektsionizmning talabalarning psixologik farovonligi va o'quv faoliyatiga ta'siri ko'rib chiqiladi.
WORKING WITH TEENAGERS AND INSPIRING LEARNING ENGLISH
Improving the interest of teenagers in learning English, encouraging them to be actively involved in the educational process is an important pedagogical task. This article will consider ways to success in learning English, ways to learn the language, as well as the use of innovative techniques, as well as the use of innovative techniques. The analyzed methods not only ensure students' language acquires language, but also have a positive effect on their personal development.
TRANSLATION OF PRAGMATIC MARKERS IN LITERARY TEXTS
Abstract. Pragmatic markers (PMs) — also known as discourse markers — play a subtle yet significant role in shaping meaning, coherence, speaker attitude, and interactional tone in spoken and written discourse. Their presence in literary texts, especially in dialogue and character development, is crucial to maintaining the stylistic, cultural, and communicative authenticity of the source. However, translating pragmatic markers poses considerable challenges due to their context-dependent meanings, multifunctionality, and culture-specific use. This article explores the nature of pragmatic markers, their narrative functions in literature, and the difficulties of preserving them in translation. It also examines strategies translators can employ to render these elements effectively and provides illustrative examples across language pairs.
THE ROLE OF PRAGMATIC COMPETENCE IN TRANSLATION
Abstract. Translation is not a mere transference of linguistic elements from one language to another; it is a complex cognitive and communicative activity that requires an in-depth understanding of both linguistic and extralinguistic factors. Among these, pragmatic competence — the ability to comprehend and convey intended meanings within specific contexts — plays a fundamental role. This article explores the concept of pragmatic competence, its components, and how it influences translation accuracy, adequacy, and naturalness. The discussion includes examples from intercultural communication, speech act theory, and real-world translation errors, and emphasizes the importance of pragmatic awareness in both literary and non-literary translation.
PISA TALABLARI VA ZAMONAVIY TA’LIMDA MATN BILAN ISHLASH KOMPITENSIYASI
Annotatsiya. Mazkur maqolada PISA xalqaro baholash dasturining zamonaviy ta’limdagi o‘rni va ahamiyati, ayniqsa o‘quvchilarning matn bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishdagi roli yoritiladi. Unda PISA tomonidan belgilangan savodxonlik mezonlari hamda matnni tushunish, tahlil qilish va izohlash kabi ko‘nikmalarning bugungi ta’lim jarayonida nechog‘lik dolzarb ekani tahlil qilinadi.
РЕЗЕРВ ВА ЗАХИРАДАГИ КАДРЛАРНИ ТАЙЁРЛАШДАГИ МАЪНАВИЙ –АХЛОҚИЙ ВА ҲАРБИЙ ВАТАНПАРВАРЛИК РУХИДА ТАРБИЯЛАШ МАСАЛАСИ
Ушбу мақолада ватан ҳимоячиларини миллий ва жанговар руҳда тарбиялашда ҳарбий анъаналарнинг долзарблиги, шунингдек ватан ҳимоячиси ўз ор-номуси, шаъни, шарафи, қадр қиммати ва Ватанга муҳаббат туйғусини шаллкатириш, она ерига, тилига, маданияти ва анъаналарига боғлиқлиги, ҳамда ўз Ватанига, халқига содиқлик билан унинг тарихи ўтмишдаги авлодлар билан фахрланиши, Ватанининг манфаатларини ҳимоя қилишга интилиш сифатлари ҳақида ёзиб ўтилган.
TRANSITIONS TO MARKET ECONOMY IN UZBEKISTAN
Abstract: This article provides a comprehensive analysis of Uzbekistan’s transition from a centrally planned economy to a market-oriented system. It focuses on the critical reforms, policy choices, and institutional changes that have defined the country’s economic development over the past three decades. Emphasizing the unique challenges and successes of the Uzbek model, the article explores how strategic liberalization, privatization, investment promotion, and infrastructural improvements have laid the groundwork for long-term growth. In-depth discussion is given to the evolution of state-market relations, the transformation of property rights, and tax and regulatory frameworks. It concludes by assessing prospects for deeper integration into the global economy and recommendations for sustaining reform momentum.
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЛИЧНОСТНО ОРИЕНТИРОВАННОЙ ТЕХНОЛОГИИ ОБУЧЕНИЯ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ
Аннотация: В статье рассматриваются теоретические и практические аспекты применения личностно-ориентированной технологии обучения (ЛОТ) в современном образовательном процессе. Анализируются ключевые принципы, методы и эффективность данной технологии в повышении мотивации, познавательной активности и академической успеваемости учащихся. Приводятся результаты эмпирических исследований, подтверждающих преимущества личностно-ориентированного подхода по сравнению с традиционными методами обучения. Особое внимание уделяется проблемам внедрения ЛОТ и возможным путям их решения.
GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI VA GENETIK MOSLASHUV: O‘SIMLIKLAR VA HAYVONLARNING YANGI EVOLYUTSION STRATEGIYALARI
Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishining o‘simliklar va hayvonlar populyatsiyalariga ta’siri, shuningdek, ularning genetik darajadagi moslashuv jarayonlari tahlil qilinadi. Iqlimning global miqyosdagi isib borishi, yog‘ingarchilik rejimlarining o‘zgarishi, ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishi va ekotizimlarning noturg‘unlashuvi biologik xilma-xillikka bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu holatga javoban o‘simliklar va hayvonlar hayotiy strategiyalarini, reproduktiv mexanizmlarini va genetik tarkiblarini moslashtirishga majbur bo‘lmoqda.
Maqolada genetik moslashuvning asosiy yo‘nalishlari sifatida allel chastotalarining o‘zgarishi, genomik mutatsiyalar, epigenetik reaktsiyalar va fenotipik plastiklik tahlil etiladi. Shu bilan birga, o‘simliklar va hayvonlarda kuzatilayotgan yangi evolyutsion strategiyalar — masalan, tezlashtirilgan avlod almashinuvi, migratsion yo‘nalishlarning o‘zgarishi, yashash muhitiga nisbatan sezuvchanlikning oshishi va endemik turlarning genetik diversifikatsiyasi — ilmiy dalillar bilan asoslab beriladi.
Tadqiqotda molekulyar biologiya, ekologiya, biogeografiya va bioinformatika metodlariga tayanilgan holda, klimatik o‘zgarishlarga moslashuv jarayonlarining zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. Maqola oxirida o‘simlik va hayvon turlarining genetik resurslarini saqlab qolish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Ushbu tadqiqot global biologik xavfsizlik va barqaror ekotizimlar ta’minotida muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
INFLUENCE OF QUANTUM DOT SIZE ON THE CHARACTERISTICS OF FIELD EFFECT TRANSISTORS
A quantum dot (QD) with discrete energy levels connected to source and drain connections that display continuous energy distributions can be used to represent the channel in nanoscale field effect transistors (FETs). Contact states also permeate the channel region, and the initially sharp discrete states in the channel expand and "spill over" into the contacts as a result of this coupling.The result is a broadened density of states (DOS) in the channel that obeys a sum rule preserving electron count. This broadened DOS is commonly described by a Lorentzian function . This paper investigates how varying the size of cubic quantum dots affects the DOS and subsequent FET characteristics.
INKLYUZIV TA'LIM: MUOMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada inklyuziv taʼlimning mazmuni, uning jamiyatdagi ahamiyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv taʼlimni joriy etishdagi mavjud muammolar va ularning yechim yo‘llari yoritilgan. Xalqaro tajribalar asosida inklyuziv taʼlimning istiqbollari tahlil qilinadi. Maqola taʼlim tizimida barcha bolalar uchun teng imkoniyatlarni yaratish zaruratini asoslab beradi.
ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI IJTIMOIY MAISHIY HAYOTGA YO‘NALTIRISH TEXNOLOGIYASINING VAZIFASI VA AHAMIYATI
Ushbu maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy-maishiy hayotga yo‘naltirish texnologiyasining asosiy vazifalari va uning ahamiyati tahlil qilinadi. Eshitish nuqsoni bolaning ijtimoiy muhitga moslashuvi va mustaqil hayotga tayyorlanishi uchun maxsus yo‘naltirish va reabilitatsiya texnologiyalari muhim rol o‘ynaydi. Mazkur texnologiyalar orqali bolalarning kommunikatsiya, ijtimoiy ko‘nikmalari rivojlantiriladi, ular jamiyatda o‘z o‘rnini topish va kundalik hayotdagi faoliyatlarini samarali bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, bu jarayon psixologik qo‘llab-quvvatlash va maxsus pedagogik yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Natijada, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar jamiyatga integratsiyalashib, mustaqil va to‘laqonli hayot kechiradilar.
FUQOROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHDA MAHALLA INTITUTINING O'RNI
Annotatsiya: Fuqorolik jamiyati zamonaviy davlat va jamiyatning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, uning barqarorligi, taraqqiyoti va farovonligi ko‘p jihatdan fuqarolarning faol ishtirokiga bog‘liq. Fuqorolik jamiyatining rivojlanishi esa o‘z navbatida mahalla institutining faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Mahalla – bu nafaqat maishiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish markazi, balki fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni jamiyat hayotiga faol jalb qilishda muhim rol o‘ynaydigan ijtimoiy institutdir.
BARQAROR RIVOJLANISH YO‘LIDA MUQOBIL ENERGIYA: IQTISODIY SAMARADORLIK VA GLOBAL INVESTITSIYA OQIMLARI TAHLILI
Аnnоtаtsiyа: Ushbu maqolada muqobil energiya manbalarining (quyosh, shamol, bioyoqilg‘i va gidroenergiya) barqaror rivojlanishdagi o‘rni va ular orqali erishiladigan iqtisodiy samaradorlik masalalari ko‘rib chiqilgan. Tahlil davomida dunyo bo‘yicha so‘nggi yillardagi investitsiya oqimlari, mamlakatlar bo‘yicha taqsimoti va istiqbolli loyihalar o‘rganildi. Ayniqsa, 2020–2024 yillar oralig‘idagi statistik ma’lumotlarga asoslangan holda, muqobil energetika sohasining yalpi ichki mahsulotga (YaIM) ta’siri, ish o‘rinlari yaratish imkoniyati va energiya xavfsizligiga qo‘shayotgan hissasi yoritildi. Tadqiqot natijalari, muqobil energetikaga yo‘naltirilgan sarmoyalarning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy foydasi mavjudligini tasdiqlaydi. Shuningdek, maqolada O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishdagi salohiyati va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari ham chuqur tahlil qilingan.
DEPENDING ON THE KIND OF FISH, THE EFFECTIVENESS OF FEEDING RATION SELECTION
Abstract: Every balanced lake and pond management effort should focus on creating a self-sustaining forage base. Additional feeding is a good way to accomplish this. For many species of forage fish, the best way to feed them is to use an automatic fish pond feeder that is loaded with pellet feed. Fish feeders for lakes and ponds give bait the edge it needs to increase survival and breed more successfully while also giving the pond the food it needs to sustain a higher biomass of forage.
IQLIM O‘ZGARISHINING O‘ZBEKISTON TABIIY ZONALARIGA TA’SIRI
Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston hududidagi asosiy tabiiy zonalarga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilingan. Tabiiy-geografik zonalarning (cho‘l, dasht, tog‘li hududlar va vodiylar) ekologik holati, biologik xilma-xilligi va iqlim omillariga nisbatan o‘zgaruvchanligi ilmiy manbalar va statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari — suv resurslarining kamayishi, tuproq eroziyasi, cho‘llanish, o‘simlik va hayvonot dunyosining yo‘qolishi kabi muammolar alohida e’tiborga olingan. Shuningdek, maqolada iqlim o‘zgarishiga moslashish choralariga ham e’tibor qaratilgan hamda barqaror rivojlanish yo‘llari taklif etilgan.
NAMANGAN VILOYATIDA XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDA TASHKIL ETILGAN QO'SHMA KORXONALAR
Annotatsiya: So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ayniqsa, viloyatlar miqyosida iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda muhim o‘rin egallamoqda. Namangan viloyati ham bu borada sezilarli yutuqlarga erishgan hududlardan biri bo‘lib, bu yerda turli sohalarda xorijiy investorlar ishtirokida qo‘shma korxonalar tashkil etilgan. Mazkur maqolada Namangan viloyatida xorijiy investitsiyalar asosida tashkil etilgan qo‘shma korxonalarning soni, tarmoq bo‘yicha taqsimoti, ularning iqtisodiy samaradorligi, ish o‘rinlari yaratishdagi roli hamda mintaqaviy iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Tahlillarga ko‘ra, ayni paytda viloyatda 200 dan ortiq xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda, ulardan ko‘pchiligi yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, agroklasterlar va xizmat ko‘rsatish sohalariga tegishli. Xitoy, Turkiya, Rossiya va Janubiy Koreya investorlari eng faol hisoblanadi. Shuningdek, maqolada ushbu qo‘shma korxonalarni tashkil etishda duch kelinayotgan muammolar, jumladan, byurokratik to‘siqlar, infratuzilmaning yetarli emasligi va kadrlar yetishmovchiligi singari muammolar ham yoritiladi.
TEBRANMA ISHCHI ORGANLI TUPROQQA ISHLOV BERADIGAN TEXNIK VOSITALAR TAHLILI
Annotatsiya. Dunyo miqyosida tuproqqa asosiy ishlov beriladigan maydon 4,2 mlrd. gektarni tashkil etishini hisobga olsak, ish sifati va unumi yuqori hamda energiya-resurstejamkor tuproqqa ishlov berish mashina va qurollarini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada mexanik tebranishlar, ulardan tuproqqa asosiy ishlov berishda foydalanish masalalari, faol va passiv tebranma harakatli ishchi organlar, tebranma ishchi organli tuproqqa ishlov beradigan texnik vositalar tahlil qilingan, tebranma plastinka chiviqli ag‘dargichlarning plugning tortishga qarshiligi va ish sifatiga ta’siri batafsil yoritilgan.
MATEMATIKA FANLARINI O’QITISH VA UNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishning zamonaviy metodikasi, mazmuni va vazifalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Matematika fanining bugungi kundagi rivojlanish bosqichlari va fanni o‘qitish uslubiyati tahlili yoritilgan.
INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINI HIMOYA QILISHDA – QONUN USTUVORLIGI
Annotatsiya: Insonning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlashda qonun ijodkorligi, mamlakatda demokratik islohotlarni kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman),Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, qonun hujjatlari monitoringi instituti,“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi va boshqalar.
“XAMSA”LARNING TO’RTINCHI DOSTONLARIDA YOR TIMSOLINING QIYOSIY TAHLILI
Annotatsiya.Maqolada Sharq adabiyoti durdonalaridan bo‘lgan Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy “Xamsa” to‘plamlarining to‘rtinchi dostonlarida — “Haft Paykar” va “Sab’ai Sayyor”da yor timsolining badiiy va ramziy talqini o‘rganiladi. Qiyosiy tahlil orqali yor obrazining g‘oyaviy-badiiy o‘rni, uning insoniy fazilatlar, axloqiy tarbiya va ruhiy poklanishdagi ahamiyati aniqlanadi. Yor timsolining ranglar va ramzlar orqali ifodalanishi ham tahlil qilinadi.
UBAYDULLAXON I DAVRIDA BUXORO XONLIGI
Ushbu maqolada XVI asrning ikkinchi yarmi – XVII asr boshlarida hukmronlik qilgan Ubaydullaxon I (1533–1540) davrida Buxoro xonligida yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar o‘rganiladi. Ubaydullaxon I Movarounnahrda Shayboniylar sulolasining eng faol vakillaridan biri bo‘lib, uning hukmronligi davrida Buxoro xonligi mustahkam markazlashgan davlatga aylana boshladi. Maqolada xonlikdagi ichki va tashqi siyosat, harbiy islohotlar, iqtisodiy o‘sish omillari, ilm-fan va madaniyat rivoji haqida tarixiy manbalar asosida tahliliy yondashuvda fikr yuritiladi. Ayniqsa, Ubaydullaxon I ning ilm-fanga e’tibori, madrasa va kutubxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlagani, xalqaro savdo yo‘llarini rivojlantirishga harakat qilgani tarixiy dalillar bilan yoritiladi. Shuningdek, maqolada bu davrda Buxoroning nufuzining ortishi, xonlikning diplomatik aloqalari va qo‘shni davlatlar bilan munosabatlari ham batafsil ko‘rib chiqiladi.
TOSHKENT DARVOZALARI VA KO’CHALARINING TARIXI
Mazkur ilmiy maqolada Toshkent shahrining tarixiy darvozalari va ko‘chalarining shakllanish jarayoni, ularning ijtimoiy-siyosiy, madaniy va iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda qadimiy va o‘rta asrlarga oid yozma manbalar, arxiv hujjatlari va zamonaviy ilmiy ishlanmalar asosida Toshkent shahrining mudofaa tuzilmalari, savdo yo‘llari bilan bog‘liq darvoza va ko‘cha nomlari tarixiy asosda yoritiladi. Shuningdek, maqolada sobiq 12 darvoza tizimi va ularning joylashuvi, nomlanish sabablari va zamonaviy ko‘cha nomlari bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Bu tarixiy-madaniy obidalar orqali Toshkentning shaharsozlik tarixi, xalqning hayot tarzi va urbanistik rivojlanish bosqichlari o‘rganiladi. Maqola natijalari tarixiy merosni saqlash, turizm salohiyatini rivojlantirish va yosh avlodni tarixiy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
BIZNES ASOSLARI FANINI O’QITISH VA O‘RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
Annotatsiya: Ushbu maqola Biznes asoslari fanini o‘qitish va o‘rganishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, mas’uliyat hissi, darslarga yangiliklar kiritishi hamda darslarning qiziqarli va jonli o‘tishini ta’minlash haqida.
SUN’IY INTELLEKTNING IJTIMOIY HAYOTGA INTEGRATSIYASI: IMKONIYATLAR, XAVF-XATARLAR VA GLOBAL BOSHQARUV MASALALARI
Mazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ijtimoiy hayotga tobora chuqur integratsiyalashuvi, bu jarayonning ijobiy va salbiy oqibatlari hamda xalqaro miqyosda ularni boshqarish zarurati tahlil qilinadi. SI inson faoliyatining turli sohalariga — ta’lim, sog‘liqni saqlash, adliya, iqtisodiyot, transport, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalariga kirib kelib, inson hayot sifati va samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, shu bilan birga axloqiy, huquqiy va xavfsizlikka oid jiddiy savollarni ham yuzaga keltirmoqda. Maqolada aynan shu ziddiyatli holatlar o‘rganiladi, shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanuvchi mamlakatlar va korporatsiyalar uchun umumiy boshqaruv mexanizmlarini shakllantirish zarurligi asoslab beriladi. Xalqaro tashkilotlarning siyosiy yondashuvlari, texnologik asimmetriya, hamda normativ-huquqiy bazalarning moslashtirilishi orqali SI’ning ijtimoiy tizimlarga xavfsiz integratsiyasi uchun strategik yechimlar taklif etiladi. Mualliflar SI texnologiyalarining barqaror va adolatli rivojlanishi uchun global boshqaruv konsepsiyasini ishlab chiqish zaruratiga urg‘u beradilar.
GLOBALLASHUV DAVRIDA MILLIY TIL VA ADABIYOTNING SAQLANISHI: TAHDIDLAR VA YANGI IMKONIYATLAR
Ushbu maqolada globallashuv jarayonining milliy til va adabiyotga ta’siri ko‘rib chiqiladi. XXI asrda internet, ommaviy axborot vositalari, migratsiya va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi mahalliy tillar va madaniy merosga kuchli bosim o‘tkazmoqda. Ayniqsa, yosh avlod orasida xalqaro tillarning ustunligi ortib borayotgani milliy tilning jamiyatdagi mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, globallashuv doirasida milliy adabiyotlarni targ‘ib qilish, ularni raqamlashtirish, tarjima qilish va xalqaro adabiy muloqotga jalb qilish orqali yangi imkoniyatlar ham vujudga kelmoqda. Maqolada ushbu ikki yo‘nalish – tahdidlar va imkoniyatlar – tahlil qilinadi. Xususan, til siyosati, adabiy ta’lim, nashriyot faoliyati va internetda milliy kontent yaratish masalalari atroflicha ko‘rib chiqiladi. Muallif milliy til va adabiyotning saqlanishi uchun davlat siyosatining barqarorligi, jamoatchilik faolligi va texnologik innovatsiyalardan foydalanish zarurligini asoslaydi.
ISPAN TILIDA SO`ZLASHUV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODOLOGIYASI
Annotatsiya. Mazkur maqolada ispan tilida so‘zlashuv kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning metodologik asoslari tahlil qilinadi. Ispan tili o‘zining fonetik boyligi, grammatik shakllari va madaniy mazmuni jihatdan muloqotga yo‘naltirilgan til bo‘lgani uchun uni o‘rgatishda kommunikativ yondashuv, interfaol metodlar, vaziyatli muloqot texnikalari va multimodal vositalardan foydalanish zarurati asoslab beriladi. Mavzuda til kompetensiyalarini bosqichma-bosqich shakllantirish, real hayotiy kontekstlar bilan bog‘lash hamda madaniyatlararo muloqotni rag‘batlantirishga oid metodik tavsiyalar keltirilgan.
BADIIY GIMNASTIKADA SPORT TAYYORGARLIGI TIZIMINING VOSITA VA USULLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada badiiy gimnastikaga ta’rif, jahon badiiy gimnastikasining o‘ziga hos jihatlari, gimnastikachilar sport tayyorgarligi tizimining umumiy tavsifi, jismoniy tayyorgarlik va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish uslubi, badiiy gimnastikada xoreografik tayyorgarlik, texnik, taktik va psixologik tayyorgarlik uslublari ifodalangan.
ВОССТАНОВЛЕНИЕ ДЕТАЛЕЙ В СРЕДЕ ЗАЩИТНЫХ ГАЗОВ
Аннотация: Восстановление изношенных и поврежденных деталей является важным направлением в техническом обслуживании и ремонте подвижного состава, машин и металлоконструкций. Одним из наиболее эффективных и технологически оправданных методов является наплавка и сварка в среде защитных газов. Использование защитных газов позволяет обеспечить высокое качество сварных соединений, минимизировать дефекты шва и повысить производительность процесса.
DAM OLISH MASKANLARI VA ISTIROXAT BOG‘LARI QURILISHIDA BAJARILADIGAN GEODEZIK QIDIRUV ISHLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada dam olish maskanlari va istiroxat bog‘larining vazifalari, ularning qurilishida bajariladigan geodezik ishlar, joyning geodezik ta’minotini yaratishdagi ishlar haqida ma’lumotlar keltirilgan va ularni yaratish usullari ko‘rib chiqilgan.
BOSHLANG'ICH TA'LIMDA TEATRNING O'RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada yurtimizda madaniyat va teatr san’atiga berilayotgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, teatr san’atining bolalar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan.
QUR’ONNI TUSHUNISHDA SIYRAT ILMINING AHAMIYATI
Annotatsiya (O‘zbekcha): Ushbu maqola Qur’onni to‘g‘ri anglashda siyrat ilmining tutgan oʻrnini yoritadi. Unda Muhammad sallallohu alayhi vasallamning siyrati orqali oyatlarning mazmuni, tafsirga yondashuv va hayotiy talqinlar ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Maqolada siyrat va tarix munosabati, islom ilmlari rivojida siyratning roli, shuningdek, uni fiqhiy yondashuv bilan oʻrganish zarurati bayon etiladi. Natijada Qur’onni siyrat asosida talqin qilishning jamiyatdagi axloqiy, ma’naviy va ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ADABIY NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH
GENERATIONAL DIVIDE IN SPORT AND HEALTH: A COMPARATIVE ANALYSIS OF YOUTH AND ELDERLY POPULATIONS
Abstract: This article explores the key differences in sport participation, physical health, and overall well-being between older adults and younger individuals. It examines psychological changes related to age and the varying benefits of sport across eight groups and the social and psychological impacts of physical activity. While younger people often pursue high-intensity performance-focused activities, elderly individuals tend to prefer low-impact health-preserving sports. The article also discusses injury risks, recovery motivation and access to sports facilities across generations. Drawing on recent research, this study highlights the importance of age-appropriate exercise programs and proposes ways to encourage active lifestyles throughout all stages of life.
PULNING QADIRSIZLANISHI. INFLYATSIYA
Annotatsiya: Ushbu maqolada pulning qadirsizlanishi yoki inflyatsiya haqida so'z yuritiladi. Inflyatsiya iqtisodiy tizimdagi narxlar oshishini va pulning real qiymatining pasayishini anglatadi. Maqolada inflyatsiyaning turli sabablari, jumladan talab va taklif inflyatsiyasi, monetar inflyatsiya hamda kutilgan inflyatsiya keltirilgan. Shuningdek, inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta'siri, jumladan narxlarning oshishi, daromadlarning qadrsizlanishi, investitsiya faoliyatining kamayishi va pulni saqlashning qadrining pasayishi kabi salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Maqolada inflyatsiyaga qarshi kurashish usullari, jumladan pul-kredit siyosati, byudjet siyosati, iqtisodiy islohotlar va narxlar nazorati haqida ham so'z boradi. Ushbu maqola inflyatsiya masalasini tushunish va unga qarshi kurashishning muhim strategiyalarini yoritishga qaratilgan.
SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA MUOMALANING O’RNI
Annotatsiya: Bugungi kunda barcha faoliyat egalarida eng muhim bo’lgan muomala jarayoni tahlil qilingan. Uning o’ziga xos xususiyatlati, vazifalari va psixologik ta’sir vositalari keng tarzda tahlil qilingan. Bu esa har qanday insonni shaxslararo munosabatda o’z o’rniga ega bo’lishiga yordam beradi.
XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHDA XOTIRA JARAYONINING AHAMIYATI
Annotatsiya: Maqolada xorijiy tillarni o‘zlashtirishda yordam beruvchi bilish jarayonlaridan xotiraning o‘ziga xos jihatlariga e’tibor berishga qaratilgan. Shuningdek, turli yosh vakillari uchun ham umumiy bo‘lgan xotirani mustahkamlash qonunlari batafsil bayon etilgan. Unga amal qilish esa xotiraning mustahkamligi va tillarni o‘zlashtiriliga erishishga olib keladi.
ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING KROSS-KULTURAL KOMMUNIKATIVLIGINI RIVOJLANTIRISHDA EMOTSIONAL INTELLEKTNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Annotatsiya: Bugungi kunda globalizatsiya jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani sababli, insonlar o‘rtasidagi muloqotning yangi shakllari va uslublari paydo bo‘lmoqda. Bu jarayonda kross-kultural kommunikativlik, ya’ni turli madaniyat vakillari o‘rtasidagi samarali muloqot qobiliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ona tili darslari esa o‘quvchilarda bu ko‘nikmalarni shakllantirishda asosiy platformalardan biri sifatida xizmat qiladi. Bunday darslarda nafaqat til o‘rgatiladi, balki o‘quvchilarning madaniy tafovutlarni tushunishlari, boshqa xalqlar bilan muloqot qilishlari uchun zarur bo‘lgan kommunikativ ko‘nikmalar rivojlantiriladi. Shu bilan birga, emotsional intellektning kross-kultural kommunikativlikni rivojlantirishdagi roli beqiyosdir.